1. Qadimgi Xitoyning ilk davlatlari
Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi III asr-eramizning III asri)
Download 310.47 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu javobi
1.2. Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi III asr-eramizning III asri)
Er. avv. 246-yil Sin taxtiga o’n yoshli Chjen chiqdi. Er. avv. 238 yil yosh podsho Chjen o’ziga qarshi fitnani fosh qiladi. Eramizdan avvalgi 230 yil asosiy raqib Xan podsholigini, er. avv. 228-221 yillarida esa, boshqa beshta podsholiklarni bosib oladi. Eramizdan avvalgi 221 mamlakatni birlashtirish tugallanadi. 28 yoshli In Chjen «Sin sulolasining birinchi imperatori» Sin Shixuandi unvonini qabul qiladi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga ko’ra ershi («Ikkinchi»), san'shi («uchinchi») va toki o’n ming avlodgacha ular nihoyasiga merosxo’r bo’ladilar deb tantanali e'lon qiladi. Ammo bu davlat bor yo’g`i 14 yil yashadi .
Mamlakat hududi 36 yirik ma'muriy okrugga bo’lingan, har bir okrug uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar esa bir necha jamoadan iborat edi. Okrug boshlig`i va okrug qo’shin boshligi imperator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig`i esa uyezd boshlig`i va ularning muovinlarini tayinlagan. Imperatorning ikki maslahatchisi bo’lib ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar. Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, imperator oilasi bo’limi va inspektsiya nazorat bo’limlaridan tashkil topgan. Qat`iy markazlashgan davlat boshqaruvi aparatida eng quyi bo`g`inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat aholi hayotini barcha jabhalarini qat`iy bir qolipga soldi: aholidan barcha qurollar tortib olinib, qo`ng`iroqlar qo`yildi. mamlakat bo`yicha yozuv, pul, tanga, o`lchov birliklari unifikatsiya qilindi, beqiyos, shavqatsiz ruhda bo`lgan yagona qonunchilik tizimi joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o`lim jazosi barcha ayblar uchun qo`llanilgan. Ommaviy ravishda Katorga ishlariga surgun qilingan. Odamlar Sin davridan oldingi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan oldingi yozuvdagi asarlarni yo`q qilishga buyruq berilgan. Qadimiyatga e`tiqod qilganlari uchun yuzlab konfutsiy ta`limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo`q qilingan. Butun Xitoy aholisi og`ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko`rilmagan qurilish: 5 ming km. uzunlikdagi buyuk devorni bunyod qilishga kirishildi. Epon imperator saroyi va tog’ ichida o’yilgan imperator sog`onasi qurilib, sog`onaga balandligi o`rtacha odam o`lchovida bo`lgan 6 ming jangchi haykallari joylashtirildi va Xitoyni butun hududi aholisi bu qurilishlarga zo`rlik bilan haydab kelindi. Imperator qo`shinni shimolga xunlarga qarshi va Yanszi daryosi va Janubiy Xitoy dengizi oralig`i havzasidagi mamlakatlarni ishg`ol qilishga yuborildi.
Download 310.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling