Amaliy mashg’ulot mavzusi;Kartondan «Olmali daraxt» ko‘rgazmali qurolini tayyorlash texnologiyasi Bajarish texnologiyasi


Download 15.8 Kb.
Sana09.12.2020
Hajmi15.8 Kb.
#162519
Bog'liq
I2-amaliy mashg


Amaliy mashg’ulot mavzusi;Kartondan «Olmali daraxt» ko‘rgazmali qurolini tayyorlash texnologiyasi

Bajarish texnologiyasi

  1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.

  2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan muqovalanadi.

  3. Kartonning yuqori va pastki qismidan bir-biriga to‘g‘ri qilib 8 ta teshik belgilanadi va nina yordamida teshib chiqiladi.

  4. Ochilgan teshiklardan nina yordamida qalinroq ip o‘tkaziladi va kartonning orqa tomonidan iplar bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Ip teshiklardan bemalol harakatlanishi kerak.

  5. Boshqa kartondan olma shakllari qirqib olinadi va shakllarga rangli qog‘oz yopishtiriladi.

  6. Qirqib olingan olma shakllari iplarga bittadan yelimlab chiqiladi va orqa tomoniga oq qog‘ozdan yopishtiriladi.

  7. Olma shakllarini yelimlashda ipning tuguni kartonning pastki qismida joylashgan bo‘lishi kerak. Olma shakllarini esa kartonning yuqori qismidan yelimlanadi.

  8. Kartondan katta savat shakli chizib qirqib olinadi va unga ranglar yordamida ishlov beriladi.

  9. Tayyor bo‘lgan savatcha asos kartonning pastki qismiga chetlarini yelimlab yopishtiriladi. Iplar o‘tgan joyi yelimlanmaydi.

  10. Iplarni harakatlantirganda olma shakllari yerga va savat chaga tushishi kerak.

  11. Olma shaklining orqa tomoniga, ya’ni oq qog‘ozlar ustiga har xil misollar, mashqlar va topshiriqlar yozib qo‘yish mumkin.

  12. O‘quvchi ipni harakatlantirganda olma shakli savatchaga tushdi.

  13. O‘quvchi shu olma shakli orqasidagi topshiriqni yozadi.

“Olmali daraxt” ko‘rgazmali qurolidan boshlang‘ich sinf barcha darslari jarayonida qo‘llaniladi.
Download 15.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling