1. Qadimgi Xitoyning ilk davlatlari


 Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlarning shakllanishi


Download 310.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi310.47 Kb.
#235320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-mavzu javobi

3.1 Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlarning shakllanishi 

Er. avv. V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosi o’rta oqimida Yanshao madaniyati 

tipidagi neolit manzilgohlari vujudga keladi. Dehqonchilik, cho`chqa va it boqish 

asosiy mashg`ulot bo’ladi, kulolchilik rivojlanadi. 

Er. avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida kulolchilik charxi yordamida kulrang 

va qora rangli idishlar tayyorlanadi, dehqonchilikda o’roq va pichoqning 

takomillashgan shakli vujudga keladi. Ijtimoiy tabaqalashuv jarayoni tezlashadi. 

Bu davr Lunshan madaniyati deb ataladi. 

Eng qadimgi jez davri buyumlari (er. avv. II ming yillik birinchi yarmi) Ermitou 

tipidagi manzilgohlarda topilgan. Er. avv. XIV-XI asrlarda o’rta Xitoyda In 

davrida ilk shaharlar paydo bo’ladi. Bu davrdagi ijtiomiy tabaqalanish izlarini In 

qabrlarida ko`rish mumkin. In davlati tepasida Van (hokim) turgan. Hukmdorning 

yagona hokimiyati shakllanidan dalolat beradigan «Men kishilar orasida 

yagonaman» degan so’zini keltirish mumkin. Van bir vaqtni o’zida oliy koxin 

vazifasini ham bajargan. In davlatining eng qudratli davri er. avv. XIII asrning 




ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Van U Di davriga to’g`ri keladi. Uning 

davrida Shan shahrida saroy va ibodatxonalar quriladi, mamlakat hududi 

kengayadi. 

Er. avv. 1027 yilda chjoular boshchilik qilgan ga`rbiy qabilalar In davlatini 

ag`darib tashlaydilar. Chjoular Inlardan jez quyish san'atini, yozuvni 

o’zlashtiradilar. Ular harbiy jang aravalarini ham inlardan o`rganadilar. Chjou 

davrida jamiyat besh ijtimoiy qatlamga ajralgan:. 

1. Van-«kishilar orasida yagona» hukmdor. 

2. Chjou-merosiy hudud hokimlari, chjou oliy aslzodalari. 

3. Dafu-urug` qabila guruhlari boshliqlari. 

4. In- katta oila boshliqlari. 

5. Oddiy kishilar. 

Van Osmon mamlakatida eng oliy mulkdor, boshqalar esa uning xizmatkori edi. 

Shu bilan birga «Van Chjouni o’z xizmatkori deb xisoblaydi, chjou o’z xizmatkori 

deb dafuni hisoblaydi, dafu o’z xizmatkori deb inni hisoblaydi» tushunchasi 

mavjud bo’lgan. Bu davrda asirlar ko’plab qullarga aylantira boshlanadi. 



 

Tayyorladi: Jizzax davlat pedagokika instituti Sirtqi bo’lim Tarix yo’nalishi  



1-bosqich S0601_20-guruh talabasi Mirzarahimov Abdulbasir 

 

Download 310.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling