1. Qadimgi misrning tabiati Qadimgi Misrning tabiiy geografik o‘rni va iqlimi


Qadimgi Ossuriya davlatini vujudga kelishi


Download 32.91 Kb.
bet2/5
Sana09.03.2023
Hajmi32.91 Kb.
#1255344
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon tarixi savollari javobi

Qadimgi Ossuriya davlatini vujudga kelishi. Qadimgi Ossuriya davlatchiligi mil. avv. II-ming yillikda Mesopotamiyaning shimoli, ya’ni yuqori Dajla qirg‘oqlarida Ashshur shahar-davlati negizida paydo bo‘ladi. Dastlab shahar-davlat “alum Ashshur” ya’ni Ashshur jamoasi (yoki Ashshur xalqi) sifatida tilga olinadi. Ossuriyada ziroatchilik va savdo-sotiq yetakchi o‘rin egallagan. Bu yerga qadimda Arabiston yarim orolidan somiy xalqlari ko‘chib kelganlar va mahalliy etnoslar bilan aralashib ketadilar. Ossuriyaliklar Akkad tilining shimoliy lahjasida so‘zlashganligi manbalarda keltiriladi.
9. Qadimgi yamxad davlati.
Yamxad haqidagi dastlabki ma’lumotlar mil. avv. XX asrlarga borib taqaladi. Biroq, bu davlatning dastlabki podsholari haqida ma’lumotlar yo‘q. Mil. avv. XVIII asrga kelib hozirgi Shimoliy Suriya yerlariga amoriy qabilalari bostirib keladi. Yamxadning yirik shaharlari Xalab (hozirgi Aleppo) va Alalaxlar qadimgi sharqning yirik savdo markazlaridan biri bo‘lgan. Ushbu davlatning mashhur podshosi Sumu-epux (mil. avv. 1810-1780 yy) davrida mamlakat gullab-yashnaydi. Yamxadlik savdogarlar Mesopotamiyaga (ayniqsa, Mari shahriga) zaytun moyi, bug‘doy, vino, mis, gazlama mollari va boshqa mahsulotlarni sotishgan. Mesopotamiyadan esa, qurol-yarog‘, zargarlik buyumlari, qo‘rg‘oshin va boshqa mollar keltirilar edi. Mamlakat aholisi savdo-sotiqdan tashqari dehqonchilik va chorvachilik bilan keng shug‘ullangan. Xo‘jalikda zaytun yetishtirish ham ustuvor sanalgan.
10. Qadimgi Bobil podsholigi tashkil topishi.
Bu shaharda 1- Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib, uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (mil. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi.
Bobilning gullab-yashnashi 1-Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (mil. avv. 1792-1750 yillar) davriga to‘g‘ri keladi. Hammurapining hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi.
11. Qadimgi mitani davlati.
Mil. avv. XVI asrda Bobilda amoriylar sulolasi quladi va bu hududda kassitlar hukmronligi boshlandi. Mil. avv. 1500-yillar atrofida Mitanni davlati Shimoliy Suriya viloyatlarini bosib oldi va o‘z qudratining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Zaiflashib qolgan Ossuriya, Mitannining hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Ossuriya qudratli Mitannining tazyiqiga qarshi Misr bilan diplomatik aloqalar o‘rnatadi. Ammo mil. avv. XIV asr o‘rtalarida Mitanni podshosi Shaushtatar Ashshurni bosib olib, uni Mitanniga qaram qiladi. Mitanni Ashshurni g‘arbga chiqadigan savdo yo‘lidan butunlay mahrum qiladi. Ashshur podsholari Puzur-Ashshur III (mil. avv. 1521-1497- yy), Ellil-natsir I (mil. avv. 1497-1484- yy) lar davrida Ashshur shahri Mitanni qo‘shinlari tomonidan talon-taroj qilinadi
12. Gilgamesh afsonasi.
Kishning zaiflashuvi Urukning yuksalishi bilan boshlangan. Mill. avv. 2600-yillar atrofida Kish shahrining podshosi Aggi Uruk shahrining podshosi Gilgamesh (mashhur doston qahramoni) tomonidan taxtdan tushiriladi. Gilgamesh butun Shumerni birlashtiradi. Rivoyatlarga ko`ra, u xudoning o`g`li bo`lib, o`limidan so`ng, xudo sifatida ulug`langan (Ilk sulolaning II bosqichi).
Ilk sulola davrining uchinchi bosqichi (Mill. avv. 2550-yillar atrofi)da Urukning yetakchiligi o`rniga o`zining shaxta sog`onalari bilan ma`lum bo`lgan Ur sulolasi keladi.
13. Misrda Giksoslar hukmronligi.
Giksoslar osiyolik ko’chmanchi qabilalar, mil.avv. taxminan 1700-yil mil. Avv XVIII asr oxirida ko’chmanchi giksoslar Misrga hujum qiladi. Quyi Misrni bosib olishgan. Deltaga o’rnashib olgan Giksoslar poytaxt shahar – Avarisga asos solganlar. Mil.avv. 16-asr boshida Giksoslar hukmronligi misrliklar tomonidan tugatilgan.
14. Yangi Bobil podsholigi Novoxodonsor II davrida.
Yangi Bobil podsholigi paydo bo‘lishi eramizdan avvalgi 629 yilga to‘g‘ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi haldey sulolasiga asos soladi. Navuxudonosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan davri bo‘ldi. Navuxodonosor II vafotidan so‘ng Bobil zaiflashadi.
15. Qadimgi Isroil Yahudiy davlati tashkil topishi.
ISROIL PODSHOLIGI Shimoliy falastinda mil. Avv. Taxminan 928-722 yillarda mavjud bo’lgan
16.Qadimgi Finikiya shahar davlatlari .( Tir, Sidon Ugarit, )
. Mil. avv. III-mingyillik o‘rtalarida dehqonlar va baliqchilar manzilgohlari o‘rnida shaharlar bunyod bo‘ladi. Ulardan eng yiriklari shimolda Ugarit va Arvad, markazda Bibl, janubda Tir va Sidon bo‘lgan.
17. Qadimgi misr tarixini xronologik davrlashtirish.
1.Ilk podshilik mil.avv 3100- 2648.menes. 2.O’rta P.mil,avv, 2648- 2250. 3.O’rta p, mill avv 2040-1783. 4.Yangi p,mil avv,1550-1069. 5-so’ngi p mil avv,668-332. Sulol 30ta bolga
18.Qadimgi shumer Akkad podsholigi (sargonI davrida)

Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling