1. Qaysi gapda koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi mavjud emas? A mix bolgʻadan qutulaman deb,taxtaga kirib ketdi
Download 87.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Feʼl test-WPS Office
Feʼl test 1.Qaysi gapda koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi mavjud emas? A)Mix bolgʻadan qutulaman deb,taxtaga kirib ketdi. B)U boshlagan ishni chala tashlab qoʻya olmas edi. C)Oshna,oy botib, yulduzlar birin-ketin soʻna boshladi. D) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. 2.Qaysi gapda birgalik nisbatdagi yasama feʼl qatnashgan? A) Otasining Dostonni ishlashga majbur etish uchun qilgan harakatlari natija bermadi. B)Ish safari bilan ketgan Davron va Sodiq kecha Navoiyga kelishdi. C)Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. D)Keyin yana ular doimgidek men haqimda gapirishdi. 3.Qaysi gapda orttirma nisbatdagi feʼl qatnashgan? A)U behuda soʻzlarni haddan ortiq koʻp gapirdi. B)Keyin dasturxonni yigʻishtirayotgan xotinga oʻshqirdi C)Maydonda ot oʻynayotgan ikki chavandoz koʻrindi. D)Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib yotardi. 4.Qaysi javobda uchta yasama feʼl qatnashgan? A)Qiz cholga yaqinlashib salom berdi. U loqaydgina alik oldi. B) Dunyoda pok odamlar koʻpaysa,nopok odamlar shunchalik kamayadi. C)Usta temirni choʻgʻga solib bolgʻalaydi,vizasi,tasdiqlaydi. D)Izgʻirindan koʻzlar yoshlandi,oyoq ostidagi qor gʻirchillaydi 5.Qaysi hamda feʼl+feʼl tipidagi qoʻshma feʼl qatnashgan? A) Majnuntol suvga egilib, salom berayotir. B)Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi. C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma quvonch bilan tikildi. D)Kech kuz kelib barglar sargʻayib toʻkilmoqda. 6.Qaysi gapda oʻzlik nisbatdagi feʼl qatnashgan? A) Bizning tumanimizda bir qancha sport inshootlari qurildi. B) Daraxtlarning soʻnggi yaproqlari qishning ilk kunlarida toʻkiladi C)Zangori ekran orqali "Qishloqdagi tengdoshim" koʻrsatuvi namoyish etildi. D)"Qanotli doʻstlar" haqida film yaratildi. 7.Qaysi gapda -ir qoʻshimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi feʼl qatnashgan? A)Oʻta qatʼiylik bilan gapirdi. B)-Yolgʻon!Yolgʻon!-deb baqirdi C)Ishni bitirmoqda kifoyat yaxshi. D)Choponiga choʻnqayib oʻtirdi. 8.Qaysi gapda -ar qoʻshimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi feʼl qatnashgan? A)Yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi B)Olloh koʻrish neʼmatini qaytardi. C)Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. D)Oʻroq mahali,oʻroqchilarga goʻja,ayron olib chiqardik. 9.... domlaning koʻz qiri tushib qolarmikan degan niyatda astoydil xizmat qilishardi.Mehmonlar kechga taklif etilgan edi. Ushbu parchagi feʼllar tarkibida qaysi nisbat qo'shimchalari qatnashgan? A)birgalik,oʻzlik B)birgalik,majhul C) orttirma,majhul D)birgalik, orttirma,majhul 10.Qaysi gapda maqsad ravishdoshi qatnashgan? A)Xola,ukam qani,olib ketgani keldim. B)Tong otgach,yoʻlga tushdik. C)Boʻladigan savdoning tezroq boʻlgani yaxshi. D)Har kimning oʻqigani foyda. 11.Or - bu oʻziga ep koʻrilmagan yoki yarashmagan ishdan,narsadan xijolat tortish,uyalish,uyat va or- nomus qilish tuygʻusidir. Mazkur gapda feʼlning qaysi vazifa shakllari qatnashgan? A)sof feʼl, harakat nomi va ravishdosh B) harakat nomi va ravishdosh C) Sifatdosh va harakat nomi D) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh 12.Qaysi javobda oʻzlik nisbatdagi feʼllar qatnashgan? A)Jimirlamoq,silkinmoq B)koʻrinmoq,kiyinmoq C)taralmoq,yiqitmoq D)oʻylanmoq,sargʻaymoq 13.Qaysi javobda yasama holat feʼli qatnashgan? A)tishlamoq B)solmoq C)koʻkarmoq D)gapirmoq 14.Majhul nisbatdagi feʼl qatnashgan gapni aniqlang. A)Gullar qiyos ochilgan edi. B)Qizcha erkalanib onasining boʻyniga osildi. C)Kitobxonlarga sovgʻalar berildi D)Shoir uxlay olmay qiynaldi. 15.Qaysi gapda yetakchi feʼl qismi qoʻshma feʼl bilan koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi qatnashgan? A)Doʻstim,koʻrgan film haqida hikoya qilib berdi. B)Bu gapni eshitib, Bahromning koʻzi charaqlab ochilib ketdi. C)Mehrixonlarning oilasiga ham borib kelardi. D)Oʻrtogʻingizga mavzuni aytib berib turing. 16.Qaysi gapda feʼl nisbatlarining ikki turi qoʻllangan? A)Panjaralari koʻk boq bilan sirlangan yogʻoch karavotda uxlab yotardi. B)Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofida koʻrpachalar toʻshalgan. C) Bechoraning qoʻli titrab,osh suzilgan kosani tushirib sindirdi. D)Shamol toʻy ekan,kuchga boy ekan,yengil koʻcharkan,koʻkka ucharkan. 17.Qaysi gapda aniq va oʻzlik nisbatdagi feʼllar qatnashgan? A) Shaftolining ezilganlarini ajratib bolalarga berishdi. B)Qor qalin yogʻayotgani uchun atrof zoʻrgʻa koʻrinar edi. C))Yana besh qadam bosishgach,oʻra labiga kelishdi. D)Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofida koʻrpachalar toʻshalgan. 18.Qaysi javobda majhul nisbatdagi va birgalik feʼllar qatnashgan? A)gilamlar toʻshalgan,choy ichishdi B)osilgan bulut,nonni qizartirib C)daraxtga qoʻyilgan,koʻzni quvnatdi D)yaxshi koʻrishdi,yordam berishdi 19. Qaysi javobda feʼl nisbatlarining ikki turi qatnashgan? A)Mamlakatda fisq-u fasodlar kuchaydi, bularning ildizini quritish lozim. B)Qorovulning qistashiga qaramay,ichkariga kirishmadi. C)Yashikdagi shaftolilarni bolalarga berdim. D)Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofida koʻrpachalar toʻshalgan. 20.Quyidagi berilgan feʼllar asosida ifodalangan oʻtimli-oʻtimsizlik maʼnosi nisbat taʼsirida oʻzgargan? 1)koʻrsatmoq;2)ajratmoq;3)qiynalmoq;4)oʻqitmoq;5)tomizmoq;6)supurishmoq. A)2,3,5. B)2,3,4,5. C)1,4,5,6. D)1,4,6 21.Biroz yurishgandan soʻng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini soʻrabdilar. Ushbu gapda qatnashgan feʼllar haqidagi toʻgʻri maʼlumotni toping. A)Gapdagi barcha feʼllar oʻtimsiz. B) FEʼL nisbatlarining ikki turi qatnashgan. C)barcha feʼllar tub feʼllar D) feʼlning vazifa shakllarining ikki turi qatnashgan. 22.Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga koʻtarib bir savat oq gul, Viqor-la oʻshshaygan qoya labida. Ushbu gapda qatnashgan feʼllar haqidagi toʻgʻri maʼlumotni toping. A)Gapdagi barcha feʼllar oʻtimsiz. B) FEʼL nisbatlarining toʻrt turi qatnashgan. C)barcha feʼllar tub feʼllar D) feʼlning vazifa shakllarining ikki turi qatnashgan. 23.U giloslar ostiga qoʻyilgan panjaralari koʻk boʻyoq bilan sirlangan katta yoʻgʻoch karavotda yonboshlab oʻtirar edi. Ushbu gapda qatnashgan feʼllar haqidagi toʻgʻri maʼlumotni toping. A)Gapdagi barcha feʼllar oʻtimli va oʻtimsiz feʼllar qatnashgan B) FEʼL nisbatlarining ikki turi qatnashgan. C)barcha feʼllar sodda yasama feʼllar D) feʼlning vazifa shakllarining bir turi qatnashgan. 24.Haqiqat tikanli gulga oʻxshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sochiladi. Ushbu gapda qatnashgan feʼllar haqidagi toʻgʻri maʼlumotni toping. A)Gapdagi barcha feʼllar oʻtimsiz. B) FEʼL nisbatlarining ikki turi qatnashgan. C)barcha feʼllar tub feʼllar D) feʼlning vazifa shakllarining ikki turi qatnashgan. 25.Koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi berilgan javobni aniqlang. A)Askiya choʻzilib ketdi. B)Shogirdi haqida faxrlanib gapirdi. C)Asad televideniyeda chiqar edi. D)Uyiga borib kelsin 26.Qaysi gapda 2 oʻrinda buyruq-istak maylidagi oʻtimsiz feʼl qatnashgan? A)Oʻrningdan tura qol,doʻstim,tashqariga chiqaylik. B)Yomgʻir tezroq tinsa edi. C)Akangni chaqir. D)Qani,qoʻlingizni bering. 27.Hosildan boʻshagan kuzgi dalalarda ishlash maroqli. Ushbu gapdagi yasama soʻzlar haqida berilgan maʼlumotlar toʻgʻri emas? A)Feʼl yasovchi qoʻshimchalar otga qoʻshilishi kuzatiladi. B) 2 oʻrinda yasama sifat qatnashgan C)Sifat yasovchi qoʻshimchalar otga qoʻshilishi kuzatiladi. D)Yasama feʼl faqat bir oʻrinda qatnashgan. 28."Institutni bitirgan yilim meni aspirantlarga qabul qilishdi va men yana shaharda qoldim",-deb soʻzini davom ettirdi u biroz oʻylangandan soʻng. Ushbu gapda qatnashgan feʼllar haqidagi toʻgʻri maʼlumotni toping. A)sof feʼllarning 2 tasi xabar maylidagi feʼl B) FEʼL nisbatlarining ikki turi qatnashgan. C)oʻtimli feʼllarning bittasi birgalik nisbatda D) bir oʻrinda orttirma nisbatdagi sof feʼl qatnashgan. 29.Charchamay,koʻzlarim,boqay,toʻyguncha Bu zavq daryosidan shimir ,ey koʻngil. Ushbu gapdagi feʼllar haqidagi toʻgʻri maʼlumotni aniqlang. A)Barcha feʼllar oʻtimli B)bir oʻrinda ravishdosh qatnashgan C)barchasi xabar maylida D)bir oʻrinda sifatdosh qatnashgan 30. Sovuqqon odamlardan qoʻrq:ular oʻldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar,ammo ularning indamay qolgan razilliklari tufayli, afsuski,yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda. Ushbu gapda berilgan yasama feʼllar sonini toping. A)2. B)4. C)5. D)6 Download 87.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling