Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻulari
Qirgʻiz damli cholgʻulari : Oʻzbek damli cholgʻulari
Download 33.66 Kb.
|
Abduraupov maqola.26
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chopo choor, loy hustak va spool nay
Qirgʻiz damli cholgʻulari : Oʻzbek damli cholgʻulari:
Jeznay nay Kerney karnay Surney sunray chanqovuz chanqovuz sibizg`a chiniroon opol nay chopo choor loy hushtak qamish surnay Tarixiyligi. Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻulari qadim tarixga ega. Sanʻat va madaniyat bir-biriga tutashgan yillarning bazi yaxshi yomon sinovlarida turli darajada rivojlangan. Ammo yuksalishdan toʻxtamagan. Barchamizga maʻlum Oʻzbek milliy damli cholgʻulariga nay, qoʻshnay, sunray, karnay, chanqovuz, loyhushtak, sibizgʻa kabi cholgʻular kiradi. Qirgʻiz xalq damli cholgʻulariga esa jeznay, sibizgʻa, choʻpachor, jogoch, obizqomiz, temir obizqomiz, sunray, kerney, chimron kabi birqancha cholgʻular mavjud. Ikki xalqning damli cholgʻulari nomlari va cholgʻularning chalinish uslubi bir-biriga yaqin. Bu holat ikki millatning qardoshligini san`at va madaniyat ildizlari bir-biriga tutash ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Chopo choor, loy hustak va spool nay . Chopo choor qirg`iz xalqining qadimiy milliy damli cholgʻusi hisoblanadi. Oʻzbek xalqida bu cholgʻu loy hushtak deyiladi va ularning turlicha farqlari mavjud. Qirgʻiz musiqasida Chopo choorning alohida oʻrni boʻlgan. Chopo chorning ohangi mungli, aqil xushni oluvchi ohangi bilan odamlarning yuragidan munosib joy olgan. Koʻpincha yilqichilar koʻchib yuruvchi choʻponlar va savdogarlar chalishgan. Chochororni qizil tusdagi loytuproq arashmasidan tayyorlanadi. Avval chopa chorning loyi tayyorlab olingach, loyni zuvala bilan yoyib olinadi. Yoyilgan loy chopachorning oʻlchamiga muvofiq kesib olinadi va loy qotib qolmaslik uchun suv bilan namlab yoyilgan loyni dumaloq chopa chor shaklida yopishtirib olishadi. Mahorat bilan loyga yana ishlov berilib chopa chorning shakli chiqarib olinadi. Yogʻoch taxtacha orqali chopa chor shaklidagi loyga maromiga yetguncha tinmay ishlov beriladi va tayyor boʻlgan yarimtayyor chopachorning ichiga ovoz chiqaruvchi tili oʻrnatiladi. Usta qayta tekshiruvdan oʻtkazgach chopachorga ovozlarni soʻzlab oʻzgartiruvchi nota teshiklarini joylashtiradi. Qirgʻiz chopo choorlari qadimda ovoz teshiklari bir oktavaga ham yetmagan, ovoz chiqaruvchi nota teshiklari uch dona boʻlgan. Hozirgi paytga kelib, chopa choorlarning oktavasi bir oktavadan oshadi. Chopa choorlar besh xil koʻrinishda yasaladi. Birinchi koʻrinishi kichik oktava Re notasidan birinchi oktava Re notasigacha. Ikkinchi ko’rinish kichik oktava Lya notasidan birinchi oktava Lya notasigacha. Uchinchi ko`rinishdagi chopachor birinchi oktava Mi notasidan ikkinchi oktava Mi notasigacha boʻladi. Chopochorning toʻrtinchi koʻrinishi esa birinchi oktava Sol notasidan ikkinchi oktava Sol notasigacha boʻladi. Chopachorning beshinchi koʻrinishi esa birinchi oktava Lya notasidan ikkinchi oktava Lya notasigacha boʻladi. Har bir usta chopa chor yasaganda oʻzining ish uslubi va oʻrgangan bilganlaridan kelib chiqib cholgʻuga naqsh soladi va nihoyat soʻngi bosqich yani tayyor boʻlgan choʻpachorlar 800 gradus issiqlikdagi pechkaga solib pishirib olinadi. Chopa chor pishganda choʻgʻday qizarib chiqadi va yana pechga solinadi. Oʻn besh, yigirma soatdan keyin tayyor chopa chorlar pechdan olinib ustaxonaga yani qayta sozlash uchun olib kelinadi. Ortiqcha joylari silliqlanib tayyor holga kelgach, eng oxirida inson salomatligi uchun zararsiz tabi rangsiz boʻyoqdan surkaladi. Natijada chinnidek yaltiragan ovozi yurakni larzaga soluvchi choʻpachor tayyor boʻladi. Eʻtibor qilgan boʻlsangiz chopa chor 100 foiz loydan yasaladi. Oʻzbek xalqining loy hushtak cholgʻusi, asosan folklyor jamoalarida ishlatiladi. Aniq cholgʻu sifatida roʻyxatga olinmagan, loydan yasalib xumdonda pishirib olinadi. Uning teshiklari toʻliq aktavaga ega emas. Teshiklar soni ikkita. Qadimda asosan choʻponlar va yilqichilar ishlatishkan. Koʻrinishi jihatidan qushning tanasiga oʻxshaydi. Oʻzbek xalq milliy folklorida keng qoʻllaniladi. Oʻzbek xalqining damli cholgʻularidan yana biri sopol nay. Barcha sopoldan yasalgan soʻzlar singari bu ham loydan yasaladi. Tarkibi tuproq va suv, toʻrtta teshikdan iborat va shu sababli toʻliq aktavaga ega emas. Qadimgi sopol naylarda ikkita yoki uchta teshik boʻlgan. Ularning sozlanishi hozirgi zamon sent oʻlchovi boʻyicha har bir teshikning orasi ikki yuz sentga yetmagan. Bugungi kunda sopol naylar folklor ansambillarida ishlatila boshlandi. Bunga sabab davlatimiz rahbarining falklor sanʻatini rivojlantirishga qaratilgan eʻtibor sabab boʻldi. Download 33.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling