1. Psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etish qonuniyatlarini o’rganish


Download 1.31 Mb.
bet1/7
Sana22.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1109951
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 MAVZU PS TAR 2022

  • 1-МАВЗУ:
  • 1. Psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etish qonuniyatlarini o’rganish.
  • 2. U yoki bu psixologik konsepsiyalar va maktablarning paydo bo’lish va rivojlanish sabablarini o’rganish.
  • 3. Psixologik bilimlar taraqqiyotini ijtimoiy – madaniy kontekstda o’rganish.
  • 4. Psixologiya taraqqiyoti tarixida shaxsning rolini o’rganish.
  • Sistemalilik prinsipi tadqiqotchini tarixiy – psixologik faktni o’rganish jarayonida ushbu faktning qolgan barcha tarixiy – psixologik faktlar bilan aloqalari to’plamini qat’iy hisobga olishga yo’naltiradi
  • Ilmiylik prinsipi tadqiqotchidan tarixiy psixologik tadqiqot jarayonida faqat ilmiy faktlarga murojaat qilish va isbotlashning faqat ilmiy metodlaridan foydalanishni talab qiladi.
  • Tarixiylik va mantiqiylik birligi prinsipi tadqiqotchini o’rganilayotgan tarixiy psixologik faktni shunchaki tasvirlamasdan uni nazariy tahlil qilishga yo’naltiradi.
  • Determinizm prinsipi tadqiqotchidan har qanday tarixiy psixologik faktni sababiy izohlashni hisobga olishni talab qiladi.
  • Taraqqiyot prinsipi tadqiqotchini har qanday tarixiy psixologik hodisani dinamika (o’sib borish, rivojlanish) jarayonida o’rganishga yo’naltiradi.
  • Psixologiya tarixi fanining eng ko’p qo’llaniladigan metodlari:
  • 2) arxiv materiallarini o’rganish,
  • 3) intervyu,
  • 4) ilmiy asarlarga murojaatlarni tahlil qilish,
  • 1) ilmiy maktablarni o’rganish,
  • Ilmiy maktablarni o’rganish metodi tadqiqotchiga turli ilmiy maktablar o’ziga xosligi, ilmiy bilimlar ishlab chiqarish usullari, u yoki bu ilmiy maktablar vakillari o’rtasidagi aloqalar xususiyatlarini tadqiq qilish imkonini beradi. Tarixiy psixologik tadqiqot jarayonida ushbu metodni qo’llash har bir ilmiy psixologik maktabni sinchiklab o’rganishni talab qiladi.
  • Arxiv materiallarini o’rganish metodi aniq maqsad asosida ilmiy ishlarni izlash, uning natijasida matnli ma’lumotlarga sharxlar tuzish va uni zarur qaydlar bilan ta’minlashdan iborat.
  • Intervyu metodining mohiyati tadqiqotchining psixolog olim bilan suhbatidan iborat. Tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib intervyu davomida aniq savollar yordamida zarur ma’lumot olinadi. Ushbu metod nazariyaning o’ziga xosligini uning yaratuvchisi orqali tushunishga imkon beradi.
  • Ilmiy asarlarga murojaatlarni tahlil qilish metodi psixologiyadagi ilmiy maktablar va yo’nalishlar o’rtasidagi aloqalar haqida, shuningdek ilmiy asarlardan sitatalar olish chastotasini aniqlash orqali psixologik bilimlar taraqqiyoti yo’nalishlari va axvoli haqida muhim ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
  • Biografik va avtobiografik metodlar tadqiqotchiga olim, u yoki bu nazariyaning yaratuvchisi hayoti atmosferasini qayta tiklash orqali u yoki bu nazariyaning mohiyatini samarali tushunishga imkon beradi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling