1. Qadimgi turkiy til morfologiyasi haqida ma’lumot. Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi


Download 473.5 Kb.
bet11/31
Sana13.02.2023
Hajmi473.5 Kb.
#1194049
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
3-Ma\'ruza (1)

Asliy sifatlar: narsa-predmetning rang-tusi: ala “ola”, aq “oq”, qara “qora”, yašïl “yashil”. Masalan: qïzïl qan “qizil qon”, qara tär “qora ter”, sarïğ altun “sariq oltin”, aq kümüsh “oq kumush”, qïzïl qaya “qizil qoya”, yağïz yär “qoʻngʻir yer”; shakli: ägri “egri”, sämiz “semiz”, torïq “ozgʻin”, asra “past”, köni “toʻgʻri”; xususiyatini bildiradi: arïğ “toza”, soğuğ “sovuq”; ädgü “yaxshi”, yablaq “yomon”.
Nisbiy sifatlar. Qadimgi turkiy tilda nisbiy sifatlar asosan affikslar yordamida otlar va fe’llardan yasalgan:
1. -lïğ, -lig//-luğ, -lüg qo‘shimcha otdan sifat yasaydi va egalik hamda nisbatni bildiradi: qağanlïğ (<qağan “xoqon”) “xoqoni bor”, ekinlig (<ekin “ekin”) “ekinli”, bodunluğ (<bodun “xalq”) “xalqli”, küčlüg (<küč “kuch”) “kuchli”.
2. -sïz, -siz//-suz, -süz, Bu qo‘shimcha otdan egasizlik va yo‘qlik bildiruvchi sifat yasaydi: yağïsïz (<yağï “dushman”) “dushmansiz”, biligsiz (<bilig “bilim”) “bilimsiz”, yolsuz (<yol “yol”) “yolsiz”, ögsüz (ög “ona”) “yetim”.
3. -saq, -säk. Bu istak bildiruvchi fe’l yasovchi -sa, -sä hamda fe’ldan sifat va ot yasovchi -q, -k qo‘shimchasining birlashuvidan hosil bo‘lgan: baǧïrsaq (<baǧïr “jigar”) “rahmdil, ko‘ngilchan”, keksäk (<kek “kek”) “kekchi”.
4. -sïğ,-sig qo‘shimchasi otdan sifat yasaydi va o‘xshashlik ma’nosini bildiradi:qulsïğ () “qulday”; bägsig (bek”) “bekday”.
5. -qï, -ki//-ğï, -gi. Bu qo‘shimcha ot, ravish va olmoshdan nisbiy sifat yasaydi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga -, ingichkasiga -ki; jarangli undosh bilan tugagan qalin negizga -ğï, ingichka negizga -gi qo‘shiladi: ayqï (<ay) “oyga oid”, yayğï (“yoz”) “yozgi”, üstünki (<üstün “ustun”) “ustudagi”.

Download 473.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling