1. Qadimgi Xitoyning ilk davlatlari
Download 310,47 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu javobi
1.Qadimgi Xitoyning ilk davlatlari Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi eramizdan avvalgi V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o’rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllanadi. Er. avv. I ming yillik o’rtalaridan boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oladi. An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo’yicha davrlashtirish xarakterlidir. Shunga ko`ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so’ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo’yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o’z ichiga olgan ikki qism G`arbiy Chjou (er.avv XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou ( er.avv VIII-III asrlar) ga bo’linadi. Sin sulolasi (er.avv. III asr) o`rniga hukmronlik vaqti g`arbiy va sharqiy davrlarga bo’linadigan Xan sulolasi keladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga javob bermaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo’yicha jamiyat taraqqiyotini bosqichlarga bo’ladigan arxeologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to’gri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kiradi. Chun-syu davri (er.avv. VI-V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi.
Download 310,47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling