“Kleyli bog„lamlar”- jarohatni bir necha qavat steril
doka salfetkasi bilan
berkitilib, jarohat atrofidagi teriga kley surtiladi(kleol, kollodiy).
Kley qisman
qurigach, dokani qo„yib, chetini mahkamlanadi. Dokaning
ortiqcha qismini qaychi
bilan qirqib tashlanadi.
“Leykoplpatirli bog„lamlar”- kichik jarohatlarda
boylov materiali
leykoplastir
bilan
mahkamlanadi.
Leykoplastir
krest
yoki
paralel
qilib
yopishtiriladi.
YUzaki
kichik
jarohatlarda
bakteriotsid
leykoplastirlardan
foydalaniladi.
“To„r va naysimon bintli bog„lamlar”- Davolovchi bog„lamni tez
mahkamlash uchun hozirgi vaqtda retilast – paypoq ko„rinishdagi to„rsimon
material, turli o„lchamli va oson cho„ziladigan bintlar ishlatiladi. O„lchami № 2-
35gacha bo„lgan to„r-naysimon bintlar chiqarilgan.
“Paypoqli bog„lamlar”- jarohatni steril paxta va doka qilingan yostiqchalar
bilan berkitilib, kiygizib qo„yiladi. Qo„l barmoqlarini bog„lash uchun №2,3 ; kaft,
bilak, tovon, boldirni bog„lash uchun №5-7; elka va son uchun №10-15; bosh, tana
va chanoq uchun №25-35 raqamli bintlar ishlatiladi.