1. Pul bozori tarkibiga nimalar kiradi? A qisqa muddatli kreditlar bozori, qisqa muddatli
TAYANCH SO‘Z VA IBORALARNI IZOHLANG
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Pul bozori tarkibiga nimalar kiradi A qisqa muddatli kreditl
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVOLLAR (20 BALL) (har biri 10 balldan) 1-savol. Moliyaviy vositachilar va ularning iqtisodiyotdagi o‘rni . .
TAYANCH SO‘Z VA IBORALARNI IZOHLANG .
(har biri 2 ball) № Tayanch so‘z va ibora Izoh 1 Tizimli risk 2 Moliyaviy hisobot 3 Moliyaviy risklar 4 Moliyaviy rejalashtirish 5 Moliyaviy vositachilar MASALALAR . (har biri 5 balldan) 1- masala. Siz 20 yoshdasiz va 45 yil muddatga yiliga 8%ga 100 dollar qo’yishni o’ylayapsiz. 65 yosh bo’lganingizda hisobingizda qancha pulingiz bo’ladi? Agar yillik foiz stavkasi 9% bo’lgan bankni topishga muvaffaq bo’lsangiz, u holda 65 yosh bo’lganingizda pullaringiz qancha bo’ladi? 2- masala. 6375 dollar foyda olish uchun 4000 dollar pul 10 foiz stavkada qancha muddatga investitsiya qilinishi kerak? . SAVOLLAR (20 BALL) (har biri 10 balldan) 1-savol. Moliyaviy vositachilar va ularning iqtisodiyotdagi o‘rni . . 2-savol. Foiz stavkalari va ularning turlari. Foiz stavkasining darajasiga ta’sir etuvchi omillar. . . 18- variant TEST . 1. Pul bozori tarkibiga nimalar kiradi? A) qisqa muddatli kreditlar bozori, qisqa muddatli depozitlar bozori, qisqa muddatli qimmatli qog'ozlar bozori B) Kreditlar bozori, depozitlar bozori, qimmatli qog'ozlar bozori; C) Sug'urta bozori, pensiya bozori, derivativlar bozori. D) Sug'urta bozori, pensiya bozori 2. Obligatsiya bu- A) Korxona mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talab. B) Kelgusida qayd qilingan summani to‘lashni va’da qiladigan qayd qilingan daromadga ega qarzdorlikni ifodalovchi qimmatli qog‘oz C) Bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, obligatsiyalar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan qimmatli qog’ozlarga aytiladi. D) Notanishlardan moliya jalb qilish orqali biznes yoki ijtimoiy loyihalar uchun pul to‘plash 3. Foiz stavkasi davri qancha muddat deb qabul qilingan? A) 1 oy; B) 1 kvartal; C) 1 yil; D) 2 yil. 4. Aksiyadan qanday turdagi daromad olish mumkin? A) dividend; B) foiz; C) Dividend va marja. D) dividend va aksiya kursi oshishidan olingan daromad; 5. Moliyaviy vositachilarning asosiy vazifasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko ‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash; B) banklardagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash; C) sug’urta bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko ‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash; D) axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash. 6. O’rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi? A) pul bozori; B) kapital bozori; C) valyuta bozori; D) fond bozori. 7. Xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o ‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam beruvchi moliyaviy vositachilar tog’ri ko’rsatilgan javobni belgilang? A) o’zaro fondlar; B) sug’urta kompaniyalari; C) investitsion banklar; D) venchur kompaniyalar. 8. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o’tishi nima deyiladi? A) moliyaviy vositachilar; B) xalqaro firma; C) pul oqimi. D) moliyaviy oqim; 9. Uy xo’jaliklarining mavjud jamg‘armalarini qanday aktivlarga yo‘naltirish kerakligini uy xo’jaliklarining qaysi qarori asosida aniqlashimiz mumkin? A) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion qarorlar; B) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; C) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar. 10. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy bozorlar tarkibiga kirmaydi? A) pul bozori; B) xo'jalik buyumlari bozori; C) valyuta bozori; D) kapital bozori. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling