Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻulari
Download 33.66 Kb.
|
Abduraupov maqola.26
Qamish nay: qirgʻiz xalqining damli cholgʻusi hisoblanib, qalinroq va sifatliroq qamishdan yasaladi. Usta sifatli qamishni olib, ichini tozalab oladi. Undan soʻng, qamishning bir tomonidan uning chalinadigan tili chiqariladi. Ushbu chalinadigan til, qamish qalamdan biroz koʻtarilib turishi va ajralib ketmasligi uchun, pishiq ip bilan bogʻlab olinadi. Soʻngra qamish qalamda yettita ovoz chiqaradigan teshik teshib olinadi, har tomonlama qayta ishlanib silliqlanadi. Ushbu qamish surnay boshqa turkiy xalqlarda turlicha nom bilan uchraydi.
Jeznay: qirgʻiz xalqining bu damli cholgʻusi qattiq metal boʻlgan jezdan yasaladi. Jezni naysimon shaklda quyib olinadi. Undan nay teshiklariga oʻxshash teshiklar ochiladi va uning ichiga jezdan yasalgan tili ulanadi. Soʻngi bosqichda esa rezinali charxda silliqlanib olinadi. Koʻrinishi jihatidan sibizgʻa cholgʻusiga oʻxshaydi. Bazi hollarda xalq orasida jezdan yasalgan sibizgʻa ham deb aytiladi. qadimda qirg`iz oullarida bu cholg`udan uzoqdan dushman ko`rinse yoki biror Kutilayotgan odam koʻrinsa ovulga xabar berish maqsadida foydalanilgan. Asosan, etnografik folklor qoʻshiqlarida ishlatilgan. Chiniroon: jezdan oʻyib yasalgan ikki boʻlak bir-biriga ulanib, jarangli ovoz chiqaradigan va qirgʻizlarning oʻtmishi-yu bugunida ishlatiladigan damli cholgʻusi hisoblanadi. Avvalo chiniroonni yasash uchun yupqa va sifatli jez tanlab olinadi, soʻngra uni silliqlab, tekislab chiniroon cholgʻusiga moslab, boʻlak-boʻlak qilib kesib olinadi. Kesilgan ikki boʻlak biri ovoz pardalari joylashishi uchun dasta vazifasini bajarsa, ikkinchisi ovoz chiqarish vazifasini bajarish uchun meʻyoriy shaklga keltiriladi. Musiqa cholgʻusi bir-biriga ulanib tekislanib olinadi. Chiniroonning ovoz chiqarish uchun puflaydigan joyiga shakl berilib, puflagandan insonning labi ogʻrimasligi uchun sharoitdan kelib chiqqan holda, yogʻoch yoki plastik halqa qoʻyiladi. Chiniroonning ikki boʻlagi bir-biriga ulangach, yana unga ishlov beriladi, olovda qizdiriladi, ortiqcha joylari olib tashlanadi. Ikki boʻlak yaxlit bir butun shaklga keladi. Chiniroonning ovoz chiqadigan uch qismi qayrilib olinadi va yana silliqlanib ishlov beriladi. Chiniroonning dasta qismidan ovoz pardalari uchun teshiklar ochiladi. Ovoz chastotasiga muvofiq kichik teshiklar kattalashtirilishi mumkin. Teshiklar silliqlanib olinadi. Chiniroonning yaltirab chiroyli koʻrinishi uchun rezina charx bilan silliqlanib olinadi. Soʻngra chiniroonning dasta qismiga ovoz chiqaruvchi tili oʻrnatiladi. Qirgʻizlarda ovoz chiqaruvchi til “ushtuk” deb nomlanadi. Ushtuk oʻrnatilgach chiniroon chalish uchun tayyor boʻladi. Oʻzbek milliy cholgʻularidan surnay shakli va ovozi jihatidan chiniroonga mos keladi. Faqatgina chiniroon jezdan yasaladi, surnay yogʻochdan yasaladi. Download 33.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling