Mavzu Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq qilish ko’p jixatdan o’quv-tarbiya ishlarini isloh qilish, o’quvchilar yosh xususiyatlarini bilish, xar qaysi yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan pedagogik, psixologik jarayonlar xususiyatlarini qanchalik yaxshi bilgan mutaxassislarga bog’liq. Yuqorida sanalgan muammolarni hal qilishda qator gumanitar va maxsus fanlar yordam beradi. Pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, muhandislik (injenerlik) psixologiyasi, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi singari fanlar shular jumlasidandir.
Psixologiya-psixika qanday kelib chiqqan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug‘ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi –ana shu savollarimizga javob beradi .
Reja: 1. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining predmeti haqida tushuncha.
Fan sifatida yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi.
3. Hozirgi zamon yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalari.
Tayanch so`z va iboralar: Ontogenez – organizmning vujudga kelgandan boshlab to umrining oxirigacha bo’lgan individual rivojlanish yo’li.
Pedologiya – XIX asr oxiri XX asr boshlarida psixologiyaning amaliy tarmoqlari va eksperimental pedagogika asosida vujudga kelgan fan bo’lib, uning predmeti bolaning psixologik, anatomo – fiziologik, biologik taraqqiyotidir.
1- ilova.
Guruh bilan ishlash qoidalari
- o’z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;
- berilgan topshiriqlar bo’yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;
Do'stlaringiz bilan baham: |