1. Pul muomilasi tushunchasi. Pul muomilasining tuzilishi va uning sababalari


Download 121.18 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi121.18 Kb.
#1638295
  1   2
Bog'liq
pul muomalasi barqarorlashtirishning o\'rni


Reja:
Kirish
1. Pul muomilasi tushunchasi. Pul muomilasining tuzilishi va uning sababalari.
2. Inflyatsiya uning sababalari va oqibatlari
3. Davlatning anti inflyatsion siyosati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bolgan baholarni muntazam osishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.


Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bolib iqtisodiyot tarmoqlari, jamgarma va istemol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xojaliklarning pul massasi va unga bolgan talabi ortasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu takidlab otgan omillar oz mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha tasir etishi mumkin.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda yuzaga kelayotgan inflyatsiya darajasi, kelib chiqish sabablari hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi Ozbekiston Respublikasida inflyatsiyaning kelib chiqishini organib, uni bartaraf etish yollarini ishlab chiqishdan iborat.

1.Pul muomilasi tushunchasi. Pul muomilasining tuzilishi va uning sabablari.


Pul-bu shunday maxsus tovarki, hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent (lot.-teng va – qimmatli, ahamiyatli ) vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayriboshlashda asosiy vazifani bajaradi.Shu bilan bir qatorda pul oddiy mahsulot bòlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid qilish vositasi bòlib xizmat qiladi
Har bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining asosiy dastaglaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning roli va ahamiyati yana oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulni ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi -daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan.1Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to’g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko’p bo’lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo’lida pulning ko’payishi ularning boyligining ko’payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko’payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi degan savollarga hali to’liq javob berilgan emas.
Pul va uning vazifalari to’g’risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarning qo’llanmalarini olib qaraydigan bo’lsak, pulning kelib chiqishi to’g’risida ikki xil g’oya mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g’oyalardir. Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Aristotel bo’lib, u pul kelib chiqishining asosini o’zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus «qurol», kishilar orasida o’zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining bo’lishiga olib kelgan deydi. O’zaro tovarlarni almashtirishga pul qatnashmaganda tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o’rtasidagi proportsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo’lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdorining kam ko’pligiga bog’liq holda o’rnatilgan. Keyinchalik shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi.
Rivojlanishning birinchi bosqichlarda bular mis, bronza, temir bo’lib almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar o’rtasidagi shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Hozirgi vaqtda ham ba’zi chet el olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisi1 deb izohlangan. Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreit qimmatbaho metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar o’rtasidagi kelishuvning mahsulidir deb uqtirmoqda. Uzoq yillar davomida sobiq SSSRda pul va pul muomalasi sohasidagi tadqiqotlar K.Marksning ta’limoti asosida olib borilgan. Pulning kelib chiqishini tadqiqot qilishda, u A.Smit, D.Rikardolarning tadqiqotlariga asoslangan holda pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Pulning o’zi ham Tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqich 1 Samuelson P. Ekonomika, M.:1964, - 64 b. larini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun ma’lum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda, boshqa tovarlarning qiymatini o’lchashning asosi bo’lib xizmat qiladi deb ko’rsatgan.
Hozirgi vaqtda yuqoridagiga o’xshagan real pullar o’rniga o’z qiymatiga ega bo’lmagan qog’oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. Shuning uchun, qog’oz va kredit pullar, pul kelib chiqishi to’g’risidagi ratsionalistik kontseptsiyaning to’g’ridan-to’g’ri isboti bo’la olmaydi. Qog’oz pullar yuzaga kelguncha jamiyat bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan. Pulning kelib chiqish tarixi pulning evolyutsion nazariyasi bilan ko’proq bog’liq. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat tarraqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular: birinchi ehtiyoj uchun zarur bo’lgan
tovarlar va zebu-ziynat tovarlaridir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehqonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko’payishi almashinuv jarayoninig yana rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan.
Mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida ham pulning vujudga kelishi hamda uning amal qilishining o’rni beqiyosdir. Pul tizimining vujudga kelishi milliy valyutamiz so’mning vujudga kelishiga ham eng oliy sabab bo’ldi xato bo’lmaydi va albattaki, milliy valyutamiz orqali jahon bozoriga klirib bormoqdamiz. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan sòzlagan nutqida shunday deyiladi, -«…Milliy valyutamiz – soʼm joriy qilindi, oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, oʼzligimiz tiklandi. 2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy oʼsish darajasi 18,3 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, tashqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2020 yilda 36 milliard dollarga koʼpayganini taʼkidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion soʼmni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga oʼsdi…».
 Ushbu kurs ishida pul muomalasi uning mohiyati, inflatsiya:sabablari va oqibatlari,shuningdek O’zbekistonda hozirgi bosqichda inflatsiyaga qarshi chora-tadbirlar haqida batafsil ko’rib chiqiladi Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. SHuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul agregatlari, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan.
Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi.Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng yoritilgan.
Pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka xukmronga aylangan. SHu asosda butun dunyo bo‘yicha xalkaro hisob — kitoblarda yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan.
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog‘oz pullarning tabiati ularning inflyawiyaga moyilligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari, byudjet taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni emissiya miqdori tovar aylanmasi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablariga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu, albatta, muomaladagi pul massasining o‘zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqarorligiga putur etadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi pasayadi, to‘lov balansining barqarorligi yo‘qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi tushadi va h. k.
Pul agregatlari dinamikasi (mlrd.so'm)

Sana

Keng manodagi pul massasi

Milliy valyutadagi pul massasi

Pul massasi

Mamlakatdagi naqd pullar

Milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozitlar

Milliy valyutadagi boshqa depozitlar

Chet el valyutasidagi depozitlar. Milliy valyutadagi ekvivalentda.

01.02.2013






















01.01.2014






















01.01.2015






















01.01.2016






















01.01.2017






















01.01.2018






















01.01.2019






















01.01.2020





















2.Inflyatsiya uning sabablari va oqibatlari


Inflyatsiya - bu tovarlar va xizmatlar baholarining o’sishi natijasida muomaladagi pul massasining ko’payishi va shuning natijasida pulning qadrsizlanishidir.
P.Graud va M.Polan tomonidan amalga oshirilgan va inflyatsiyaga bag’ishlangan jiddiy ilmiy tadqiqotlardan biri bo’lib, ushbu ilmiy ish 165 mamlakatni va 1969-1999 yillarni qamrab oladi1.
Mazkur tadqiqot mualliflari inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bo’lgan - pullarning o’sish sur’ati va inflyatsiya darajasi o’rtasida to’g’ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to’g’ri va statistik ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar.
Inflyatsiya sur’atlarining o’sishi bilan uning pullar taklifiga bog’liqligi yaqqolroq tarzda ko’zga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bo’lgan mamlakatlarda korrelyatsiya koefffitsienti 0,24 ga teng bo’lgan bo’lsa, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashdi.
P. Graud va M. Polanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan holda – past, oqilona va yuqori darajalarga ajratgan holda, pullar taklifi va inflyatsiya sur’atlari o’rtasidagi bog’liqlikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda, asoslab berilganligi inflyatsiya va milliy valyutaning nominal almashuv kursi o’rtasidagi bog’liqlik masalasiga oydinlik kiritadi.
XX asrning 70-yillariga qadar Fillips kashf etgan inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi aloqadorlik xususidagi ilmiy xulosa amaliy ahamiyat kasb etdi. Ammo 1970 yilga kelib “Fillips egri chizig’i” deb ataluvchi mazkur xulosa amaliy ahamiyat kasb etmay qoldi.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o’sishi, odatda, Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish bilan bog’liq. Byudjet siyosati va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik masalasi L. Katao va M. Terronzaning ilmiy ishida chuqur tadqiq qilingan.
Mazkur tadqiqotning jiddiyligi shundaki, L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat bo’yicha 1960 yildan 2001 yilgacha bo’lgan davrda inflyatsiya va byudjet defitsiti o’rtasidagi bog’liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo’lgan tendentsiyalarni baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish sur’ati bilan inflyatsiya darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslangan: inflyatsiyaning o’rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining YaIMdagi salmog’ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi.
Pulning qadrsizlanishi deganda, bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib kamroq bo'lgan tovar va xizmatlarni sotib olish, ya'ni sotib olinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorining vaqti kelib kamayishi tushuniladi.
Misol uchun, yilning boshida 100 ming so'mga sotib olish mumkin bo'lgan kundalik iste'moldagi tovar va xizmatlarning miqdori yilning oxiriga kelib kamayadi. Bu esa 100 ming so'mga yilning oxirida yilning boshidagiga nisbatan xuddi o'sha tovar va xizmatlarni kamroq miqdorda sotib olish demakdir.
Bugungi kunda har qanday darajadagi inflyatsiya salbiy jihatga ega degan fikr ommada mavjud bo'lib, aslini olganda inflyatsiyaning har qanday darajasi ham iqtisodiyot uchun zararli emas. Iqtisodiy o'sish uchun kam foizli barqaror inflyatsiya bu tabiiy jarayon.
Past darajadagi inflyatsiya iqtisodiyotda qo'shimcha talab yaratishi orqali iqtisodiy o'sishga turtki beradi. Inflyatsiyaning umuman yo'q bo'lishi esa iqtisodiyotning o'sish sur'atini pasaytirib yuborishi mumkin. Shiddatli inflyatsiya kelgusida yuqori inflyatsiyaga olib kelib, iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan past darajadagi barqaror inflyatsiya ijobiy hisoblanadi.

Download 121.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling