1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


J.Keynsning “arzon pullar” nazariyasi


Download 191.84 Kb.
bet14/56
Sana14.11.2023
Hajmi191.84 Kb.
#1771980
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
1 . Pul uning kelib chiqishi va zarurligi-fayllar.org

34.J.Keynsning “arzon pullar” nazariyasi
Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida J.M.Keynsning “Arzon pullar” kontseptsiyasidan foydalanish respublikamizda monetizatsiya koeffitsientini oshirish, tijorat banklari kredit ekspansiyasi va aholining to’lov qobiliyatini rag’batlantirish imkonini beradi. Fikrimizning dalili sifatida AQSh amaliyotini misol keltirish mumkin. 2001-2003 yillarda “Arzon pullar” siyosatining qo’llanilishi natijasida AQSh deflyatsiya muammosidan qutulib qoldi.
M. Fridmen va boshqa monetarizm maktabi vakillaridan farqli o’laroq, J.M. Keyns, pullarning taklifi xususidagi masalaga atroflicha va chuqur to’xtalib o’tirmadi. Buning asosiy sababi shundaki, J.M. Keyns
Markaziy banklar tomonidan pul massasini to’la nazorat qilish imkoniyatining mavjudligiga ishondi. Haqiqatdan ham Keyns, markaziy banklar bank zaxiralarini nazorat qilishi yo’li bilan bank depozitlarini yuzaga kelish jarayonini ham nazorat qila oladi, degan xulosaga keldi. Mazkur xulosa rivojlangan sanoat mamlakatlari amaliyotida o’zining amaliy tasdig’ini topdi.
J. Keyns tomonidan amalga oshirilgan tahlilda pullarga bo’lgan talab foiz me’yorining funktsiyasi sifatida, M.Fridmen talqinida esa, nominal daromadningfunktsiyasi sifatida qaraladi; ikkinchidan, J.Keynsning uzatish mexanizmiga ko’ra, ekspansionistik pul-kredit siyosati foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi; uchinchidan, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi modernizatsiyalash bosqichida monetizatsiya koeffitsientining amaldagi darajasi va tijorat banklari kredit emissiyasi darajasining pastligi monetaristik restriktsion pul-kredit siyosatini qo’llash imkonini bermaydi; to’rtinchidan, J.Keynsning pullar taklifini rag’batlantirishga qaratilgan “Arzon pullar” nazariyasini respublikamiz amaliyotida qo’llash aholi va korxonalarning to’lovga qobil talabi darajasini keskin oshirish imkonini beradi
35. Naqdsiz pul aylanmasini tashkil qilish printsiplari.
Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir.
Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi:
Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
  • O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.


  • O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni.


  • O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni.


2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o‘tkazilishi.


Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi.
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni taklif qilishgan:
Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk)
JA - joriy aktivlar
JP - joriy passivlar
Jlk = JA / JP
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past normativ darajasini
1.25 qilib belgilangan.

Download 191.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling