Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻulari


Chop obuz qomuz, temir obuz qomuz va chanqovuz


Download 33.66 Kb.
bet6/6
Sana09.06.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1475459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduraupov maqola.26

Chop obuz qomuz, temir obuz qomuz va chanqovuz: har bir turkiy xalqda uchraydigan, oʻzgacha musiqiy cholgʻu. Turli millatda turlicha yasaladi. Qirgʻizlarda yogʻochdan va temirdan yasaladi, oʻzbeklarda temirdan yasaladi. Qirgʻizlarning chop obuz qomuzi ikkita pishiq ingichka yogʻoch va chop obuz qomuzining temir tili, soʻngra chalinuvchi ipidan iborat boʻladi, temir obuz qomuzi esa temirdan yasaladi. Uning ham chalinadigan tili boʻladi. Ikkala obuz qomuzda ham chanqovuzda ham ovoz chiqaradigan okustik vazifani cholgʻuchining ogʻiz boʻshligʻi bajaradi, yaʻni tovush ogʻiz boʻshligʻida hosil boʻladi. Asosan, bu cholgʻularni tarixda choʻponlar, yilqichilar, chorva mol haydab boqadiganlar oʻzlari bilan birga olib yurishgan va kayfiyatni koʻtarish maqsadida chalib foydalanishgan. Keyinchalik, qirgʻiz xalqining folklor etnografiyasida oʻz oʻrnini topgan. Bugungi kunda ham oʻrta meyona yashaydigan xalq emas, aynan folklor etnografiya yaʻni, toʻy marakalarda, bayram tadbirlarda, turli darajadagi marosimlarda keng qoʻllaniladi. Xuddi shu singari, chalinadigan oʻzbek xalq cholgʻular oilasida ham chanqovuz cholgʻusi mavjud. Chanqovuz toʻliq metaldan yasaladi. Unda ham ovoz ogʻiz boʻshligʻida hosil qilinadi. Oʻzining yoqimli va dilrabo ohangi bilan inson koʻnglidan joy egallaydi.
Xulosa
Ushbu maqolani yozish jarayonida biz oʻzbek va qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻularini oʻrgandik va oʻrganishimiz jarayonida ushbu cholgʻularning farqlarini va bir-biriga oʻxshash jihatlarini koʻrib chiqdik. Jumladan, qirgʻizlarning “sibizgʻa va chez nay” cholgʻusi oʻzbek xalqining “nay” cholgʻusiga oʻxshashligini, chopo choor cholgʻusi, oʻzbek xalqining loy-hushtak cholgʻusiga oʻxshashligini, qirgʻiz xalqining “choʻp ogʻuz-qoʻmuz va temir ogʻuz-qoʻmuz” cholgʻusi oʻzbek xalqining “chanqovuz” cholgʻusiga oʻxshashligini va farqlarini koʻrib chiqdik. Oʻrganishimiz jarayonida qirgʻiz xalqida ham oʻzbek xalqida nomi va chalinish uslubi jihatidan bir xil damli cholgʻular borligini oʻrgandik. Bizning tadqiqotimizdan maqsadimiz faqatgina cholgʻularni bir-biriga solishtirish yoki farqlarini koʻrsatishdan iborat emas, balki oʻzbek xalq milliy kuylarini qirgʻiz xalq damli cholgʻularida ijro etish, hamda qirgʻiz xalq milliy kuylarini, oʻzbek xalq milliy cholgʻularida ijro etish. Shunda biz, quyidagi maqsadga yetgan boʻlamiz. Yaʻni, kelajakda asarlar yoziladigan boʻlsa, qirgʻiz cholgʻularida ham, oʻzbek cholgʻularida ham ortiqcha qiyinchilikka uchramasdan asar ijro etish imkoniyatiga ega bʻolamiz. Shunda oʻzaro repertuar yana boyitiladi. Ikki millat oʻrtasidagi tajriba almashinuvi natijasida, cholgʻular yanada takomillashtiriladi. Jumladan, hozirgi cholgʻularimizda kamchiliklar yetarli, masalan oʻzbek milliy cholgʻularida bas tovushi yaʻni, kichik aktava va katta aktava tovushlari mavjud emas. Faqatgina toʻliqsiz kichik aktava va birinchi, ikkinchi aktava tovushlar mavjud. Qirgʻiz xalq cholgʻularida esa bas tovushlar mavjud. Ammo ularda ham ushbu aktava tovushlar bitta cholgʻuda jamlanmagan. Baʻzi cholgʻularda katta kichik aktavalar mavjud, birinchi va ikkinchi aktava tovushi yo’q, jez nay, qamish nay kabi cholg’ularda birinchi va ikkinchi aktava tovushlar mavjud, uchinchi va toʻrtinchi aktava cholgʻulari mavjud emas. Chopa choor cholgʻusining baʻzi koʻrinishlarida uchinchi va toʻrtinchi aktava tovushlari mavjud. Ushbu oʻrganishlar va izlanishlar davom etadigan boʻlsa cholgʻular takomillashadi, ikki millat oʻrtasidagi madaniy aloqalar rivojlanadi, yohud mustahkamlanadi.
Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling