1. Qaror qabul qilishning klassik usullari va ularning tahlili


noaniq to'plamlar nazariyasini qo‘llash zaruratini


Download 46.4 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi46.4 Kb.
#1530493
1   2   3
Bog'liq
Boshqarishning intelektual tizimlari va qarqabul qilish

noaniq to'plamlar nazariyasini qo‘llash zaruratini keltirib chiqaradi. Noaniq to'plamlar nazariyasi qo‘llanilganda barcha noaniqliklarning turlarini e’tiborga olish imkoni tug‘iladi. Mos ravishda osttizimlarning faoliyati, ochiqlik va samaradorlik sohalari, maqsad funksiyalari, bir ish rejimining boshqalari oldidagi afzalliklari, osttizim uchun rejimlaming har biri uchun ishlash xavfi va shu kabilar haqidagi barcha axborotlar yagona shaklga o'zgartirilgan bo'lishi va tegishlilik funksiyalari ko'rinishida aks ettirilishi lozim. Bunday yondashuv, determinantlangan, statistik, lingvistik va intervalli kabi barcha turdagi axborotlarni yagona ko'rinishga olib kelish imkonini beradi
Noaniqlikka ega kattaliklar ustida o'tkaziladigan amallarda ehtimollar nazariyasi apparatining qo'llanilishi noaniqlik uning tabiatidan qat’iy nazar tasodifiylik bilan ham bog'liq bo‘lib, ko'pgina qaror qabul qilish jarayonlaridagi noaniqlikning asosiy manbai noaniqlik yoki mujmallik (aniq ifodalanmaganlik) hisoblanadi.
Monand rasmiy tilni tanlash juda muhim bo'lib, ko'p sathli murakkab boshqarish tizimlarida qarorlarni qabul qilishdagi tavsiflashning afzalligi shunga bog'liqdir.
Tizimga abstrakt yondashilganda, tizimning faoliyat ko‘rsatish mezonini noaniq to'plamlar nazariyasi tilida qabul qilinayotgan qarorlaming samaradorligi va ochiqligi darajalarini maksimallashtirish shaklida ifodalash mumkin. Shuning uchun ham ostto'plamlar sifatida parametr x ning samarali va ochiq qiymatlari ostto'plamlari tanlanadi.
Masalalarni yechishda noaniqlik omilini e’tiborga olish, ko'p hollarda qaror qabul qilish usullari, modellarning boshlang'ich ma’lumotlari va parametrlarini o'zgartirib yuboradi va optimallik yechimlari va masala yechimlarini bir xilda tushunmaslikka olib keladi. Noaniqlilikning mavjudligi, quyidagi determinantlanmagan parametrlar kabi aks ettirilgan modellarda bevosita e’tiborga olingan bo'lishi mumkin:
- ma’lum ehtimolli tavsiflarga ega tasodifiy kattaliklar;
- tegishlilik funksiyalari bilan berilgan noaniq kattaliklar;
- qayd etilgan o'zgarish oraliqlariga ega bo'lgan intervalli kattaliklar.
Bunda masalalarning yechimlari stoxastik, noaniq yoki intervalli dasturlash usullari yordamida topiladi.
Umuman olganda noaniq to'plamlar asosidagi algoritmlar turli doiradagi quyidagi masalalarni yechish amaliyotida o'zini ko'rsata oldi:
- qatlamlardagi ko‘mir zaxiralarini ko‘p qatlamli baholashning matematik modelini ishlab chiqish;
- murakkab tizimlarni tashxislash uchun noaniq tenglamalar va noaniq mantiq elementlarini qo'llash (AES dinamikasini tahlil qilishda Thermix-2D dasturlar paketi);
- dengiz geologik-geofizik majmualari harakatlanishining nostatsionar jarayonlarini boshqarish;
- dasturiy vositalarning sifat ko'rsatkichlarini baholash;
- texnologik jihozlaming ishini boshqarish (“Teksakokemiklz” va “Ekssonkemiklz” firmalari);
- neft va gaz konlari, ularni qazib chiqarish va uzatish tizimlarini nazorat qilish va boshqarish;
- dispetcherlarning xulqini modellashtirish, bunda xulq lingvistik o’zgaruvchilar bilan yaxshi tavsiflanadi, qabul qilingan algoritmlardan og'ish esa noaniq algoritmlar yordamida yaxshi ifodalanadi.

Noaniq to'plam tashuvchilari usti olib boriladigan amallar uchun intervalli tahlil (intervalli arifmetika) ning algebraik amallaridan foydalanish mumkin. Intervalli tahlil, faqatgina intervalli qiymatlari berilgan kattalikli noaniqliklar sharoitida ishlash uchun mo'ljallangan:



Intervalli aniqlanmaganlik shunchaki noaniq to'plam ko'rinishida aks ettiriladi:

Download 46.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling