1. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


Download 141.83 Kb.
bet1/12
Sana03.12.2023
Hajmi141.83 Kb.
#1799111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari - g'arb falsafasi

Reja:

1.Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


2. O'rta asr Yevropa madaniyati va falsafasi.
3. XVII—XVIII asr Yevropa falsafasi.
4. XVIII—XIX asr Nemis klassik falsafasi.

5. Rus falsafasi

6. XX asr falsafasi




1.Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


Falsafa fanining taraqqiyotiga Sharq mutafakkirlari bilan bir qatorda G'arbiy Yevropa olimlari ham katta hissa qo'shganlar. Sharq bilan G`arb xalqlarini bog'lovchi «Ipak yo'li» markazida joylashgan «O'rta Osiyo mintaqasi Hindiston, Xitoy, Mesopotamiya, Yunon, Rim davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirib kelgan. Shuning natijasida o'lkamizga boshqa mamlakatlarning, jumladan Yunoniston xalqlarining madaniyati ham ma'lum darajada kirib kelgan va aksincha, O'rta Osiyoning madaniyati qadimgi yunon xalqlari madaniyatiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Masalan, Aleksandr Makedonskiy, Kliment Aleksandrskiy Ksenofont, Strabon, Ptolomey, Gerodot esdaliklari, asarlarida O'rta Osiyo xalqlariga xos madaniyat, urf-odat va an'analar, afsonalar keltiriladi.
Sharq va G'arb mamlakatlari o'rtasidagi bunday o'zaro aloqadorlikni falsafa fani sohasida ham kuzatishimiz mumkin. Ayniksa, Sharq mutafakkirlari, allomalari tomonidan IX-XII asrlarda rivojlantirilgan boy va rang-barang madaniy, ilmiy, falsafiy meros G’arb mamlakatlarida XV-XVII asrlarda Yevropa renessansining vujudga kelishiga zamin yaratib beradi.
G'arbda falsafa mustaqil fan sifatida eramizdan oldingi VI asrda Yunonistonda ibtidoiy jamoa quldorlik jamiyati bilan almashgan davrda shakllanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar, savdo, hunarmandchilik, san'at, fizika, matematika, astronomiya, geografiya, adabiyot, falsafa va boshqa fanlarning rivojlanishiga zamin yaratadi.
Qadimgi Yunonistonning dastlabki faylasuflari Yer, Quyosh, yulduzlar,
hayvonlar va odamning kelib chiqishini bir butun, yaxlit tasavvur etishga harakat qilgan mutafakkir edilar. Shuning uchun ham ularni fiziklar - tabiatshunoslar (yunoncha, pxysis - tabiat) deb atalganlar. Ular mifologik va diniy dunyoqarashlarga qarshi kurash olib bordilar. Ma'lumki, yunon mifologiyasida asosiy e'tibor dunyoning kelib chiqishini izohlab berishga qaratilgan bo'lib, unda asosiy o'rinni dunyoni kim yaratgan degan savol egallab kelgan edi. Yunon faylasuflari esa asosiy e'tiborni dunyo nimadan yaratilgan degan savolga javob berishga qaratganlar.
Qadimgi Yunonistonda yirik savdo va madaniyat markazi bo'lib kelgan Milet shahrining vakillari taniqli mutafakkir Fales (mil.avv. 640-545 yy.) hamma narsa suvdan kelib chiqqan va suvga aylanadi, deb hisoblangan bo'lsa, Anaksimandr fikricha, (mil.avv. 610-546 yy.) dunyo noaniq materiya - apeyrondan tashkil topgan. Narsalar, uning fikriga ko'ra, apeyron harakati hamda sovuqlik va issiqlik, namlik va quruqlik kabi qarama-qarshiliklarning natijasida paydo bo'ladi. Anaksimenning (mil.avv. 588-525 yy.) fikricha, hamma narsa havodan hosil bo'lgan va havoga aylanadi.
Efes shahrining vakili Geraklit (mil.avv. 544-480 yy.) olamdagi barcha narsa va hodisalarning asosi olovdan deb hisoblangan. “Dunyoni xudolar ham, odamlar ham, hech kim yaratmagan, u qonuniyatli tarzda alanglanadigan va qonuniyatli tarzda uchraydigan abadiy barhayot olov bo'lib kelgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo'ladi”, deb ta'kidlaydi Geraklit. Tabiat olovdan hosil bo'lgan, doimo o'zgarib, rivojlanib turuvchi abadiy jarayondir. Olamda mavjud bo'lgan barcha narsa va hodisalar olovdan paydo bo'ladi va yo'q bo'lib, yana qayta olovga aylanadi. Geraklit fikricha, olovning yo'q bo'lishi havoning tug'ilishidir, havoning yo'q bo'lishi, suvning tug'ilishidir, suvning yo'q bo'lishi havoning tug'ilishidir, havoning yo'q bo'lishi - olovning tug'ilishidir va aksincha.
Geraklit ta'limotining ahamiyati shundaki, u o'zining dunyoning moddiyligi haqidagi fikrini narsa va hodisalarning o'zgarishi va rivojlanishi kabi qonuniy jarayon, deb e'tirof etishidadir. Mazkur abadiy va eng umumiy qonuniyatni u logos deb tasvirlaydi. Geraklitning logos haqidagi fikri Xitoy falsafasidagi Dao g'oyasining yangicha tavsifi desak haqiqatga xilof bo'lmaydi.
Geraklit falsafasining yana bir muhim tomoni voqelikdagi narsa va hodisalarga dialektika nuqtai nazaridan yondashuvidadir. Uning fikricha, narsa va hodisalar doimiy o'zgarishda, o'zaro aloqadorlikda, bog'liqlikda, bir-biriga o'tib turadi. Olamda o'zgarmaydigan, doimiy bo'lgan biron-bir narsani topish mumkin emas. “Oqib turgan daryoning suvi doim yangilanib turadi, shuning uchun bir daryoning suvi o'ziga ikki marotaba tushishi mumkin emas”.
Narsa va hodisalarning doimiy o'zgarib, rivojlanib turishining manbai qarama-qarshiliklarning birligi va ularning o'zaro kurashidadir. Geraklitning fikricha, qarama-qarshiliklar o'zaro o'rin almashib turadi, hamma narsa mavjuddir va ayni zamonda mavjud emasdir, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa doimo o'zgarib turadi, hamma narsa doimo paydo bo'lish va yo'qolish jarayonidadir. Sovuqlik isiydi, issiqlik soviydi, namlik quriydi, quruqlik namlanadi va h.k. Shuning uchun har bir mavjud narsaga ma'lum tomondan yondashish zarur. Dengizning suvi toza ham, iflos ham, baliqlarga u toza va foydali, odamlarga esa u iflos va zararli.
Geraklit ong (jon, ruh) bilan materiya (tana) bir-biri bilan chambarchas bog'langan deb hisoblab, uni olovning ko'rinishidan biri degan edi. Anglash tufayli inson dunyoni bilishga qodir. Bilish hissiy organlardan boshlanib tafakkur bilan yakunlanadi. Hissiy organlarning yordamida biz narsa va hodisalarni bir-biridan ajratib turadigan tomonlarini bilamiz, ularning mohiyati va taraqqiyot qonuniyatlarini bilishga tafakkur orqali erishamiz.
Milet va Efes mutafakkirlarining mazkur fikrlari falsafaning keyingi rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Samos orolining vakili Pifagorning (mil.avv. 580-500 yy.) fikricha, butun olam raqamlarning uyg'unligidan va o'zaro munosabatlaridan iborat. U raqamlarga jon bag'ishlab, turli xossalar, adolat, aql, idrok, muvaffaqiyat va hokazolar raqamlarga tegishli deb hisoblangan. Sonlar koinotdagi tartibning ifodasidir. Dunyoni bilish uni boshqaruvchi sonlarni bilishdir.
Pifagorchilar sonni materiyadan ajratib uni ilohiylashtirgan bo'lsalarda, matematika fanining rivojlantirishlari, mashhur Pifagor teoremasining yaratilishi bilan fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shdilar.
Eley faylasufi Parmenid (mil.avv.VI asrning oxiri V asrning boshi) dialektik tasavvurga zid keluvchi g'oyalarni olg'a surib, qo'zg'atolmaydigan umumiy yagona borliq haqiqiy mavjudlikdir, deb hisoblangan. Bu haqiqiy, mavjudlik, uningcha, fikr bilan ayniydir. Tabiatda o'zgarib turadigan, turli-tuman ko'rinishdagi hodisalar, Parmenidning ta'limotiga ko'ra, yolg'on fikrlarning mahsulidir, bilim esa faqatgina aql yordamida hosil qilinishi mumkin.
Zenon (mil. avv. V asrning o'rtalari) ham Parmenid singari «haqiqiy borliq» harakatsiz bo'ladi va uni aql bilan bilish mumkin, deb hisoblaydi.
Eramizdan oldingi V asrda pifagorchilar va eleatlarning falsafiy qarashi kuchaygan faylasuflar orasida Empedokl, Anaksagor, Levkipplarning alohida o'rni bor.

Download 141.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling