Neft va gaz konlari geologiyasining vazifalari quyidagilardan iborat
Download 15.5 Kb.
|
28 1, Neft va gaz konlari geologiyasi fanining maqsadi bir qator komponentlardan: neft, gaz va kondensat zaxiralarini hisoblash; neft va gaz konlarini ishlatishni ilmiy asoslash; konni ishlatish samaradorligini oshirish tadbirlarini hamda qatlamning neft, gaz va kondensat beraolishligini aniqlash; konni razvedka qilish va ishlatish jarayonida kuzatuv to’rini joylashtirish muammosini hal qilish va boshqalardan tarkib topadi. Asosiy maqsadga erishishda komponentlarning boshqa yordamchi ko’rinishlaridan ham foydalaniladi. Ularga neft va gaz konlarini muhofaza qilish, quduqlarni burg’ilash jarayonidagi geologik xizmat hamda neft va gaz konlari geologiyasining ichki maqsadi metodik baza va metodologiyani taraqqiy ettirish kiradi. Neft va gaz konlari geologiyasining vazifalari quyidagilardan iborat: tadqiqot ob’ekti to’g’risida ma’lumot to’plash, uyumning geologik tuzilishi va kon sifatida ishlatilishini kuzatishda to’plangan ayrim ma’lumotlarni jamlash; natijalari samara beradigan geologik tadqiqotlar va kuzatuvlar usullarini ishlab chiqish; to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish metodlarini yaratish; turli geologik sharoitlarda ushbu metodlarning samaradorligini baholash va sh.k 2, Tutqichlar. Tabiiy saqlagichlarning neft va gazni tutib qolishi mumkin bo’lgan va ularni to’plami hosil bo’ladigan qismi tutqichlar deb ataladi. Qatlamli va massiv saqlagichlarda qatlamlarni qavariq bukilmalari yoki gumbazsimon shakldagi rif massivlari neft va gaz uchun tutqich hisoblanadi. Litogik chegaralangan (linzasimon) tabiiy saqlagichlarning o’zi neft va gaz tutqichlari bo’lib xizmat qiladi. Hosil bo’lishiga ko’ra tutqichlar quyidagi turlarga bo’linadi : 1. Tuzilmali tutqichlar – qatlamlarning bukilishi va (yoki) ularni butunligining buzilishi natijasida hosil bo’ladi. 2. Stratigrafik tutqichlar – cho’kindilar to’planishidagi tanaffus vaqtida kollektor qatlamlarning yemirilishi (yuvilib ketishi) va undan keyin o’tkazmas 62 jinslar bilan qoplanishi natijasida hosil bo’ladi. Cho’kindi to’planishidagi tanaffusdan keyin hosil bo’lgan jins qatlamlari oddiy tuzilma shaklida yotishi bilan xarakterlanadi. Bu qatlamlarni avval hosil bo’lgan qatlamlardan ajratib turuvchi yuza stratigrafik nomuvofiqlik yuzasi deyiladi. 3. Litologik tutqichlar – g’ovak o’tkazuvchan jinslarning o’tkazmas jinslar bilan litologik aralashuvi natijasida hosil bo’ladi. 4. Rifogen tutqichlar – rif quruvchi organizmlarning (korallar, mshankalar) hayot faoliyatining tugashi natijasida ularning skelit qoldiqlarini rif shaklida to’planishi va uning o’tkazmas jinslar bilan qoplanishi tufayli hosil bo’ladi. 3, Hajmi: Gazlar o'z hajmini to'ldirishi mumkin bo'lgan moddadir. Gazlar ular tarkibidagi atomlar yoki molekulalar orasidagi bo'shliqlarni to'ldirishga moyildir. Gaz molekulalari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan. Bosim: Gazlar idish yoki muhitning devorlariga urilganda bosim hosil qiladi. Gaz bosimi gaz molekulalari tomonidan idishning devorlariga ta'sir qiladigan umumiy kuch bilan bog'liq. Siqish qobiliyati: Gazlar molekulalar orasidagi bo'shliqlarni to'ldirish qobiliyati tufayli siqiladi. Gazning hajmi bosim yoki harorat o'zgarishi bilan osongina o'zgarishi mumkin. Diffuziya: gaz molekulalari turli konsentratsiyali muhitlar o'rtasida o'z-o'zidan tarqalishi mumkin. Diffuziya gaz molekulalarining tasodifiy harakati natijasida sodir bo'ladi. Kimyoviy xossalari: Reaktivlik: Gazlar kimyoviy reaktsiyalarga kirishishi va boshqa moddalar bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin. Gaz molekulalari boshqa molekulalar bilan elektron almashish yoki elektron uzatish kabi kimyoviy reaktsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Yonish: Ko'p gazlar kislorod bilan reaksiyaga kirishib yonishi mumkin. Yonish reaktsiyalari paytida gaz molekulalari energiya chiqaradi va odatda issiqlik va yorug'lik chiqariladi. Kislotalik va asoslilik: Ba'zi gazlar kislota yoki asos hosil qilish uchun suvda erishi mumkin. Masalan, karbonat angidrid gazi karbonat kislota hosil qilish uchun suvda eriydi. Gaz qonunlari: Gazlar ma'lum munosabatlarga bo'ysunadigan ideal gaz qonunlariga bo'ysunadi. Boyl, Charlz va Gey-Lyusak kabi gaz qonunlari gazlarning bosim, hajm va haroratga munosabatini tavsiflaydi. Download 15.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling