1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni
Download 277.59 Kb.
|
1- тема
2. SAMARALI RAHBAR QIYOFASIYuqorida samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shaxs xislatlarini keltirib o’tdik. Bu xislatlarni bilish, rahbar ularni o’zida shakllantirishga intilishi, so’zsiz, uning boshqaruv mahoratini yanada yuqori pog’onalarga olib chiqadi va tashkilotning ko’zlangan maqsadga yo’nalishini tezlashtiradi. Lekin, metodologiya nuqtai nazaridan rahbar shaxsi shunchaki xislat yig’indisidan iborat emas, ayni vaqtda mazkur xislatlarni mujassamlashtirib, uyg’unlashtirib turuvchi yanada shiddatli kuchlar borki, ular ishtirokida xislatlarning ma’lum kombinasiyasidan iborat rahbar qiyofasi mavjud bo’lishi mumkin. Psixologiya fanida ushbu fikr shaxs strukturasi degan ibora orqali o’z mazmunini topgan. Hozirga kelib psixologiya fanida shaxs strukturasini ifodalovchi turlicha ta’riflar mavjud bo’lib, ularning qiyosiy tavsifini keltirishga hojat yo’q deb, o’ylaymiz. Ulardan eng ahamiyatlisi sifatida quyidagi tahlil bayon etish mumkin. Shaxsdagi barcha psixologik xislatlar va ijtimoiy sifatlar quyidagi tizim shaklida tasavvur etilishi mumkin: Tasvirlangan piramidaning tarkibiy qismlarini qatlamlar deb, qabul qilsak, yuqorida turgan tarkib o’zidan pastda joylashgan qatlamlardan shakl topadi. Demak, ushbu tizimning birinchi pog’onasida turgan «xatti-harakatlar» deb, ataluvchi qatlam birlamchi hisoblanadi va uning asosida shaxsning yanada yuksakroq tarkibiy sifatlari shakllana boshlaydi. Yuksak pog’onada turuvchi tuzilmalarning sifati va ifodalanishi pastki o’rindagi qatlamlar sifat mohiyati bilan bog’langan. Shu nuqtai nazardan qaraganda insonda avval pastki qatlamlar (xatti-harakat va ustanovkalar) shakllanadi, so’ngra ular qadriyatlarning shakllanishiga asos bo’ladi, qadriyatlar negizida insonning e’tiqodi shakllanadi va e’tiqodlar majumasi inson missiyasi orqali birlashadi. Endi, shu fikrga asoslangan holda yuqorida tasvirlangan piramidaning tarkibiy bo’laklari (qatlamlari) ustida alohida to’xtalib o’tamiz. Missiya – eng oliy maqsad bo’lib, inson butun umrini shu maqsadga intilish uchun bag’ishlaydi. Odatda missiya shakllanishi va inson tomonidan anglanishi, uning yetuk yoshlariga to’g’ri keladi. Missiya inson hayotining yo’nalishini ifodalaydi. Odatda har bir inson hayotida o’z missiyasiga ega va hamma gap uni erta yoki kech anglanishidadir. Psixologiya fanida katta o’rin egallagan gumanistik yo’nalish e’tirof etadigan asosiy vazifalardan biri - insonga uning missiyasini anglashda yordam berishdan iboratdir. Mavzuimiz mazmunidan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har bir rahbar o’z faoliyatini qanday missiya orqali ifodalanishini iloji boricha ertaroq anglab olishi lozim. Masalan, missiya sifatida o’z xalqiga xizmat qilish, o’z vatanining ravnaq topishida ishtirok etish yoki butun xatti-harakatini oilasi farovonligiga bag’ishlash kabi sharafli burch bo’lishi mumkin. Albatta, bunday iboralar ro’yxati cheksiz va ular har bir shaxs uchun individualdir. Shaxs o’z missiyasini nafaqat anglashi, balki, tashkilot umumiy maqsadi bilan uyg’unlashtirishi lozimdir. Missiya o’z shakliga binoan aniq va ravshan ifodalanishi, shaxsdan «tashqarida» joylashishi, ya’ni tashqi muhit obyektlarida mujassamlashgan bo’lishi lozim (masalan, kasbiy yo’nalish, o’zgalar manfaati, xizmat sohasi va h.k.). Missiya o’z mazmuniga ko’ra shaxs e’tiqodlaridan unib chiqadi. Download 277.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling