Rahbarlik boshqaruv faoliyati sifatida. Har qanday boshqaruv ushbu jarayonning mukammal tarzda idora etish ehtiyojini sezadi. Shu maqsadda, tuzilma mas’ul boshqaruvchiga ega bo’lishi lozim. Tashkilotni tuzilma sifatida qabul qilarkanmiz, uning rahbari boshqaruvning aynan ikki asosiy funksiyasini ta’minlovchi shaxs sifatida tushuniladi. Tashkilot miqyosida tahlil qilinganda yuqorida qayd etilgan asosiy funksiyalar quyidagicha ifoda etiladi:
Maqsadga yo’naltiruvchi funksiya - tashkilotni ma’lum maqsadga olib boruvchi vazifalarni mujassamlashtiradi.
Tashkiliy funksiya - Tashkilot turli bo’limlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal darajada foydalanishdir. Rahbar ado etishi zarur bo’lgan asosiy funksiya va vazifalar tasviriy ravishda quyidagicha ifodalangan.
Ularning har biriga izoh berar ekanmiz, shuni qayd etish lozimki, rahbarlikning asosiy maqsadi, ushbu vazifalar o’rtasida mutanosiblik va uyg’unlikka erishish hamda shu orqali tashkilot butunligini ta’minlashdir.
Tashkilot boshqaruvining asosiy funksiyalaridan yana quyidagi xususiy funksiyalar kelib chiqadi:
Rejalashtirish funksiyasi:
Natija kanday bo’lishi haqidagi tasavvur, unga erishish bosqichlari va uslublar.
Asosiy tamoyili - boshqaruvchi va boshqariluvchi subyektlarni muvofiqlashtirish.
Nazorat etish funksiyasi:
Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta’minlovchi mablag’ va rusurslar haqidagi ma’lumotlarni saqlash, boshqaruvning ta’sirchanligi haqidagi axborotlarga ega bo’lish. Nazoratning asosi – hisob-kitobdir hamda nazorat jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.
Siyosiy-huquqiy funksiya:
Tashkilot xodimlarining jamiyatda qabul qilingan qonun va huquqlar doirasida faoliyat yuritishlarini nazorat etadi va ta’minlaydi.
Ijtimoiy hodisalar (turli kasb faoliyati va ularga haq to’lash tafovutlari, insonlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning mavjudligi).
Do'stlaringiz bilan baham: |