1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Pulning jahon puli funksiyasi


Download 94.13 Kb.
bet11/56
Sana20.12.2022
Hajmi94.13 Kb.
#1038993
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bog'liq
Pul va Banklar 1-to\'plam javoblari. Moliya Hayoti

28.Pulning jahon puli funksiyasi
O’tmishda pul jahon puli vazifasini xam bajargan. Bunda mamlakatlar o’rtasidagi hisob-kitoblar, tovar va xizmatlar uchun to’lovlardagi baho masshtabini har bir mamlakatning pul birligini ma’lum oltin tarkibi bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, 1961 yildagi pul reformasidan keyin SSSR rubli – 0.987412 grammga, 1 AQSh$ = 0,88 gramm oltinga tenglashtirilgan. Hozir bunday tartib yo’q, chunki XVF ning 1976 yil maydagi Yamaykaning Kengston shahridagi yig’ilishida oltin bundan buyon jahon puli vazifasini bajarmasligi e’tirof etilgan. Shu sabab hozir o’zaro hisob-kitoblarda jahon puli emas, jahon pullaridan foydalaniladi va bu vazifani obro’li pul birliklari bajaradi. Pulning funksiyalari o’zaro uzviy bog’liq va ular bir-birini to’ldirgan holda pulning mohiyatini to’liq ifoda qiladi. Pulning funksiyalari ketma-ketligiga e’tibor berish zarur. Pul qiymat o’lchovi vazifalarini bajarmasdan turib muomila, jamg’arma va to’lov vositasi bo’laolmaydi. Pulning qiymat o’lchovi sifatida mustahkamligi uning muomila, to’lov, jamg’arma funksiyalaridagi o’rni va ahamiyatini oshiradi, xalqaro miqyosda ham yuqori obro’ga ega bo’ladi.
29.Naqd pul aylanmasini tashkil qilish prinsplari
Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir.
Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va Yaponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan.
Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib ko‘rsatiladi:
Moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi;
Bozor qatnashchilarining mablag‘larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi;
Ta’sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi;
Nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi;
Pul mablag‘lariga egalik qilishning legitimligi.
To‘lovlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda pullik to‘lovlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud:
Kalendar ketmaketlik.
Maqsadli ketmaketlik.

Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling