Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻulari
Download 33.66 Kb.
|
Abduraupov maqola.26
Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻulari Ushbu maqolada tarixi, dini, madaniyati, urf-odati bir biriga yaqin boʻlgan oʻzbek va qirgʻiz xalqlarining musiqiy cholgʻular oilasidan biri boʻlgan damli cholgʻular [puflab chalinadigan] guruhi tasniflanadi. Dolzarbligi. Dunyo xalqlari turli tillarda soʻzlashishadi, lekin ana shu tillar ham alohida guruhlarni tashkil qiladi. Bir-biriga yaqin boʻlgan tillar, jumladan slavyan guruhli tillar oilasiga, ukrain, rus, Belarus tillari kiradi. Shu kabi, turkiy tillar oilasi ham mavjud. Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlari ham kelib chiqishi jihatidan bir xalq hisoblanadi. Oʻzbek tilida soʻzlashganda ham qirgʻiz xalqi yetmish, sakson foiz tushunishadi. Bunday oʻxshashlikka sabab ikki xalq doim yonma-yon yashashgan. Ushbu oʻxshashlikni yoʻqotishga koʻp urinishlar bo’lgan, Sovet bosqini davrida SSR xalqlarini rusi-zabon millatiga aylantirish harakatlari davomida ikki xalq oʻrtasidagi madaniy aloqalar bir-biridan uzib qoʻyilgan. Urf-odat, anʻana-marosimlar eskilik sarqiti deya, majburan yoʻqotilgan. Qirgʻiz va oʻzbek tillariga rus tilidan soʻzlar kirib kelgan, natijada ikki millat bir-biridan uzoqlashgan. Mustaqillik yillaridan keyin ham bu aloqalar toʻliq tiklanmadi, 2016-yilga kelib esa, ikki davlat rahbarlari oʻzaro doʻstlik aloqalarini qayta tiklashdi. Ikki xalq oʻrtasida nafaqat til jihatidan balki musiqa sanʻat jihatidan ham yaqinlik va oʻzaro farqlar mavjud. Olisdagi qarindoshdan yaqindagi qoʻshning yaxshi degan naqlga amal qilgan holda biz ham ikki xalqning musiqa madaniyatiga oid musiqiy cholgʻularidan biri yani oʻzbek va qirgʻiz xalqining damli cholgʻular oilasini oʻrgansak maqsadga muvofiq boʻladi. Barchamizga malum bugungi kunga kelib oʻzbek va qirgiz xalqlarining munosabati ancha iliqlashgan. Munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish oʻzaro ishonchni mustahkamlash uchun kompleks chora tadbirlar koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston prizidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbus koʻrsatdi. 1996-yil 24-dekabrda Oʻzbekiston respublikasining birinchi prezidenti tomonidan tuzilgan “Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma” va 2017-yil 5-oktabrda esa Oʻzbekiston respublikasining ikkinchi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashabbus koʻrsatilinib, qoʻl qoʻyilgan “Strategik sheriklik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ishonchni mustahkamlash toʻgʻrisidagi deklaratsiya” Qirgʻiziston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarga mustahkam poydevor qoʻygan asosiy hujjatlardan biri boʻldi. Ushbu hujjatlarda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy prinsiplari; mustaqillik va davlat suverenitetini oʻzaro hurmat qilish, teng huquqiylik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik va eng muhimi – ham davlat darajasida, ham xoʻjalik yurituvchi subyektlar darajasida manfaatli hamkorlikka asoslangan iqtisodiy aloqalarni oʻrnatishga ikki tomonlama intilish, mustahkamlab qoʻyilgan mana shunday yondashuvlar hamkorlikning keng qamrovli dasturini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlari iliqlashgach, hamkorlikning barcha sohalarida rivojlanish kuzatildi. Ikki tomonlama hamkorlikning tabiati va mazmuni ham oʻzgardi. Ayni hozirgi davrda ikki millat oʻrtasida ilgari kuzatilmagan oliy va yuqori darajadagi doimiy siyosiy muloqotni koʻrishimiz mumkin. Aslida bu ikki millat uchun qoʻshnichilikka xos narsadir. Fikrlar oʻrganildi. Yillar davomida hal qilinmagan chegara masalasi hal etildi. Bunday oʻzgarishlardan har soha vakili unumli foydalanib qolishga oʻz sohasini ikki tomonlama yanada rivojlantirishga harakat qilmoqda. Ayni damda qirgʻiz, oʻzbek madaniyati sanʻati rivojlanib hamkorlikda turli ishlar olib borilmoqda. Jumladan 2019-yil 16-19-may kunlari qirgʻiziston respublikasining Oʻsh shahrida Qirgʻiz-Oʻzbek unversiteti tashabusi bilan Doʻstlik festivali boʻlib oʻtdi. 2022-yilning 5-6-oktabr kunlari Qirgʻizistonda Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziladi. Turli festivallar konsertlar boʻlib oʻtdi. Oʻshda etnik hamjihatlikni targʻib qiluvchi yosh oʻzbek qirgʻiz sanʻatkorlari birgalikda konsert dasturi oʻtkazishdi. Aloqalar yaxshilanib xonanda va musiqachilar tajriba almashishmoqda. Jumladan, musiqa va sanʻat sohasiga doir boʻlgan musiqiy cholgʻular oʻrganilmoqda. Ana shunday musiqiy cholgʻulardan biri puflab chalinadigan yani damli cholgʻular oilasi hisoblanadi. Download 33.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling