1. Qadimgi dunyo tarixi qachon va qanday tugagan? A 473-yil Angliya burjua inqilobi boshlanishi bilan


-§. ENG QADIMGI ODAMLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Download 464.77 Kb.
bet3/14
Sana17.06.2023
Hajmi464.77 Kb.
#1534113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-sinf majburiylar uchun bob test

2-§. ENG QADIMGI ODAMLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

1. Zinj vodiysi qayerda joylashgan?


A) Sharqiy Afikada B) G‘arbiy Afrikada
C) Shimoliy Afrikada D) Janubiy Afrikada
2. Selungur manzilgohi qayerda joylashgan?
A) Toshkent B) Buxoro
C) Xorazm D) Farg‘ona
3. Qaysi manzilgohdagi murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e'tiqodlar bilan bog‘liq?
A) Teshiktosh B) Ko‘lbuloq
C) Selungur D) Zarautsoy
4. So‘ngi paleolit davriga oid odam nima deb ataladi?
A) Kromanyon B) Neandertal
C) Sinantrop D) Zinjantrop
5. Nima dastlabki diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq edi?
A) Hayvonlarni muqaddas bilish
B) Murdani dafn etish
C) Rassomchilik
D) Ovga tayyorgarlik ko‘rish
6. Odamlar ..... bo‘lajak ovda o‘zlariga yordam beradi, deya ishonishgan?
A) Ibodat qilish
B) Ov oldididan qurbonlik berish
C) Rasmlar
D) Ovga tayyorgarlik ko‘rish marosimi
7. Ibtidoiy odamlar sig‘ingan tabiat kuchlari xato berilgan javobni toping
A) Momaqaldiroq B) Shamol
C) Yomg‘ir D) Vulqon
8. Insonni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning borligiga ishonish nima deb ataladi?
A) Fetishizm B) Totemizm
C) Animizm D) Shovinizm
9. O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qayerlardan topilgan?
A) Samarqand va Buxoro
B) Xorazm va Andijon
C) Farg‘ona va Toshkent
D) Navoiy va Jizzax
10. Nima rivojlangan davrda inson o‘zini tabiiy muhitdan hamda hayvonot va o‘simliklar olamidan ajratmagan?
A) Ovchilik B) Termachilik
C) Chorvachilik D) A va B
11. Ilk paleolitning so‘nggi davrida sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) buyuk muzlashning boshlanishi
B) urug‘ jamoalari shakllanishi
C) ilk diniy tasavurlarning paydo bo‘lishi
D) muzlik chekinishi va tezyurar mayda hayvoniar paydo bo‘lishi
12. Indoneziyaning Yava orolidan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop B) Sinantrop
C) Zinjantrop D) Avstralopitek
13. Ko‘lbuloq manzilgohi qayerda joylashgan?
A)Toshkent B) Buxoro
C) Xorazm D) Farg‘ona
14. Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlar bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi?
A) odamlarni dunyoni tushunishga intilishlari
B) so‘nggi paleolit davriga oid bo‘lgan qoya rasmlarini topilishi
C) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo‘rqib, to‘da bo‘lib ov qilganliklari
D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o‘rganishlari
15. Sharqiy Afrikadan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop B) Sinantrop
C) Zinjantrop D) Avstralopitek
16. Neandertal vodiysi qayerda joylashgan?
A) Fransiya B) Angliya
C) Ispaniya D) Germaniya
17. Odam qanday paydo bo‘lganligi haqida ilmiy, diniy, afsonaviy va dunyoviy naqllar mavjud bo‘lib, biz uni qanday ma’lumotlarga tayangan holda o‘rganamiz?
A) Lingvistika va axeologiya
B) Antroplogiya va etnologiya
C) Arxeologiya va Antropologiya
D) Etnologiya va Arxeologiya
18. Termachilik va ovchilik nima deb ataladi?
A) Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik
B) Qishloq xo‘jalik
C) O‘zlashtiruvchi xo‘jalik
D) Natural xo‘jalik
19. Eng qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo qazoni bartaraf etishiga e'tiqod qilishlari qanday nomlangan?
A) Fetishizm B) Totemizm
C) Animizm D) Shovinizm
20. Bir tomoni urib o‘tkirlangan tosh qurollari arxeologiya fanida nima deb ataladi?
A) Mikrolit B) Qirg‘ich
C) Nukleus D) Chopper
21. Janubiy Afrikadan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop B) Sinantrop
C) Zinjantrop D) Avstralopitek
22. Nima insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o‘zgartirib yuboradi?
A) odamlarni dunyoni tushunishga intilishlari
B) Mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to‘plagan bilimlari
C) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo‘rqib, to‘da bo‘lib ov qilganliklari
D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o‘rganishlari
23. Teshiktosh g‘oridan topilgan bola jasadi atrofiga nima qo‘yilgan?
A) Fil suyagi B) Sher tishlari
C) Tog` echkisi shoxlari D) Ilon terisi
24. Ilk paleolit davri odamlari qanday manzilgohlarda yashagan edi?
A) Katta to‘g‘larning g‘orlarida yoki daraxtlarning ichida
B) Katta qavatli hovlilarda yoki toshdan qurilgan qasrlarda
C) Okeanlardagi orollarda yoki qum ustidagi chaylalarda
D) Kichkina daryolar yoki buloqlar yaqinidagi tepaliklarda
25. Qaysi davrda hozirgi qiyofadagi odam-kramanyon odam yashagan?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
26. Qachon Buyuk muzlash boshlandi?
A) Ilk paleolitning boshlanish davrlarida
B) Ilk paleolitning so‘nggi davrlarida
C) O‘rta paleolitning boshlanish davrlarida
D) O‘rta paleolitning so‘ngi davrlarida
27. Xitoy hududidan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop B) Sinantrop
C) Zinjantrop D) Avstralopitek
28. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari qayerdan topilgan?
A) Ispaniyadagi Altamir
B) Fransiyadagi Lasko
C) Boshqirdistondagi Kapova
D) A, B,C
29. Ilk paleolitning oxirgi davrlarida odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga nima undadi?
A) Buyuk muzlash boshlandi
B) O‘q-yoy kashf etildi
C) Dehqonchilik boshlandi
D) Davlat tashkil topdi
30. Hozirgi qiyofadagi odam?
A) Kromanyon B) Neandartal
C) Sinantrop D) Zinjantrop
31. Ilk qoyatosh rasmlari qaysi davrga oid?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B,C
32. Odamlarning eng qadimgi mashg‘uloti nima bo‘lgan?
A) Dehqonchilik va chorvachilik
B) Chorvachilik va termachilik
C) Termachilik va ovchilik
D) Ovchilik va dehqonchilik
33. Qadimgi odamlar ov oldidan raqsga tushishib nimani mashq qilishgan?
A) Kamondan o‘q uzish B) Xanjar sanchish
C) Nayza uloqtirish D) Teri shilish
34. Ilk paleolit odamlari?
A) Avstralopitek, Zinjantrop
B) Neandertal, Kromanyon
C) Pitekantrop, Sinantrop
D) A, C
35. Biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish fanda nima deyiladi?
A) Fetishizm B) Totemizm
C) Animizm D) Shovinizm
36. 8-9 yashar neandertal bolaning suyaklari qoldiqlari qayerdan topilgan?
A) Teshiktosh B) Ko‘lbuloq
C) Selung‘ur D) Zarautsoy
37. Teshiktosh g‘ori qaysi davrga oid?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
38. Nima eng qadimgi tasviriy san`at rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qildi?
A) Odamlarning qoyatosh rasmlarini ko‘plab chizishi
B) Odamning o‘zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushinishga intilishi
C) Insonni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish
D) Hayvonot olamidan qo‘rquv
39. Kromanyon g‘ori qayerda joylashgan?
A) Fransiya B) Angliya
C) Ispaniya D)Germaniya
40. O‘rta paleolit davriga oid odam nima deb ataladi?
A) Kromanyon B) Neandertal
C) Sinantrop D) Zinjantrop
41. Quyidagilardan qoyatosh rasmlar yodgorliklarining eng qadimgilari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Kapova, Zarautsoy, Teshiktosh
B) Altamir, Lasko, Kapova
C) Olduvoy, Kapova, Lasko
D) Lasko, Yava, Olduvoy
42.Teshiktosh g‘oridan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Kromanyon B) Neandertal
C) Sinantrop D) Zinjantrop
43. Teshiktosh g‘ori qaysi tog‘dan topilgan?
A) Hisor B) Boysun
C) Nurota D) Urgut



Download 464.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling