1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Milliy valyuta bozorining rejimi


Download 94.13 Kb.
bet38/56
Sana20.12.2022
Hajmi94.13 Kb.
#1038993
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
Pul va Banklar 1-to\'plam javoblari. Moliya Hayoti

79. Milliy valyuta bozorining rejimi
Milliy valyuta kursining rejimi. Valyuta kursining quyidagi rejimlari mavjud:
- qat'iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o'z iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda ma'muriy tarzda milliy valyuta kursini qat'iy belgilab qo'yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi qat'iy belgilangan kurslar rejimi;
- kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holatda davlat o'z iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, milliy valyuta kursini ma'lum bir chegaralarda tebranishidan manfaatdor bo'ladi va valyuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi;
- valyutaga bo'lgan bozor talab va taklifining o'zgarishi asosida erkin suzadigan (tebranadigan) kurslar rejimi hamda ularning turli ko'rinishlari. Bunga Yamayka valyuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimini misol sifatida keltirishimiz mumkin.4
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya). Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalari soddalashtirilgan Xalqaro me'yorlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ushbu Xalqaro me'yorlarga Jenevaning veksel va chek konvensiyalari kiradi.
Xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlash. Yuqorida qayd etilganidek, xalqaro zahira aktivlari to'rt qismdan (komponent) iborat, ya'ni mamlakatning rasmiy oltin va valyuta zahiralari, xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar, Xalqaro Valyuta Fondidagi zahira pozitsiyasi. Albatta mamlakatning xalqaro likvidligini ta'minlash uchun ushbu komponentlar o'rtasida muvofiq nisbat saqlanishi kerak.Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (reglamentatsiya).Xalqaro hisob-kitoblarning tartibga solinishi milliy va jahon valyuta tizimlari darajasida Dokumentar akkreditivlar hamda inkasso uchun soddalashtirilgan qoida va udumlar asosida amalga oshadi. Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi, valyuta va oltin bozorlarining rejimi milliy hamda xalqaro muvofiqlashtirishning ob’yekti bo'lib hisoblanadi. Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi

Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling