1. Psixologiyada motiv tushunchasi. Motivasiya. Motivasiya va motivlarning nazariy muammolari. «Motivasiya»


O‘zaro munosabatning qo‘llab-quvvatlanishi


Download 164.5 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1451855
1   2   3
Bog'liq
Motiv va motivatsiya

O‘zaro munosabatning qo‘llab-quvvatlanishi.
Insonlar o‘z ijtimoiy aloqalarini uzmaslikka harakat qiladilar.Bizning ko‘pchiligimizda yaqin munosabatlar nafratlanishni emas, simpatiyani hosil qiladi. Bunga maktabda, yozgi lagerlarda orttirgan do‘stlami misol qilish mumkin. Munosabatlami saqlab qolish niyatida qo‘ng‘iroq qilib turishga, xat yozib turishga, uchrashib turishga kelishilinadi. Bu munosabatlarning uzilishi, ma’lum miqdorda azoblanishga olib keladi. Bog‘liqlik insonlami bir-biri bilan qolishga majbur qiladi, hattoki munosabatlari yomon bo‘lsa ham, bir o‘zi qolish qo‘rquvi kuchli, bu qo‘rquv insonni fiziologik va emotsional haqoratlanishini kuchaytiradi. Motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u insonlar (goh hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatini ruhiy jihatdan boshqaruvchi sifatidagi o‘ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi hayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab o‘tiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarning barcha turlari (ko‘rinishlari, modalliklari, shakllari) ni o‘z ichiga oladi (chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar). Motiv hissiyot bilan ham bog‘liq bo‘lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida bo‘lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar, tizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Hissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi.Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasiga nisbatan umumiyroq bo‘lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his-tuyg‘ularga aloqadorlik muammosi bo‘lib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lgan muloqoti zaif emotsional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg‘un jarayonlarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, motivlar funksional-energetik tomonlami dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi. Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning muhiti va dinamik,ma’naviy ta’sir etish munosabatini o‘zida aks ettiradi.Motiv bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish asosi hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo‘ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbolli rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan qorishib ketish ehtimoli darajasini ham belgilaydi.Lekin muayyan insonning funksional imkoniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob’yektiv tomonlarining yaqqol ro‘yobga chiqish motivining barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv)ga yo‘nalganligi ham faoliyatning ob’yektiv shart-sharoitiga moslasha boradi. Umuman shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanish motivining faoliyatiga, faoliyatning esa motivga o‘zaro ta’siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta’siming ko‘rsatkichi, mezoni vazifasini bajaradi.Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablami anglashda, ehtiyojlami ichdan qayta ko‘rishda, xulq-atvor qoidalari, mezonlari yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati kabilarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.


Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling