1. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


O’rta asr Yevropa madaniyati va falsafasi


Download 93.84 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2024
Hajmi93.84 Kb.
#1831124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari - g’arb falsafasi

2. O’rta asr Yevropa madaniyati va falsafasi.
Quldorlik ishlab chiqarish usulidan feodalizmga o’tish bilan jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy hayoti to’liq feodallarning qo’liga o’tdi. Shu davrda, qadimgi sivilizatsiya, qadimgi falsafa, siyosat va huquqshunoslik yer bilan yakson qilindi. Ma’naviy bilim ixtiyori poplar (ruhoniylar) qo’liga o’tdi. Diniy rasm-rusumlar va qoidalar har qanday tafakkurning boshlang’ich nuqtasi va asosi bo’lib qoldi.
Xristian dogmalarining asoslarini ifodalovchi — «patristika», uning yirik vakillari Ter Tulian (150-222 yy.), Avgustin (354-430 yy.) va xristian falsafasi shakllanib, G’arb maktablarining majburiy darsligiga aylangan sxolastika (yunoncha shola — maktab) bir necha yillar davomida hukmron mafkura bo’lib qolgan edi. Falsafa to’la ravishda dinga bo’ysundirib qo’yilgan edi. Tabiatni o’rganish, hur fikrlash gunoh hisoblanib, inkvizitsiya (cherkov sudi) buyrug’i bilan jazoga tortiladi, quvg’in qilinadi.
Ammo fan taraqqiyoti dinning har qancha to’sqinlik qilishiga qaramay, feodalizm davrida madaniy-ma’naviy o’sish to’xtamadi.
Feodalizm sxolastik falsafasida, X-XIV asrlar davomida ikki asosiy oqim — nominalizm va realizm o’rtasida keskin kurash davom etdi. Bu ikki oqim o’rtasidagi kurashning asosiy mavzusi umumiy tushunchalar mohiyati masalasi edi.
Nominalistlar Ioann Rostselin (tax. 1265-1308 yy.), Ioann Duns Skott (tax. 1265-1308 yy.) va Uilyam Okkam (tax. 1300-1350 yy.) alohida predmetlargina real mavjuddir, umumiy tushunchalar (universaliyalar) esa nomlarni ifodalaydi va ular ikkilamchidir, deb hisoblagan bo’lsalar, realizm vakillari Anselm Kenterberiyalik (1033-1109 yy.) va boshqalar umumiy tushunchalar ob’ektiv mavjud bo’lib, aniq narsalar ularning ifodalanish shakllaridir, deb hisoblaganlar. Tabiatdagi narsa va hodisalarning ob’ektiv mavjudligi haqidagi nominalistlar ta’limoti cherkov obro’yining pasayishiga, dunyoning xudo tomonidan yaratilganligi, ruhning birlamchiligi va moddiy hodisalarning ikkilamchiligi haqidagi diniy aqidalarga putur yetkazishga olib kelar edi.
XIII asrda italiyalik xudojo’y faylasuf Foma Akvinskiy (1225-1274 yy.) realizmning mo’tadil namoyondasi sifatida maydonga chiqdi va Xudoning birlamchiligi, ruhning o’lmasligi kabi g’oyalarni targ’ib qiluvchi tomizm falsafasiga asos soldi.
XIX asrning 70-yillarida Foma Akvinskiyning bu falsafiy ta’limoti katolik cherkovning rasmiy nazariyasi deb e’lon qilindi, uni bilish har bir dindor uchun majburiy bo’lib qoldi.
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlarida feodalizm yemirlib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Yangi geografik yo’llarning ochilishi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirdi, hunarmandchilikdan manufakturaga o’tishni ta’minladi, bu esa mashina texnikasining rivojlanishiga olib keldi.
Ma’naviy hayotda bu davr tabiatni o’rganishning kuchayishi, cherkov, din ta’siriga qarshi kurashning avj olishi, falsafa va boshqa gumanitar fanlarning ravnaqi bilan tavsiflanadi. Bu davrni odatda Renessans — Uyg’onish davri deb ataydilar. Uyg’onish davridan boshlab fan g’oyat tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Yer va osmon jismlari mexanikasi, shu bilan birga unga xizmat qiluvchi matematik usullarni kashf etish va takomillashtirish sohasida buyuk ishlar qilindi. Analitik geometriya, logarifmlar, differentsial va integral hisob joriy qilindi. Sayyoralarning harakat qonuni ochildi. Suyuq va gazsimon jismlar mexanikasi «Uyg’onish davri» oxirida to’la ishlab chiqildi. Shuningdek, bu davrda materializmning yangi ko’rinishi, falsafaning sxolastikaga zid yo’nalishi shakllana boshlagan, tabiatning eksperimental matematik tadqiqot usullari vujudga kelgan edi.
Polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473-1543 yy.) olamning
geliotsentrik sistemasini yaratdi. Bu nazariyada aytilishicha, olamning markazi Quyosh bo’lib, uning atrofida boshqa sayyoralar bilan bir qatorda Yer ham aylanib turadi. Uning bu ta’limoti Ptolomeyning geotsentrik sistemasi bilan aloqaning uzilishini bildirar edi. Bu nazariya, shuningdek, olamni Xudo yaratganligi haqidagi diniy afsonaga ham zarba berdi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi materialistik dunyoqarash umumiy rivojining tabiiy ilmiy zamini bo’ldi.
Nemis astronomi Iogann Kepler (1571-1630 yy.) geliotsentrizm nazariyasidan kelib chiqib, sayyoralar holatini kuzatish asosida sayyoralar harakatining uch qonunini kashf qiladi. Bu Kopernikning Quyosh sistemasi tuzilishi manzarasini aniqlashtirishga va butun olamning tortilish qonunini ochishga imkon beradi. Shu bilan bir qatorda Keplerning kashfiyotlari dunyoga diniy nuqtai nazardan qarashga putur yetkazadi. Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, Keplerning dunyoqarashi diniy idealistik tushunchalardan ham holi emasdi.
Italyan olimi Jordano Bruno (1548-1600 yy.) ham “Uyg’onish davri”ning yirik vakillaridan bo’lib, sxolastik falsafaga va Rim katolik cherkoviga qarshi kurash olib bordi. Bruno Keplerning kashfiyotidan foydalanib, mazkur falsafiy qoidalarining fizik va astronomik mazmunini aniqlashtirdi. U tuproq, havo, suv, olov va efirdan iborat Yer bilan osmon olamning fizikaviy yakka jinsligini tasdiqlaydi, deb uqtiradi.
Bruno ta’limoticha, moddiy olam birlamchi bo’lib, ong esa ikkilamchidir: moddiy olam mangu, u hech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas: bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi: u cheksizdir: moddiy olam cheksiz turlarda ifoda etiladi, lekin bu cheksiz narsa va hodisalar bir-biri bilan o’zaro aloqada, birlikdadir. Quyosh sistemasidan tashqari yana sanoqsiz dunyolar, quyoshlar, yerlar mavjud, dunyo — bepoyon, moddiy olam uning kichik bir qismidir, yer esa bepoyon olamning zarrachasidir.
Brunoning ta’limoti, uning xatti-harakatlari cherkov tomonidan qattiq tanqid ostiga olinib, cherkov sudining hukmi bilan u 1600 yil 17 fevralda Rimdagi Gullar maydonida gulxanda yondirilgan.
Italyan olimi Galileo Galiley (1564-1642 yy.) ham «Uyg’onish davri»ning,
buyuk olimlaridan biridir. U olamdagi barcha narsa va hodisalar moddiy asosga ega, olam benihoya, materiya abadiy, tabiat yagona bo’lib, mexanika qonunlariga bo’ysunadi, deb tushungan.
Galiley qadimgi yunon mutafakkiri Demokritni ustoz deb tan olib, olamdagi narsa va hodisalarning moddiy asosini atom tashkil qiladi degan g’oyani qo’llabquvvatlagan.
Galiley inson tabiat qonuniyatlarini bilishga qodir, kuzatish, tajriba, tabiatni bilishning boshlang’ich nuqtasidir, hodisalarning ichki mohiyatini bilish esa bilishning oliy bosqichidir, bilish jarayoni — hissiy va aqliy bilishdan iborat, deb hisoblaydi. Ilmiy tajribaga asoslangan matematik usulning asoschilaridan biri bo’lgan Galiley mexanika va astronomiya sohalarida muhim dunyoqarash ahamiyatiga ega bo’lgan bir necha ilmiy kashfiyotlar qilgan. Uning kashfiyotlari geliotsentrizm nazariyasining to’g’riligini, olamning cheksizligi g’oyasini, yer va inson jismlarining moddiy jihatdan bir-biriga o’xshashligini, tabiatning mavjud qonunlari va ularni bilish mumkinligini isbotlab bergan. Galiley 1632 yili «Olam tuzilishining ikki asosi — Ptolomey va Kopernik sistemasi haqida dialog» nomli asarini nashr qildi. Uning asari nashrdan chiqqandan keyin Galiley cherkov sudiga berilgan.

Download 93.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling