2 – modul: pul bozori reja


Download 32.55 Kb.
bet1/7
Sana09.03.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1256084
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 2


2 – MODUL: PUL BOZORI
Reja:

  1. Pul bozorining iqtisodiy mohiyati

  2. Pul bozori ishtirokchilari. Davlat, tijorat banklari, korxonalar va boshqalar pul bozori ishtirokchisi sifatida

  3. Pul bozori instrumentlari



Tayanch so‘z va iboralar: Pul muomalasi, pul tizimi, pul agregatlari, valyuta birjasi, kontragent, indikatorlar, depozit sertifikatlari, tijorat qog‘ozi, bankir kafolati, yevrodollar.


1 – savol bayoni: Bozor uchun ishlab chiqarish bor joyda pul mablag‘lari o‘ta muhim iqtisodiy vosita bo‘ladi. Pul mablag‘lari ishlab chiqarishning takrorlanishiga xizmat qiladi, iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashadi. Pul shaklidagi mablag‘lar bozor orqali resursga aylanadi, resurslar ishtirokida tovarlar yaratiladi, tovarlar sotilib yana pul olinadi. Shunday harakatning qaytarilib turishi iqtisodiy jarayon yuz berganini bildiradi. Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘zining iqtisodiy jarayonini muntazam ravishda davom ettirishi uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lari bo‘lishini taqozo etadi.
Iqtisodchi olimlardan B. Nidlz fikricha, "Pul – joriy moliyaviy manbalarda tijorat faoliyati hisobining asosiy o‘lchov birligi hisoblanadi. Pul mablag‘lari deganda korxona kassasidagi va bankdagi hisob-kitob raqamida bo‘lgan pullar, shuningdek, pul ekvivalentlari tushuniladi"1 deyilgan.
Pul mablag‘lari atamasiga quyidagicha umumiy ta’rif berishni mumkin: "Pul mablag‘lari – majburiyatlarni zudlik bilan to‘lash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi. Pul mablag‘lariga moliyaviy muassasalardagi joriy hisobvaraqlardagi qoldiqlar, naqd kupyurlar, tangalar, valyutalar, kichik kassaning naqd pullari va moliyaviy muassasalar tomonidan muddatli depozitlar va muomaladan chiqarish uchun qabul qilingan, korxona kassasidagi konkret o‘tkazib beriladigan pul hujjatlaridir. Bu o‘tkaziladigan pul hujjatlariga oddiy cheklar, kassa orderlari, mijozlar cheklari, pul o‘tkazmalari va boshqa hisob-kitob vositalari kiradi". Balansning "Pul mablag‘lari" moddasidagi qoldiq pul hisobvaraqlariga kiradigan barcha turdagi mablag‘larni aks ettiradi. Ma’lumki, pul ekvivalentlari – pul mablag‘lariga o‘xshaydigan, lekin boshqacha tasniflanadigan aktivlardir. Ular xazina veksellari, tijorat qog‘ozlari va depozit sertifikatlardan iborat. Kechikishlar va jarima sanksiyalari pul ekvivalentlarining pul mablag‘lariga almashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun, ekvivalentlar kassa hisobvarag‘idan olinadi.
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko‘p jihatdan korxonalarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etish va ular ustidan nazoratni yaxshilashga bog‘liq. Pul mablag‘lari nazoratini tashkil etishning asosiy elementlaridan biri esa korxonaning hisob-rakamidir. Ya’ni hisob-raqamdan samarali foydalanishni maksimal darajada ta’minlash, barcha kirib kelayotgan pul mablag‘larini albatta bank orqali hisobga olish, barcha turdagi to‘lovlarni banklar chiqargan cheklar yoki shunga o‘xshash yozma topshiriqnomalar va ularning maxsus pul mablag‘lari fondi orqali amalga oshirish lozim. Agar ko‘rsatilgan tartibga qat’iy amal qiladigan bo‘lsa, u holda pul mablag‘larining hisobi ikki tomonlama bo‘ladi: birinchisi – korxonaning o‘zida, ikkinchisi esa bankda xisoblanadi.
Pul mablag‘lari hisobi to‘g‘risidagi iqtisodchi olim D.A. Pankov quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “Pul mablag‘larining rejali harakatining hisobi korxonada rejalashtirilayotgan davrda pul mablag‘lari oqimi va uni xo‘jalik faoliyatidagi harakatini nazorat qilib turishni ta’minlash maqsadida amal qilinadi. Pul oqimi pul mablag‘larining ortiqchaliligi yoki yetishmasliligi darajasini aniqlashga va rejalashtirishga yordam beradi, shuning asosida oborotga kerak bo‘ladigan kredit resurslarining miqdori hamda summasini aniqlash, bundan tashqari uni qoplash muddati va summasini, kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovini aniqlaydi”2, deb ta’kidlaydi.

Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling