1. Qadimgi turkiy til morfologiyasi haqida ma’lumot. Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi
Download 473.5 Kb.
|
3-Ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. -q, -ğ//-k, -g
- Sifat darajalari
6. –z, -ïz qo‘shimchasi fe’l va sifatdan sifat yasaydi: uz (<u- “qila bilmoq”) “mohir”, yabïz (<yaba “yovvoyi”) “berahm”.
7. -l, -ïl qo‘shimchasi: yašïl (<yaš“yangi, yash”) “yashil”, qïzïl (<qïz “qizar”) “qizil”, tükäl (<tükä-“tugamoq”) “tugal” singari so‘zlar tarkibida uchraydi. 8. -q, -ğ//-k, -g qo‘shimchasi: yaruq (<yaru-“yorishmoq”) “yorugʻ”, yumšaq (<yumša-“yumshamoq”) “yumshoq”, ačïğ (ačï-“achimoq”) “achchiq”, quruğ (<quru- “qurimoq”) “quruq”, isig (isi- “isimoq”) “issiq”, süčüg (süči- “shirin boʻlmoq”) “shirin”. 9. -nč qo‘shimchasi: bulğanč (bilğan- “iflos qilmoq”) “iflos, bilgʻangan”, tarqanč (tarqan- “tarqalmoq) “tarqoq”. 10. -čïğ, - čig qo‘shimchasi: adïnčïğ (<adïn “boshqa”) “boshqacha, oʻzgacha”, taŋlančïğ (<taŋlan- “hayratda qolmoq”) “hayratli, ajablanarli”, yarsïnčïğ (<yarsïn- “jirkanmoq”) “qoʻqinchli, dahshatli”. Sifat darajalari. Qadimgi turkiy tilda sifat darajalari sifatlar oldidan biror so‘zni qo‘llash yoki ularga biror affiksni qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Xuddi hozirgi o‘zbek tilidagidek, uch daraja shakli mavjud: 1. Oddiy daraja. Bu darajada belgining ortiq yoki kamligiga munosabat bildirilmaydi. 2. Qiyosiy (ozaytirma) daraja. Bu davr yodnomalarida -raq/-räk affiksi belgining ortiqligini ko‘rsatgan. Masalan: yeg (yaxshi) - yegräk (eng yaxshi), artuq (ortiq) – artuqraq (eng ortiq). 3. Orttirma daraja. Orttirma daraja narsa-predmetdagi belgining boshqa narsa-predmetdagi belgidan ortiqligini bildiradi va bunda sifat oldidan aŋ, äŋ, anyïğ kabi so‘zlar qo‘llangan. Bu so‘zlar hozirgi o‘zbek tilidagi juda, hech kabi so‘zlarga to‘g‘ri keladi: ayïğädgu “juda yaxshi”, äŋ ilki “eng birinchi”. SON Til sistemasida ma'lum guruh so‘zlar borki, ular mavhum son, miqdor, sanoq, to‘g‘rirog‘i, narsa-predmetning sanash, joylashish, bajarilish tartibini bildiradi. Shuni qayd qilish joizki, turkiy tillarda son sistemasi, har qaysi xalq tilida bo‘lgani kabi birdaniga emas, asta-sekin shakllanib, o‘zgarib kelgan2. Bunga ko‘hna manbalar tilini tadqiq etish jarayonida amin bo‘lish mumkin. Zero, yozma obidalarda sonlarning bir necha turlari qo‘llanilgan. Bu esa, birinchidan, sonlarni imlo va talaffuz me'yorlarini aniqlash, ikkinchidan, ularning etimologiyasini yoritishda qo‘l keladi. Qadimgi turkiy tilda “nol” yoq. Sanoq “bir”dan boshlanadi. Inson tugʻilgan chogʻda bir yosh sanalgan, ona qornidagi davri qoʻshib hisoblangan. Bir yil oʻtgach, bola ikkiga toʻlgan. VI-X asrlardagi yozma yodgorliklarda songa oid xususiyatlardan biri, bunda kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin keladi: yäti otuz - 27, bir qirq - 31, bir otuz – 21, säkiz yetmiš – 68, yüz bäš älig – 145, toquz on bäš - 95. Sanashning bu tartibi XI asrgacha amal qilgan, XI asrdan keyin esa hozirgidek qo‘llangan. Qadimgi turkiy manbalarda qayd etilgan sanash tizimi bilan birga, boshqa sanash usuli ham amal qilgan. Ya’ni katta son oldin, kichik son keyin keladi. Bunda tarkibli sanoq son qismlari III shaxs egalik shaklidagi artuqï soʻzi yordamida bogʻlanadi3: otuz artuqï tort – 34, qïrq artuqï bäš – 45, bir tümän artuqï yeti biŋ – 17 ming. Yodnomalarda 102, 190, 250, 300, 350 kabi sanoq sonlar quyidagi tartibda hosil qilinadi: avval birlik, keyin yuzlik, minglik va boshqalar keladi: yüz iki - 102, iki yüz elig – 250, tört yüz toquz on altï– 496, altï yüz – 600, yüz toquz on–190, tümän – 10 000, tört tümän – 40 000. Sonlar morfologik tuzilishiga ko‘ra quyidagi bir necha gruppalarga bo‘linadi. Download 473.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling