1. Qadimgi Xitoyning ilk davlatlari


 Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi III asr-eramizning III asri)


Download 310.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana08.01.2022
Hajmi310.47 Kb.
#235320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-mavzu javobi

1.2. Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi III asr-eramizning III asri) 

Er. avv. 246-yil Sin taxtiga o’n yoshli Chjen chiqdi. Er. avv. 238 yil yosh podsho 

Chjen o’ziga qarshi fitnani fosh qiladi. Eramizdan avvalgi 230 yil asosiy raqib Xan 

podsholigini,  er.  avv.  228-221  yillarida  esa,  boshqa  beshta  podsholiklarni  bosib 

oladi.  Eramizdan  avvalgi  221  mamlakatni  birlashtirish  tugallanadi.  28  yoshli  In 

Chjen «Sin sulolasining birinchi imperatori» Sin Shixuandi unvonini qabul qiladi. 

U  «Bizning  avlodimiz  vorislik  tartibiga  ko’ra  ershi  («Ikkinchi»),  san'shi 

(«uchinchi») va toki o’n ming avlodgacha ular nihoyasiga merosxo’r bo’ladilar deb 

tantanali e'lon qiladi. Ammo bu davlat bor yo’g`i 14 yil yashadi

       


Mamlakat  hududi  36  yirik  ma'muriy  okrugga  bo’lingan,  har  bir  okrug 

uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar esa bir necha jamoadan iborat edi. Okrug 

boshlig`i  va  okrug  qo’shin  boshligi  imperator  tomonidan  tayinlangan.  Okrug 

boshlig`i  esa  uyezd  boshlig`i  va  ularning  muovinlarini  tayinlagan.  Imperatorning 

ikki maslahatchisi bo’lib ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar. 

    Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, imperator oilasi bo’limi va 

inspektsiya  nazorat  bo’limlaridan  tashkil  topgan.  Qat`iy  markazlashgan  davlat 

boshqaruvi aparatida eng quyi bo`g`inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat aholi 

hayotini barcha jabhalarini qat`iy bir qolipga soldi: aholidan barcha qurollar tortib 

olinib,  qo`ng`iroqlar  qo`yildi.  mamlakat  bo`yicha  yozuv,  pul,  tanga,  o`lchov 

birliklari unifikatsiya  qilindi,  beqiyos,  shavqatsiz  ruhda  bo`lgan  yagona 

qonunchilik tizimi joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o`lim jazosi 

barcha  ayblar  uchun  qo`llanilgan.  Ommaviy  ravishda  Katorga  ishlariga  surgun 

qilingan. Odamlar Sin davridan oldingi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin 

podsholigidan  oldingi  yozuvdagi  asarlarni  yo`q  qilishga  buyruq  berilgan. 

Qadimiyatga e`tiqod qilganlari uchun yuzlab konfutsiy ta`limoti muxlislari, olimlar 

jismoniy yo`q qilingan. Butun Xitoy aholisi og`ir mehnatga duchor qilindi. Misli 

ko`rilmagan  qurilish:  5  ming  km.  uzunlikdagi  buyuk  devorni  bunyod  qilishga 

kirishildi.  Epon  imperator  saroyi  va  tog’  ichida  o’yilgan  imperator  sog`onasi 

qurilib,  sog`onaga  balandligi  o`rtacha  odam  o`lchovida  bo`lgan  6  ming  jangchi 




haykallari  joylashtirildi  va  Xitoyni  butun  hududi  aholisi  bu  qurilishlarga  zo`rlik 

bilan  haydab  kelindi.  Imperator  qo`shinni  shimolga  xunlarga  qarshi  va  Yanszi 

daryosi  va  Janubiy  Xitoy  dengizi  oralig`i  havzasidagi  mamlakatlarni  ishg`ol 

qilishga yuborildi. 

 

 


Download 310.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling