1. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


XVII—XVIII asr Yevropa falsafasi


Download 141.83 Kb.
bet4/12
Sana03.12.2023
Hajmi141.83 Kb.
#1799111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3. XVII—XVIII asr Yevropa falsafasi.
XVII va XVIII asr G'arbiy Yevropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Bu asrlarda Angliya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida kapitalistik munosabatlar tez sur'atlar bilan rivojlana boshlaydi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli yangi ishlab chiqaruvchi kuehtiyojiga muvofiq tabiatni ilmiy bilish jarayonini tezlashtiradi. Dengizda savdo munosabatlarining rivoji, kemasozlikning taraqqiyoti, yangi shaharlar qurilishi, astronomiya, matematika va mexanikaga bo'lgan ehtiyojni kuchaytiradi.
Mazkur fanlarning taraqqiyoti tabiat hodisalariga analitik qarash kerakligini
talab etar edi. Bu paytda tabiat hodisalarini o'rganishning asosiy usuli dalillar to'plash ularni har tomonlama tahlil etish, tajriba o'tkazishdan iborat edi. Qadimgi davrdan boshlab yig'ilgan tabiat to'g'risidagi bilimlar umumiy mazmunga ega bo'lib, u yangi davrning tajribasi va fan talabiga javob bera olmaydi. Shuning uchun yangi davr tabiatshunoslari tabiatdagi hodisalar, dalillarni yig'ish va o'rganish, chuqurroq bilish maqsadida ularni bir-biridan ajratib o'rganadilar. Bu xil tekshirish usuli tabiatshunoslik taraqqiyotida ijobiy xizmat qilgan bo'lsada, lekin u olimlar diqqatini dunyoning umumiy ko'rinishidan, uning bir butunligidan, narsa va hodisalar o'rtasidagi ichki aloqa va bog'lanishlar borlig'idan, ularning bir-biriga o'tib turishidan chetga tortdi, olam qotib qolgan, bir-biriga bog'liq bo'lmagan tasodifiy hodisalar yig'indisidan iborat bo'lib ko'rindi. Shunday qilib metafizik usul vujudga keldi. Tabiat hodisalarini metafizik holatda tekshirish falsafaning metafizik shaklini vujudga keltirdi.
Yangi davr falsafasining yana bir xususiyati shundan iboratki, u asosan mexanika va matematika fanlari yutuqlaridan kelib chiqib ularni falsafiy jihatdan umumlashtirib mexanistik xarakteriga ega bo'ladi. Shuning uchun ham bu davrning' olimlari mexanika qonuniyatlarini, jumladan I.Nyutonning mexanik sababiyat nazariyasini tabiatdagi barcha sirlarni ochib beruvchi kalit deb hisobladilar.
Metafizik mexanistik materializmning yirik vakillaridan biri ingliz olimi Frensis Bekon (1561-1626 yy.)dir. Bekon ingliz materializmining asoschisi bo'lib falsafa tarixiga kirgan. U o'rta asr sxolastik falsafasiga va din ta'limotiga qarshi faol kurash olib bordi. Haqiqiy falsafa, Bekon fikricha, amaliyot bilan mustahkam aloqada bo'lish, kishilar mehnati bilan chambarchas bog'liq bo'lishi lozim.
Bekon o'zining «Yangi organon»izik materialist bo'lgan Bekon bilish jarayonida hissiy bilish bilan aqliy bilishning o'rtasidagi aloqadorlik dialektikasini to'g'ri ochib bera olmadi.
Bekonning fikricha, moddiy dunyoning asosini materiya tashkil qiladi. Uning ta'biricha, materiya xilma-xil sifatga ega bo'lib, uning miqdori o'zgarmasdir, hech narsadan hech narsa vujudga kelmaydi, hech narsa yo'q bo'lib ketmaydi. Materiyaning umumiy miqdori hech qachon o'zgarmaydi, u kamaymaydi ham, ko'paymaydi ham.
Bekon materializmning yana bir xususiyati shundaki, u materiyani to'xtovsiz harakatda, bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turadi, deb hisoblab, harakatning 19 shaklini atroflicha ta'rifladi. Lekin u materiya harakati turlarini harakatning mexanik shakli bilan ayniylashtirib qo'yadi.

Download 141.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling