1. Qadimgi misrning tabiati Qadimgi Misrning tabiiy geografik o‘rni va iqlimi
Download 32.91 Kb.
|
Jahon tarixi savollari javobi
1.Qadimgi misrning tabiati Qadimgi Misrning tabiiy geografik o‘rni va iqlimi. Qadimgi Misr hududi Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, iqlimi nisbatan issiq, sug‘orma dehqonchilikka qulay, uning bag‘ridan Nil daryosi oqib o‘tadi. Mazkur daryoning uzunligi 6671 km.ni tashkil etadi. Daryo qirg‘oqlari turli joylarda o‘rtacha 10-20 kilometrga yaqin vodiylarni tashkil qilgan. To‘yingan unumdor tuproq Afrikaning ekvatorial qismidan shiddatli Nil to‘lqinlari orqali shimolga oqizib chiqariladi. So‘ngra Misr hududida mavsumiy toshqin(odatda iyundan –noyabr oyigacha) oqibatida daryo qirg‘oqlarida tinib, hosildor vodiylarni tashkil qilgan. Shimolda Nil irmoqlarga bo‘linib, Deltani (uchburchak) tashkil qilgan va O‘rtayer dengiziga quyilgan. Ushbu dengizni qadimgi misrliklar “Uadj-Ur” (buyuk yashillik) deb ataganlar. Qadimda Nil deltasida botqoqliklar ko‘p bo‘lgan. G‘arbda Misr, Liviya cho‘llari, shimoli-sharqda Yaqin Sharq hududi va janubda Nubiya (Shimoliy Sudan) bilan o‘ralgan. Sharqiy qirg‘oqlari Qizil dengizga tutashgan, uni qadimda misrliklar “She-Iaru” (Iaru ko‘li) deb nomlaganlar. Qizil dengiz qirg‘oqlarini “Ta-Nuter” sifatida tilga olganlar. 2.Ilk podsholikni yuzaga kelishining ijtimoiy iqtisodiy asoslari. Ilk podsholikni yuzaga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy asoslari. Qadimgi Misr tarixida ilk bor sinfiy tabaqalanish mil. avv. V ming yillikda, Nil vohasini o‘zlashtirilishi natijasida yuzaga keladi. “Sulolagacha bo‘lgan davr” deb, yuritiluvchi mazkur davr Misr tarixida ikkiga bo‘linib, ya’ni “Amrat”(Negada I) va “Gerzey” (Negada II) madaniyatlari sifatida o‘rganiladi. Ushbu madaniyatlar qadimgi Misrda irrigatsiyaning o‘sishi va chorvachilikni ovchilikdan ustun kela boshlashi haqida ma’lumot beradi. Hunarmandchilik o‘z navbatida dehqonchilikdan alohida xo‘jalik sifatida ajralib chiqdi va natijada qadimgi Misr jamiyatida mulkiy tabaqalanish jarayoni yanada o‘sib boradi. Aynan mana shu davrda Nil daryosi qirg‘oqlarida ilk davlatchalar (“sepat” yoki “nom”) paydo bo‘ladi. Shu tariqa ilk davlatchilik paydo bo‘lishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratildi. Nomliklar soni Nil bo‘yi aholisining o‘sishi bilan bevosita bog‘liq edi. Ularning hududiy chegaralari doimiy tusga ega bo‘lmagan. Har bir nom dastlab mustaqil ravishda ichki va tashqi siyosat yurgizgan. Nil bo‘yi davlatchalari “nomarx”lar tomonidan boshqarilgan. Nomlik o‘z gerbi, diniy va siyosiy markaziga hamda harbiy qismlariga ham ega edi. Ilk va Qadimgi podsholik davrida jamiyat va davlat. Ilr podsholikni (mill.avv.XXX-XXVIII asrlar) Misrning Tis nomligidan chiqqan Menes(Axa yoki Mina) tuzadi va birlashtiradi. Poytaxt sifatida Memfis tan olinadi. Dastlabki 1-sulolaga asos solinadi, shunday bo’lsada Yuqori va Quyi Misr o’ziga xos muhtoriyatni saqlab turgan. Ilk podsholik davrida misrliklar xayotida urug’chilikni ta’siri hali kuchli bo’lgan va ular asosan tosh, mis mehnat qurollaridan ko’proq foydalanishgan, bronza esa kam edi. 3.Qadimgi podsholik davrida misr. Qadimgi podsholik davri (mill. avv. XXVIII-XXIII asrlar)da Misr yirik markazlashgan davlat bo`lib, Sinay yarim orolini qo`shib olgan. Janubiy Falastin va Nubiyani o`z ta`siri ostiga olgan. Misrliklarning aytishiga ko`ra, ularning tarixini eng yorqin davri III sulolaning eng atoqli hukmdori, Qadimgi podsholik davlatchiligining asoschisi Joser hukmronligi vaqti edi (mill. avv. XXVIII asr boshlarida). Josergacha Misr fir`avnlarini xom g`ishtdan qurilgan yassi bino-mastaba (arabcha-o`tirg`ich)ga dafn qilar edilar. Joserning maqbarasi ilk piramida shaklidagi biri ustidan ikkinchisi ustma-ust qo`yilgan zinapoyasimon 6 mastabadan (balandligi 60 metr) iborat bo`lib, ohaktoshdan bunyod qilingan edi. Joser piramidasini Sakkara hududida saroy me’mori, bosh maslahatchi Imxotep qurdirgan. Joser davrida Imxotep ishtirokida yangi yil hisobi Sirius yulduzini tongda paydo bo`lishiga asoslangan yangi taqvim joriy qilinadi. Joserdan keyingi fir`avnlar Memfisdan g`arbda o`z piramidalarini qurdilar. Fir`avn Snofruning vorislari davrida ulug`vor piramidalar qurilishi davlat ahamiyatiga ega bo`lgan ishga aylanadi. Fir`avn Xufu (yunoncha-Xeops) eng katta, balandligi 147 metr bo`lgan piramidani bunyod qiladi. Uning o`g`li Xafra (Xefren) qurgan piramidaning balandligi (143 m.) sal pastroq edi. Eng so`nggi ulug`vor piramida Xafraning o`g`li Menkaura (Mikerin) tomonidan qurilgan bo`lib, balandligi 66 m edi. Piramidalar ohaktoshlardan qurilib, granit plitalar bilan qoplangan. Piramidalar qurilishiga yuz minglab kishilar jalb qilingan. Ular qurilish yaqinida bunyod qilingan shaharchada yashaganlar. Quruvchilar uchun ovqat tayyorlaydigan, non yopadigan yuzlab kishilar xizmat qilgan. Piramidalar yaqinidan non yopilgan tandirlar, ovqat tayyorlanadigan o`choqlar qoldiqlari topilgan. Piramida qurilishida oddiy ishchidan boshqaruvchi lavozimigacha ko`tarilish mumkin bo`lgan. V sulola fir’avnlari (XXVI-XXV asrlar) ulkan piramidalar qurishdan voz kechdilar va kichik piramidalar barpo qila boshladilar. Sulolaning so`nggi vakili Unas birinchi bor o`z piramidasi ichiga fir`avn o`limidan keyin, u dunyoda yashashi bilan bog`liq an’ana formulalarini keng to`plami yozuvlarni-piramida matnlarini kiritdi. 4. Qadimgi Misr podsholigining inqirozi sabablari. VI sulola davrida (mill. avv.XXIV-XXIII asrlar) nom va xizmatdagi zodagonlarning mavqei oshib bordi. Ularning ko`pchiligi immunitet (soliq majburiyatlaridan ozodlik) yorlig`ini oldilar. Markaziy hokimiyatning qudrati zaiflashdi, lekin mahalliy hokimiyat-nomlar katta moddiy boyliklarga ega bo`ldilar. VI suloladan so`ng Misrda (mill. avv. XXIII asr o`rtalari) markaziy hokimiyat zaiflashib, mamlakat bir-biriga dushman nomlarga bo`linib ketdi. Qadimgi podsholik davri yagona davlatni yemirilishi bilan Misr tarixida I O`tish davri (er. avv. XXII asr boshlari–XXI asrning oxiri) boshlanadi. Davlatning zaiflashuvi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada keskin tabiiy o`zgarishlar – quruq iqlimni bostirib kirishi bilan tezlashib ketdi. Nil daryosining suvi pasaydi. Bu hosilni kamayishi, ochlik va oxir-oqibatda, ijtimoiy norozilikning kuchayishi va davlatning yemirilishiga olib keldi. 5.Yuqori quyi misr birlashuvi. Ilk va Qadimgi podsholik davrida jamiyat va davlat. Ilk podsholikni (mill.avv.XXX-XXVIII asrlar) Misrning Tinis nomliigidan chiqqan Narmerning o’g’li Menes(Axa yoki Mina) tuzadi va yuqori va quyi misr birlashtiradi. Poytaxt sifatida Memfis tan olinadi. Dastlabki 1-sulolaga asos solinadi, shunday bo’lsada Yuqori va Quyi Misr o’ziga xos muhtoriyatni saqlab turgan. Ilk podsholik davrida misrliklar xayotida urug’chilikni ta’siri hali kuchli bo’lgan va ular asosan tosh, mis mehnat qurollaridan ko’proq foydalanishgan, bronza esa kam edi 6. Qadimgi misr dini. Qadimgi misrliklar turli xil ilohlarga sig'inganlar.qadimgi misrliklar xudolar Hayvonlar siymosiga o’tib olib, mushuk, qoy, ho’kiz, arslon, sigir, shaklida Odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Ulaming dinida ko‘p xudolik alohida ahamiyatga ega edi. Masalan: Ptax ilohi yaratuvchi timsolida gavdalangan, unga Yuqori va Quyi Misrda ham ibodat qilganlar. Ra - quyosh xudosi, Osiris - hosildorlik va marhumlar dunyosida sudyalik qiluvchi xudo, Isida - onalik ilohasi, Set - urush va o'lim xudosi, Anubis - marhumlar xudosi, Tot - donolik va oy xudosi, Xor - tog'lar va osmon xudosi, Bastet - go'zaliik va xursandchilik ilohasi, Maat - adolat va haqiqat ilohasi, Montu - urush xudosi, Sebek - daryolar va ko'llar xudosi, Seshat - yozuv, hisob-kitob va xotira ilohasi, Xapi - Nil xudosi va boshqalar. Umumiy hisob bilan Qadimgi Misr tarixida mingga yaqin xudolari bo lgan. 7.Qadimgi Mesopatamiya shahar davlatlari (uruk, Ur, Lagash, Kish, Larsa, Erudu) . Er. avv. III ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar: Eredu, Ur, Larsa, Uruk va Kish paydo bo`ladi. Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlanadi. Metallurgiya sanoati birinchi o`ringa chiqib oladi. 8.Qadimgi ossuriya podsholigi tashkil topishi. Download 32.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling