1. Qadimgi bitiklarni o`rganish bilan qaysi soha shug'ullanadi?


Download 143.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1381136
Bog'liq
1- мавзу бўйича тестлар



1.Qadimgi bitiklarni o`rganish bilan qaysi soha shug'ullanadi? 
A) Numizmatika B) Antropologiya S) Epigrafika D) Etnografiya 
2.Qadimgi tangalarni tadqiq etish bilan ..... shug'ullanadi. 
A) Numizmatika B) Antropologiya S) Epigrafika D) Etnografiya 
3.Eng qadimgi davlatlar va shaharlar tashkil topishi davrini olimlar....deb ataydilar. 
A) Evolutsiya B) Sivilizatsiya S) Revolutsiya D) Renessans 
4. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi .....boshlangan. 
A) Qadimgi Sharqdan, so'ngra Krit orollari va Yunonistonda 
B) Qadimgi G’arbdan, so’ngra Krit orollari va Yunonistonda 
S) Qadimgi Sharqdan, so’ngra Sharqiy Yevropada 
D) Qadimgi G’arbda, so’gra Sharq mamlakatlarida 
5. «Qadimgi dunyo tarixi» deb atalgan davr qaysi davrlarni o'z ichiga oladi? 
A) Yer yuzida odam paydo bo'lgan davrdan milodiy 476 yilgacha 
B) Miloddan avvalgi 4 ming yilliklardan milodiy 5 asr boshlarigacha 
S) Miloddan avvalgi 100-ming yillikdan milodiy 395 yilgacha 
D) Miloddan- avvalgi 3 mln. yillardan milodiy 1 asrgacha 
6. «Marhumlar kitobi» qaysi xalqlar haqida ma'lumot beradi? 
A) Yunonlar B) Yahudiylar S) Hindlar D) Misrliklar 
7. «Bibliya» kitobi qaysi xalqlar haqida ma'lumot beradi? 
A) Yunonlar B) Yahudiylar S) Hindlar D) Misrliklar 
8. «Rigveda» kitobi qaysi xalqlar haqida ma'lumot beradi? 
A) Yunonlar B) Rimliklar S) Hindlar D) Misrliklar 
9. Ibtidoiy manzilgohlarda qazishma ishlarini kimlar olib boradilar? 
A) Arxeologlar B) Etnograflar S) Antropologlar D) Lingvistlar 
10. Topilgan qadimgi odamlar suyaklarini qayta tiklovchi olimlar... 
A) Arxeologlar B) Etnograflar S) Antropologlar D) Lingvistlar 
11. Qadimgi xalqlarning udumlari, xo'jalik va madaniy an'analarini kim o’rganadi?
A) Arxeologlar B) Etnograflar S) Antropologlar D) Lingvistlar 
12. Hozirgi zamon tili qay yo’sinda shakllanganligini kim o’rganadilar? 
A) Arxeologlar B) Etnograflar S) Antropologlar D) Lingvistlar 
13.O’zbekiston tarixi bo’yicha eng qadimgi manba qaysi? 
A) Behistun yozuvlari B) Avesto S) Geradot asarlari D) Tarixiy yilnomalar 
asari 
14. Doro 1 ning farmoni bilan qachon Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida bitik bitilgan? 
A) Mil.avv 522-521 yillarda B) Mil.avv 511 -5 18 yillarda 
S) Mil.avv. 518-516 yillarda D) Mil.avv. 516-512 yillarda 
15. Qadimgi tarixchilarning yashagan davrlari to`g`ri berilgan javobni toping. 
A) Gerodot - mil.avv. 5 asr B) Strabon - mil avv, IV asr 


S) Ktesiy - mil.avv. 6 asr D) Kvint Kurtsiy Ruf - milodiy IV asr 
16. Birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-
yaroqqa ega bo'lgan qarindoshlar uyushmasi bu...? 
A) Ibtidoiy to'da B) Davlat S) Urug’ D) Harbiy 
demokratiya 
17. Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan qadimgi odamlar jamoasi...? 
A) Ibtidoiy to'da B) Davlat S) Urug’ D) Harbiy 
demokratiya 
18. Dastlabki urug' jamoalari ayol, ya'ni ona atrofida birlashgan. Insoniyat tarixidagi bu 
bosqich...... deb ataladi. 
A) Patriarxat B) Matriarxat S) Urug’ D) Monogam 
oila 
19. Erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo'lgan, qarindoshlik munosabatlari ham 
ota tomonga qarab belgilangan. Bu davr...? 
A) Ibtidoiy to’da B) Patriarxat S) Urug’ D) Harbiy 
demokratiya.
20. Nima uchun insoniyat tarixi ibtidosini «tosh asri» deb ataydilar? 
A) Dastlabki mehnat qurollari toshdan yasalgani uchun 
B) Ularning dastlabki sig'ingan narsalari toshlar bo'lgani uchun
S) Tosh eng qattiq modda bo'lgani uchun 
D) Eng dastlabki bitiklar toshlarga bitilgani uchun 
21. Quyida bir-biriga mos kelmagan javobni toping. 
A) Paleolit - qadimgi tosh davri B) Mezolit - o'rta tosh davri 
S) Neolit - yangi tosh davri D) Eneolit - mis davri 
22. Paleolitning Olduvay davri qaysi davrlarni o'z ichiga oladi? 
A) Miloddan 3-2 million yillar avval B) Miloddan 1 million-100 ming yil 
avval 
S) Miloddan 100-40 ming yil avval D) Miloddan 40-12 ming yil avval 
23. Qadimgi odamlar suyak qoldiqlari va ularning topilgan joylari to`gri berilgan javobni 
toping? 
A) Zinjantrop - Sharqiy Afrika B) Avstrolopitek – Avstraliya 
S) Pitekantrop – Xitoy D) Sinantrop – Indoneziya 
24. Neandertal odam dastlab qayerdan topilgan? 
A) Farg’onadan В) Germaniyadan S) Fransiyadan D) 
Indonezliadan 
25. Buyuk muzlik davri qachon boshlandi? 
A) Ilk paleolitning boshlarida B) Ilk paleolitning so'nggi davrlarida 
S) Ilk paleolitning boshlarida D) O'rta paleolitning boshlarida 
26. Chopperlar nima? 
A) Yog’och qurollar B) Tosh qurollar 
S) Toshga o'yib rasm solish D) Metalga naqsh tushirish 


27. Insoniyatning eng qadimgi mashg'uloti...? 
A) Dehqonchilik va ovchilik B) Termachilik va ovchilik 
S) Chorvachilik va dehqonchilik D) Ovchilik va chorvachilik 
28. Tabiat insonga nimani in'om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan. 
Tarixda bunday xo’jalik......deb ataladi. 
A) Natural xo'jalik B) Ishlab chiqaruvch xo'jalik 
S) O’zlashtiruvchi xo’jalik D) Bozor xo'jaligi 
29. Teshiktosh g’ori qachon topilgan? 
A) 1936 yil B) 1937 yil S) 1938 yil D) 1939 
yil 
30. Quyidagi qaysi makondan 3000 dan ziyod tosh qurollar topilgan? 
A) Selo’ngur B) Obirahmat S) Ko'lbuloq D) 
Teshiktosh 
31. Teshiktosh g'orini qaysi olim topib o`rgangan? 
A) A.P.Okladnikov B) M.M.Masson 
S) M.I.Yakubovskiy D) Ya. G`ulomov 
32. Tanada mujassamlashgan yoki mustaqil harakatlanuvchi g'ayrioddiy mavjudotga (ruhga) 
e'tiqod fanda....deb ataladi. 
A) Totemizm B) Fetishizm S) Animizm D) 
Shamanizm 
33. Jon va odamni qurshagan muhitda ruhlarning mavjudligiga ishonish...deyiladi. 
A) Totemizm B) Fetishizm S) Animizm D) 
Shamanizm 
34. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yohud balo-qazoni bartaraf 
etishiga ham e'tiqod qilganlar. Bu din......nomini olgan. 
A) Totemizm B) Fetishizm S) Animizm D) 
Shamanizm 
35. Qoya rasmlaridan eng qadimgilar qaysi? 
A) Altamir g’ori - Ispaniya B) Verteshsellesh – Vengriya 
S) Zarautsoy – Surxondaryo D) Sent – Fransiya 
36. Boshqirdistondagi Kapovaya mag'orasi nimasi bilan mashhur? 
A) Qadimiy qo’lyozmalar B) Qadimiy tosh'qurollari 
S) Qadimiy qoya rasmlari D) Qadimiy dafn tartiblari 
37. So'nggi paleolit davri sanalarini ayting? 
A) Mil. avv. 100-40 ming yillar B) Mil. av. 40-12 ming yillar 
S) Mil. avv. 12-7 ming yillar D) Mil. avv. 6-4 ming yillar 
38. So’nggi paleolit davrida...... yashagan? 
A) Neandertallar B) Kromanyonlar S) Sinantroplar D) 
Pitekantroplar 


39. So’nggi paleolit davri odami manzilgohlari quyidagi qaysi hududdan topilmagan? 
A) Samarqand shahri hududidan B) Toshkent viloyati Ko’lbuloq mavzeidan 
S) Farg'ona vodiysidan D) Buxoro viloyatl Qorako’l tumanidan 
40. Odamlar qachaon ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat 
qurollari yasaydigan bo’lishgan? 
A) Taxminan 30-35 ming yil oldin B) Taxminan 15-20 ming yil oldin 
S) Taxminan 25-30 ming yil oldin D) Taxminan 20-25 ming yil oldin 
41. Inson qachondan boshlab taqinchoqlar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar yasay boshladi? 
A) Bundan 25-30 ming yil avval B) Bundan 15-20 ming yil avval 
S) Bundan 30-35 ming yil avval D) Bundan 10-15 ming yil avval 
42. So'nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi nima bo'lgan? 
A) Mehnat qurollarl yasash B) Kiyim kechak tayyorlash 
S) Jang qurollari yasash D) Turar joylar qurish 
43. Inson olov yoqishni qaysi davrda o'rganib oldi? 
A) Ilk paleolitda B) O’rta paleolitda S) So’nggi paleolitda
D) Mezolitda 
44. Mezolit (o

rta tosh asri) davri sanasini ayting. 
A) Mil. avv. 100-40 ming yillar B) Mil. avv. 40-12 ming yillar 
S) Mil. avv. 12-7 ming yillar D) Mil. avv. 6-4 ming yillar 
45. Mezolit davri boshlanishi bilan ...? 
A) Insoniyat tikuvchilikni kashf etdi B) Insoniyat kulolchilikni kashf etdi 
S) Muzlik davri tugadi D) G’ildirak kashf etildi 
46. Inson o'q-yoy yasashni qaysi davrda o'rganib oldi? 
A) Mezolit davrida B) Paleolit davrida S) Eneolit davrida D) 
Neolit davrida 
47. Odamlar hayvonlarni qachondan boshlab qo'lga o'rgata boshlagan? 
A) Mezolit davri boshlarida B) Paleolit davri oxirlarida 
S) Neolit davri boshlarida D) Mezolit davri oxirlarida 
48. Old Osiyoda dehqonchilik va ibtidoiy chorvachilik qachon vujudga kelgan? 
A) Mezolit davri boshlarida B) Paleolit davri oxirlarida 
S) Neolit davri boshlarida D) Mezolit davri oxirlarida 
49. Dehqonchilik va chorvachilik qaysi davrda keng tarqaldi? 
A) Paleolit davrida B) Mezolit davrida S) Neolit davrida D) 
Eneolit davrida 
50. O’zbekiston hududida mezolit davri manzilgohlari qanchasi o'rganilgan? 
A) 30 dan ziyod B) 50 dan ziyod S) 70 dan ziyod D) 
100 dan ziyod 
51. O’zbekiston hududidan topilgan mezolit davri manzilgohlari to`g`ri berilgan javobni toping. 
A) Obishir B) Qo’shilish S) Machay D) Barcha 
javoblar to`g`ri 


52. Neolit davri (yangi tosh asri) sanasini ayting. 
A) Mil. avv. 100-40 ming yillar B) Mil. avv. 40-12 ming yillar 
S) Mil. avv. 12-7 ming yillar D) Mil. avv. 6-4 ming yillar 
53. Neolit davrida vujudga kelgan kashfiyotlar xato berilgan javobni toping. 
A) Ziroatchilik vujudga keldi B) Mikrolitlar yasashni o’rgandilar 
S) Loydan idish-tovoqlar yasaldi D) G'ildirak kashf etildi 
54. Mikrolitlar bu...? 
A) Toshdan kichik mehnat qurollari B) Toshga rasm solish 
S) Mayitsiz soxta qabr D) Yer osti kanallari 
55. Aksariyat qabilalar qaysi davrda o’troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura 
boshlagan? 
A) Eneolit davrida B) Neolit davrida S) Paleolit davrida D) 
Mezolit davrida 
56. Рахsа imoratlar qurish qachon boshlangan? 
A) Eneolit davrida B) Neolit davrida S) Paleolit davrida D) 
Mezolit davrida 
57. Neolit davrining muhim kashfiyotlari...? 
A) Kulolchilik va turar joylar qurish bo’ldi B) Kulolchilik va to'quvchilik bo’ldi 
S) Guvaladan uylar qurish va tikuvchilik D) Diniy tasavvurlar va dafn tartiblari 
58. Miloddan avvalgi 6-5 ming yilliklar boshlarida... 
A) O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida davlatchilikka o'tildi 
B) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlarida ziroatchilikka o’tildi
S) O’rta Osiyoning shimoliy viloyatlarida davlatchilikka o’tildi 
D) O'rta Osiyoning shimoliy viloyatlarida ziroatchilikka o'tildi 
59. Miloddan avvalgi 6-5 ming yilliklar boshlarida O'rta Osiyoning markaziy va shimoliy 
o'lkalarida aholining asosiy mashg’uloti nima edi?
A) Dehqonchilik va chorvachilik B) Dehqonchilik va baliqchilik 
S) Ovchilik va baliqchilik D) Termachilik va dehqonchilik 
60. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarda aholi qachon ziroatchilikka o'tgan?
A) Mil.avv. V-ІV ming yilliklar boshlarida B) Mil.avv. VІ-V ming yilliklar oxirlarida 
S) Mil.avv. VІ-V ming yilliklar boshlarida D) Mil.avv VІІ-V ming yilliklar o’talarida 
61. Eneolit davri nechanchi ming yilliklarga to'g'ri keladi? 
A) Mil avv 7-4 ming yilliklarga В) Miloddan avv. 4-3 ming yilliklarga 
S) Mil.avv.6-4 ming yilliklar D) Mil.avv. 5-3 ming yilliklar 
62. Neolit davri oxirlarida odamlar yaratgan eng buyuk kashfiyotlaridan biri...? 
A) Misdan foydalanish bo'ldi B) Temirdan 
foydalanish bo'ldi 
S) Bronzadan foydalanish bo'ldi D) Qo'rg'oshindan foydalanish bo'ldi 
63. Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar qachon vujudga kela boshladi?
A) Mil avv. ІV ming yillikda S) Mil.avv ІІІ ming yillikda 
B) Mil.avv V ming yillikda D) Mil.avv VІ ming yillikda 


64. O'rta Osiyo janubida sug'orma dehqonchilik qachon vujudga kelgan? 
A) Mil avv. V ming yillikda S) Mil.avv VІ ming yillikda 
B) Mil.avv ІІІ ming yillikda D) Mil.avv ІV ming yillikda 
65. Qaysi davrdan boshlab mehnat qurollari, qurol-yarog' va zeb-ziynat tayyorlashda bronzadan 
foydalanila boshlandi? 
A) Miloddan avvalgi 3-ming yillik boshlari B) Miloddan avvalgi 3-ming yillik 
o'rtalari
S) Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirlari D) Miloddan avvalgi 2-ming yillik 
boshlari 
66. Xom g'ishtdan ko'p xonali uylar qurish qachon boshlangan? 
A) Mil.avv V ming yillikda S) Mil.avv VІ ming yillikda 
B) Mil.avv ІІІ ming yillikda D) Mil.avv ІV ming yillikda 
67. Kulolchilik xumdonlaridan foydalanish qachon boshlangan? 
A) Mil.avv ІV ming yillikda S) Mil.avv ІІІ ming yillikda 
B) Mil.avv V ming yillikda D) Mil.avv VІ ming yillikda 
68. Qaysi davrdan boshlab sopol buyumlar hayvonlar, qushlar va o'simliksimon naqshlar 
(yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo'ldi? 
A) Mil.avv ІV ming yillikda S) Mil.avv ІІІ ming yillikda 
B) Mil.avv V ming yillikda D) Mil.avv VІ ming yillikda 
69. Patriarxat davri qachon boshlangan? 
A) Mil.avv V ming yillik S) Mil.avv ІV ming yillik 
B) Mil.avv ІІІ ming yillik D) Mil.avv ІІ ming yillik 
70. Ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila bu... 
A) Monogam oila S) Patriarxal oila 
B) Umumiy oila D) Kannibal oila 
71. Zamonbobo qaysi davrda yashagan charvodorlar va dehqonlarning qadimiy manzilgohi 
hisoblanadi? 
A) Mil.avv І ming yillikda S) Mil.avv ІІ ming yillikda 
B) Mil.avv ІІІ ming yillikda D) Mil.avv ІV ming yillikda 
72. Bronza davriga old Sarazm manzilgohi qayerdan topilgan? 
A) Turkmanistondan S) Zarafshon daryosi havzasidan 
B) Tojikistondan D) Surxondaryo vodiysidan 
 
73. Bronza davriga old Oltintepa va Namozgoh manzilgohlari qayerdan topilgan? 
A) Turkmanistondan S) Zarafshon daryosi havzasidan 
B) Tojikistondan D) Surxondaryo vodiysidan 
74. Sopollitepa manzilgohi qaysi davrga oid? 
A) Bronza. mil.avv ІІ ming yillikka S) Temir davri. mil.avv І ming yillikka 
B) Bronza. mil.avv ІІІ ming yillikka D) Eneolit davri, mil.avv ІV ming yillikka 
75. Odamlar kulolchilik charxi va g’ildirakni qaysi davrda kashf etganlar? 
A) Eneolit davrida B) Bronza davrida 


S) Neolit davrida D) Temir davrida 
76. Jarqo'ton manzilgohi qachon va qayerda vujudga kelgan edi? 
A) Bundan uch ming yil oldin, Boysun tumanida 
B) Bundan to'rt ming yil oldin, Denov tumanida 
S) Bundan ikki yarim ming yil oldin, Sariosiyo tumanida 
D) Bundan uch yarim ming yil oldin. Sherobodda 
77. Qaysi davrga kelib temirdan mehnat qurollari yasash imkoniyati paydo bo'lgan? 
A) Mil.avv І ming yillik oxirlarida S) Mil.avv І ming yillik boshlarida 
B) Mil.avv ІІ ming yillik oxirlarida D) Milodiy І ming yillik o'rtalarida 
78. Temir necha gradus haroratda eriydi? 
A) 300 gradus B) 1000 gradus S) 750 gradus D) 1500 gradus 
79. Temirdan birinchi bo'lib kimlar, qachon foydalanganlar? 
A) Kichik Osiyoda Xettlar, XV - XІV asrlarda B) Kichik Osiyoda Xettlar XІV - 
XІІ asrlarda 
C) Mesopotamiyada Xurritlar. XІІ - XІ asrlarda D) Kavkazorti xalqlari, XІІ - XІ 
asrlarda 
80. Temirdan yasalgan dastlabki zeb-ziynat buyumlari qayerdan topilgan 
A) Misr fir'avni Tutanxamon maqbarasidan B) Mesopotamiyadagi Zikkuratlar 
ichidan
S) Bobildagi Hamurappi saroyidan D) Nineviyadagi Ashshurbanipal 
kutubxonasidan 
81. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan mashhur Maykop qo’rg’oni yodgorligi 
qayerda joylashgan? 
A) Mesopotamiyada B) Hindistonda S) Kavkazda D) 
Kichik Osiyoda 
82. O’rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar nechanchi asrlarga oid? 
A) Mil. avv. 9-8 asrlarga S) Mil. avv. 7-6 asrlarga 
B) Mil. avv. 8-7 asrlarga D) Mil. avv. 6-5 asrlarga 
83. O’rta Osiyodan topilgan temirdan yasalgan buyumlar ko'pchiligi asosan nechanchi asrlarga 
oid? 
A) Mil. avv. VІІ-VІ asrlarga S) Mil. avv. VІІІ-VІІ asrlarga 
B) Mil. avv. VІ-V asrlarga D) Mil. avv. V-ІV asrlarga 
84. Mil avv. 1 ming yillik boshlarida O’rta osiyoda aholi to’rt guruhga ajratilgan. Ular qanday 
tartibda bo’lgan? 
1. Kohinlar 2.Savdogarlar 3.Jangchilar 4.Zodagonlar 5. Dehqonlar. 6. 
Hunarmandlar 
A) 2, 4, 3 В) 1, 3, 5, 6 
S) 2, 4, 5, 6 D) 4, 3, 5, 6 
85. Dehqonchilik va chorvachilik 10-11 ming yillar muqaddam.....vujudga kelgan. 
A) Old Osiyoda B) Misrda S) Xitoyda D) 
Hindistonda 


86. Ilk davlatchilikka o'tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan bir boshqaruv 
shakli bu... 
A) Harbiy demokratiya S) Monorxiya 
B) Respublika D) Hududiy qo’shnichilik 
87. «Varzana» nima? 
A) Qabilalar ittifoqi S) Hududiy qo’shnichilik jamoasi 
B) Katta patriarxal oila D) Urug’ jamoasi 
88. «Dahya» nima? 
A) Hududiy qo'shnichilik jamoasi S) Katta patriarxal oila
B) Urug' jamasi D) Qabilalar ittifoqi
89. «Nmana» bu...? 
A) Qabilalar ittifoqi B) Katta patriarxal oila 
S) Hududiy qo'shnichilik jamoasi D) Urug' jamoasi 
90. «Vis» bu... ? 
А) Hududiy qo'shnichilik jamoasi B) Urug' jamasi 
S) Katta patriarxal oila D) Qabilalar ittifoqi 
91. «Zantu» bu...? 
A) Hududiy qo'shnichilik jamoasi B) Urug' jamasi 
S) Katta patriarxal oila D) Qabila 
92. «Avesto»ga ko'ra jamiyatni idora qilish tizimi to'g'ri berilgan javobni toping 
A) Oqsoqollar kengashi-xalq yig'ini-alohida tumanlar-viloyatlar hukmdorlari 
B) Oqsoqollar kengashi-viloyat hukmdorlari-tuman hukmdorlari-xalq yig'ini
S) Xalq yig'ini-oqsoqollar kengashi-viloyat va tuman hukmdorlari 
D) Xalq yigini- viloyat hukmdorlari-tuman hukmdorlari-oqsoqollar kengashi 
93. «Iyerixon» dehqonchilik manzilgohi qayerga joylashgan? 
A) Iroqda B) Falastinda S) Eronda D) Misrda 
94. Ilk sivilizatsiyalar davrida har xil tumanlar aholisini ittifoqlarga uyushuviga nima sabab 
bo'lgan edi? 
A) Mamlakatdagi qo'zg'olonlarni bostirish zarurati B) Dushmanlardan 
himoyalanish zarurati
S) Ochlikdan saqlanish zarurati D) Birgalashib ov qilish 
zarurati 
95. Ilk sivilizatsiyalar davrida diniy marosimlar …. tomonidan ado etilardi. 
A) Oqsoqollar B) Kohinlar S) Harbiy sarkardalar D) 
Urug' boshliqlari 
96. Buyuk Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf nechanchi asrda yashagan? 
A) Mil.avv ІІ asrda B) Mil. Avv. І asrda 
S) Milodiy І asrda D) Milodiy ІІ asrda 
97. Bundan 5 ming yil muqaddam...? 
A) O'rta Osiyo hududida sivilizatsiyaning vujudga kelishi 
B) O’rta Osiyoda sug'orma dehqonchilikning vujudga kelishi


S) Qadimgi Sharqda sivilizatsiya vujudga keldi 
D) O’rta Osiyo bilan Qadimgi Sharq o’rtasida aloqalar boshlangan 
98. Buyuk Xitoy tarixchisi Sim Szyan nechanchi asrlarda yashagan? 
A) Mil.avv. ІІІ asrda B) Mil. avv. ІІІ asr oxiri ІІ -asr 
boshlarida 
S) Mil. avv. ІІ asr oxiri І -asr boshlarida D) Mil. avv. І asr oxiri milodiy І -asr 
boshlarida 
99. «Aleksandrning harbiy yurishlari» asarining muallifi kim?
A) Sim Szyan B) Arrian S) Gerodot D) Kvint Kursiy 
Ruf 
100. Quyidagi qaysi yodgorlik Misr xalqlari haqida ma'lumot beradi? 
A) «Piramidalar matnlari» B) «Tarixiy xotiralar» 
S) «Buyuk Fir'avnlar» D) «Nil davlatlari» 
101. Kishilarning tashqi qiyofasida ro’y bergan o’zgarishlarni kimlar o'rganadi? 
A) Arxeologlar B) Etnograflar S) Antropologlar D) 
Lingvistlar 
102. «Tarix» kitobining muallifi kim? 
A) Strabon B) Arrian S) Ktesiy D) Gerodot 
103. Behistun bitiklari haqida to`g`ri javobni toping. 
A) Bitikda O’rta Osiyo xalqlari eslatib o'tiladi
B) Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan 
S) Bitik Eron shohi Doro I farmoni bilan yozilgan 
D) Barcha javoblar to`g`ri 
104. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich...? 
A) Ibtidoiy to'da S) Urug’ B) Qabila D) Hududiy qo'shnichilik 
105. Eng qadimgi odamlami hayvonot olamidan farqlantirib turuvchi belgini ayting. 
A) To'da-to’da bo’lib hayot kechirishgan B) Birgalashib ov qilishgan 
S) Mehnat qurollari yasash va ishlatishni bilgan D) G’orlarni va ungurlarni 
o'zlashtirishgan 
106. Diniy e'tiqodlar kurtaklari va marhumlar ko’milgan eng qadimgi qabrlar qachon vujudga 
kelgan? 
A) Ilk Paleolitda S) So’nggi Paleolitda 
B) O’rta Paleolitda D) Mezolit davrida 
107. Eng qadimgi tasviriy san'at rivojlanishi uchun nima asos bo'lgan? 
A) O'zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi 
B) Наr xil bo’yoqlarning yaratilishi
S) Mehnat qurollari yaratishga intilish 
D) Hayvonlardan himoyalanish zarurati 
108. So'nggi paleolit davrida..... odami yashagan 
A) Pitekantrop B) Neandertal S) Sinantrop D) Kromanyon 

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling