1. Qadimgi Misr, Rim, Gretsiya, Xitoy va boshqa davlatlarda ilk


Download 34.81 Kb.
Sana11.08.2020
Hajmi34.81 Kb.
#125997
Bog'liq
1-16 bi


1. Qadimgi Misr, Rim, Gretsiya, Xitoy va boshqa davlatlarda ilk

bojxona xizmatlarining paydo bo’lishi, ularning bojxona ishiga oid turli ma’lumot manbalari asosidagi fikr-mulohazalaringiz.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, bojxona ishining dastlabki elementlari eramizdan oldingi 2-3 ming yilliklardan boshlab shakllana boshlangan. Albatta buning asosiy sabablaridan biri qadimgi shaxarlar va davlatlar o‘rtasida savdo aloqalarning shakllanishidir. Insoniyatning turg‘un xayotga o‘tishi, qadimiy sivilizatsiyaga ega bo‘lgan erlarda davlatchilikning paydo bo‘lishi va ishlab chiqarishning rivojlanishi, ortiqcha tovarlarni sotish yoki almashtirish extiyojlarining yuzaga kelishi savdo aloqalarining rivojlanishiga olib keldi. Savdo aloqalarining shakllanishi haqidagi eng ilk ma’lumotlar Qadimgi Misrning oltinchi sulolasi (bizning eramizgacha bo‘lgan 3 ming yillik boshi) yodgorliklari orqali etib kelgan. Bu davrda misrliklar Finikiya shaharlari va Qizil dengiz havzasidagi erlar aholisi bilan savdo kilganlar.

Ammo tovarlar ortilgan savdo karvonlari o‘tadigan kimsasiz yo‘llarda qaroqchilar guruxlari paydo bo‘lib, karvonlarni shafqatsiz talay boshlaganlar. Aksariyat xollarda karvonni kuzatib borayotgan savdogarlar o‘ldirib yuborilgan. Savdogarlarda paydo bo‘la boshlagan qo‘rquv va savdo karvonlarining kamayishi savdo aloqalarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsata boshladi. Misrdagi YAngi podshohlik davri (eramizgacha XVI-XX

asrlar)ning tarixiy yodgorliklari karvonlarni talanishi va savdogarlarning shikoyatlari haqida hikoya qiladi. Shu sababli savdo karvonlarini ximoya qilish va savdo aloqalarini tiklash maqsadida shaxar xukmdorlari tomonidan karvonlarga maxsus qurollangan qo‘riqchilar ajratilgan. Ammo qo‘riqchilarni qurollantirish, maosh to‘lash va boshqa zarur xarajatlarni qoplash shaxar xazinasiga juda qimmatga tushar edi. Shu sababli ushbu sarf-harajatlarni qoplash uchun savdogarlardan maxsus yig‘imlar undirila boshlandi.

Boj o‘zining asosiy fiskal funksiyasini, ya’ni xazina manfaatlariga xizmat qilish vazifasini ado etar ekan, boshqa soliklar va yig‘imlar bilan birgalikda davlatning mustahkamlanishiga xam ko‘maklashdi. Davlatlar rivojlanishi barobarida bojlar ham rivojlandi, bojxona ishining ayrim shakllari takomillashdi. Bojlar asosan dengiz portlarida va shahar bozorlarida yig‘ilar edi. Sekin-asta ushbu bojlarni yig‘uvchi shaxslar yoki maxsus guruhlar paydo bo‘lgan. Bojlarning yig‘ilishi hukumat vakillari tomonidan nazorat qilingan.

Qadimgi Rimda bojni o‘ziga to‘q obro‘li odamlar va “publikanlar” deb ataluvchi suvoriylar tabaqasidan tuzilgan guruxlar yig‘ar edi. Yig‘ilgan bojlar publikanlar tomonidan davlat xazinasiga topshirilar edi.

Bojxona tarixining Rossiyalik tadqiqotchisi V.A.Simmermanning ma’lumotlariga ko‘ra, Qadimgi Gretsiyada (eramizdan oldingi VI asr) ayrim shahar va davlatlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirish muhimligini inobatga olib, ulardan keltirilgan tovarlar uchun boj undirmaslik siyosati qo‘llanilgan

Gretsiyaning o‘zida chetdan keltirilgan tovarlar uchun boj to‘lovi shu tovar bahosining o‘ndan biri miqdorida undirilar edi. Keyinchalik, eramizdan oldingi IV asrda bojlarning savdoni rivojlantirishdagi ahamiyatini hisobga olib, bojlar tovar bahosining 20, 50 va 100 dan bir qismigacha qisqartirildi.

Boj salmog‘i oshgan sari tovarlarni boj to‘lamasdan, ya’ni yashirincha olib kirish ham rivojlanib ketdi. Kontrabandaga qarshi kurash eramizdan oldingi bojxona munosabatlari paydo bo‘lgan o‘sha davrlarga to‘g‘ri keladi. Ammo o‘rta asrlarga kelib kontrabanda juda keng miqyosda avj olib ketdi.

Kontrabanda tovarlarini ushlagan bojxona xodimiga ushlangan tovarning 70 foizi miqdorida mukofot puli berilgan. Bu miqdor doim o‘zgarib, har xil shakllarda namoyon bo‘lib kelgan.

Bojxona ishi o‘rta asrlarga kelib Evropada ham muhim o‘rin egallab, davlat siyosatiga aylandi. Evropaning feodal davlatlarida boj yig‘uvchilar yuqori mavqega ega edi. Fransiyada ular qirol amaldorlariga tenglashtirilgan bo‘lib, episkoplar va graflar bilan bir qatorda turar edi.

YUqorida qayd etilganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, bojxona ishining dastlabki ko‘rinishlari eramizdan oldingi 3-2 ming yilliklardan boshlab qadimgi Gretsiya, Rim, Misr va Karfagen davlatlari xududlarida shakllana boshlagan va sivilizatsiyaning rivojlanishi bilan asrlar davomida takomillashib, davlat siyosati darajasigacha etgan.

2. Amir Temur davrida bojxona xizmatining tashkil etilishi va

rivojlanishiga oid turli ma’lumot manbalari asosidagi fikr-

mulohazalaringiz.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, taniqli sharqshunos va tarixchi olim B.Axmedovning fikriga kura, Buyuk Ipak yulining asrlar davomida rivojlanishiga ushbu savdo yo‘lida joylashgan davlatlarda, shu jumladan Markaziy Osiyoda bojxona ishining shakllanishi va takomillashib borishi katta ta’sir ko‘rsatgan. Misol uchun, savdo yo‘lidagi qaysidir davlat yoki shahar o‘z bojxona koidalarini qattiqlashtirsa yoki boj yig‘imlarini haddan tashqari ko‘paytirib yuborsa, savdo karvonlari ularni chetlab o‘tish uchun yangi yo‘llarni izlay boshlaganlar. SHu tariqa birgina Markaziy Osiyoda Buyuk Ipak yulining bir nechta shaxobchalari yuzaga kelgan. Karvonlar chetlab utgan davlatlar esa anchagina daromaddan mahrum bo‘lishar edi.

Savdo siyosatining axamiyatini to‘g‘ri tushungan xukmdorlar karvon yo‘llarini obod qilish, karvonsaroylar qurish, karvonlarni xavf-xatardan qo‘riqlash chora-tadbirlarini ko‘ra boshladilar. XIV-XV asrlarda soxibqiron Amir Temur faoliyati buning misoli bo‘lishi mumkin. Amir Temur oldingi ko‘p yillik urushlar va ko‘chmanchilarning bosqinlari tufayli deyarli to‘xtab qolgan Buyuk Ipak yo‘lidagi savdo harakatini qayta tikladi.

Amir Temurning Buyuk Ipak yo‘li tufayli savdoni rivojlantirish, uning xavfsizligini batamom ta’minlash, atrofini obodonlashtirish, savdogarlar uchun shart-sharoitlarni yaratish, unda Markaziy Osiyo ahamiyatini kuchaytirish borasida ishlari ayniqsa diqqatga sazovordir.

XV asr boshida Amir Temur saltanatidagi Kastiliya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo o‘zining «Kundaligi»da Samarqand bozorida dunyoning turli burchaklaridan kelgan turli tillarda so‘zlashuvchi savdogarlarni va ular keltirgan xorijiy mollarni ko‘plab

uchratganligini ta’kidlab o‘tadi. Samarqandga Hindistondan attorlik va

bo‘yoq buyumlari, Xitoydan ipak gazlamalar, har xil chinnilar, qimmatbaho toshlar, shimoldan esa noyob po‘stinlar karvonlari ko‘plab kelardi. Bu erdan Osiyoning boshqa shaharlariga, Evropa mamlakatlariga ham karvonlar jo‘natilar edi. Savdogarlar shu yo‘l bilan Xorazm

orqali Nijniy Novgorod, xatto Moskvagacha etib borardilar.

Temur davlatida tartib-intizom,

osoyishtalik, mamlakat bo‘yicha aloqa

xizmati ibratli bo‘lgan. Faqat Ipak yo‘lidagina emas, Sohibqiron

davlatining hamma burchaklarida ham osoyishtalik o‘rnatilgan.

Mamlakatning hamma yo‘llarida ma’lum masofalarda maxsus musofirxonalar va karvonsaroylar qurilib, u erlarda hamma shart-sharoitlar muhayyo etilgandi. Bu xususda De Klavixo qiziqarli ma’lumotlar keltirib, u Kastiliyadan kelishida Amir Temur davlati chegarasiga kirib kelganida quyidagilarning guvohi bo‘lganligini yozadi:

«Yo‘llarga otlar tayyorlab qo‘yilardi. Kimsasiz joylarda musofirxonalar tarzida katta binolar qurilib, yaqin shahar va qal’alarning aholisi bu binolarni suv va oziq-ovqat bilan ta’minlab turar edi. Bu erda otlarni boqib parvarishlovchi otboqarlar tayinlangan edi. Yo‘lovchilarga maxsus odamlar kerak bo‘lganda qo‘shib ham yuborilar edi”.

Amir Temur davrida bojlarni tartibga soluvchi hujjatlar xam ishlab chiqilib, ularga qattiq amal qilingan. Davlat chegaralariga qal’alar qurdirilib, karvonlar o‘sha erda kutib olingan. Ular karvonsaroylarga joylashtirilib, shu erni o‘zida bojlar undirilgan, boj to‘langan yuklariga esa tamg‘alar bosib berilgan. Boj to‘langanligini yoki yuklarga imtiyoz berilganligini bildiruvchi tamg‘a bosish tajribasi aynan Amir Temur davrida joriy qilingan. Bugungi kunda rus tilida qo‘llanilib kelinayotgan “tamojnya” so‘zi “tamg‘a”, “tamg‘alash” so‘zlaridan kelib chiqqanligi tarixiy hujjatlardan ma’lum.

SHu bilan bir qatorda Amir Temur davrida «qizil mol» bojdan ozod kilingan edi. Bunday tovarlar ularga ilova qilingan hujjatlar, ya’ni rohnomalar oddiy muhr bilan emas, balki shohona qizil muhr bilan tasdiqlanganligi bois «qizil mol» deb atalgan. Bu esa mollar hukmdorga in’om qilishga mo‘ljallanganligini anglatardi. O‘sha davr qoidalariga ko‘ra, sovg‘alardan boj undirilmagan. Albatta, bu qoidalarni buzish xollari ham bo‘lib turardi. Masalan, ayrim savdogarlar rohnomadan foydalanib «qizil yorliq»da ko‘rsatilgan moldan boshqa mollarga ham boj to‘lamaslikka urinishar edi.

Uzoq vaqt Sultoniyada bo‘lgan vatikanlik arxiepiskop Ioann Amir Temur tomonidan savdogarlarga yaratilgan sharoitlarni quyidagicha qayd qiladi: «Temur xorijiy savdogarlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lar va butun saltanatida ularga qulay sharoitlar va xavfsizlikni yaratib bergan... Agar unga qarashli erlarda qaysidir savdogarni tunashsa, o‘sha erning hukmdori savdogarga yo‘qotgan narsasini ikki baravar qilib qaytarib berar, bundan tashqari ushbu summani Temurga besh baravar miqdorda to‘lardi».


3. Chor Rossiyasi mamlakatga kirib kelguniga qadar, xonlik va

amirliklar davrida hozirgi O’zbekiston hududida bojxona ishining

vujudga kelishi va rivojlanish tarixi bo’yicha turli ma’lumot manbalari asosida tahlil qiling
XIX asrning ikkinchi yarmida Chor Rossiyasi tomonidan Markaziy Osiyo bosib olinib, Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Ettisuv va Kaspiyorti viloyatlaridan iborat Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgan.

Turkiston general-gubernatorligida 1867 yilda qabul qilingan «Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish haqidagi qoidalar»da bojxona faoliyatiga oid dastlabki normalar mavjud bo‘lgan.

1872 yil 1 apreldan Turkiston general-gubernatorligining Zakot boshqarmasi (boj to‘lovlari ham zakot deb yuritilgan) tashkil etilib, endilikda bojxonaga oid faoliyatni amalga oshirish unga yukatilgan.

Zakot boshqarmasining asosiy vazifalaridan biri Turkiston o‘lkasiga kelgan va chiqib ketayotgan karvonlarni ro‘yxatga olish, yuklarning qiymatini aniqlash, yuk va chorva mollaridan boj undirishdan iborat bo‘lgan.

1881 yil dekabr oyida Turkiston general-gubernatori vazifasini bajaruvchi G.A.Kolpakovskiy o‘lkaga g‘arbiy Yevropa va Osiyo mahsulotlarining kirib kelishiga chek qo‘yish maqsadida Muvaqqat bojxonaga oid qoidalarni o‘z ichiga olgan “Bojxona nazorati to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlagan. Xususan, ushbu qoidalarda quyidagilar qayd etilgan:

Barcha ingliz-hind (ko‘k choy, doka va bo‘yoq (indigo)dan tashqari), Evropa, Turkiya va Eron mahsulotlarini Turkiston general-gubernatorligiga olib kirish qat’iyan taqiqlansin; bir pud brutto choy uchun 14 rubl 40 kopeek, doka uchun 6 rubl va bir funt bo‘yoq uchun 1 rubl miqdorda boj stavkalari belgilansin; boj undirish rus kredit rubllarida amalga oshirilsin; olib kirilishi taqiqlangan yoki boj to‘lanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bojxona nazoratidan yashirib olib kirilgan taqdirda musodara qilinib, undan tushgan pulning 25% bojxona muassasalarining maxsus fondiga o‘tkazilsin.”

Chor Rossiyasi Davlat kengashining 1886 yil 2 maydagi qaroriga ko‘ra Turkiston o‘lkasida bojxonani boshqarish Moliya vazirligiga yuklatilgan. SHu bilan birga, Turkiston o‘lkasi boshqaruvida bojxona ishlari bo‘yicha alohida topshiriqlarni bajaruvchi amaldor lavozimi joriy etilgan. Ushbu amaldorga joylardagi bojxonachilar tomonidan boj undirishda ular ustidan rahbarlik qilish, kontrabandaning oldini olish va chegara qo‘riqchilari ustidan nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan.

1890 yil 12 iyunda Turkiston o‘lkasi bojxonasi xududining kattaligi va xodimlar sonining ko‘pligi, boshqarishdagi qiyinchiliklar sababli Turkiston va Semipalatinsk bojxona okruglariga bo‘lingan.

Chor Rossiyasi Moliya vaziri tomonidan Markaziy Osiyo bozorlarida Rossiya imperiyasining savdo monopoliyasini o‘rnatish bo‘yicha bir qator harakatlar amalga oshirilgan. Xususan, 1892 yili Buxoro amirligi va Xiva xonligi Chor Rossiyasi yagona bojxona tizimiga qo‘shib olinib, bojxona chegarasi Buxoro-Afg‘on chegarasiga o‘tkazilgan hamda 1895 yilda Termiz shahrida «Pattakesar» bojxona posti tashkil etilgan. Ushbu post Afg‘oniston bilan chegara hududida joylashgan bo‘lib, chegaradan o‘tgan yuklardan boj olish va bojxona nazoratini amalga oshirish bilan shug‘ullangan.

1917 yildagi revolyusiyalar natijasida Rossiya imperiyasining inqirozga uchrashi va xokimiyat Sho‘rolar qo‘liga o‘tishiga qaramasdan Turkiston okrugida bojxona faoliyati to‘xtab qolmadi.

Sho‘rolar (Sovetlar) hukumati davlat tepasiga kelgandan so‘ng, uning tarkibida Sanoat va Savdo xalq komissariati tuzildi va bojxona tizimi Bojxona boshqarmasi sifatida uning tarkibiga kiritildi. Bu Komissarlik keyinchalik «Tashqi savdo xalq komissarligi» deb ataldi.

Tashqi savdo xalq komissarligining 1921 yil 24 dekabrdagi 133-sonli buyrug‘iga asosan Bojxona boshqarmasi Bosh bojxona boshqarmasiga aylantirildi. O‘sha davrda uning tarkibida 8 ta bojxona okrugi bo‘lib, ulardan bittasi Turkiston bojxona okrugi edi. Uning tarkibiga Eron, Afg‘oniston va Xitoy davlatlari bilan chegaralarda faoliyat olib boradigan 19 ta bojxona idoralari birlashtirilgan edi.

Bundan tashqari, Turkiston bojxona okrugida alohida Toshkent bojxonasi ham tashkil etiladi. Ushbu bojxona Toshkent shahri bozorlarida va do‘konlarida bojxona nazoratidan o‘tkazilmagan xorijiy tovarlarning sotilishi ustidan nazorat olib borgan.

Turkiston bojxona okrugi Nazorat boshqarmasining 1920 yil 3 martdagi 18-sonli buyrug‘i bilan “Turkiston Respublikasida bojxona nazorati haqidagi” Nizom tasdiqlanadi. Ushbu Nizomga asosan, Turkistonda bojxona nazoratining boshqaruv tizimi, bojxona idoralarining vazifalari, bojxona xodimlarining xizmatni o‘tashi, chegaradan jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib o‘tilishi mumkin bo‘lgan tovarlarning normalari, kontrabanda haqidagi vaqtinchalik qoidalar, bojxona va chegara idoralari xodimlarining o‘zaro munosabatlari haqidagi yo‘riqnomalar belgilab berildi.


4. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida O’zbekiston hududida bojxona

ishining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi bo’yicha turli ma’lumot manbalari asosida tahlil qiling.
O‘sha davrlarda Toshkent shahrining aeroporti SSSRning janubiy darvozasi hisoblanib, yuk va yo‘lovchi aviatsiyasi rivojlanishi natijasida chet eldan kelayotgan samolyotlar Toshkent aeroportiga qo‘nib o‘tadigan bo‘ldi. Toshkent orqali tranzit havo yo‘llari ochilishi munosabati bilan 1959 yil 14 aprelda SSSR Havo transporti vazirligining buyrug‘iga ko‘ra, Toshkent aeroportida alohida bojxona posti tashkil qilindi. Yangi tashkil etilgan Toshkent aeroporti bojxona postida dastlab atigi 3 ta xodim ishlagan.

SSSR Tashqi Savdo Ministrligining 1959 yil 14 apreldagi 111-sonli buyrug‘i bilan Toshkent bojxona posti “Toshkent bojxonasi”ga o‘zgartirildi.

1984 yilda Afg‘onistonga yuborilayotgan harbiy yuklar nazoratini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahri yaqinida «Tuzel» bojxona posti, Farg‘ona shahrida «Farg‘ona» bojxona posti tashkil etildi.

Bu vaqtga kelib Termiz bojxonasi va unga bo‘ysunuvchi Ayritom bojxona posti faoliyat olib borar edi.

1984 yilda Afg‘onistonga yuborilayotgan harbiy yuklar nazoratini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahri yaqinida «Tuzel» bojxona posti, Farg‘ona shahrida «Farg‘ona» bojxona posti tashkil etildi.

Bu vaqtga kelib Termiz bojxonasi va unga bo‘ysunuvchi Ayritom bojxona posti faoliyat olib borar edi.

1988 yilda «Toshkent bojxonasi» va boshqa bojxona postlari negizida O‘zbekiston SSR bojxonasi tashkil etildi.

1988-89 yillarda Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Qarshi, Guliston, Jizzax, Qo‘qon, Navoiy, Urganch, CHirchiq va Olmaliq shaxarlarida bojxona postlari ishga tushdi.

Ammo, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘zbekiston hududidagi bojxona ishlari bevosita SSSR poytaxti hisoblangan Moskvadan boshqarilar va rahbar xodimlar ham ular tomonidan tayinlanar edi. O‘zbekiston bojxonasi tomonidan musodara qilingan tovarlar va undirilgan bojxona to‘lovlari to‘liq ravishda Moskva ixtiyoriga o‘tkazilar edi.
5. Mustaqillikka erishganimizdan boshlab toki hozirgi kungacha bo’lgan davrda O’zbekistonda bojxona xizmatining qayta tashkil etilishi va rivojlanish evolyutsiyasi bo’yicha turli ma’lumot manbalari asosida tahlil qiling.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, davlat raxbariyati tomonidan davlat chegaralarini mustaxkamlash va iqtisodiy og‘ir vaziyatda ichki bozorni himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.

1991 yilning sentyabrida Respublika Ichki ishlar vazirligi huzurida «O‘zbekiston Respublikasi hududidan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish bo‘yicha Incpeksiya» tashkil etildi. Sababi - endigina mustaqil bo‘lgan davlat hududiy chegaralarining ochiqligi va nazoratning yo‘qligidan foydalanib, ko‘plab zarur iste’mol tovarlari tashib olib chiqib ketila boshlangan edi.

1991 yil 25 oktyabrda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-284-sonli Farmoni bilan mustaqil O‘zbekistonning dastlabki bojxona organi Bojxona qo‘mitasi tashkil etildi.

Mazkur farmonga binoan, Bojxona qo‘mitasining shtatlar soni 415 nafar qilib belgilandi.

Bojxona qo‘mitasining birinchi Raisi etib Erkin Muyassarovich Jo‘raev tayinlandi.

O‘zbekiston hududi quyidagi bojxona zonalariga bo‘lindi:



1. Toshkent bojxonasi - 11 ta bojxona posti

2. Samarqand bojxonasi - 7 ta bojxona posti

3. Termiz bojxonasi - 4 ta bojxona posti

4. Farg‘ona bojxonasi - 10 ta bojxona posti

5. Buxoro bojxonasi - 4 ta bojxona posti

6. Qoraqalpog‘iston bojxonasi - 4 ta bojxona posti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 avgustdagi PF-451-sonli Farmoni asosida, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «O‘zbekiston Respublikasi hududidan tovar-moddiy boyliklarning noqununiy olib chiqib ketilishini oldini olish bo‘yicha Inspeksiya» birlashtirilib, Davlat bojxona qo‘mitasi tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan Davlat bojxona qo‘mitasining shtatlar soni 1277 nafar xodim qilib belgilandi. Militsiya general-mayori Urayim Abdug‘anievich Abdug‘aniev Davlat bojxona qo‘mitasining Raisi etib tayinlandi.

1994 yil 18 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-744-sonli Farmoniga asosan, Davlat bojxona qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga aylantirilib, Davlat soliq qo‘mitasining tarkibiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 iyuldagi PF–1815 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Farmoni bojxona tarixida muhim voqea bo‘ldi.

Ushbu Farmonga binoan, Davlat bojxona qo‘mitasi qayta tashkil qilindi va eng muhimi - bojxona organlariga «Huquqni muhofaza qiluvchi organ» maqomi berildi. Farmonda DBQ shtatlar soni 3277 nafar etib belgilandi.

Farmon asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1997 yil 30 iyulda qabul qilingan 374-sonli qarorga muvofiq “Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom” va bojxona xodimlarining maxsus xizmat formasi tasdiqlandi. Davlat bojxona qo‘mitasi qoshida «O‘quv markazi»ning tashkil etilishi esa bojona ishi tarixida muhim voqea bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 11 iyuldagi Farmoniga binoan, general-mayor O‘tkir Tolipovich Komilov DBQ raisi etib tayinlandi. Keyinchalik, 2000-2018 yillar davomida Davlat bojxona qo‘mitasiga, bojxona xizmati general-mayori Said-Azim Aripov,

militsiya general-mayori Ravshan Haydarovich Haydarov, militsiya general-mayori Botir Rahmatovich Parpiev,

militsiya general-leytenanti Bahodir Ahmedovich Matlyubov,

bojxona xizmati general-mayori Sadirxon Xolxo‘jaevich Nasirov

bojxona xizmati polkovnigi Dusanov Zohid Abduqayumovich,

general-mayor Toxiriy Muinjon Vaxobovich rahbarlik qildilar. 2018 yil fevralidan bojxona xizmati general-mayori Azimov Murotjon Berdialievich DBQga raislik qilmoqda.

Milliy bojxona tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni birinchi navbatda malakali kadrlar bilan jamlash masalasi bilan bevosita bog‘liq. Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish haqidagi” 229-sonli Qaroriga asosan Davlat bojxona qo‘mitasi qoshidagi «O‘quv markazi» negizida Oliy harbiy bojxona instituti tashkil etilgan.

2018 yil 2 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3995-sonli Qaroriga asosan Oliy harbiy bojxona instituti Bojxona isntituti etib qayta tashkil etildi.



6. Bojxona ishiga oid faoliyatni qanday organlar bilan hamkorlikda

amalga oshiriladi va uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat bo’lishi haqida ma’lumot bering.

Bojxona organlari bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organ bo’lganligi sababli Ichki Ishlar organlari, Davlat xavsizlik xizmati, prokuratura kabi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlikda faoliyat ko’rsatadi. Ushbu hamkorliklar muhim ahamiyat kasb etadi.

Bojxona organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar bojxona nazoratini amalga oshirish hamda bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga qarshi kurashda bojxona organlariga ko‘maklashishlari shart.

Bojxona organlari aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek o‘zga axborotni boshqa organlar va tashkilotlar bilan almashishni, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda almashishni o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida chiqaradigan hamma uchun majburiy tusdagi normativ hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Bojxona organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z vakolatlariga kiradigan ayrim harakatlarning boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘yadilar.

Bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari:

xo‘jalik yurituvchi subyektlar bojxona to‘lovlari bo‘yicha budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar;

kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan, o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlari va bunday to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlardan so‘zsiz tartibda undirib olish to‘g‘risidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar;

ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning so‘mlardagi mablag‘lari etishmasa va valyuta hisobvaraqlarida mablag‘lari mavjud bo‘lsa, bojxona organlarining taqdimnomasiga ko‘ra valyuta birjasida mazkur valyuta mablag‘larini budjet oldidagi qarzni to‘lash uchun zarur hajmlarda sotishni sotish kunidagi kurs bo‘yicha amalga oshiradilar.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aybi bilan bojxona to‘lovlari va jarima summalarini to‘lash kechiktirilgan bo‘lsa, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki bojxona organlarining bojxona to‘lovlarini o‘tkazish yoki qaytarish to‘g‘risidagi topshiriqlari bank yoki moliya-kredit muassasalarining aybi bilan bajarilmagan bo‘lsa (bajarish kechiktirilgan bo‘lsa), xo‘jalik subyektlaridan, bank yoki moliya-kredit muassasalaridan belgilangan tartibda penya undiriladi.

Bojxona organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar bojxona organlarining o‘z faoliyatini amalga oshirishida, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlariga qarshi kurashishida ularga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart.

Bojxona organlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi elektron axborot almashinuvidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar ularning qonuniy talablari bo‘yicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bepul asosda taqdim etiladi.

7. Bojxona xizmati organlarining mamlakat iktisodiyotini

rivojlantirishda tutgan urni xakida nimalarni bilasiz?
Bojxona organi – o‘z mohiyatiga ko‘ra unga berilgan huquqiy vakolatlari doirasida davlat nomidan faoliyat olib boruvchi, huquqni muxofaza qiluvchi, ijro etuvchi va bojxona ishi faoliyatidagi vazifa va funksiyalarini o‘ziga xos usul va yo‘llar yordamida amalga oshiruvchi organdir.

Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.


Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida tuzildi. Mustaqillikka erishilgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasida mustaqil bojxona siyosati olib borilmoqda. Bojxona siyosati Respublikamiz hukumati yurgizayotgan tashqi va ichki siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Bojxona organlari-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlaridir.

Bojxona organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga amal qiladilar.

Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini davlat hokimiyati mahalliy organlaridan mustaqil tarzda amalga oshiradilar.

Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart.

Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi va davlat byudjeti mablag‘laridan ta’minlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi bitilgan muhrga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi mazkur apparat xodimlarining cheklangan soni bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

8.Товарларни импорт в аэкспорт килиш деганда нимани тушунасиз хамда хозирги кунда ушбу йуналишда амалга оширилаётган чора-тадбирлар хакида фикрларингиз.

Import— mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog’ozlar va boshqalarni keltirish. Yuklar, passajirlarnicheteldantashibkeltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnikabilimlarivaboshqaxizmatlarharajatlarihamimporttarkibigakiradi.Importbojxonabojlari, shuningdek, miqdoriycheklashlar, litsenziyalashtizimivaboshqanotariftarzdagivositalarbilantartibgasolinadi. Importning eksportaan ustunligi mamlakatning tashqi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi. Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli toʻsiq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qoʻyilishi tushuniladi.



Eksport— tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarish (reeksport) ham ksportga kiradi. Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar Eksport tarkibi milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar Eksport qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar Eksportida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar Eksportida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas Eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda. Har qanday davlat uchun Eksport, import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida Eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi.Eksportni cheklash aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar Eksporti baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar Eksporti bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi.

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, fitosanitariya, sanitar-epidemiologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari faoliyatini oʻrganish natijalari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda. O’tgan yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, maʼmuriy toʻsiqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va toʻlovning bozor mexanizmi joriy qilindi.Tovarlarni, shu jumladan, komissioner orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoniyati berildi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real oʻsish surʼatlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish surʼatlariga muvofiq emasligini koʻrsatmoqda.Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini taʼminlash va valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, taʼlim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni koʻrsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish, eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishda koʻmaklashish, marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojxona maʼmuriyatchiligi shu jumladan, xorijdagi, masalalari, “yagona darcha” tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari boʻyicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va maslahat koʻmagini koʻrsatish, respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlashda tizimli hamkorlikni taʼminlash, mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar bazasini taʼminlash orqali elektron tashqi savdo maydonchalarini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron tijorat maydonchalariga kirish uchun yordam koʻrsatish, ishonchli sifatli mahsulot yetkazib beruvchi sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning halolligini isbotlash uchun, shu jumladan, har yili “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy tovarlar koʻrgazmalari va savdo yarmarkalarini oʻtkazish, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish yoʻli orqali oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish, eksport qilishni boshlayotganlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar, tadbirkorlar uchun xorijiy mamlakatlarga tashqi savdo masalalari boʻyicha savdo missiyalari tashkil etish va oʻtkazish,eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash, noxomashyo eksport hajmi, milliy eksport qiluvchilar va ularning mahsulotlarini sotib oladigan mamlakatlar sonini oshirishga koʻmaklashish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va milliy eksportni sugʻurtalashning zamonaviy mexanizmlarini muvaffaqiyatli qoʻllagan xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olib, shu jumladan, xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda eksportoldi va eksportni moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiligini sugʻurtalash mexanizmlarini joriy etish va boshqa shunga o’xshash ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirildi.

9. Божхона ишига оид норматив-хукукий хужжатларни юридик кучи,хронологик кулланилиш сохаси буйича тизимлаштиринг?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan tashqari,mustaqillik davrida bojxona siyosatini amalga oshirish jarayonida bir qator muhim bojxona sohasidagi qonunlar qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksi( 1997-y. 2015-y.),O’zbekiston Respublikasi “Boj tarifi to’g’risida”gi qonuni(1997-y. 2015-yil yangi tahrirdagi Bojxona Kodeksiga kiritilgan),O’zbekiston Respublikasi”Davlat bojxona xizmati to’g’risida”gi qonuni (1997-y. 2018-y.) va O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizomi shular jumlasidandir

Ushbu qonunlardan tashqari,bojxona ishi jarayoniga bevosita aloqador bo’lgan va bojxona ishining turli sohalarida amal qilinishi shart bo’lgan boshqa bir qator qonunlar ham mavjud.Jumladan,

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi kodeksi

O’zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi qonuni

O’zbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonuni va boshqalar.

10. Божхона ишига оид канака халкаро конвенциялар мавжуд ва улардан энг асосийлари кайсилар?

1947-yilda G’arbiy Yevropadagi 13 ta mamlakat tashabbusi bilan Yevropq Iqtisodiy hamkorlik qo’mitasi doirasida qabul qilingan qo’shma Deklaratsiyada Yevropada bojxona ittifoqini tashkil etish masalasi qo’yildi.Buning natijasida maxsus guruh tomonidan ishlab chiqilgan “Bojxona hamkorlik kengashini ta’sis etis haqidagi”Konvensiya 1950-yil 15-dekabrda 17 ta Yevropa davlatlari tomonidan imzolandi.Bojxona hamkorlik kengashining birinchi ta’sis sessiyasi 1952-yil 26-yanvarda bo’lib o’tdi.Kengash qaroriga ko’ra,1983-yildan boshlab 26-yanvar-“Xalqaro Bojxonachilar kuni” deb nishonlana boshladi.Keyinchalik ushbu Konvensiyaga dunyoning boshqa davlatlari ham a’zo bo’la boshladilar.Kengash Shtab-kvartirasi Bryussel shahrida joylashgan.Ushbu konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda Kengash:



  • Bojxona sohasida hamkorlikni rivojlantirishning barcha masalalarini o’rganadi:

  • Bojxona ishida oily darajada bir xillikka erishish maqsadida zarur amaliy tadbirlar ishlab chiqib,takliflar beradi

  • Bojxona tizimiga oid texnik aspektlar va iqtisodiy omillarni chuqur o’rganadi;

  • Bojxona sohasidagi konvensiyalarni talqin etish yoki qo’llash jarayonida yuzaga keladigan munozarali masalalarni hal etish bo’yicha tavsiyalar(rekomendatsiyalar)ishlab chiqib,tegishli davlatlarga taqdim etadi;

  • Bojxona xizmatlarini bojxona boshqaruv tizimi va bojxona protseduralariga oid ma’lumotlar bilan muntazam ta’minlab boradi.


11.Узбекистон РеспубликасинингДавлат божхона хизмати
тугрисидаги Кoнунига мувофик, божхона органлари ходимларининг божхона назорати, божхона туловлари, товар ТИФТН кодлари таснифи ва контрабандага карши курашиш буйича асосий вазифаларини санаб беринг ва нима учун шундай, изохланг?

Bojxona organlarining asosiy vazifalari O’zbekiston Resbuplikasining iqtisodiy manfaatlarini,yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonun bilan belgilangan manfaatlarini himoya qilish, davlatning iqtisodiy xavfsizligini o’z vakolatlari doirasida ta’minlash, bojxona haqidagi qonun hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash va ularning buzilishini oldini olish, kontrabandani aniqlash, oldini olish va unga chek qo’yish,bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish, bojxona to‘lovlarini undirish, fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish,xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish,tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish,shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o‘tkazishda valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish, TIF ga doir bojxona statistikasi va nomenklaturasini yuritish, bojxona nazoratidan o’tqazilishi kerak bo’lgan Tovar va transport vositalarini nazoratdan o’tkazish, bojxona siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish va bojxona siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish kabi vazifalardan iborat hisoblanadi.Bundan tashqari 2020-yil 5-iyunda qabul qilingan PF-6005-sonli farmonga ko’ra O’zbekiston Respublikasi DBQga qo’shimcha vazifalar yuklatilgan.Ularga quyidagilar kiradi: bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin TIF ishtirokchisi faoliyatni baholash va ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keying hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o’tqazish punktlarida sanitariya-karantin,fitosanitariya, veterinariya nazorati organlarining TIF ni notarif tartibga solish choralarini qo’llash bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirish ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuquqrlashtirish bo’yicha va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo’yicha masalalarni kerakli idoralar bilan hamkorlik o’rnatish orqali hal qilish, tovarlar import va eksport tuzilmasi va dinamikasining chuqur holatiy tahlilini va import hajmi ham jismoniy, ham qiymatiy o’sishining sabablarini tahlil qilish kabi vazifalar.



12.Узбекистон РеспубликасинингДавлат божхона хизмати
тугрисидаги Кoнунига мувофик, божхона органлари ходимларининг асосий принцип(тамойил)ларини санаб беринг ва нима учун шундай, изохланг?

Bojxona organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik,yagonalik, ochiqlik va shaffoflik,jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilishdan iboratdir.

Qonuniylik-qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga barcha davlat organlari,mansabdor va boshqa shaxslarning ogʻishmay amal qilishi. Qonuniylik demokratiya va huquqiy davlatning elementlaridan biri. Qonunning quyidagi prinsiplari bor:Qonunning birligi-mamlakat hududida qonun va qonunga asoslangan hujjatlar bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishi;

konstitutsiya va qonunlarning ustunligi;

inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari, burchlarining kafolatlanganligi;

Qonunningmadaniyatbilanbogʻliqligi;

Qonunning maqsadga muvofiqligi- qonun va qonunosti hujjatlari davlat va jamiyatning manfaat,maqsadlariga mos kelishi. Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarga toʻla rioya etishni taʼminlovchi vosita va sharoitlar Qonuniylikning kafolatlari hisoblanadi. Bunday kafolatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, mafkuraviy, maxsus yuridik jihatlari bor. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi,turli shakldagi mulkchilik.jamiyatdagi iqtisodiy erkinliklar Qonuniylikning ijtimoiy-iqtisodiy kafolati boʻladi. Siyosiy hurfikrlilik, koʻppartiyaviylik,davlat tuzumining demokratik tamoyillarga mosligi Qonuniylikning siyosiy kafolatini belgilaydi.Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarni tatbiq etish va ularning nazoratini taʼminlovchi samarali mexanizmning mavjudligi Qonuniylikning tashkiliy kafolatidan darak beradi. Aholining huquqiy ongi darajasi,axloqiy tarbiyasi Qonuniylikka mafkuraviy kafolat beradi.Qonuniylikning taʼminlanishi uchun amaldagi qonunchilikda mavjud usul va vositalar maxsus yuridik kafolat vazifasini bajaradi.

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bojxona siyosatining yagonalik prinsipi–u joylarda turlicha bojxona siyosati o’tkazilishidan voz kechishni, O’zbekiston Respublikasining butun bojxona hududiga yagona bojxona siyosati tatbiq etilishini anglatadi.



13.Узбекистон РеспубликасинингДавлат божхона хизмати
тугрисидаги Кoнунига мувофик,божхона органлари ходимларининг божхона назорати,божхона туловлари, товар ТИФ ТН кодлари таснифи ва контрабандага карши курашиш буйича мажбуриятлари нималардан иборат ва нима учун шундай,изохланг?

Bojxona organlari majburiyatlari quyidagilardan iborat: bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishga, ushbu qonun hujjatlar qo’llanilishi bo’yicha belgilangan tartibda uslubiy ko’rsatmalar va normative hujjatlar ishlab chiqish va nashr etish, davlat xavfsizligini taminlash,jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini himoya qilish,atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ko’maklashish,tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tish chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarni ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardorqilishi, yagona davlat bojxona siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, bojlar to’g’ri hisoblanishini, to’liq va o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish,axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash, faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish bojxona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi,huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rishi va o’z xizmat vazifalarini bajarish natijasida ma’lum bo’lgan davlat va tijorat sirlari haqidagi ma’lumotlarni oshkora qilmaslikka majbur hisoblanadi.




14.Узбекистон РеспубликасинингДавлат божхона хизмати
тугрисидаги Кoнунига мувофик,божхона органлари ходимлари божхона назорати,божхона туловлари,товар ТИФ ТН кодлари таснифи ва контрабандага карши курашиш буйича кандай хукукларга эга ва нима учун шундай, изохланг?

Bojxona organlarining huquqlari quyidagilardan iborat: o’z vakolatlari doirasida tovar va transport vositalarini va zarur hollarda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarda belgilangan tartibda ko’zdan kechirish, yuridik va jismoniy shaxslarni ko’zdan kechirish uchun tovar va transport vositalarini va zarur hujjatlarni taqdim etilishini talab qilish, bojxona nazoratidan o’tqazish maqsadida tovarlardan namunalar olish, valyuta nazoratini amalga oshirish, bojxona nazoratidan o’tqazilishi lozim bo’lgan tovarlar saqlanadigan hududlarga qonun hujjatlarda belgilangan tartibda kirish va tekshirish, bojxonaga oida huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo’lgan tovar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushlab turish va olib qo’yish,tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini hamda ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish, moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish, bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarning buzilishiga oid bo’lgan materiallarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish va jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarga ko’ra javobgarlikka tortish, surishtiruv va tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirish. Bulardan tashqari 6005-sonli Prezident farmoniga ko’ra bojxona o’rganlariga tovar va transport vositalari ustidan ular saqlangan va sotiladigan joylarga chiqqan holda bojxona auditini amalga oshirish, olib chiqilgan va olib kirilgan tovar va transport vositalari hisobi, buxgalterik hisobi va hisoboti hujjatlari va dastlabki hujjatlar yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshirish kabi huquqlar berildi.


15. O’zbekiston Respublikasining “Davlat Bojxona xizmati to’

g’risida”gi Qonuniga muvofiq,bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish,maxsus vositalarni va o’qotar qurolni qo’llash shartlari nimalardan iborat,nima uchun shunday,izohlang?

Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida jismoniy kuch ishlatish, o‘ziga biriktirilgan maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni olib yurish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega.

Bojxona organi xodimi maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy jihatdan yaroqliligini aniqlash uchun davriy tekshiruvdan o‘tishi shart.

Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bojxona organi xodimiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tegishli ruxsatnoma beriladi.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoxud ularning qo‘llanilishini kechiktirish fuqarolarning va bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradigan hamda boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda bojxona organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart.

Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma to‘rt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.

Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan, shuningdek jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat to‘g‘risida bojxona organining xodimi bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart.

Bojxona organlari jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beradi.

Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash ushbu Qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, bojxona organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.


16. O’zbekiston Respublikasining “Davlat Bojxona xizmati to’

g’risida”gi Qonuniga muvofiq,bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish nima va qanday maqsadda qo’llaniladi,nima uchun shunday,izohlang?

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar bojxona organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida:

bojxona organlarining qo‘riqlanadigan obyektlarini, o‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalarni, transport vositalarini egallab olishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yish uchun;

fuqaroga yoki bojxona organining xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlash, olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlash uchun, shuningdek uning qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;

bojxona organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatishni bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.



Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling