1. Qadimgi turkiy til morfologiyasi haqida ma’lumot. Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi


Download 473.5 Kb.
bet4/31
Sana13.02.2023
Hajmi473.5 Kb.
#1194049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
3-Ma\'ruza (1)

3.Tushum kelishigi -ğ, -g (-ïğ, -ig//-uğ, -üg//-ağ, -äg); -ï, -i// -n//-ni, -nï qo‘shimchalari bilan ifodalangan. Masalan, süg - lashkarni, tašïğ “toshni”, išig “ishni”, küčüg “kuchni”, temiräg “temirni”, ïğačağ “daraxtni”, bodunuğ “xalqni”, ärig “erni”, äčisin “akasini”, savïn “soʻzini”, kimi “kimni”, bäni “meni”, säni “seni”.
Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigidagi so‘z o‘zi bilan kelgan fe’l bilan shunday bog‘langan bo‘ladiki, boshqa hech qanday kelishik bunday munosabatga kirishmaydi. Xuddi ana shunday xususiyat qadimgi turkiy tilda ham uchraydi.
4. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ğaru, -gärü//-qaru, -kärü//-ğar, -gär//- ru –rü//-ra, -rä//-qa, -kä//-ğa, -gä//-a(ya), (). Masalan, oğuzğaru “oʻg‘izga”, bizgärü “bizga”, yoqaru “yuqori”, mäŋär “menga”, säŋär “senga”, aŋaru “unga qarab”, äbimrü “uyimga”, tašra “tashqariga”, yüräkrä “yurakka”, qağanqa “xoqonga”, yärkä “yerga”, qunčuyïmğa “bekachimga”, ädgügä “ezguga”, tağa “toqqa”, ajuna “dunyoga, borliqqa”, yïraya “soʻlga”, biriyä “oʻngga”.
Hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi yuqori, tashqari, ichkari, teskari soʻzlari tarkibidagi - qori, - kari qadimgi joʻnalish kelishigining qoldiqlari sanaladi.
5.O‘rin-payt kelishigi -da, -dä//-ta, -tä variantlariga ega. Masalan: Altun yïšda “Altun vodiysida”, eldä “elda”, altï yašïmta “olti yoshimda”, küntä “kunda”, boyunda “boʻynida”.
Qadimgi matnlarda ba’zan o‘rin, chiqish va jo‘nalish kelishiklari almashtirib qo‘llangan: …qağanta körüg kelti “xoqondan kuzatuvchi keldi”, Qïrqïzda yantïmïz “qirqizga qaytdik” (Toʻn), köŋül ičintä ot kirdi “koʻngil ichiga oʻt kirdi” (TT).
6.Chiqish kelishigi -dan, -dän//-dïn, -din//-dun, -dün//-tan, -tän//-tïn,-tin//-tun, -tün qo‘shimchalari bilan hosil qilingan: oğuzdan “oʻgʻuzdan”, Täŋridän “Tahgridan”, balïqdïn “shahardan”, ulušdïn “qabiladan”, äldin “eldan”, qantan “qaydan”, yerintän “yerindan”, ağrïğtïn “ogʻriqdan”, emgäklärintin “mushkullaridan”.

Download 473.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling