1. Psixologiya va uning rivojlanishi. Rivojlanish psixologiyasining tarixi
Download 249.48 Kb.
|
rivoj psix
birinchisi xayoli anglatilgan motivlarni aniqlashga mo'ljallangan savollardan tuziladi.
Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchisida sinaluvchiga yozilgan to'g'ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. So'rovnomadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o'ziga tengdoshlarga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlashda foydalaniladi. TEST METODI Intellektual, psixokorreksion So`ngi yillarda keng qo`llana boshlagan metodlardan biri, test metodidir Test so`zi inglizcha so`z bo`lib, o`lchash degan ma`noni bildiradi. Test metodi orqalibolalarning umumiy aqliy taraqqiyoti darajalari va ayrim psixik jarayonlarning (tafakkur, hayol, hotira) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi boshqa metodlarga qaraganda ancha universal metod hisoblanadi.test metodi yordamida bolalarning yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganligini ham aniqlash mumkin Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod ish davri psixologiyasida keng qo'llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o'yinchoklar, modellar, yozgan she'rlarini tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar qo'llash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob'ekt bilan sub'ekt o'rtasida muloqot o'rnatish uchun shaxsning psixikasi to'g'risida sirtdan ma'lum xukm xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o'quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar tuplash mumkin. Lekin insondagi psixik o'zgarishlar kamol topish va ularning kechishini ifodalovchi materiallar yig'ish uchun bu metodning o'zi etmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o'rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma'qul. Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayot faoliyati, ijodiyoti to'g'risidagi og'zaki va yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi xotiralari, esdaliklari, o'zgalar ijodiga bergan baholari taqrizlari alohida o'rin egallaydi. Shu bilan birga o'zgalar tomonidan to'plangan tarjimai hol haqidagi materiallar, esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavxalar, xujjatli filmlar o'rganilayotgan shaxsni to'liqroq tasavvur etishga xizmat qiladi.Tarjimai hol ma'lumotlari inson psixikasidagi o'zgarishlarni kuzatishda uning suhbat va tajriba metodlari bilan o'rganib bo'lmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi. Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni sub’ektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg’ular, emostional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emostiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot- yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo’lmish shaxs miyasida ob’ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo’lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. O’smirlik va o’spirinlik davrlari nafaqat professonal tanlov va kasb egallash uchun maqbul davr bo’lmay, bu davr yoshlarning o’zligini anglash, o’z qadr — qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatda bo’lish tajribasini egallash davri hamdir. O’smir ham o’spirin ham qancha ichki ruhiy iztirob, qarama-qarshilik, mas’uliyat onlarini boshidan kechirmasin, uning emostional olami, atrof — muhitda ro’y berayotgan hodisalarni ongida aks ettirishi katta o’rin tutadi. Aynan o’smirlik davri bola qalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir o’ziga eng yaqin kishi sifatida tan olish, uni ruhiyatida kechayotgan barcha o’zgarishlardan vofiq etish istagi va ehtiyojini uyg’otadi. Birinchi marta «do’stlik», «muhabbat», «sevgi » tushunchalari ham aynan shu davrda paydo bo’ladi. Shuning uchun ham etuklik va keksalik davridagi kishilar ham o’smirlik va o’spirinlik yillarini eng beg’ubor, jozibali va yoqimli sifatida xotirlaydilar. Bu taraqqiyot davri attrakstiya deb atalmish hissiyotning paydo bo’lishi uchun eng maqbul davrdir. Attrakstiya (lotincha attrahere — yoqtirtirish, o’ziga jalb etish) — bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirishi, o’zaro moyillikni tushuntiruvchi emostional hisdir. Bu bir odamda boshqa bir odamga nisbatan shakllanadigan ijtimoiy ustanovkaning bir ko’rinishi bo’lib, simpatiya — yoqtirishdan tortib, to sevgi muhabbat kabi chuqur emostional bog’liqlik ham shu his asosida paydo bo’ladi. Ijtimoiy psixologiyada ushbu hissiyotning asl sabablari ijtimoiy motivlar — sheriklarning bevosita bitta makon va zamonda ekanliklari, ularning tez — tez uchrashib turishlari, uchrashuvlar tezligi, suhbatdoshlar o’rtasidagi masofa, hissiyotlarning tarbiyalanganligi kabi omillar ta’sirida paydo bo’lishi va uning kechish mexanizmlari o’rganiladi. Tadqiqotlar bu kabi emostional munosabatlar aynan balog’at yoshi arafasida rivojlanishini isbot qilgan. Shunisi ahamiyatliki, attrakstiyaning namoyon bo’lishi, uning kuchi va mazmuni o’smir — yoshning shaxs sifatida o’zini idrok qilishi, o’z-o’zini hurmat qilishi va o’zgalarga nisbatan munosabatlarda toqatliroq bo’lishiga bevosita ta’sir ko’rsatar ekan. Shuning uchun ham ana shu davrda o’smir va o’spirin atrofida u yoqtirgan va uni yoqtiradigan odamlarning bo’lishi juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, uning aksi bola ruhiy azoblanishining sabablaridan hisoblanadi. Download 249.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling