2 – modul: pul bozori reja


Download 32.55 Kb.
bet6/7
Sana09.03.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1256084
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 2

Kontragent - banklararo pul bozorida pul mablag‘larini joylashtirish va/yoki jalb etish bo‘yicha birja bitimi ishtirokchilaridan biri;
Savdo ishtirokchilari - banklararo pul bozorida savdo tizimi orqali operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi);
Buyurtma - buyurtma beruvchi tomonidan ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini joylashtirish va/yoki jalb etish bo‘yicha shartlar aks ettirilgan elektron shakldagi birlamchi taklif;
Birja bitimi - birja tomonidan ro‘yxatga olingan, birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi bo‘yicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdi shartnomasi;
Qarshi buyurtmalar - qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘lgan buyurtmalar, ya’ni pul mablag‘larini joylashtirish uchun taklifga pul mablag‘larini jalb etish uchun qo‘yilgan buyurtma yoxud pul mablag‘larini jalb etish uchun qo‘yilgan buyurtmaga pul mablag‘larini joylashtirish uchun taklif;
Indikatorlar - savdo tizimi orqali savdo ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari.
Pul bozoridagi operatsiyalar Markaziy bank bilan tijorat banklari hamda tijorat banklari o‘rtasida o‘zaro savdo tizimi orqali amalga oshiriladi. Pul bozoridagi operatsiyalar tijorat banklari tomonidan bankning likvidligini ta’minlash yoki pul mablag‘larini joylashtirish orqali daromad olish maqsadida, Markaziy bank tomonidan esa pul-kredit siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Savdo ishtirokchilari pul bozoridagi operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur Nizom talablariga hamda valyuta birjasining birja savdolari qoidalariga rioya qilishlari shart. Markaziy bank banklararo pul bozorida tuzilgan barcha birja bitimlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan tanishish huquqiga ega. Tijorat banklari banklararo pul bozorida o‘z bitimlari va boshqa tijorat banklari tomonidan o‘zaro amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar (bank nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno) bilan tanishish huquqiga ega.
Valyuta birjasi o‘z vakolati doirasida:

  • banklararo pul bozorida birja savdolarini tashkil etadi va o‘tkazadi;

  • savdo ishtirokchilariga savdo tizimi dasturiy ta’minotini taqdim etadi va ularning texnik sozligini ta’minlaydi;

  • banklararo pul bozori indikatorlarini shakllantiradi;

  • pul bozoridagi operatsiyalarga oid ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlaydi;

  • savdo ishtirokchilarini savdolarni o‘tkazish joyi, vaqti va savdo yakunlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qiladi.

Pul bozoridagi operatsiyalar valyuta birjasi hamda banklar tomonidan tuziladigan Bosh bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Bosh bitimda xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlar bilan birqatorda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  • Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida hamda tijorat banklari o‘rtasidagi o‘zaro tuziladigan birja bitimlari uchun majburiy shartlar;

  • foiz to‘lovlarini hisoblash, ularni to‘lash tartibi va muddatlari;

  • Bosh bitimning amal qilish muddati.

Savdo ishtirokchilari birja savdolarida ularning nomidan birja bitimlari tuzishga vakolatli bo‘lgan o‘z xodimlari (treyderlar) (bundan buyon matnda treyder deb yuritiladi) orqali ishtirok etadi. Birja savdolar bank ish kunlari soat 9:00 dan boshlanib Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi ish vaqti yakunlanishiga 30 daqiqa qolguniga qadar amalga oshiriladi.
Savdo ishtirokchilari mustaqil ravishda savdo tizimiga kirishning quyidagi uslublaridan birini tanlashlari mumkin:

  • masofaviy – ish o‘rnidan foydalanish orqali;

  • valyuta birjasi savdo zalidagi ish o‘rnidan foydalanish orqali.

Valyuta birjasi savdo tizimida ishlash uchun savdo ishtirokchilarini ikki bosqichli login va parol bilan ta’minlaydi.
Birinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqiga faqatgina treyder ega bo‘ladi. Birinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchiga savdo tizimini faollashtirish huquqini beradi.
Ikkinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqi bank rahbari tomonidan vakolat berilgan birja savdolari bo‘yicha birja bitimlarini tuzishga mas’ul bo‘lgan shaxsga beriladi. Ikkinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchiga birja bitimini tasdiqlash huquqini beradi.
Birja bitimlari savdo tizimida tomonlar bir-birini birja bitimi bo‘yicha kontragent sifatida ko‘rsatuvchi qarshi buyurtmalar asosida tuziladi. Birja bitimlarini tuzish uchun savdo tizimiga bitim tuzishga tashabbus qilayotgan savdo ishtirokchisining pul mablag‘larini joylashtirish va/yoki jalb etish bo‘yicha buyurtmasi (bundan buyon matnda dastlabki buyurtma deb yuritiladi) kiritiladi.
Dastlabki buyurtmada quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatilishi lozim:

  • pul mablag‘larini jalb etish yoki joylashtirish;

  • jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan valyuta turi;

  • jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan pul mablag‘lari miqdori;

  • pul mablag‘larini jalb etish yoki joylashtirish muddati;

  • pul mablag‘larini jalb etish yoki joylashtirish bo‘yicha foiz stavkasi;

  • foiz to‘lovlarini to‘lash muddati.

Savdo tizimiga kiritilgan dastlabki buyurtmaga pul mablag‘larini jalb etish va/yoki joylashtirish maqsadida kontragentlar tomonidan qarshi buyurtmalar kiritiladi.
Pul mablag‘larini joylashtirish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining o‘sib borishi tartibida, foiz stavkalari teng bo‘lganda esa buyurtmalar taqdim etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi. Pul mablag‘larini jalb etish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining kamayib borishi tartibida, foiz stavkalari teng bo‘lgan taqdirda esa buyurtmalar taqdim etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi. Birja bitimlarini tuzishda savdo tizimi qarshi buyurtmalarning bitim ko‘rsatkichlarining bir-biriga muvofiqligini tekshiradi. Dastlabki buyurtma taqdim etgan savdo ishtirokchisi kontragentlar tomonidan kiritilgan qarshi buyurtmalardan o‘ziga mos kelganlarini dastlabki buyurtma doirasida tasdiqlaydi. Dastlabki buyurtmani tasdiqlash natijasida savdo tizimida birja bitimi avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tadi. Birja bitimi savdo tizimida qarshi buyurtmalarning (dastlabki buyurtma va qarshi buyurtmalar) ro‘yxatga olinishi bilan tuzilgan hisoblanadi.
Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni ro‘yxatga oladi, unga ro‘yxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘ladigan birja guvohnomalarini taqdim etadi. Tuzilgan birja bitimlari bo‘yicha barcha hisob-kitob operatsiyalarining ijrosi savdo ishtirokchilari tomonidan bitim tuzilgan bank ish kuni Markaziy bankning banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov hujjatlarini uzatish, qabul qilish va nazorat qilish vaqti yakunlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Valyuta birjasi savdo ishtirokchilari tomonidan savdo tizimi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning foiz stavkalari asosida pul bozori indikatorlarini shakllantiradi.
Indikatorlar pul bozorida amalga oshirilgan operatsiyalarning stavkalari asosida quyidagi belgilangan standart muddatlar kesimida hisoblanadi:
1 kunlik;
2 kundan 7 kungacha;
8 kundan 30 kungacha;
31 kundan 90 kungacha;
91 kundan 180 kungacha;
181 kundan 1 yilgacha.
Indikatorlarni hisoblashda pul bozoridagi operatsiyalar joylashtirilgan muddatlarga ko‘ra tegishli belgilangan standart muddatlar oraliqlariga kiritiladi.
Valyuta birjasi savdo tizimi orqali standart muddatlar kesimida shakllangan indikatorlarni muntazam ravishda (haftada kamida bir marta) Markaziy bankka taqdim etadi hamda ushbu ma’lumotlar Markaziy bank va valyuta birjasining rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boriladi.



Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling