Zamon va makon chegara emas
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamon va makon chegara emas. (Yuzinchi bosqich 3.1-fasl)
ZAMON VA MAKON CHEGARA EMAS Yuzinchi bosqich-3 10.03.2023-11.05.2023 2 #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas 10•03•2023 NOLINCHI QISM.(Muqaddima) -Odamlar…. Yoʻq, odamlar emas tirik jon borki yashashni istaydi. Bir-ikkita istisnolarni hisobga olmasa, albatta. Men esa ularning tirik qolish uchun qanday kurashishini tomosha qilishni istayman. -Menimcha oʻtgan safar bu unchalik ham ish bermagan edi. -Afsuski, u safar nima boʻlganini men aniq bilmayman. U boshqa makon va boshqa zamondagi Emerald edi. Men esa boshqa. Men undan ham zoʻrroq oʻyin tashkillashtira olaman. Mening oʻyinimda vaqt ham, masofa ham chegara boʻla olmaydi. Chunki menda siz borsiz, janob Miller. -Men? Men vaqt boʻyicha yordam berishim mumkin. Lekin makon masalasi…. -Makonni oʻzim hal qilaman. Bu safar asosiy jamoa 100-A, oʻyinchilar soni oʻn bir nafar. Ularni shaxsan oʻzingiz topib kelasiz. Roʻyxatni yuklab beraman. -Yordamim evaziga mukofot nima boʻladi? -Istaganingiz. -Qoyil, juda ajoyib qizsan Juliya. Hech qanday ikkilanishsiz, nima istashimni bilmasdan turib rozi boʻlding-a. -Nima istashingizni yaxshi bilaman. Sizda faqat vaqt bor, menda esa hammasi. Menga vaqt kerak, sizga esa…. -Hammasi… 3 -Bugundan ishni boshlang. -Sen, halqa uzilishidan qoʻrqmaysanmi? -Nega qoʻrqishim kerak? -Agar halqani uzsang Hanter va Ariananing taqdiri ham oʻzgarib ketishi mumkin. Sen ham mavjud boʻlmaysan. -Bu qoʻrqishimga arzimaydi. Emerald doim mavjud, bu makonda boʻlmasa, boshqasida. -Juliya… -Nima? -Keyt sen bilan faxrlangan boʻlar edi. -Bilaman… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas Eslatma: bu asarda 100-A jamoaning oʻyinchilari har xil asarlardan yigʻilgan. Shuning uchun har bir oʻyinchiga bagʻishlangan qism boshida qaysi asar qahramoni ekanligi haqida ma’lumot beriladi. [1-qism] QIZIL OʻYINCHI. •Ismi: Dilbar •Familyasi: Karimova •Asar: #Sevgi_va_nafrat (muallif: Lady Dasha) 4 •Zamon: 2023-yil •Makon: Oʻzbekiston -Dilbar! Ortidan kelgan tanish tovushni deb Dilbarning asablari qaqshab ketdi. Joyida to’xtab qoldi. -Dilbar to’xta! Meni eshit. -Eshitmayman! – dedi baqirib – Endi umuman hech qaysi gapingizni eshitmayman ham ishonmayman ham. Xoyin, ablah. Qurolim bo’lganda tikkalay otib tashlardim sizni. -Dilbar… Bas qil meni eshit! -Keting! Ko’zimga ko’rinmang! Yo’qoling! Keting! -Dilbar! -Yo’q, Dilbar yo’q! O’ldi Dilbar, siz o’ldirdiz! Dilbar ortiq yo’q! – deya baqirdi. Shu payt mashinaning signali quloqlari tagidan jaranglagandek bo’ldi. O’ng tomoniga qarashi bilan kuchli yorug’lik ko’zini qamashtirdi. Ko’zlari nurdan ko’r, quloqlari signal ovozidan kar bo’lib qolgandek edi. Ohirgi ilg’ay olgan narsasi, Asadning “Dilbaaaar…” deya yurakni tilka-pora qiladigan o’tkir nidosi va qop-qorong’I zulmat… -Jin ursin. Oʻyinchini olib ketish uchun qulay vaqtni tanlay olmabman shekilli. Sal qolsa avtohalokat boʻlib bu makondagi oʻyinchidan ayrilib qolishimiz mumkin edi. Keyin vaqt sayohatini qayta tashkillashtirish uchun yana ancha quvvatni isrof qilishga toʻgʻri kelardi. Stiv Miller qotirib qoʻyilgan vaqt boʻylab atrofdagi hamma jismlar kabi mashinaning koʻzni qamashtiruvchi chiroqlari qarshisida urilishiga bir necha 5 santimetr qolgan, yuzida hayrat, biroz qoʻrquv qotib turgan Dilbarning yoniga yaqinlashib boshdan-oyoq qarab chiqdi. -Dilbar Karimova. 2023-yil. Oʻzbekiston. “Demaks” nomli davlat maxfiy agentlik xizmati boshligʻi. Yomon emas. Bu yoshda maxfiy agentlikka Boss boʻlish, yana ayol kishiga juda katta natija hisoblanadi. Stiv endi koʻzini Dilbardan uzib yoʻl chetida u tomon qarab turgan yigitga nazar soldi. -Asad Karimov. Dilbar Karimovaning hiyonotkor turmush oʻrtogʻi. Har holda ikki kunlik kuzatuv natijalarimga koʻra. Bugun Dilbarda u uchun ajoyib hushxabar bor edi. Sal qolsa avtohalokatda nafaqat boʻlajak farzandidan, balki Dilbarning oʻzidan ham ayrilib qolar edi. Ha mayli, baribir undan vaqtincha ayriladi. Dilbar oʻyinda oʻlib ketmasa kerak. Nega aynan uni asosiy jamoaga tanlading, Juliya? Osiyodan menimcha yagona oʻyinchi shu. Birinchi vaqtni yurgizib u bilan gaplashib olganimdan soʻng oʻyinga olib ketsammikan, yoki birdaniga oʻyinda uygʻongani yaxshimi? -Oʻzingizga-oʻzingiz gapirishni bas qilib tezroq vazifangizni bajaring. -Oʻzimga gapirganim yoʻq, sen eshitib turibsanku. Mayli, oldin Dilbarni katta yoʻldan chetga olish kerak. Yaxshisi muammolar chiqmasligi uchun uzoqroqqa olib ketib keyin vaqtni ishga tushiraman. Emerald bergan qobilyatlar sabab endi men ham barcha Miller qobilyatlarini ishlata olishim qanday yaxshi. -Sizga vaqtning oʻzi ham koʻplik qilar edi. Zamonni boshqarish eng qudratli kuch… Stiv Juliyaning ovozi eshitilayotgan qurilmaga qarab jilmayib qoʻydi: -Agar sening makon qobilyating boʻlmasa oʻzgargan zamonlarda turli toʻsiqlar sabab oʻlib ketishim ham mumkin edi. Biz birgalikda hamma narsaga qodirmiz. -Yana bir kun vaqtingiz bor. Unutmang har bir oʻyinchi uchin maksimal uch kun vaqtingiz bor. Shundoq ham 11 nafar odamga bir oydan koʻp vaqt 6 sarflaymiz. Toʻgʻri boshqalar uchun bu bir oy yoʻqdek tuyiladi, lekin sizga qimmatga tushadi. Mening ham sabrim tugaydi. -Unda ba’zi oʻyinchilarni olib kelish uchun sening oʻzingni joʻnataveraman. Hozir esa Dilbar honim bilan gaplashib olish kerak. Stiv Dilbarni koʻtarib Asadning oldidan uni bir turtib oʻtib ketdi. -Uzr-a rafiqangni koʻtarganim uchun. Ha aytgancha hiyonotkor erga farqi ham boʻlmasa kerak. Bir izlachi Dilbarni. Tasavvur qilyapman koʻz oldingda uni mashina urib ketadiyu, u havoga singib ketgandek gʻoyib boʻladi,- Stiv gaplarini Asad vaqt bilan birga qotib qolgani sababli eshitmayotganini bilsa ham ustidan rosa kuldi,- balki hammasi men oʻylagandekmasdir… (Dilbar Karimova nomidan hikoya qilinadi…) -Oxirgi koʻrganim mashinaning yorqin chiroqlari, quloqni qomatga keltiruvchi signal tovushi, va….. Asad… Hozir ham zulmatdaman. Demak, oʻlganmanmi? Yoʻq, oʻlishim mumkin emas. Axir men ikki kishi uchun javobgarman. Kichkintoyim… Koʻzlarimni ochib atrofga qaradim. Qandaydir eski kulbadaman. Yonimda qurolim yoʻq. Lekin, hozir meni bu tashvishga solmayapti. Menga nima boʻldi? Hamma joyim bus-butun. Mashina, yorugʻlik, signal, Asad, zulmat… Va men shu yerdaman. -Men ham shu yerdaman… Begona ovozni eshitib choʻchib ketdim. Tepamda jilmayib turgan yashil koʻzlarga endi e’tibor bera boshladim. Mallasoch, zumradkoʻz, 30-40 yoshlar atrofidagi yevropalik, balki Amerikalik, gapirish uslubidan aniq Amerikalik, istarali bu kishining qudratini shundoq nigohlaridan his qilib turibman. -Salom, Dilbar. Maxfiy xizmat boshligʻi inglizchani bilishi aniq. Men ham oʻzbek tilini bilaman-u, oʻz tilim qulayroq. Qarshi emasmisiz? -Men qayerdaman va sen kimsan? 7 -Ikkinchi Ariana ekansizku. Millerlar haqida eshitmaganingiz tabiiy. Shuning uchun tushunishingiz biroz qiyin boʻladi. Men Stiv Millerman. Vaqt boshqaruvchisi. Sizni “99 bosqich” oʻyiniga lutfan taklif etaman. -Oʻyin? Kuldirmang. Hayotimni shundoq ham oʻyinchoq qilishdi. Oʻlib boʻldim. Oʻlgan odamga oʻyin nega kerak? Nega? Hozir hech narsa haqida oʻylagim kelmasdi. Hali ham tirikligimning yagona sababi hali u haqida dadasiga aytishga ham ulgurmaganim, kichkintoyim. Bir kunning ichida ham ona boʻlishimni eshitib cheksiz quvonch, ham Asadning hiyonatini bilib cheksiz dard chekkanimni bu yashilkoʻz qayoqdan ham bilardi. Qayoqdan ham tushunardi. -Sizni tushunaman Dilbar. Nima, u mening hayollarimni oʻqiyaptimi? Yoʻgʻe, bu fantastika boʻlib ketadi. -2023-yil uchun fantastika. Lekin kelajak uchun Millerlarning qobilyati odatiy hol. Yoʻq, u rostdan fikrimni oʻqiyapti. -Boss Dasha. Oʻyinga ketishga majbursiz. Yaxshilikcha taklif qildim. Yomonlik yoʻliga oʻtishimga majbur qilmang. Sizni juda yaxshi tushunaman. Bugun siz uchun qiyin kun boʻldi. Istasangiz hatto Asaddan qasos olishingizga ham yordam beraman. -Men oʻzganing yordamiga muhtoj emasman. Yashilkoʻzga hujum qilish uchun mushtimni hozirladim, lekin toʻsatdan mushaklarim boʻshashib, falaj boʻlib qoldim. Bu qanday sodir boʻldi? Yoki hushsizligimda u menga falajlovchi dori yuborganmi? Koʻz oldim yana qorongʻulasha boshladi. Oʻzimni his qilmay qoʻydim. Oʻyin…. Miller…. Asad… Uni kechirmayman… Uni kechirmaymiz… (2097-yil. Oʻyin maydoni. Qizil xona.) 8 -Qizil oʻyinchi Dilbar Karimova yetkazib kelindi. U huddi sen va onangga oʻxshaydi. Aytgancha u homilador. Farzandi bilan ham oʻyinda ishtirok etaveradimi? -Shunisi qiziqroq boʻladi. -Juliya, sen haddan tashqari vaxshiylashib ketmayapsanmi? -Yoʻq. Oddiylik jonimga tegdi. Oʻyinchilar qanchalik hilma xil boʻlsa shuncha zavq olaman. Undan koʻra keyingi oʻyinchini olib kelishga tayyorlaning. Ishimiz hali koʻp. 100-B jamoani ham turli zamonlardan toʻplash niyatim bor. -Oʻzi ularni nima bogʻlab turibdi. Nega aynan ular? Ular haqida qachon, qanday qilib ma’lumot toʻplading. Hali 18 ga ham toʻlmagansan, lekin huddi yuz yil yashab qoʻygan odamga oʻxshaysan. -Bunday boʻlishni Aleksey akajonimdan oʻrganganman. Aytgancha u nima qilyapti ekan. -Alekseyni bilmadimu, lekin Alfred menimcha yaqinda izimizni topadi. -Alfami? Jonga tegdi shu. Uni dinozavrlar zamoniga yuborsakchi,- kuldi Juliya. -Senga hazil qilish yarashar ekan. -Bilaman… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [2-qism] SARIQ OʻYINCHI. •Ismi: Samuel 9 •Familyasi: Vayt •Asar: #Zumrad_koʻzlar (muallif: Silence) •Zamon: 2096-yil •Makon: AQSh (2096-yil. Novikov xonadoni.) -Bilasanmi Sem, bizning har bir qadamimiz, har bir olgan nafasimiz, aytgan har bir soʻzimiz, butun boshli hayotimiz oʻyindan iborat. Millerlarni hamma qatori men ham ayblagan boʻlsamda, ularning “99 bosqich” loyihasi koʻpchilikni oʻzgartirdi. Yashashga, haqiqiy hayotdagi oʻyinda tirik qolishga, buning uchun jamoaviy harakat qilishga oʻrgatgan. Ota-onang senga qanday tanishishganini aytganmi? -Ha, musiqa tanlovida… -Yoʻq. Ularni ham shu oʻyin tanishtirgan. -Bu oʻyin haqida men bilmayman. Sizdan nomini birinchi bor eshitishim. Lekin qiziqqa oʻxshaydi… -Salom akajon. Eshikdan kirib kelgan sargʻish-malla sochlari yarim yigʻilgan, koʻzlari huddi Aleksey Vladimirovich aytganidek yorqin zumradrang boʻlgan, chiroyli, lekin qandaydir gʻalati yuz ifodasi kasb etgan oʻzi tengi qizni koʻrib hurmat yuzasidan oʻrnidan turdi. -Salom Sem. Menimcha ayni vaqtida keldim. Hozirgina akam aytib bergan oʻyinda ishtirok etishni istaysanmi? Sem hayron Alekseyga qaradi: -Sizning singlingiz borligini bilmagan ekanman janob Novikov. -Juliya… Sen halqani buzyapsan. Oʻyinchilar orasida Sem boʻlishi mumkin emas. Hammasini oʻzgartirmoqchimisan? 10 -Yana halqa deysizlar. Nega uchburchak, yoki kvadrat emas. Charchadim shu gaplaringizdan. Kerak boʻlsa halqani buzibgina qolmay, iplarni chalkashtirib tugib, bogʻlab, oʻrab butunlay yangi shakl hosil qilib yuboraman. -Menga ham tushuntiringsizlar. Qanaqa halqa? Qanaqa iplar?- Sem bir Juliyaga, bir Alekseyga savolomuz tikildi. -Samuel Vayt. Sening aqling yetmaydi baribir. Mening oʻyinimni oʻynashni taklif qilmoqchiman. Qolganiga hozircha qiziqishing shart emas. Men bilan ketasanmi? -Yoʻq, raxmat. -Axmoqligingni bilar edim. Yana qoʻrqoq ham ekansan. -Siz meni qayerdan bilasiz. Juliya Semga javob bermay akasiga yuzlandi: -Oʻylaymanki, siz qarshilik qilmaysiz. Qarshilik qilishingizdan foyda ham yoʻq. Aytgancha bu haqida ota-onamga aytishingiz ham shart emas. Juliya Semga kettik degandek ishora qildi. Sem nima qilishni bilmay dovdirab qoldi. -Uf, gipnoz qilishga baribir majburladingda,- Juliya Semning koʻzlariga tikilganida uning koʻz oldida turli yashil naqshlar paydo boʻla boshladi. -Endi jimgina, aqlli bola boʻlib ortimdan yur. -Hoʻp boʻladi honim. -Honim emas, Emerald Miller deb ata. -Hoʻp boʻladi Emerald Miller. -Yana bir bor oʻylab koʻr Juliya,- Aleksey oxirgi marta Juliyani bu yoʻldan qaytarishga urindi. -Gaplaringiz foydasiz ekanligini yaxshi bilasiz. Men Dremadan ham qaysarroqman. Aytgancha 15-A va B jamoalarga Emerald nomidan salom aytib qoʻying. 11 Juliya Sem bilan birgalikda Novikovlar xonodonida uzoqlashib ketayotganida tanish va unitilmas yuzni koʻrib bir muddat toʻxtab qoldi. Ha bu oʻsha gavdaliroq, qalin qop-qora qoshli, burni haddan tashqari katta, sovuq basharali Alfredning qiyofa oʻzgartirib yurgan koʻrinishi. Huddi birinchi safargidek hozir ham u Juliyaga asabni buzar darajada tikilyapti. Toʻgʻri bunga uning Miller ekanligini yashirmay bemalol yurgani, kamiga yonidagi gipnozlangan Sem sababchi. Hozirgi zamonda Juliya hali Logan maktabiga bormagan, Alfred ham hali uni tanimaydi. Juliya qudratli kuchga ega, lekin Alfredning nimalarga qodirligini hali ham toʻliq anglab yeta olmagan. Chunki Alfaning otasi ham, onasi ham eng kuchli Millerlardan. Shuning uchun zamonlar oʻrtasida muammo chiqarmay tinchgina ketishga qaror qildi. -Hoy, qizaloq… -Endi aniq asabimni buzding. -Men bilan gaplashishni istaysanmi? -Sening qiyshiq burningni toʻgʻirlab qoʻyishga yoʻq demasdim lekin. Afsus bu vazifani bir necha kundan keyin boshqa men bajarishim kerak. -Boshqa zamondanmisan. Demak, men kimligimni ham bilasan. Sendan shu yerdan ham Stivning vaqt isi kelib turibdi. Juliya Miller. -Juliya Rayan,- toʻgʻirlab qoʻydi qiz. -Ha… Sem mening sinfdoshim boʻlishini bilasanmi?- soʻradi Alfa gipnoz holidagi Samuelga yaqin kelib. -Endi esa u mening oʻyinchim. Sen esa koʻp gapirmay yoʻlni boʻshat. (Samuel Vayt nomidan hikoya qilinadi…) Asta sekin koʻz oldimdan yashil naqshlar tarqala boshladi. Tanam oʻzimga boʻysunishi qanday yaxshi. Bu nima edi oʻzi? Gipnozmi? U Miller. Aleksey Novikov aytib bergan Millerlardan. Alfred uni qayerdan biladi. Yoki u ham 12 Millerlardanmi? Yoʻq, Alfaning koʻzlari qora rangda, demak zumradkoʻzlardan emas. Lekin, linza taqqan boʻlishi ham mumkin. -Men bunga yoʻl qoʻymayman. Halqani uzish mumkin emas,- Alfa Juliyaning yoʻlini toʻsdi. Qiziq ular qanaqa halqa haqida gapirishyapti. Aleksey Vladimirovich ham halqa degan edi. Millerlar juda qiziq odamlarda. Boshqalarga oʻxshab oʻz tashvishlari bilan yashayvermaydimi? Nima kerak shuncha muammo. -Sen buni tushunmaysan,- ikkalasi ham bir vaqtda menga qarab baqirdi. Aytgancha Millerlar fikrlarimga ham kira olishadi. -Mayli, tushundim. Lekin, hammasini tinch yoʻl bilan hal qilish ham mumkinku. -Vaytlar oilasining shiori,- kuldi Juliya,- sen yaxshisi uxla bolakay. Koʻz oldim qorongʻulasha boshladi. Millerlar qudratini butun tanam bilan his qildim. Ongim xiralashib oʻzimni anglash darajasidan yiroqlashar edim. Qiziq, bu Juliyaning qobilyatimi, yoki Alfrednikimi… (2097-yil. Oʻyin maydoni. Sariq xona.) -Jin ursin. -Nima boʻldi July? -Alfred asabimni buzyapti. Bu ketishda aniq uni dinozavrlar zamoniga joʻnatib yuboraman. Yoki, muzlik davriga. Yaxshisi uni ham oʻyinga qoʻshib mazza qilib qiynaganim qiziqroq. -Unga nisbatan befarqqa oʻxshamaysan. -Nima? Oʻlgingiz kelyaptimi? -Shunchaki, odamlar oʻzi shunaqa boʻladi. Oʻzlari yomon koʻrganlarini yoqtirib qolishadi. Uni avval qiynashni istashadi, keyin u uchun hammasiga 13 tayyor boʻladi. Hanter ham Arianani oʻldirishni istar edi. Sen koʻproq otangga oʻxshaysanmi deyman. -Siz… Boshqa bu haqida gapirmang. Oʻzi shundoq ham 2096-yildagi Alfani deb asablarim shunaqangi charchadiki, hozir boshim portlab ketadiyu, qayta tiklanish qobilyatim ham yordam bermaydigan darajaga yetadi. Yana, meni boshqa odamlarga oʻxshatmang. Men odam emasman. Juliya ingichkalashgan “yirtqich koʻzlar”ini Stivga tikib, yiriklashgan qoziq tishlarini koʻrsatib vishillab qoʻydi. -Samuelni olib kelishga men borishim kerak edi. Chunki, bu yaqin oʻtmish va sen bilan muammo chiqish ehtimoli yuqori boʻlishiga qaramay oʻzing shuni istading. -Sababi bu axmoqni olib kelishga koʻp vaqt ketmaydi. Men esa uzoq choʻziladigan ishlarni yomon koʻraman. -Yaxshisi, biroz dam ol. Aloqa vositasini oʻchirib qoʻyganing uchun 2096- yildagi Alfred bilan nima boʻlganini bila olmadim. Lekin, bunday asabiy holda yurishing sogʻligʻing uchun zarar. -Bilaman… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [3-qism] OLOVRANG OʻYINCHI. •Ismi: Dilara Alekseyevna •Asar: #Xavfli_virus (muallif: Lady Dasha) 14 •Zamon: 2026-yil •Makon: Rossiya -Dilara o’zinga kel! Tinchlan… Dilara,- tanish ovozni eshitib qiz shiddat bilan ko’zlarini ochdi. Qarshisida judayam tanish bo’lgan jigarrang ko’zlar… Lekin, u kim. Eslay olmadi. -Yo’q! Men unutyapman… Yo’q, yo’q unutolmayman, unutmasligim kerak, Selena, Jek, Kay, Lili, Maks, Yelena, Daler, Kolya, Katya, Robert, Aura, Anna Klimovna, Ksanf, Mila… Dilara barcha yaqinlarining ismini qayta – qayta takrorlayverdi. Og’riqqa chidolmaganidan qo’li bilan yer tirnadi. Ammo barmoqlaridagi og’riq bilinmasdi. Ichidagi og’riqlar shunaqangi kuchliki, buni his qilganidan oʻlgani ming marta yaxshi edi. -Men kimman? Yo’q, unutolmayman. O’zimni unutsam ham ularni, ularni eslashim kerak! Selena, Jek, Kay, Lili, Maks, Yelena, Daler, Kolya, Katya, Robert, Aura, Anna Klimovna, Ksanf, Mila… - takrorlayverdi… Shu payt Jek yoniga yaqinlashardi, nimadir derdi ammo quloqlarida kasalxonada odam o’lsa pulsni ko’rsatuvchi apparatning chiyillagan ovozi eshitilardi. -O’ldir meni! O’ldir, o’ldir, o’ldir… -Yo’q! – Jekning ovozi chiyillashni yorib o’tib Dilaraning quloqlarida jarangladi – hech qachon! Qiz atrofdan “najot” qidira boshladi. Shunda birdan ko’zi chetroqda, ustun yonida yotgan xanjarga tushdi. Emaklab borib oʻsha xanjarni olishga urindi. Lekin Jek chaqqonlik qilib birinchi olib qoʻydi. U bir so’zni takrorlardi: -Dilara, chida, hammasi yaxshi bo’ladi… -Yo’q, mening bardoshim yetmaydi. Bu la’natdan, maxluqlikdan faqat o’libgina qutilish mumkin. Shuning uchun ular o’limni so’rab yalinishar 15 ekanda, mana shu azobni deb. Men esa ularni o’ldirganimdan pushaymon bo’lib yuripman, aslida men ularga katta yordam bergan ekanman. Qani? Qani menga ham o’sha “yordam” ni berishsa… Faqat bitta yo’li bor. Kechir Jek, bu ishimdan keyin vijdoning qiynalsa ham, agar shunday qilmasam tamom bo’laman. Bu azobga ortiq chidolmayman. Kechir… Dilara so’nggi kuchini bilaklariga yig’di, Jek xanjarni bir qo’lida tik ushlab turardi. Buni o’zi ham sezgani yo’q. -O’limimni seni qo’lingdan qilishga majburman… Dilara bor kuchi bilan ustunga qo’lini tirab, o’zini oldinga otdi. Jek qarshisida turgani uchun so’nggi bor quchoqladi. Bu juda tez sodir bo’lganidan u gangib qoldi. Dilara ko’ksidagi sovuq tig’ni endi his qilgandi va Jekni qattiqroq quchoqladi. Xanjar ichkariroq sanchildi. Dilaraning yuziga zoʻrgʻa tabassum yugurdi va Jekning quloqlariga ohista shivirladi: -Rah…mat…. Jek nima bo’layotganini anglolmay qotib turardi. Keyin birdan aqli hushi oʻziga qaytib, nima qilganini koʻrdi. Qizning yoniga tizzalab yiqildi… Avtoturargoh ichiga kirib kelar ekan Jekning bor ovozda baqirayotganini eshitib Selena qo’rqib ketdi. Bor tezligi bilan ovoz tomon yugurdi. Yetib borishi bilan ilk ko’rgan manzarasi Jek qora qonga botgan, ko’ksiga xanjar sanchilib turgan Dilarani bag’riga olib, yurakni ezguvdek yig’lab chinqirar, tinmay kechirim sorar edi, Dilaraning ko’zlari yumuq edi. Selena turgan joyida hech narsani tushunmaydigan telbadek qotib qoldi. -Dilara…-ohiri juda past, bo’g’iq bir ovoz chiqqandek bo’ldi, - Dilara.. Opajon, senga nima bo’ldi? Opasining uxlayotgandek tuyilgani aslida sovuq jonsiz tananing o’zi ekanini bilganida yuragini tok urgandek bo’ldi. -Opajooooon – Ichidagi vulqondek yig’ilib qolgan tovush ahiyri tashqariga otilib chiqdi – Yo’q, yo’q, yo’q… O’lma, faqat bu emas..bu emas yo’o’o’q… 16 Opa… Dilara! Men ulgurmadim, qutqarishim mumkin edi, qutqara olardim…. Qila olardim, qo’limdan kelardi. Ammo kechikdim, ulgurmadim! -Selena tur bo’ldi – Anna Klimovnaning yig’I aralash ovozi keldi. Shu payt kimdir yelkasidan maxkam tutib turg’azdi. U ancha qarshilik qilib Dilaraning qo’lidan ushlab oldi. -Selena qarama, bo’ldi! – bu Kayning ovozi edi. U Selenani kuch bilan o’ziga qaratib olib qattiq quchoqladi – Maks, Jekni ushla. Ketamiz! -Qo’yvor… Kay, qo’yvor opam, u o’lmagan. Tirik u, hozir turadi, aldayapti, laqillatyapti hammamizni… Qo’yvor! Kay va Maksim ularni bir amallab tashqariga olib chiqishdi. -Rik, portga hayda – deya buyruq berdi Kay, keyin vertolyotning orqasi yopildi. Zumda havoga ko’tarildi. Jek jimib qolgandi, lekin ko’zyoshi hamon yuzini yuvib tushardi. -E Xudoyim, Jekka ham, Selenaga ham sabr-bardosh ber… Bizga ham… -Nihoyat ular ketishdi,- Stiv Miller yerda qop-qora qonga belanib yotgan Dilara tomon yurib kela boshladi. -Juliy, nega uning oʻlishi kerak boʻlgan kunni kutushimni buyurding? Oʻlishidan bir kun oldin, hatto bir yil oldin olib ketishimiz ham mumkin ediku. -Men faqat, qiziqroq boʻlishini istayman. Gap sotmay oʻlib qolmasidan oldin qizni olib keling. -Qaysi axmoqlar yaqin insonining jasadini shunday tashlab ketadi. Toʻgʻri virus yuqmasligi uchun. Lekin, hatto sen ham bunday qoldirib ketmasding,- Stiv Juliyaga aloqa qurilmasidan gapirar ekan, Dilaraning rostdan oʻlikdek muzdek bilagidan pulsini tekshirib koʻrdi. -Balki, rostdan oʻlib qolgandir. Boshqa zamondagi Dilara Alekseyevnani olsak boʻlmaydimi? Bunisini tiklaguningcha… 17 -Yoʻq, menga aynan shu zamon, shu soat, shu daqiqalardagi Dilara kerak. Oʻlgan boʻlsa, oʻligini olib keling… (2097-yil. Olovrang xona.) -Men unutmasligim kerak… Men Dilara Alekseyevna… Xavfli virus mening xotiramni yoʻq qilishiga yoʻl qoʻymayman. Men singlimni untganim yoʻq. Selena… Jekni ham unutmayman. Selena, Jek, Kay, Lili, Maks, Yelena, Daler, Kolya, Katya, Robert, Aura, Anna Klimovna, Ksanf, Mila…. Men ularni unutmayman. Ular hali ham yodimda. Ularni eslayman… Selena, Jek, Kay, Lili, Maks, Yelena, Daler… -Va Miller. Eshityapsanmi? Miller. Bu familyani ham unutma. Zero, endi taqdiring Millerlar qoʻlida. Dilaraga bu ovoz notanish. Yoki uning kimligini unutib qoʻydimi? -Yoʻq, men unutmayman. Virusga taslim boʻlmayman. Hozir… Hozir sizni ham eslayman. Kimsiz? Eslayman. -Oʻzingni qiynama, Dilara. Meni tanimaysan. Ismim Stiv, Millerlar sulolasidanman. Seni oʻlimdan qutqarib qolgan Millerlar uchun endi oʻyinda chiroyli ishtirok etib berasan. Dilara xiralashgan nigohlari bilan barcha tomoni olovrang boʻlgan xona fonida zumradkoʻzli notanish kishiga tikilib uni eslashga urindi. -Aytdimku, meni unutmagansan, shunchaki tanish emasmiz. Keyin Dilara qoʻllariga qaradi. Boʻrtib chiqqan qora tomirlardan asar ham yoʻq. Huddi hech qachon mutaniya boʻlmagandek. -Bu vaksinaning ishi,- Stiv barmoqlarida kichkina koʻk shishachani aylantirdi,- ushla. Dilara Stiv uloqtirgan vaksinani tutib oldi. Koʻzlari xiralashgani uchun yaqinroq ushlab xira suyuqlikdagi elektrdek uchqunlanayotgan shulaga tikildi. 18 -Chiroyliya… Agar har kuni shu doridan qabul qilib turmasang yana mutaniyaga aylanasan. -Bu bilan mening ustimdan hukm oʻtkazmoqchimisiz. Menga doringiz kerak emas. Men doʻstlarimning yoniga qaytaman. Selena, Jek, Kay, Lili, Maks… -Boʻldi, takrorlashni bas qil. Ikki kundan beri shu ismlarni takrorlayverganingdan menga ham yod boʻlib ketdi. Doʻstlaring seni allaqachon oʻldi deb oʻylab xotirangga yodgorlik ham qoʻyib boʻlishgan. Endi sen Emeraldga tegishlisan. Aytgancha koʻzlaring xiralashganligidan xavotir olma. Biz vaqtinchalik uzoqni koʻrish va magnit qobilyatlaringni oʻchirib qoʻydik. Sen va doʻstlaringning genlari qanday bu mutatsiyalarga uchraganini bilaman. Bu haqida hatto sendan koʻproq bilishim ham mumkin. Agar yaxshilab surushtirsang bularning ortida ham Millerlarning izi topiladi. -Men ketishni istayman. Vaksinangiz ham kerak emas. Doʻstlarim yoniga qaytishni istayman. -Selena, Jek, Kay, Lili…. Bilaman hozir yana shu ismlarni takrorlaysan. Yaxshilab eshit, ular uchun oʻlgansan. Ular seni izlamaydi. Shunday ekan, tirik qolganingga shukr qilib bizning oʻyinda ishtirok et. -Gʻolib boʻlsam mukofot nima? -Qaytish. Oʻsha doʻstlaring yoniga butunlay sogʻlom holda qaytish. -Roziman… -Demak, shuning uchun uning oʻlim kunini tanlagan ekansanda,- Juliyaning yoniga qaytgach soʻradi Stiv. -Ha, uni boʻysundirish, bizning oldimizda ojizligini koʻrsatish uchun. Bizdan qarzdorlik hissini tuyishi uchun. -Juda aqllisan July. 19 -Bilaman… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [4-qism] OQ OʻYINCHI. •Ismi:Anok (Anko, Koin) •Familyasi: mavjud emas •Asar: #Bir_kun_orqaga (muallif: Silence) •Zamon: 2010 •Makon: Fogrock -Fogrock… Tumanlarga yashiringan qoya xalqi. Buyuk Anok avlodlari… Tangachalar sehri bilan hatto Millerlarni ham ortda qoldirishi mumkin boʻlgan yer yuzidagi yagona xalq. Ayniqsa manabu yugitchaning tangachalari xatolarni toʻgʻirlash uchun bir kun orqaga qaytara oladi. Toʻgʻri sizning vaqt oqimingiz kabi benuqson va qudratli emas, lekin, uning terisidagi har bir tangacha… bir soʻz bilan aytganda bebaho,- Juliya sharshara yonida osmonga tikilib oʻtirgan oppoq soch va oppoq kiyimdagi, bir soʻz bilan aytganda albinozga oʻxshaydigan, lekin, tangachalardan ixtioz bolani kuzatar ekan qandaydir shirin oʻljani yeyishga tayyorlanayotgan yirtqichday hayajon bilan gapirdi. -Oʻzingni bos July, u bor-yoʻgʻi 16 yoshda. Yosh umrini oʻyinda xazon qilma. Senga tangachalilar kerak boʻlsa boshqasini tanlayqol,- aloqa vositasidan Stivning ovozi eshitildi. 20 -Yoʻq, menga faqat qudratli Anokning haqiqiy davomchisi kerak. Bu bola ham Anok. -Oʻzing bilasan. Men malika Kiarani topdim. Bir necha soatdan soʻng 2097- yilda koʻrishamiz,- aloqa uzilib qoldi. -Hali yosh, rahm qilmish. Hhh, Anok istasa tangachalari kuchi bilan oʻyindan qutilish yoʻllarini topishi mumkin. Lekin, men uni majburlab oʻyinda qatnashtirmayman. Uning oʻzi rozi boʻladi. Axir, bu tuman ichida yuragi siqilib ketganini bilish qiyin emas. Jon-jon deb Fogrockdan uzoqroq ketishga rozi boʻladi. Demak, ozgina rol oʻynaymiz… -Salom, bolakay,- Juliya Anokning yoniga borib oʻtirdi. -A… siz… ,- Anok Juliyaga boshdan-oyoq qarab chiqib nima deyishini bilmay qoldi. Juliya atayin Anokni “sehrlab qoʻyadigan” qop-qora kiyim kiygan, yuzida nimtabassum, yorqin zumradrang koʻzlar doʻstona porlamoqda. Sargʻish-mallarang sochlari ham shamolda biroz tebranib uni yanada jozibali koʻrsatar edi. -Men, Juliya Miller. Tumanli toʻsiq ortidanman. U yerda nimalar borligini bilishni juda istaysan-a, toʻgʻrimi? -Men hali ham koʻzlarimga ishona olmayapman. Tuman ortidan… Sizning koʻzlaringiz, sochlaringiz… Shunaqa boʻlishi mumkinmi? Fogrockda barcha narsa oq, yoki kulrang tusda boʻlganidan, bu ranglar hatto menga begona. Lekin, qora libosingiz…. Juliya orqa tomondan yelkasiga oʻtkir nimadir sanchilganini sezib muloyim yuz ifodasini oʻzining jahldor qiyofasiga oʻzgartirishga majbur boʻldi. -Ovchilar oʻqi… Mening tangacham davolay oladi…,- Anok tez oʻng qolidan tangacha yulmoqchi boʻlganida Juliya yana muloyimlik bilan toʻxtatdi. -Kerak emas, men oʻzim qayta tiklana olaman. Tangachalaringni asra, hali koʻp kerak boʻladi. 21 Oʻq egasi yana kamonini nishonga toʻgʻirlab Anok va Juliya tomon yaqinlashdi. U ham huddi Anok kabi oppoq soch va oppoq terili, oʻn sakkiz yoshli ovchi qiz Ria edi. -Salom, Ria. Bilasanmi, mening onamning ham ismini qisqartirib Ria deyishadi. Shu oʻxshashligingiz uchungina seni kechiraman. -Kimsan,- deyarli baqirib gapirdi Ria. -Hatto harakterlaringizda ham oʻxshashlik bor. Jiddiy va biroz qoʻpolroq. -Kimsan dedim,- Ria oʻqni deyarli Juliyaga tirab gapirdi,- Darkrocklik emassan shundaymi? -Ria, nima qilyapsiz, u yomon emas,- Anok oʻzicha Juliyani himoya qilmoqchi boʻldi. -Menmi? Mening kimligimni sen bilishing shart emas. Sen menga umuman qiziq emassan. Menga faqat Anok kerak. Yoki uni olib ketishimni istamaysanmi? Axir sen hech qachon bolakayga e’tibor bermagansan, nazaringga ham ilmagansan. -Bu axmoqqa hozir ham e’tibor bermayman. U bilan ishim yoʻq. Fogrockni begonalardan tozalamoqchiman,- Rianing bu gapidan Anok biroz hafa boʻlgan boʻsa ham indamadi. Axir bu u uchun odatiy hol boʻlib ketgan. -Agar Anok sen uchun qiziq boʻlmasa juda yaxshi,- jilmaydi Juliya,- uni olib ketaman. Meni ham koʻrmaysan, undan ham qutilasan. Xotirangga esa ozgina ishlov beramiz. Qarabsanki, hamma hursand. Men ham, Anok ham, sen ham. Ria kamonda tortib turgan oʻqini qoʻyib yubordi. Oʻq Juliyaga tegmasidan qandaydir koʻrinmas toʻsiqqa tegib oʻrtasidan yorilib ikki boʻlakka boʻlinib tushdi. -Eh, Ria, Ria, tilim shunchalik qichiyaptiki, sirlaringni ochib tashlagim kelyapti. Sening xotiralaring juda qiziqarli ekan,- Juliya Rianing koʻzlariga tikilib xotiralariga kirayotganini sezgach Ria tez koʻzini olib qochdi. Anok esa nima boʻlayotganiga tushunmay bir Juliyaga, bir Riaga qarab kimdan nimani soʻrashni bilmay boshi qotgandi. 22 -Tushunaman, Ria, Anok Fogrockdan ketmasligi kerak. Lekin, nima ham qilardik bu yosh yigitchaning yuragi erkinlik istaydi. Sizlarning tumaningiz ichida uning orzulari koʻmilib qolib ketmasligi kerak. Unga sarguzashtli oʻyin kerak. Oʻzi ham shuni istaydi. Tangachangni ishlatmoqchiman, bilaman, Ria. Senga ham shu maslahat, bugungi vaziyat tangachalarni qurbon qilishga arzimaydi. Shunchaki unut. Hammasi yaxshi boʻladi der edi agar Vayt boʻlganida. Lekin, men bunday demayman. Qoʻrqma, koʻzlarimga qara. Kim seni jasur ovchi deydi Ria. Nahotki oʻzing tengi qizning koʻzlariga qarashga ham qoʻrqsang. -Men sendan qoʻrqmayman,- qatiy ohangda teskari qaragancha gapirdi Ria. -Toʻgʻri, mendan emas, sirlaringdan, xotiralaringdan qoʻrqasan. Hozir Anok nimalarni hayol qilayotganini bilasanmi? -U axmoqning miyasiga axmaqona fikrlardan boshqa hech narsa kelmaydi. -Men axmoq emasman. Siz… Siz axmoqsiz aslida. Hech qachon meni tushunmagansiz. Tushunishni istamagansiz ham. -Aytdimku, hali ham yosh bola,- Ria Anokning qoʻlidan ushlab oʻzi tomon tortdi,- eshit bolakay, sen bu yalmogʻiz bilan ketmaysan. Uning kimligini bilmayman, lekin, bizning dushmanimiz ekanligi aniq. Menga ishonasan-a… -Yoʻq, men ketishni istayman. Juliya toʻgʻri aytdi. Menga erkinlik kerak. Yangicha hayot, yangicha ranglar kerak. Lekin baribir qora rangni sevaman… (2074-yil. 24 kishilik jamoa Emerald bilan oʻyinni yakunlagandan soʻng.) -Tugadimi? Bu oʻyinga rostdan bogʻlanib qolgan ekanman,- Finn bilaguzugi butunlay oʻchib qolgach qoʻlidan yechib tashladida, foydasi yoʻqligini bilsa ham vieyesni ishlatishga urinib koʻrdi,- menga oʻyin yoqar edi. Agar unda 23 odamlar qurbon boʻlmaganida, yana jon deb qayta tiklash ishlarida qatnashar edim. Ayniqsa vieyes qobilyatimni juda ham sogʻinaman… -Qariya, senga nima koʻproq kerak oʻzi? Haqiqiy hayot oʻyindan qiziqroq. Ba’zi narsalarni koʻrish uchun vieyes kerak emas. Yoningdagi insonlarni, doʻstlaringni, yaqinlaringni… -Hmm… Ha… Aytgancha sen endi nima qilmoqchisan. Uyingga qaytasanmi? -Ha, aytganimdek, Arturni juda sogʻinganman. -Iltimos, shu qushchangga qushlarga mos ism top. Rostdan gʻalati eshitiladi. -Nimasi gʻalati? Oddiy odamga hos ism. Shunchaki men uni qushcham deb atayman,- jilmaydi Sirelis. -Nima? -Yuzingni bir koʻrganingda edi, qariya,- kuldi qiz,- rostdan sen vieyessiz harob boʻlasan. Hatto hazillarni ham vieyes boʻlmasa tushunmaydigan darajada unga bogʻlanib qolganingni bilmagan ekanman. -Demak, Angela… Chiroyli ism. Agar ismini boshqa qoʻysak, balki kelajak oʻzgarar. Emerald undan oʻgʻri koʻzlarni olib qoʻymas,- past ovozda, biroz jilmayib gapirdi Daniel. -Ismning oʻzgarishi taqdirini hal qilmaydi. O’Ryanlar bilan koʻrishmaslik eng toʻgʻri yoʻl. Agar mabodo Emerald kelajakda Angelani topsa ham, uni yashirishning, havfsizligini taminlashning choralarini koʻrib qoʻyamiz… -Dadang bilan yarashib oldingmi?- Patrik bir chetda Hanter bilan past ovozda gaplashib turgan Ariananing yoniga yaqinlashdi. Suhbatlari buzilganidan Hanterning biroz jaxli chiqsa ham oʻzini bosib Patrikka gʻazabli qarab qoʻyish bilan cheklandi. 24 -Bilmadim. Hatto dadam ekanligini his qilmayapman. Lekin, arazlab yurish niyatim ham yoʻq. -Devid Miller yaxshi inson. Har holda mendan, Robertdan, Elladan yaxshiroq. Ha aytgancha, Emerald menga farzandingga Alfred deb ism qoʻyma deganmidi. Kelajakda mening ogʻlim va sening qizing tanish boʻladimi deyman,- keyin yana Hanterning jaxli chiqayotganini koʻrib yelkasaga qoqib qoʻydi,- qizaloqni ehtiyot qil. Va oʻzing ham undan ehtiyot boʻl. Patrik ketar ekan yana bir bor ortiga oʻgirilib soʻradi: -Toʻy qachon endi? -Nima deysan jasur qizcham?- Hanter ham shu masalada Arianadan javob kutardi. -Bilmadim… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [5-qism] SIYOHRANG VA YASHIL OʻYINCHILAR. •Ismi: Kiara Yakobin. •Asar: #Asira (muallif: Lady Dasha) •Zamon: O’rta asrlar, 15-asrga to’g’ri keladi. •Makon: Yakob Fridrikx qirolligi 25 -Nima emish, shahzoda Alenga turmushga chiqsam qirolligimiz qudrati ortib jangda gʻolib boʻlar emishmiz. Nima mening oʻz hayotim yoʻqmi? Toʻgʻri, xalqimni men ham yaxshi koʻraman, kerak boʻlsa jangda oʻzim ishtirok etib gʻalaba olib kelishim mumkin. Lekin, shahzoda Alenga…. Hech qachon. Undan koʻra jangda oʻlib ketganim yaxshi. Malika Kiara sochlarini yigʻishtirib jang liboslarini kiya boshladi. Lion yerlari bilan urushda shaxsan shahzodalar Roland va Viktor boshchiligidagi qoʻshin oldida Kiaraning havo afsuni ham ojizlik qilsada nikoh bilan tuziladigan bitimdan koʻra oddiy askar boʻlib urushda qatnashgani yaxshi. Bolaligidan qilichbozlik va kamondan oʻq uzish boʻyicha jiddiy shugʻullangan Kiara har qanday sarkardadan koʻra yaxshiroq jang olib bora oladi. Ayniqsa uning Sina afsuni nafaqat qoʻllari bilan, balki koʻzlari bilan ham havoni boshqarish imkonini beradi. Urushni toʻxtatish uchun Lion shahzodalaridan hech boʻlmasa birini oʻldirish qoʻlidan kelsa edi, Alenga turmushga chiqishdan koʻra foydaliroq ish qilgan boʻlardi. Urush bu urush. Uni tasvirlash juda mushkul ish. Urush bu qon, jon, mol- mulk, erkinlik bilan toʻlanadigan badal. Saroy ichida qilichbozlik qilgan boshqayu, urush maydonida odam oʻldirish boshqa. Shovqin, otlarning jon- holatda kishnashi, yarador askarlar ingrashi, ter va qonning aralash yoqimsiz hidi. Nima boʻlishini anglashga ulgurmasingizdan atrofingizda qulayotgan tanalar. Vishillab uchayotgan kamon oʻqlari, qilichlar jarangi. Urushga jismonan tayyorgarlikning oʻzi yetarli emas. Chunki bu manzara odamni ruhan choʻktiradi. Malika Kiara ham mohir jangchi boʻlishiga qaramay askarlar orasida jang qilar ekan, koʻz oldidadagi ayanchli voqealarga qaray olmay koʻzini olib qochishga majbur boʻlar edi. Oqibatda oʻziga berilayotgan zarblarni qaytarishga bazoʻr ulgurar, asosiy maqsadi shahzodalarga hujum qilish boʻlganligi uchun oddiy askarlarga e’tibor qaratmay, kichik jarohatlar ham olishiga toʻgʻri keldi. -Malika Kiara,- yaradorlar dod-voylari orasidan zoʻrgʻa eshitilgan bu ovozni eshitib Kiara choʻchib ketdi. Chunki, u jangda qatnashayotganini hech kim bilmasdi. Atrofga alanglab ovoz egasini qidirdi. Boshqa askarlarga umuman oʻxshamaydigan, kiyinish uslubi ham gʻalati, zumradkoʻz kishiga koʻzi tushdi. 26 Eng qizigʻi hech kim unga e’tibor qilmas, goʻyo faqat Kiara koʻrayotgandek bemalol jang maydoni boʻylab yurib keldi. -Hey, sen oddiy askar. Qayoqqa anqayyapsan,- otliqlardan biri Kiaraga tanbeh berib oʻtdi. Kiara esa u tomon jilmayib qarab turgan “gʻalati” kimsadan koʻzini uzmasdi. -Ehtiyot boʻling, ortingizda… Kiara ortidan hujum qilayotgan dushman askarini qilichi bilan chopib tashladi. -Ha, bekorga Juliya sizni tanlamagan ekan, malika Kiara. Siz juda yaxshi oʻyinchi boʻlasiz. -Tushungandek boʻldim. Sen vaqt… Kiara gapini tugatmasidan ortidan kimdir hujum qilayotganini sezib oʻgirildi. Lekin nayza Kiaraga yetmay koʻrinmas toʻsiqqa urilgandek sinib ketgan edi. -Men bilan ketasizmi? -Men urushdan qochmayman. -Yakob qirolligi magʻlub boʻladi. Siz Lionga asira boʻlasiz. -Yoʻq. Men Sina afsungariman. Shahzodalarni yengsam Lion taslim boʻladi. -Afsuningiz bilan hatto meni ham yenga olmaysiz. Sina kuchini ishlatishi oʻzini fosh qilishini bilsa ham Kiara havoni boshqarib Stivni girdob ichida qoldirishga urindi. Lekin, bir necha soniya ichida qoʻl mushaklari boʻshashib ikki yoniga osilib qoldi. U koʻzi bilan ham havoni boshqara olgani uchun Stiv turgan joydagi havoni haydab vaakum(havosiz muhit) yaratishga uringanida esa koʻz oldida turli yashil naqshlar paydo boʻlib, gipnoz tasiriga tusha boshladi. -Mayli, malikam, oʻzingiz yaxshilikcha koʻnmadingiz. Sizni “99 bosqich” ning yangi mavsumi kutib turibdi. Aslida, oʻtmishga qaytib sizni qidirib yurishim 27 menga ham shart emas edi. Lekin, nima ham derdik Emeraldning topshirigʻi shunday. 100-A jamoaning siyohrang oʻyinchisi Kiara… •Ismi: SNA 07 (Sindiya qisqacha Sindi) •Familyasi: Mavjud emas •Asar: #Ong_oʻyini (muallif: Miracle) •Zamon: 2054-yil •Makon:Nyuver Sond shahri Stefan sekin yurib Pitir va Joylni yoniga keldi. -Mashg’ulotga keldingizmi? -Yo’q biz faqat kuzatuvchimiz, o’zingchi qizlarga o’rgatib charchamadingmi?- kuldi Pitir. -Ular zaxardan battar ekan. Lekin Sindiyani yiqilishini jonim bilan tomosha qilardim,- kulib yubordi Stefan. -Unga past baxo beryapsan. -Nega? -Ana o’zing ko’r. Stefan Joyl koʻrsatgan tomonga qaradi. Ularning yoniga boshqalardan ancha katta va tezkor siyohrang ajdar uchib kelardi. -Axir bu… Pitir gapini tugatmasdan Stefan uni o’zi to’ldirib qo’ya qoldi. -Shamol Ajdarhosi. -U qayerga uchyapti? -Menimcha biz tomonga… 28 -Barakalla Stefan Sindi bilan bekor o’ynashding. Sindining ajdari Stefan tomonga katta tezlikda uchib keldi va oyoqlari bilan ushlab tepaga otib yubordi. -Hozir yiqiladi,- Stefanning ahvoliga achinib gapirdi Piter. -Sindi uni tutib oladi,- gapiga javob berdi Joyl. -Aaaaaaaa. Stefan pastga qulayotgani uchun baqirib yubordi. Shu payt uni Sindining ajdari tutib oldi. Faqat Stefan uning yon tomondagi shoxlariga osilib qoldi. -Xo’sh endi nima deysan? Sindi bir qo’li bilan osilib qolgan yigitga qaradi. U yon tomonga qaragani uchun turli rangli sochlari yuziga urulardi. -Kechirim so’ra. Shamol kuchliligi sabab baqirib gapirdi Sindi. -Nima? -Kechirim so’ra dedim. -Yo’q, nega endi. -O’zing bilasan. Fey tashla!- ajdariga buyurdi qiz. -Nimaaaaa? Yo’q! -Unda uzur so’ra. -Mayli, kechir. -Nima… seni eshitmadim balandroq gapir. Sindi eshitsa ham atayin shunday dedi. -Yolg’on gapirma eshitdinku. -Joningdan to’yibsan mayli. Sindi shunday deyishi bilan Fey silkindi. Stefan ham pastga qulay boshladi. U bir necha metr pastga tushishi bilan Fey uni yana tutib oldi -Keyingi safar tutib olmayman. Bilib qo’y. 29 -Mayli, mayli, Sindiya, meni kechir Joyl haq senga past baxo beribman, -Mana bu boshqa gap. Sindi mamnun jilmaydi. Fey esa uni shu atrofda turgan pichanlar ustiga otib yubordi. Shamol ajdarini jilovlab jarlik tepasida magʻrur parvoz qilayotgan Sindi va uning ajdariga qarab hammaning havasi keldi. Lekin, toʻsatdan ajdar muvozanatni yoʻqatib qanotlari shol boʻlib qolgandek osilib jarlikka qulay boshladi. -Aytgandimku bu qiz ajdarni jilovlay olmaydi deb,- hozirgina oʻzi qulashiga sal qolgan Stefan qoya yoniga kelib Sindi va ajdarini qidira boshladi. -U qayerga gʻoyib boʻldi. Hozirgina hammaning koʻz oldida shu yerga quladiku,- pastda hech kimni topa olmay hayratlandi yigit. -Sindiiii, Sindiyaaaaa… Pastdan hech qanday ovoz kelmadi. -Nima, u hazillashmoqchimi? Lekin, ajdar rostdan quladiku. -Salom, Sindi, yoki SNA 07. Sindi koʻzlarini ochganida barcha tomoni yashil xonada edi. Qarshisida ham sargʻish-mallasoch qiz unga yashil koʻzlarini tikib turardi. -Men qayerdaman? Ajdarim qani? Biz qulayotgan edik, unga nima boʻldi? -Hammadi joyida Sindi. Men Juliya Millerman. 2054-yilda menimcha Millerlar haqida yaxshi bilishadi. -Ha, Millerlar. Jallod olimlarmi? Mening ustimda ham turli tajribalar oʻtkazilgan. -Men jallod emasman. -Jalloddan ham battarsan,- Juliyaning ongiga kirar ekan Sindi shunday hulosaga keldi. 30 -Sen munosib joydasan SNA 07. -Sindiya ismim. -Sindi… -Yoʻq, faqat doʻstlarim uchun Sindi. Sen esa doʻstim emassan. -Endi doʻst boʻlamiz. Hullas, sen ajoyib oʻyinda ishtirok etish baxtiga erishding. Qoʻlingdagi bilaguzukni koʻryapsanmi? U sening oʻyindagi kishaning. Sindi Juliyaning ongiga ta’sir oʻtkazishga urindi. -Ong oʻyining menga oʻtmaydi. Axir bu Millerlarning ham qobilyati. -Millerlardan nafratlanaman. -Bilaman… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [6-qism] QORA VA HAVORANG OʻYINCHILAR. •Ismi: Irro •Familyasi: Darkmen •Asar: #Golyutsinatsiya (muallif: Silence) •Zamon:noma’lum •Makon:noma’lum 31 Yoʻlda Anna oʻziga oʻzi tinmay gapirib ketardi: -Naqadar ahmoqsan Shon.Yoʻq Shon emas men naqadar ahmoqman. Nega ketib qoldim. Axir bu uning navbatdagi ahmaqona hazili ekanligini bilardimku.Yoʻq, u nega men bilan bunday hazillashadi, nima haqqi bor? Doʻst boʻlgandan keyin nima qilibdi hazillashsa.Hazil, hazil, hazil… Biroz oʻziga kelib olish uchun daryo qirgʻogʻi boʻylab piyoda sayr qilishga qaror qildi. -Shunaqayam ahmaqona hazil qiladimi, yana doʻstmish,-jahl ustida yerdagi toshlarni tepib ketayotganida qonga koʻzi tushdi. Toshlar usti qondan qizarib qolgan, biroz uzoqroqda esa kimningdir tanasi choʻzilib yotardi. Anna qoʻrqsa ham yaqinroq borib qaradi.Yuzi qonga belanib yotgan boʻlsa ham yangi sinfdoshini tanidi. U Irro edi. Atrofda undan boshqa hech kim yoʻq, hech kimni yordamga chaqira olmasdi. Lekin Irro hali tirik boʻlishi ham mumkin. Qoʻlini burniga tutib nafas olayaptimi yoʻqmi tekshirib koʻrmoqchi boʻldi. Nafas olishi sezilmasdi. Qondan juda qoʻrqsa ham hozir qayerdandir kelgan jasorat bilan bilagidan pulsini aniqlash uchun, tirnalib, shilinib ketgan qoʻlidan zoʻrgʻa ushlab, barmogʻini bilak arteriyasiga qoʻydi. Uning pulsi juda tez, lekin sayoz edi. Birdan bilagini kuchli qoʻllar siqa boshladi, Irroning koʻzlari ochilib qip-qizil olov kabi yonardi, baqirmoqchi boʻlsa ovozi boʻgʻzida tiqilib qolgandek edi. Irro bir qoʻli bilan pulsini topish uchun choʻzgan qoʻlini siqib, ikkinchi qoʻli bilan jim ishorasini qildi. Atrofga sukunat choʻkdi. Faqat Annaning hansirab nafas olishi eshitilardi. U kimdir kelishini juda istardi. Shon koʻprik ustida qolgandi. Agar oʻsha yoqdan qarasa ularni uzoqda boʻlsa ham payqashi mumkin. -Irro, senga nima boʻldi?,- soʻradi oʻzini biroz qoʻlga olgach. Irro hali ham oʻsha holatida qimirlamay turar, lekin qoʻli kuchsizlanib qolgani uchun Anna yigitning changalidan bilagini chiqarib oldi. Bir necha qadam 32 ortga tisarilib, chetdan uni kuzata boshladi. U maktab formasida emas, vaholanki yarim soat oldin uni sinfda formada koʻrgandi. Anna dars tugashiga 10 minut qolganida chiqib ketganini hisobga olsa, u 20 daqiqa ichida qanday bu ahvolga kelgan boʻlishi mumkin. Koʻprikka qaradi. Koʻprik undan ancha uzoqda boʻlsa ham uni ustida odam bor yo yoʻqligini anglasa boʻladi. Hozir esa koʻprikda hech kim yoʻq.Demak Shon allaqachon ketib boʻlgan. Bu daryo shahar chetida boʻlgani uchun odam kam keladi. Irroni bu ahvolda tashlab keta olmaydi. Tez yordamga qoʻngʻoroq qilish kerak. Anna titragan qoʻllari bilan telefonni ushladi. -Hey, toʻxta,- Irroning boʻgʻiq ovozini sabab telefon qoʻlidan tushib ketdi,- hech kimni chaqirma, iltimos. -Nega, axir oʻlib qolishing mumkinku. -Yoʻq, shunchaki qoʻlimni siqib bogʻlab qoʻysang boʻldi, qolganini oʻzim uddalayman. -Aqldan ozganmisan, hamma joying jarohatlangan, siqib bogʻlash foyda bermaydi. Gʻazabdan uning koʻzlari qizarib ketti. Bor kuchini toʻplab oʻrnidan turdi va oqsoqlangancha Anna tomon kela boshladi.Uning vajohatini koʻrib qoʻrqqanidan joyidan ham qimirlay olmagan qiz biroz egilib yerdagi telefoniga sekin qoʻlini choʻzdi. -Qara, oʻzim yura olaman, faqat,- qon oqishi hali toʻxtamagan chap qoʻlini koʻrsatib gapini davom ettirdi,- faqat qon ketishini toʻxtatish kerak. Sendan boshqa narsa soʻramayman. -Nima boʻlganda ham sen mening sinfdoshimsan. Senga yordam berishim kerak,- Anna roziligini bildirib bosh silkitib qoʻydi. Irro nisbatan sogʻroq oʻng qoʻli bilan qondan qizargan kiyimidan uzun tasma yirtib berdi. Qiz esa uni chap qoʻli yelkasiga siqib bogʻlab qoʻydi. -Endi esa ket,-dedi sokin ovozda. 33 -Qanday qilib seni bu ahvolda tashlab ketaman,- Anna vijdoni qiynalishini oʻylab Irroni hech boʻlmasa koʻprikkacha suyab olib borish uchun oʻng yelkasidan tutdi. U esa qoʻlini siltab tashladi va bor ovozi bilan baqirdi: -Yoʻqol dedim senga! -Hali shunaqami,-qoʻrquvdanmi yoki hafa boʻlganidanmi koʻzidan yosh chiqa boshladi,- senga yordam bermoqchimanku. Sen esa… -Senga rahmatim, tinch yashashingga yordam berishim. Agar hozir bu yerda qolsang, yoki men haqimda kimgadir aytsang, ishonaver juda yomon boʻladi. -Lekin… -Ket dedim senga,- bu safar Irroning ovozi vaxshiyona yangradi. Huddi hozir u qizga tashlanib qoladigandek juda qoʻrqqan qiz ortga yura boshladi. Irroning gʻazabli nigohini koʻrib keyin yugurib ketti. -U hech qachon ketmasa kerak deb oʻylagan edim,- Irroning oʻng tomonida Stiv Miller koʻrindi. -Qaysar qiz. Ha, mayli bu muhim emas. Endi yordam berasizmi?- Irro jarohati sabab zoʻrgʻa Stiv tomon oʻgirildi. -Ha, agar oʻyinda ishtirok etsang, tarqalib ketgan ruhlaringni qayta birlashtirishga yordam beraman, Irro Darkmen, 100-A jamoaning sirli, qora oʻyinchisi… •Ismi: Nikolas (qisqacha Nik) •Familyasi: Vern •Asar: #Tasavvurlarimdagi_olam (muallif: Silence) •Zamon: 2022-yil •Makon: nomi aniq boʻlmagan shahar 34 Viktor doimgidek oddiy yoz kunlarining birida kecha qanday kelgan boʻlsa bugun ham shunday oddiy tarzda buloq yoniga keldi. Qoyalar ustidagi bu buloq huddi yoʻlning oʻrtasidan yorilgan quvurdan toshib chiqayotgan suvdek taassurot qoldirishi mumkin. Viktor doimgidek gʻishtli maydoncha chetidagi oʻrindiqqa oʻtirib sukunatga quloq soldi. Bu sukunatni 10 yildan beri tinglab oʻrganib qolganidan toʻsattan shitirlagan ovoz eshitilgani darrov etiborini tortdi. Bu juda qiziq hodisa edi, chunki shu kungacha bu yerda odamlar kelib yaratagan shovqindan boshqa hech qanday sado chiqmasdi. Atrofga quloq solib turdi. Yana sukunat. 10 daqiqalar oʻtib yana bir ovoz etiborini tortdi.Endi bu shitirlash emas qandaydir qushning sayrashi edi. Bu yerda bironta ham jonzot yashamasligini bilgani uchun, qandaydir sayyohlardan biri kelgan boʻlsa kerak deb oʻyladi va ovoz chiqqan tomon yurdi. Lekin oldin bunaqa mayin tovushni eshitmagan edi. Ovoz butalar ortidan kelar edi. Viktor oʻsha butalarga yaqinlashganida ular orasidan bir qushcha pirrr etib uchib chiqdi. Bu Vik bu yerda koʻrgan birinchi qush, yoʻq odamzod bu yerda koʻrgan yagona jonzod. U juda tez uchganidan faqat rangi qizilligini anglay oldi halos. Unga yaqinroq bormoqchi boʻlgan edi yana uchib ketdi va buloq yoniga borib qoʻndi. Qushcha buloqdan suv ichmoqchidek unga egildi, tumshugʻi suv yuzasiga tegishi bilan girdob hosil boʻlib suv markazga tomon aylana boshladi.Viktor buni hayratdan lol boʻlib kuzatib turardi. -Balki oʻsha oʻrindiqda sukunatni tinglab uxlab qolgandirman,- yigitning koʻzi orindiqqa qadaldi, rostdan u yerda oʻzini koʻrdi, lekin uxlamayotgan edi. Doimgidek koʻzlarini yumib jimjitlikka quloq solib oʻtirardi. Unda unga qarayotgan kim deb oʻziga razm soldi. -Bu ham men, nahotki tanam ikkita boʻlib qolgan boʻlsa… Dastlab bu tush boʻlsa kerak deb oʻyladi, lekin hammasi huddi haqiqiydek edi. Miyasiga kelgan fikr albatta oʻsha oʻrindiqda oʻtirgan ikkinchi tanasi yoniga borish boʻldi. Atayin qattiq qattiq qadam bosib borsa ham u hamon sukunatni tinglamoqda edi. Bu paytda qushcha yuqoriga koʻtarildiyu buloqqa shoʻngʻib ketdi. Viktor oʻrindiq tomon yurishdan toʻxtab, buloqqa qaradi. Qushcha shu shoʻngʻiganidan keyin qaytib chiqmagani gʻalati edi. Buloq esa hamon girdob 35 hosil qilib aylanmoqda. Oʻz-oʻzidan qiziqishi yanada ortib buloq tomon yurib ketdi. Suvga bir muddat termulib turgach qoʻlini tekkazib koʻrgisi keldi. Egilib kaftini suvga botirdi va toʻsattan huddi suv ostidan boshqa bir qoʻl uni tortgandek suvga quladi. Suv iliq edi, lekin kutilmaganda suvga tushganidan tanasi junjikib ketdi. Suzishni bilsa ham girdob Viktorni pastga tortayotgani uchun yuqoriga koʻtarila olmadi.Oldiniga bor kuchi bilan suzishga intildi, bir daqiqalar oʻtgach havo yetishmay koʻz oldi qorongʻulashib suvga choʻka boshladi… (2097-yil. Havorang xona.) -Uygʻondingmi Nikolas Vern? -Nikolas? Uzr, meni kim bilandir adashtiryapsiz. Ismim Viktor,- eshikdan kirib kelgan zumradkoʻz qizga bir qarab qoʻyib gapirdi yigit. -Ishonaver, sen Nikolas Vernsan. Buni bilgan zamoningdan olib kelishim ham mumkin edi, lekin negadir istamadim. -Oʻzingiz kimsiz? -Juliya Miller. -Sizni tanimas ekanman. -Bilaman… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [7-qism] SMARTLET. 36 -Men bilaman… Sening kimligingni… -Hoʻsh… Kim ekanman? -Jasur qizchamsan… -Shunaqa ham bemani tush boʻladimi? Na ma’no bor, na voqea. Kecha koʻp ichmasligim kerak edi. Li… Liiiii… Hizmatchidan javob kelmagach Ariana hali ham uyqu dori tasiri ketmagani uchun ochishga ogʻirlik qilayotgan kipriklari ortidan xonani kuzatib chiqdi. Derazadan tushgan quyosh shulalarida tovlanayotgan tillarang naqshlar, toʻrt devor, stol-stul va yana nimalardir. -Eee, nima boʻlsa ham farqi yoʻq,- Ariana oʻzini yana yotoqqa tashladi. -Kecha nima boʻlgan edi? Haa, tugʻilgan kun. Mutloq yolgʻizlikda oʻtgan tugʻilgan kunim. Demak, bu tillarang xona amakijonimdan sovgʻa. Lekin, menga aslida bu emas… boshqa narsa… Baland qoʻngʻiroq ovozi sabab Ariana beixtiyor quloqlarini kafti bilan berkitdi. Birozdan soʻng shovqin tinib karnaydan notanish erkak kishining ovozi eshitila boshladi. -Salom, qadrli “99 bosqich” loyihasi oʻyinchilari. Chap qoʻlingizga qarasangiz elektron bilaguzukni koʻrasiz. Unga bu loyiha haqida siz bilishingiz kerak boʻlgan barcha ma’lumotlar va jamoangiz tarkibi yuklab berilgan. Iltimos, vaximaga tushmasdan hammasini toʻgʻri qabul qiling. Oʻzimni tanishtirsam… Men 100-A jamoaning, ya’ni sizlarning oʻyin kuratoringiz doktor Sonders boʻlaman. Sizlar bilan faqat masofadan aloqaga chiqaman. Istasangiz bilaguzuk yordamida menga xabar yuborishingiz mumkin. Hozir esa bilaguzuklar tuzulishi bilan tanishtirib oʻtaman. -Nimalar deb miyani qotiradi bu. Oʻyin, jamoa, bilaguzuk… Hhhh… 37 Ariana karnaydan yangrayotgan ovozni oʻchirib qoʻyolmasa ham e’tibor bermaslikka harakat qildi. Doktor Sonders esa bilaguzuk haqidagi gapini davom etardi: -Bilaguzuk eng yangi modeldagi smartlet hisoblanadi. Bundan keyin uni shunday ataymiz. Smartletda siz bilishingiz kerak boʻlgan toʻrtta eng asosiy band bor. Birinchisi “ma’lumotlar bandi”. Unda bugungi sana, vaqt, sogʻliq darajangiz va tana energiyangiz koʻrsatiladi. Ikkinchi band “muloqot bandi”. U yordamida jamoadoshlaringiz bilan masofadan ovozli xabar yordamida gaplashishingiz mumkin. Shuningdek “kuratorga xabar” qismidan menga taklif va iltimoslaringizni joʻnatsangiz boʻladi. Yana barcha yangiliklar va muhim xabarlar shu bandga kelib tushadi. Yangiliklardan bexabar qolmaslik uchun bildirishnomalarni yoqib qoʻying. Uchinchi band “oʻz joniga qasd qilish” bandi. Agar hayotdan toʻyib ketsangiz shu band orqali bemalol hammasidan oson qutulishingiz mumkin. Bunda bilaguzuk tanangizga faoliyatdan toʻxtash haqida biosignallar yuboradi va siz oʻlasiz. Toʻrtinchisi “bonuslar va ballar”. Bu band orqali oʻzingizda qanday bonuslar borligi, qancha balingiz qolganini bilishingiz, ballaringizni qobilyatlarga ayirboshlashingiz mumkin. Bu bandning ikkinchi nomi “doʻkon”. Hammasi shulardan iborat edi. Endi “muloqot” bandidagi oʻyin qoidalari haqidagi xabarni oʻqib chiqing. Tushlik payti jamoadoshlaringiz bilan markaziy aylana zalda yuzma-yuz tanishib olasiz. Nihoyat karnaydagi ovoz tindi. Ariana esa yosh bolalar oʻyiniga qaragandek e’tibor bermagan boʻlsa ham qulogʻiga chalinib qolgan gaplarni tekshirish uchun tillarang smartlet ya’ni bilaguzugini yoqib koʻrdi. “Ma’lumotlar bandi”. •Sana:01.01.2097-yil. •Vaqt: 8:16 •Sogʻliq: 82% •Energiya: 91% 38 -2097??? Adashmasam kecha uxlashimdan oldin 2073-yil edi. Demak, 24 yil havoga uchib ketgan, men ham 18 emas 42 yoshdamanmi,- kuldi Ariana,- oʻxshamagan hazil. Bunga hatto yosh bolalar ham ishonmaydi. Ariana “muloqot” bandiga oʻtib “Oʻyin haqida” xabarini ochib koʻrdi. “99 bosqich” loyihasi haqida. Bu oʻyin hayot-mamot oʻyini. Oʻynaysiz, bosqichlardan oʻtasiz, gʻalaba qozonasiz, yoki oʻlasiz. Jami bosqichlar soni rasmiy 99 ta. Jamoada oʻyinchilar soni 11 nafar. Jamoalar 200 ta. A va B kategoriyalar boʻyicha. Bosqichlardan sakrash uchun jamoalar oʻrtasida musobaqalar boʻlib oʻtadi. Boshqa hollarda har bir bosqichda bosqich tartib raqamiga qarab muhlat beriladi. 1-bosqichga 1 kun, 2-bosqichga 2 kun va hakozo. Muhlat ichida bosqichni yakunlay olmasangiz jamoadagi barcha oʻlimga mahkum. Bundan tashqari smartletdagi tana energiya koʻrsatgichingiz nolga tushsa ham oʻlimni kutavering. Jamoaga sardor tayinlash ovoz berish yoʻli bilan hal qilinadi. Jamoadoshlaringiz haqida ma’lumotni eslab qoling: 📌 100-A JAMOA TARKIBI 🟠Olovrang oʻyinchi: Dilara Alekseyevna – 21 yosh Zamon:2026-yil Makon:Rossiya ⚫️ Qora oʻyinchi: Irro Darkmen – x yosh 39 Zamon: nomalum Makon: nomalum 🟠Sariq oʻyinchi: Samuel Vayt – 17 yosh Zamon: 2096-yil Makon: AQSh ⚪️ Oq oʻyinchi: Anok – 16 yosh Zamon: 2010-yil Makon: Fogrock 🟠Yashil oʻyinchi: Sindiya – 18 yosh Zamon:2054 Makon:Nyuver Sond shahri 🔴 Qizil oʻyinchi: Dilbar Karimova – 24 yosh Zamon: 2023-yil Makon: Oʻzbekiston 40 🟠Siyohrang oʻyinchi: Kiara Yakobin – 18 yosh Zamon: 1486-yil Makon: Yakob Fridrikx qirolligi 🌐 Havorang oʻyinchi: Nikolas Vern – 20 yosh Zamon: 2022-yil Makon: nomi aniq boʻlmagan shahar 🔵 Koʻk oʻyinchi: Zes – 26 yosh Zamon: Yer hisobida mil.avv 2837373493-yil Makon: Mars sayyorasi 🟠Kumush oʻyinchi: Hanter O’Ryan -19 yosh Zamon: 2069-yil Makon: AQSh 🌕 Oltin oʻyinchi: Ariana Miller – 18 yosh Zamon: 2073-yil 41 Makon: AQSh” -Bular aniq ustimdan kulyapti. Hamma har xil zamondan kelganmi? Marsga balo bormi? Ellaning hazilimikan yoki…,- Ariana xabarning qolgan qismini oʻqimay keyingi bandga “oʻz joniga qasd qilish” bandiga oʻtdi. Bu yerda bitta qizil doira belgisi bor edi halos. Qiz unga qarab jilmayib qoʻydida tugmani bosdi. Smartletda yozuv paydo boʻldi: “Qaroringiz qatiymi? Rostdan oʻz joningizga qasd qilmoqchimisiz. Tasdiqlash uchun yana bir bor bosing!” -Ahmoqgarchilik,- Ariana bosmay keyingi bandga oʻtkazdi. “Bonuslar va ballar”. •Bonuslar: yoʻq. •Ballar: 0 ball. •Doʻkon: ballarni toʻplamaguningizcha ochilmaydi. Smartletni titkilash joniga tekkach uni oʻchirib xonani yaxshilab koʻzdan kechira boshladi. Butun xona tillarang gulqogʻoz bilan qoplangan. Tepada uzun chiroq, deraza yonida ish stoli va stul, xona oʻrtasida yotoq, odam boʻyi keladigan koʻzgu va tamom. Boshqa jihozlar yoʻq. Qiz avval koʻzguda ahvolini koʻrib kulgisi keldi. Oʻrtacha uzunlikdagi sargʻish-malla sochlari toʻzgʻib ketgan, zumradrang koʻzlari koʻp uxlavorganidan shekilli chetlari qizarib koʻrinardi. Egnidagi kecha tugʻilgan kuni munosabati bilan kiygan qaymoqrang, yengi kalta kofta va jinsi. Smartletdagi sanadagi 01.01.2097 sanasi toʻgʻri boʻlsa qishning qoq oʻrtasida yozgi kiyimda ekanligini oʻylab kulib yubordi. Derazadan tashqarida qalin qorli tekislikni koʻrmaganida qish ekanligiga ishonmasdi ham. Hozir ham ishongani yoʻgʻu, lekin, baribir gʻalati edi. Tushlik vaqti hammasi oydinlashadi, lekin ungacha hali ancha bor. Bekorchilikdan nima qilishini bilmay ish stoli tortmasidagi oltin suvi yugurtirilgandek jilokor kundalikni olib varaqlab koʻrdi. Tabiiyki, u boʻm- 42 bosh. Yonida bejirim ruchka. Ariana zerikishdan oʻlmaslik uchun kundalik yoza boshladi. “Demak, smartletga ishonadigan boʻlsam bugun 01.01.2097-yil. Ismim Ariana Miller. Bilishimcha 100-A jamoaning oltin oʻyinchisiman. Juda kulguli. Umuman olganda menga farqi yoʻq. Oʻyinmi, hayotmi, oʻlimmi… Hammasi jonimga tegdi…. Jin ursin hammasini. Agar Ella ustimdan kulmoqchi boʻlib buni rejalashtirgan boʻlsa istagancha kulaversin. Menga farqi yoʻq. Agar amakim Robert Millerning tajribalaridan biri boʻlsa… shunday boʻlishi ehtimolga yaqin, baribir farqi yoʻq.” Yozishdan ham zerikkach yengil kiyimda boʻlsa ham deraza orqali tashqariga chiqishga urinib koʻrdi. Lekin, oyna ortidagi panjarani olib boʻlmasdi. Bekorga derazani ochib sovuqqotgani qoldi. Keyin qaltiragancha oynani qayta yopib qoʻydida yotoqqa oʻranib yotib oldi. Qanday uxlab qolganini bilmadiyu lekin yana baland qoʻngʻiroq ovozidan uygʻonib ketdi. -Qadrli ishtirokchilar barchangizni markaziy aylana zalga tushlik va jamoadoshlar bilan tanishuvga lutfan taklif qilaman. 5 daqiqa ichida eshiklar ochiladi,- karnaydan doktor Sondersning ovozi yangradi. -Tinchgina dam olishga ham qoʻymaydi. Lekin, bu yerda zerikib oʻlib qolmaslik uchun, va yana ochlikdan oʻlmaslik uchun ham chiqish kerak. Ichkilik boʻlsa yanada yaxshi, shamollashning oldini oladi… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas 43 [8-qism] JAMOA SARDORI. Eshik ortida katta zal koʻrindi. Markazda aylana stol noz-ne’matlar bilan bezatilgan. Zal devorlari boʻylab huddi Ariananiki kabi eshiklardan boshqa oʻyinchilarning xonalari koʻrindi. Bu eshiklar faqat ranglari bilan farq qilar edi. Dasturxon atrofidagi oʻrindiqlar ham oʻyinchilarga tegishli ranglarda. -Rostdan bogʻcha bolalarining oʻyiniga oʻxshaydi,- Ariana xoʻrsinib qoʻydida oʻz eshigidan chiqib tillarang stoliga borib oʻtirdi. Qolgan oʻyinchilar ham birin-ketin oʻz oʻrinlariga joylasha boshlashdi. Ariana ularga qiziqmasa ham qarshisidagi kumushrang stulga oʻtirgan oʻyinchi oʻziga tikilib qolganini sezib oʻzini noqulay his qila boshladi. -U kim? Chandigʻi juda qoʻrqinchli. Qotilmikan yoki… Kumush eshikdan chiqib keldi, demak, kumush oʻyinchi Hanter O’Ryan. Ha, aniq qotil, O’Ryan sulolasi vakili. Lekin, faqat bu emas, uni boshqa jihatdan ham taniydigandekman,- oʻyladi Ariana. -Men bilaman… Sening kimligingni…,- kumush oʻyinchining ovozi Ariananing yuragiga gʻulgʻula soldi. Bugungi bemani tushidagi ovoz. -Hoʻsh… Kim ekanman?- soʻradi titroq ovozda. -Mening oʻljamsan Miller. Seni oʻldiraman. -Hayriyat,- Ariana xotirjam boʻlib chuqur nafas chiqardi,- rostdan u shunchaki be’mani tush edi… Hanter esa taxdidini eshitib xotirjam boʻlgan odamni birinchi marta koʻrayotgani uchun hayron boʻldi. -Bilishimcha sardor saylashimiz kerak. Qarshi boʻlmasangiz bu masuliyatni oʻz boʻynimga olaman. Boshqarish boʻyicha tajribam yetarli,- ma’lum qildi Dilbar. -Kimni boshqarmoqchisan? Shaxsan men hech qachon boshqaga boʻysunmayman. Lekin, bu jamoa ham deb boʻlmaydigan toʻdani boshqarish 44 niyatim ham yoʻq. Men yolgʻiz harakat qilaman,- hatto Dilbar tomon qaramasdan gapirdi Hanter. -Men ham boshqaga boʻysunmayman. Qoʻlingizdagi gʻalati moʻjizaviy taqinchoqdagi xabarni oʻqigan boʻlsangiz men Kiara Yakobin ekanligimni anglab yetasiz. Ya’ni Yakob qirolligi malikasi. Aslzodalar esa qayoqdagi telbalarga boʻysunmaydi,- malikalarga hos boʻlmagan istehzoli ohangda dona-dona gapirdi Kiara. -Oʻylab qarasam bu yerda koʻpchilik hali yosh bola. Oq oʻyinchi Anok va sariq oʻyinchi Samuel Vayt hali 18 ga ham toʻlmagan bolalar. -Lekin, men oʻyin haqida sizlardan koʻproq narsani bilaman,- hayol surgandek jim oʻtirgan Sem biroz qaddini rostlab, Arianaga qaradi,- Aleksey Vladimirovich bekorga sizni koʻp eslab oʻtmagan Emerald Ariana Miller,- soʻng uning qarama-qarshi tomonidagi Hanterga yuzlandi,- sizni ham Hanter O’Ryan. -Nima demoqchisan? Chaynalmay aniq gapir,- Hanterning jaxli chiqa boshladi. -Men 2096-yildanman. Ya’ni biz hozir oʻynayotgan 01.01.2097 sanaga eng yaqin zamon. Bundan tashqari sizlar kelgan 2069 va 2073-yillarning kelajagi. Aleksey Novikov menga “99 bosich” loyihasi haqida aytib bermoqchi boʻlganida Juliya Miller meni oʻyinga olib keldi. Demak, oʻyin Millerlarniki. -Bu shundoq ham aniq edi, lekin Juliya Millerni tanimas ekanman,- oʻylab turib javob berdi Ariana. -Tanimaysiz ham, axir u siz yashagan zamonda hali tugʻulmagan ham boʻlishi mumkin. -Nimalar haqida gap ketyapti? Millerlar kim oʻzi? Faqat uchchalangiz gaplashmay bizga ham tushuntirsangizchi,- boyadan beri jim oʻtirgan Dilara nihoyat suhbatga aralashdi,- keling yaxshisi sardor tanlashdan oldin kim bu yerga qanday kelib qolganini aniqlashtiraylik. Masalan meni Stiv Miller olib 45 keldi. Oʻz zamonim ya’ni 2026-yilda oʻlayotgan paytimda. Yana kim qanday keldi? -Meni ham Stiv Miller olib kelgan. Jangdan,- javob berdi Kiara. -Malikalar uchun jang gʻalati emasmi?- kuldi Dilbar. -Oʻzingiz ham gapirishingizdan qirollik oilasidanga oʻxshaysiz. Lekin, jismoniy chiniqqaningiz ham sezilib turibdi. -Qirollik oilasi??? Sen aniq sardor boʻlolmaysan. Chunki onging oʻrta asrlarda qolib ketgan. Manarxiya, saroy qonunlari… Xullas bittaga kamaydi nomzod…,- Dilbar boʻyni atrofida koʻrinmas qoʻllar siqayotgandek boʻgʻila boshladi. Keyin Kiaraning siyohrang koʻzlariga qarab bu uning ishi ekanligini tushundi. Birozdan soʻng Kiara havo afsunini toʻxtatib hech kimga sezdirmay malikalarga hos nazokat bilan jilmayib qoʻydi. -Men esa qanday kelganimni aniq tushunmadim. Doimgidek buloq yoniga bordim, gʻaroyib qushchani koʻrdim, u buloqqa shoʻngʻidi, men ham. Keyin esa havorang xonada uygʻondim,- yashil koʻzli va oqish hurpaygan sochli Nikolas Vern qisqacha gapirib berdi. -Men esa ajdardan quladim. Shu halos,- Pushtisifat binafsharang sochli yoqimtoy qiz Sindi javobini undanda qisqa qildi. -Ajdar? Qaysi makondan eding? -Nyuver Sond. -Ajdarlar bor makon… Qiziq… Meni ham Stiv Miller olib kelgan. Avtahalokatga uchrashimga oz qolganida. Oʻylab qarasam koʻpchilikni oʻlimdan qutqarib qolgan ekan,- mulohaza qildi Dilbar. -Sizlarchi? Anok boshqalarning gapini eshitmay Irroning tim qora sochlariyu, qora kiyimiga mahliyo boʻlib tikilib oʻtirgandi. Chap tomonida oʻtirgan Sem bir turtib qoʻyganidan soʻng bolakay oʻziga keldi. 46 -Ha, menmi? Meni Juliya Miller oʻyinga taklif qildi. Men oʻz ixtiyorim bilan rozi boʻldim. Bu yer juda ajoyib, menga juda ham yoqdi. Ayniqsa qora rangni juda yaxshi koʻraman. Nega menga oq oʻyinchini berishdi? Almashishning iloji yoʻqmikan? Uning bolalarcha fikrini eshitib Dilbar xoʻrsinib qoʻydi: -Sardorlikka nomzod yana bittaga kamaydi. Senchi Irro? Nega ma’lumotnomada yoshing, zamon va makoning koʻrsatilmagan? Balki oʻzing aytib berarsan. -Irro Darkmen. Shuni bilishingizning oʻzi yetadi. Boshqa meni bezovta qilmang. Sardorlikning qizigʻi yoʻq. -Oʻzing bilasan. Endi oltin va kumush oʻyinchilarimizga navbatni beraylikchi… -Men hisob bermayman,- qoʻlini chalishtirib stulga suyangancha gapirdi Hanter. Ariana esa qanday kelganini eslolmasligini ma’lum qildi. -Bizda yana bir kishi yetishmayapti,- hali ham boʻsh turgan koʻk stulga ishora qildi Nik. -Oʻzga sayyoraligimizning joyiku. Miloddan avvalgi nechadir milliardinchi yildan,- kuldi Sindiya. -Nega u yoʻq. Koʻk eshik ochildi. Ichkaridan hech kim chiqmadi. -Balki, u koʻrinmasdir. -Yoki Marsdan hali yetib kelmagan. -Axir, bu zamonlararo partal. Bunda kechikish boʻlmaydi. -Eslatib oʻtaman, tushlik tugaguncha sardor saylashingiz kerak. Aks holda oʻzim tayinlayman,- karnaydan kuratorning ovozi yangradi. -Men bu yerda hech kimni tanimayman, hech kimga ishonmayman ham. Lekin, sardor qilsangiz jamoaning har bir a’zosi uchun harakat qilaman. Qarshi boʻlsangiz e’tirozim yoʻq,- soʻngi gapini aytdi Dilbar. 47 -Yaxshisi demakratik yoʻl bilan hal qilaylik. Sardorlikka istovchilar nomzodini qoʻysin va qolganlar ovoz beradi,- Ariananing bu taklifi hammaga boʻlmasa ham koʻpchilikka yoqdi. Nomzodlar: Dilara, Samuel, Dilbar, Kiara, Hanter, Ariana. -Ha, erkaklar, qoʻrqyapsizlarmi? Qoyil, nomzodlardan 4 ta qiz, 2 ta yigit. Bunaqada bizda matriarxat jamiyati boʻlib ketadiku,- kuldi Sindiya. -Anok hali yosh bola hisob, Irrodek indamas odamdan sardor chiqmasligi aniq. Nikolas esa menimcha masuliyatdan qoʻrqadi, shundaymi?- soʻradi Dilara. -Yoʻq, baribir men sardor boʻla olmasligimni bilganim uchun bekorga oʻzimni ovora qilish niyatim yoʻq. Men hakam boʻlaman. Olovrang oʻyinchi, Dilara Alekseyevnaga kim ovoz beradi? Sindiya va Anok qoʻllarini koʻtardi. -Demak, Dilara ikkita ovoz. Keyingi sariq oʻyinchi Samuel Vaytga ovoz yigʻamiz. Bu safar Irro qoʻl koʻtardi. Uni koʻrgach Anok ham Semga ovoz berdi. -Yaxshi, yana ikkita ovoz. Qizil oʻyinchi Dilbar Karimovaga… Sindiya, Anok va Nikolasning oʻzi qoʻl koʻtardi. -Siyohrang oʻyinchiga esa… Sindiya. -Oʻzi siz qoʻlingizni saylov oxirigacha tushirmasangiz ham boʻlar ekan. Deyarli hammaga ovoz beryapsiz,- kuldi Nik. Keyin yana davom etdi. Kumush oʻyinchi Hanter O’Ryanga… Faqat Ariana qoʻl koʻtardi. Nega qoʻlini yuqori qilganini bilmay, huddi bu beixtiyor boʻlgandek tez qoʻlini tushirdi. -Oltin oʻyinchi Ariana Millerga… Sindiya, Samuel, Anok, Dilara, va Nikolasning oʻzi qoʻl koʻtardi. 48 -Bekorga oltin oʻyinchi boʻlmasangiz kerak. Oʻylaymanki sardorlik qoʻlingizdan keladi. Agar… -Nikolas sening koʻzlaring… Ular yashildan qora tusga oʻzgaryapti. Sochlaring ham oqdan qoraya boshladi,- Ariana Nikning gapini boʻldi. -Men… Men…,- Nikolasning qulogʻiga soatning baland chiqillagan tovushi eshitildi, koʻz oldi xiralashib zulmatga aylandi. Koʻzlarini ochganida esa oʻz xonasida edi. -Nima? Bu tushmidi? (izoh: agar #Tasavvurlarimdagi_olam hikoyasini oʻqimagan boʻlsangiz hozir nima boʻlganiga tushunmaganingiz aniq. Bu Nikolasning ikkinchi yarmi Viktor bilan birlashish jarayoni boʻlib, uning ikkinchi yarmi oʻz zamonida qolgani uchun birlashish sodir boʻlganida Nikolas ham oʻyindan chiqib 2022- yilga qayta oladi, toki ruhlar qayta ajralmaguncha.) (2078-yil. Iyul oyi.) -Tabriklayman janob Rayan. Qiz farzand muborak boʻlsin. Hanterning yuzida tabassum paydo boʻldi, soʻng biroz havotirga oʻrin almashdi: -Jasur qizchamning ahvoli yaxshimi, yoniga kirsam boʻladimi? -Hozir emas, biroz kuting. Yaxshisi elektron hujjatlarni toʻldirib turganingiz ma’qul. Oʻylaymanki qizingizga allaqachon ism oʻylab qoʻygansizlar. Agar mos variantingiz boʻlmasa u tugʻilgan oy iyul (July ) oyi nomiga atab Juliya ismini qoʻysangiz ham juda chiroyli jaranglaydi. -Uning ismi….. July… Juliya… Bu taqdirida bor edi. -Juliya Rayan. Singlim boʻladimi shunda,- Alekseyning ovozini eshitib Hanter ortiga oʻgirildi. 49 -Qachon kelding? Maktabda boʻlishing kerakmasmidi? -Maktab bilimlarini olib boʻlganimga 5 yil boʻlyapti. Finn Uilson ketganidan beri shunaqangi zerikib ketdimki… -Mayli, uyda gaplashamiz. Bu yerda shovqin mumkin emas. -Hali, meni urshmoqchimidingiz? -Hada, qoidalarimni buzyapsan. 10 yoshga kirganing katta boʻlding, istaganingni qilishing mumkin degani emas. -Lekin, men shunchaki Juliyani koʻrish uchun kelgan edim. Boʻlajak Emeraldni. -Yoʻq, bu safar u Emerald boʻlmaydi. U Juliya Rayan boʻladi… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [9-qism] BIRINCHI BOSQICH: “MARSLIKNI TOP!” (2022) Derazaning taqillashi Nikning hayolini buzdi. Qarasa oʻsha buloq yonida koʻrgan qanotlari qora oʻzi qizil qushcha ichkariga kirmoqchi boʻlib oʻzini oynaga urardi. Darhol borib derazani ochdi, qush ichkariga uchib kirdi. Kirishi bilan qiyofasini oʻzgartirib odamga aylandi. U qora soch va koʻk koʻz, qanotlari ham huddi qargʻa qanotlaridek qop-qora, toʻq qizil rangli kamzul kiygan, juda bejirim qilichi ham bor edi.Yuz ifodasi jiddiy boʻlsa ham gapirishidan sal miyasi aynigandek tuyilardi. U hadeb bitta gapni takrorlardi: 50 -Voy bechora qanotlarim, tamom boʻldi, voy bechora patlarim, yoʻlda qanchasi toʻkildi, derazangizga urilib bechora boshim yorilay dedi. Menimcha bu faqat oʻzini yaxshi koʻradigan oliftalardan boʻlsa kerak oʻyladi Nik. -Viktor daxshatdan ogʻzi ochilib qolgan boʻlardi, men esa bunday gʻaroyibotlarga oʻrganib qoldim,- pichirladi yigit. “Qushcha” esa yana tinmay gapirishni davom etdi: -Salomlar boʻlsin sizlarga janoblar, qani Nikkinam men bilan yuringchi, sizni olib ketgani keldim. -Nega janoblar? Axir bir kishimanku,- hayron boʻldi Nik. -Ortingizga qarang, yana ajralish sodir boʻlsayu, siz hatto sezmaysiz ham. Nikolas ortiga qaraganida hayratdan ogʻzi ochilib ularga qarab turgan haqiqiy oʻzini ya’ni Viktorni koʻrdiyu hali oʻzi ham unchalik tushunmagan boʻlsada vaziyatni unga ya’ni oʻziga tushuntirishga harakat qildi. -Haa mayli, demak, oʻrtada turing, siz esa janob qora soch, vau sizning ham sochlaringiz menikiden tim qora ekan, biram goʻzal rangki, boʻldi chalgʻib ketdim, biz Nik bilan ketamiz, siz esa qolasiz, aytgancha ismimga qiziqayotgan boʻlsangiz ismim Paki, kulmang, oʻzi shunaqa, chiroyli ism, ajoyib jaranglaydi, ishonmasangiz aytib koʻring, Paki, Paki, Paaakiiii…Voy yana chalgʻib ketibman …. U shunchalar tez, shunchalar koʻp gapirar ediki hamma gaplarini eslab qolish mushkul. Paki juda tez harakat qilib yerga qilichi bilan aylana chizdi va Nikolasni aylana ichiga itardi, oʻzi ham aylana ichiga kirib qilichini yerga urdi va qorongʻulik. -Hey menchi,- Nikning ikkinchi yarmi boʻlmish Viktor esa baqirgancha qolib ketdi. (2097-yil. Markaziy aylana zal.) 51 -Paki eltuv xizmati, tez va qulay. Muhumi bus-butun. Joʻnatma yetkazildi azizlar. Ishim tugadi, endi ketsam, - Paki yana qilichi bilan yerga aylana chizib tez gʻoyib boʻldi. -Nimalar boʻlayotganiga kimdir tushunyaptimi,- Nikolasning turishiga yordamlashar ekan soʻradi Samuel. -Menimcha u ham kurator kabi oʻyin egasiga xizmat qiladi. -Toʻgʻri, Paki, Nikolasni oʻyinga qaytarish vazifasini bajaradi. Oʻyinga Viktorning faqat yarmi olingani uchun har safar ular birlashganda Nikolas oʻz zamoni, oʻz makoniga qaytadi. Paki esa shunday vaziyatda bizga yordam beradi. Sardorni tanlab boʻlgan boʻlsangiz tezroq ovqatlanib olishni maslaxat beraman. Chunki och yurish smartletdagi tana energiyangiz tushib ketishiga va 0 ga yetganda oʻlimingizga sabab boʻladi. Shu bilan kechki ovqat payti koʻrishasizlar va oʻshanda birinchi shart qoidalari bilan tanishtiraman,- kuratorning ovozi tingach, Anok ovqatlanishni boshlab berdi. -Bizda odob-axloq qoidalari, dasturxonga birinchi kattalar qoʻl choʻzishi kerak degan narsalar boʻlar edi,- gapirdi Dilbar,- lekin bu yerdagi har bir oʻyinchining oʻz madaniyati borga oʻxshaydi. -Sardor boʻlgim kelmay qoldi, - past ovozda oʻziga-oʻzi dedi Ariana. -Lekin, vos kechma. Agar kunimiz anovi chandiqli qotil, yoki bironta ona suti ogʻzidan ketmagan bolakayga qolsa tamommiz. Istasang oʻzim yordam berib turaman,- Ariananing yonidagi olovrang stulda oʻtirgan Dilara samimiy jilmayib qoʻydi. -Oʻylashimcha qizil oʻyinchidan yxshiroq sardor chiqar edi. Yoshi ham kattaroq ekan. -Lekin yaxshilab e’tibor bersang, uning hozirgi axvoli sardorlikka mos kelmaydi. Ariana Dilbarga qaradi. Rostdan oʻzini kuchli va irodali koʻrsatishga urinayotgan boʻlsa ham yuzida allanechuk qaygʻu, alam, qasos va yana 52 qandaydir tuygʻular qorishib ketgan. Keyin yana hayoli qarshisidagi kumush oʻyinchiga koʻchdi. -Demak, Hanter O’Ryan. Mening boʻlajak qotilim… Hanter ham oltin oʻyinchi oʻzi tomon qarayotganini sezdi shekilli goʻsht maydalash uchun ishlatiladigan pichoqni qoʻlida aylantirgancha oʻyladi: -Demak, Ariana Miller bizga sardor boʻlar ekanda. Jasur qizcha ekan. Yoki oʻlgisi kelayapti… Tushlikdan soʻng oʻz xonalariga qaytib, orada zerikish bilan oʻtgan yetti soatdan soʻng yana markaziy zal eshiklari ochildi. -Qachongacha qamoqda yashagandek toʻrt devor orasida oʻtiramiz. Men boshqacha tasavvur qilgan edim,- noliy boshladi Anok. -Bugun oʻsha qamoqdek xonalaringizda mazza qilib yashab qoling. Ertandan oʻyin boshlanadi va hammasi oʻzgaradi. Bu yangilikni hozir aytmoqchi emasdimu, lekin, mayli aytaqolay. Hullas, narsalaringizni yigʻishtirib qoʻyavering, ertaga ikki kishilik xonalarga koʻchasizlar. -Qanday yaxshi, bir oʻzim zerikib ketgan edim,- jilmaydi Sindiya. -Eng muhim xabar esa ertaga tongda 1-bosqich boshlanadi. Nomi “Marslikni top!” Ajratilgan vaqt bir kun. Boshlanish vaqti 02.01.2097, 08:00 tugash vaqti 03.01.2097. 08:00. Bir soniya oʻtib ketsa ham yutqazasiz va barcha oʻladi. -Shuning uchun koʻk oʻyinchi hali ham koʻrinish bermabdida,- oʻyladi Kiara. Garchi texnikalarga tushunishi qiyin boʻlsa ham tez oʻrgana boshlagan malika smartletidan Zesning malumotlarini qayta oʻrganib chiqdi. -Ertaga juft-juft boʻlib joylashar ekanmiz, hozir kelishib olganimiz yaxshi. Hamma oʻziga sherik tanlasa boʻlar edi,- gap boshladi Dilara. 53 -Oʻyinchilar soni 11 ta, bir kishi baribir yolgʻiz qoladi va oʻsha men,- Hanter yolgʻiz turish imkonini qoʻldan chiqarmaslik uchun birinchi boʻlib tanladi. -Yoʻq, bizda 5 ta qiz, 6 ta yigit bor. Qizlardan biri sheriksiz qolib ketadi. Menimcha oʻsha qiz bir kishilik xonada qolgani yaxshi,- tushuntirdi Dilbar. -Bu bilan mening ishim yoʻq. Kerak boʻlsa oʻziga qanday qilib boʻlsa ham sherik topsin,- Hanter qarori qat’iy ekanligini bildirib oʻtdi. -Men Ariana bilan,- Dilara Arianaga qarab jilmayib qoʻydi. -Sindiya ediya isming. Kel, ikkimiz sherik boʻlamiz,- Kiara Dilbarning yonidan kulib oʻtib ketib Sindining yoniga bordi. Tushlik vaqtidayoq Dilbar va Kiara oʻrtasida koʻrinmas adovat paydo boʻlishga ulgurgan edi. -Yaxshi, men unda bolakayni oʻz himoyamga olaman,- Anokka qaradi Dilbar. -Qarshi emasman,- Anok rozi boʻlsa ham ich-ichidan Irro bilan birga yashashni istayotgani sezilib turardi. -Sheriklikka nima deysan Sem,- Nikolas Samuelga yuzlandi. -Yaxshi fikr, faqat tushlik vaqtidagidek birdan yoʻqolib va yana toʻsatdan paydo boʻlib qoʻrqitmasangiz,- hazil qildi Sem. -Irroga esa sheriklikka Zes qoldi. Yaxshi tomoni Zes marslik boʻlsa va tilimizni tushunmasa ham Irro bilan yashash unga muammo boʻlmaydi. Chunki Irro hali deyarli hech narsa demadi,- atayin kesatib oʻtdi Nik. Lekin, hatto shu gapdan keyin ham Irro eshitmaganga olib indamay oʻtiraverdi. -July, birinchi bosqichni qiyin qilib yubormadingmi? Boshlanishiga oddiy shartlardan boshlaganing yaxshimidi?- Stiv aloqa vositasidan Juliyaga gapirdi. -Chalgʻitmay turing. Zesni yana yoʻqotib qoʻydim. 54 -Hatto sen topishga qiynalyapsan, yana oʻyinchilarga birinchi shartga qoʻyib qoʻyganingni qara. Shunchalik ham vaxshiy boʻlasanmi? Hammasi yutqazadi. -Yoʻq, ularda hozirning oʻzida Zesni topishga imkonlari yetarli. Agar chalgʻitmaganingizda men ham Zesni koʻzdan qochirmasdim. Undan koʻra Dilaraga bugungi vaksinasini bering. -Yaxshi, lekin Zes… -Boʻldi topdim… Aloqa uzildi. Stiv seyfdan kichkina, ichidagi suyuqligi koʻkish rangda tovlanayotgan shishachalardan birini olib olovrang xonaga yoʻl oldi. (2096) -Salom, Angela. -Siz… Oʻsha kuni koʻrgan edim. Janob Rayanning yonida. -Alfred Miller. Alfa deb atashing ham mumkin. -Siz ham Millerlardanmisiz. Meni qanday topganingizga endi ajablanmayman. Faqat “oʻgʻri koʻzlar”ni soʻramang. Oʻzimga ham kerak emas bu la’natlangan qobilyat. Shuni deb uydan yiroqdaman, yashirinib yurishimga toʻgʻri kelyapti. -Menga “oʻgʻri koʻzlar” kerak. -Axir aytdimku… -Jim… Bu Juliyani ya’ni Emeraldni toʻxtatish uchun. -Oʻgʻri koʻzlarni Gans vaqt bilan muhrlagan. Baribir tortib ololmaysiz. -Tortib olmayman. Sheriklik taklif qilmoqchiman. Antiemerald jamoasiga qoʻshilasanmi? -Emeraldga qarshi jamoami? 55 -Ha. Hozircha men, Kil, Sem va sen. Sardorimiz Aleksey Novikov. Yana eski tarkibdagi, ya’ni 24 kishilik jamoaning keyingi avlodini ham taklif qilamiz. Uilson, Gelbero, Breyn va boshqalarning farzandlarini. Ota-onalarimizga aytish shart emas deb hisobladik. Ular vaziyatni ogʻirlashtiradi halos. -Muammo ortidan muammo orttiryapmiz deng. Bundan bir ish chiqmaydi. Hatto ota-onalarimiz qobilyatlari bilan ham Emeraldni yenga olmas edi. -Lekin, Juliya hali Emerald boʻlgani yoʻq. Bu boshqa makon. Boshqa zamon. -Oʻgʻri koʻzlar shunchalik kerakmi? -Ha, axir boshqa oʻyinchilarga qobilyat oʻtkazib berish uchun eng yaxshi usul oʻgʻri koʻzlar. -Mayli, faqat, ukam uchun rozi boʻlaman. Semni sizlarga oʻxshagan, hmmmm, gʻalatiroq odamlar orasida yolgʻiz qoldira olmayman. -Yaxshi, ikkala Vaytlar ham qoʻshildi, O’Ryan ham, endi Uilsonni topish kerak… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [10-qism] JULIYANING OʻYINI. (2086-yil. Buyuk Britaniya) -Bilasanmi, Kil, nima uchun dadam senga bunday ism qoʻygan,- zumrad koʻzlari bilan olti yoshli ukasini devorga siqib bosim bilan boʻgʻib turarkan yoshiga mos boʻlmagan jiddiylik bilan soʻradi Juliya. 56 Kil boʻgʻilib turgani uchun tabiiyki javob bera olmas edi. -Kill- oʻldirmoq degani. Sen esa ismingga mos boʻlmayapsan. Qani uni oʻldir, aks holda oʻzim seni oʻldiraman,- Juliya Kilni siquvdan ozod qilib kichkina kulrang sichqonni stol ustiga qoʻydi. -Yoʻq, istamayman. U hech qanday yomon ish qilmadiku,- Kilning sichqonga rahmi keldi. -Hech narsa qilmadi deysanmi? U senga hech narsa qilmagan boʻlishi mumkin, lekin mening “Emerald Millerlar tarixi” kitobimning 26 ta sahifasini kemirib chiqqan. -Aynan shu kemirganini qayoqdan bilasiz. Balki, boshqasidir. Yana, nega aynan men oʻldirishim kerak. Oʻzingizchi? -Men mayda jonzotlarga qoʻlimni bulgʻab oʻtirmayman. Sichqonni oʻldirish mening ishim emas. Lekin, uni oʻldirmasang, ukam ekanligingga ham qarab oʻtirmayman. Oilamiz shanini yerga uradigan qoʻrqoq boʻlib ulgʻaymoqchi emasdirsan. Dadamiz qotil boʻlganligidan xabaring bormi oʻzi. Oyimga oʻxshamaganingku mayli, hech boʻlmasa dadamga oʻxsha Kil Rayan. -Sizdagi koʻzlar va qobilyatlar qudrat emas, bekorga Millerlar unutilmagan,- Kil sichqonchani ushlab yerga qoʻyib yubordi. -Endi oʻzingdan koʻr. Seni jazolash kerak. Lekin,- Juliyaning koʻzlari biroz yorqinlashdi,- hozir kimdir eshigimiz yonida turibdi. Linzada. Linzalar ostida esa…,- Juliyada mamnuniyat paydo boʻldi,- linzalar ostida zumrad koʻzlar. -Salom, janob Miller. -Miller ekanligimni qayerdan bilding? Adashmasam hali sakkiz yoshdasan. Qobilyatlaring shunchalik erta rivojlanayaptimi?- qora kiyimdagi 30 yoshlar atrofida koʻrinadigan, koʻzlariga moviy linza taqqan kishi Juliya ochgan eshikdan ichkariga kirib uyni koʻzdan kechirdi. 57 -Begonalarni uyga kirgozish mumkin emas ediku,- qorasoch va opasidan farqli ravishda tim qora koʻzli bolakayni koʻrib mehmon jilmayib qoʻydi: -Sen, Hanterga oʻxshar ekansan. Ariana qiziqda, hatto oʻgʻli borligini ham aytmagan. Juliyaniku oʻzim surushtirib zoʻrgʻa bilib olgan edim. -Kimsiz oʻzi?- Kil boyagi rahmdilligini yoʻqotib qat’iyatli nigohlarini begonaga qadadi. -U Miller. Uyga kirgizishim uchun shuning oʻzi yetadi,- mehmonning oʻrniga javob berdi Juliya. -Ha, Millerman va sizlarning bobongiz ham. Ariana bu haqida aytmagan ham boʻlsa kerak. -Devid Millermi? Tanishganimdan hursandman. Siz haqingizda akamdan eshitgandim,- Juliya Devidga qoʻlini choʻzdi. -Akang? Men bilmaydigan yana nechta aka-singillaringiz bor hayronman. -Akam, tugʻishgan akam emas. Aleksey Novikov. Lekin, tugʻishgan ukam Kildan koʻra yaxshiroq,- Juliya Kilga koʻz qiri bilan qarab tishini gʻichirlatib qoʻydi. -Kichkina dahochami? Uni ohirgi marta 6 yoshida, hozirgi Kil bilan tengligida koʻrgan edim. Oradan qancha yillar oʻtdi. 12 yil. Demak, 18 dan ham oshgan boʻlsa kerak,- devordagi portretlarni tomosha qilib gapirdi Devid. -Ha. Avvallari biz bilan yashar edi. Hozir mustaqil, oʻz uyi, oʻz biznesi bor. Oʻzingizda nima gaplar? Amerikadan Buyuk Britaniyaga bekorga uchib kelmagandirsiz? Ayniqsa oyim bilan 12 yildan beri koʻrishmaganingizni hisobga olsa. Koʻrinishingizdan hatto oyimdan ham yosh koʻrinasiz lekin, bobojon,- kuldi Juliya. -Klon boʻlishning bitta yaxshi tomoni shu. Baribir ichimdan qarib boryapman. Arianaga muhim gapim bor edi. Ota-onangiz qachon ishdan qaytadi? -Oyim tushlik payti kelib-ketadi, dadam esa juda kech qaytadi. Hatto dam olish kunlari ham ishlashini hisobga olsam menimcha ular agentlikka 58 ishlashsa kerak. Ana, oyim eshikni ochyapti,- koʻzlari biroz yorqinlashib oʻchgach qoʻshib qoʻydi Juliya. -Necha yoshingdan beri bu qobilyatingni ishlatasan? Ya’ni “kuzatuvchi koʻzlar” ni. Odatda bu qobilyat Millerlarda 16-17 yoshlarida ochilar edi. Sen esa bunga hali juda yoshlik qilasan. Juliya javob berishga ulgurmasidan Ariana kirib keldi. -Devid Miller? Manzilimni qanday topdingiz? -Dada desang ham boʻlar edi. Ha, mayli, ayb oʻzimda edi. -Juliya sen doʻkonga borib kel. Yoʻlda ishkal chiqarma,- Ariana qiziga karta berib uydan chiqarib yubormoqchi boʻldi. -Doʻkondan nima olib kelay? Aytmadingizku? -Haaa, dadangning qora qahvasi tugagan edi shekilli. Aynan oʻshandan topib kel, boshqasi boʻlmaydi. -Juda uzoqdaku. Erinyapman. Kil borsachi? -U hali kichkina. Yoʻlni bilmaydi,- Ariana Juliyani eshikdan chiqarib qoʻydi. -Hoʻsh. Gap Juliya haqidami? Koʻrib turganingizdek u yaxshi qiz boʻlib ulgʻayyapti. Hali hech kimni oʻldirgani yoʻq. Amakimga yetkazib qoʻying, bu safar u Emerald boʻlmaydi. -Gap ham Juliya haqida emas, Robert haqida edi, Ariana. Chuqur qaygʻu bilan shuni ma’lum qilamanki, amaking kecha olamdan oʻtdi. -Nima?- Ariana oʻzi kutmagan xabarni eshitib qotib qoldi,- Robert Miller oʻldi? Axir u, eng kuchli Miller ediku. Qarilikdan ham hali oʻlmasligi kerak edi. Hech kim unga teng kela olmas edi… -Lekin, uni oʻldirishgan… Undan kuchli faqat Emerald… -Juliya hali sakkiz yosh. Masofa ham juda uzoq. U hech kimni oʻldirmaydi. 59 -Albatta hozirgi Juliya emas, kelajakdan qaytgani boʻlishi mumkin. Qizingning qobilyatini koʻrdim. U hozirdanoq juda kuchli… -Men, kelajakdan… Qiziq,- oʻzining uydan chiqarib yuborilganligi bekorga emasligini bilgan Juliya doʻkonga ketmay tashqaridan qobilyati yordamida suhbatni eshitib turardi. (2096-yil. AQSh) -Juliyadan hali ham darak yoʻqmi?- Hanter uyga kirib kelishi bilan soʻradi Ariana. -Afsuski, yoʻq. Lekin, agar hali boshqa zamonga oʻtib ketmagan boʻlsa, topamiz. Lekin, Stiv ham yoʻqolganini hisobga olsak, biz kechikdik. -Juliya nega bunday boʻlib qolyapti. Axir harakat qildikku. Yoki, men yaxshi ona boʻlmaganman. Onasiz oʻsganim uchun ona mehrini qanday berishni ham bilmaganman. Men aybdorman. Uni toʻgʻri tarbiyalashim kerak edi. Aytganingizdek, ishimni tashlab uyda oʻtirishim kerak edi,- Ariananing koʻzlari namlana boshladi. -Hey, jasur qizcham. Senda ayb yoʻqku. Shunday boʻlishini bilar edikku. Faqat, oʻzgartirishga harakat qildik. Balki, Aleksey haqdir. Emerald boʻlmaganida seni topolmasdim. Agar u yana oʻtmishga qaytib, yana oʻyinni oʻtkazsa… -Lekin, unda oʻgʻri koʻzlar yoʻq. Bu safar vaqtni oʻgʻirlamagan. Stiv bilan bitim tuzgan. Bu safar hammasi oʻzgarib ketsachi. Hammasini avvalgidan ham yomonroq qilgan boʻlsakchi? -Yoʻq, biz qoʻlimizdan kelganini qildik. Aytgancha Kil koʻrinmaydi. Uni uyga boshliq qilib qoldirgandim. 60 -Kil? Ha, u qayerda? Jin ursin. Juliya haqida oʻylab Kilni unutib qoʻyibman. Alfred bilan edi adashmasam. -Alfred telefonga javob bermayapti. U ham nimanidir boshlayapti menimcha. Bu yoshlarga tushunmayman, tinchgina oʻtirolmaydi…,- Hanter yana asabiylashib xona boʻylab yura boshladi,- Vaytlarnika borib kelaman. Sen esa… -Koʻz-quloq boʻlishim kerak boʻlgan Juliya ham Kil ham uyda emas. -Unda birga boramiz. (Uilson xonadoni.) -Salom missis Uilson. Men Angela Vaytman. Daniel va Iona Vaytlarning qizi. -Ooo, Angela. Vaytlar koʻrinmay ketgan edi. Adashmasam qariya ham Vaytlar bilan muammo chiqqani uchun ketgan. Sen esa bu yerdasan. -Qariya? Finn Uilsonmi? -Hada. Qani ichkariga kir. Oxirgi 22 yil qanday oʻtdi? Shu vaqt ichidaVaytlar ham O’Rryanlar ham yer yutgandek jim, xabar olay ham deyishmaydi. Biz xabar olmoqchi boʻlsak na manzilini, na telefon raqamini bilamiz. Gelberogina sal insof kirib toʻyga chaqirdi. Sirelis Angelani choyga taklif qildi. -Shunday qilib, sizlarda qanday yangiliklar? Uka-singillaring ham bormi? -Ukam bor, Samuel, 17 yoshda. Oramizda singlim ham bor edi…. Mendan ikki yosh kichik… Samanta… -…. -Olti yil oldin, 13 yoshida… qon rakidan vafot etgan… 61 -Afsusdaman… Danielning kasalligi oʻgʻri koʻzlar sabab tuzalgan boʻlsa ham genida qolgan ekanda…. -Hechqisi yoʻq. Koʻnikib ketganmiz,- Angel teskari qarab yoshini artib qoʻydida, jilmayib davom etdi,- oʻzlaringizda nima yangiliklar? -Bizda doimgidek. Aytgancha, oʻsha doimgidek qandayligini bilmaysanku,- kayfiyatni biroz koʻtarmoqchi boʻldi. -Sa…lom…,- eshikdan kirib kelgan yigit, Angelani koʻrib biroz duduqlanib qoldi. -Ha, mana, tanish, Tomas Uilson, Finn uchun esa Tomas Edison. -Haa, tanishganimdan hursandman Tomas Edison – lampochka ixtirochisi ediya adashmasan,- kuldi Angela,- men fanga unchalik qiziqmayman, qoʻshiqchiman. Angela Vayt,- Angela oʻrnidan turib Tomosning yoniga bordida salomlashish uchun qoʻl uzatdi. Tomas esa qoʻlidagi kitobni maxkamroq siqqancha biroz ortga yurib yana duduqlangancha past ovozda gapirdi: -Men… ham … hur… sandman… Hayr. Yigit deyarli yugurib zinalardan ikkinchi qavatdagi xonasiga chiqib ketdi. -E’tibor berma, unda qizlarga nisbatan fobiya bor. Hatto onasi boʻlsam ham ba’zida mening yonimda ham shunday duduqlanib qoladi. Otasiga oʻxshagan kitoblarni sevuvchilar xilidan. -Haaa, koʻrinib turibdi. Oʻrnimga Sem kelsa boʻlar ekan,- pichirladi Angela. -Nimadir degandek boʻldingmi? -Immmm… Haligi…. Bizga oʻyinchi kerak…. Eski jamoa avlodlari degandek…. Lekin Tomasda fobiya bor ekan, singlisi yoki ukasi ham boʻlaveradi… -Tomas yolgʻiz farzand. Va uni ham oʻyinga joʻnatish niyatim yoʻq,- Sirelisning qiyofasi jiddiylasha boshladi. 62 -Sizni ham tushunaman. Biz barchamiz, men, ukam, Mariya Novikovaning oʻgʻli Aleksey Novikov, O’Ryanlardan Juliyaning ukasi Kil Rayan, Patrik Millerning oʻgʻli Alfred Miller, yana boshqalar, barchamiz Emeraldga qarshi yana bir bor oʻynamoqchimiz. Bizning ham ota-onamiz rozi boʻlishmas edi. Hatto ularga aytmaganmiz ham… -Emeraldga qarshi oʻyin qurbonlarsiz boʻlmaydi, Angela. Men buni shunday qoldira olmayman,- Sirelis endi kimgadir telefon qilmoqchi edi Alfredning qobilyati sabab hushidan ketdi. -Aytgandimku, ota-onalarga tushuntirib boʻlmaydi. Tomasning oʻzi bilan gaplashish kerak,- Alfred eshikdan kirib kelib toʻgʻri ikkinchi qavatga koʻtarildi. -Tomas. Javonga kitoblarni taxlayotgan yigit Alfred tomonga oʻgirildi: -Salom. Biz tanishmizmi? -Endi tanishamiz. Men Alfred Millerman. Millerlar haqida aytib berishganmi? -Yoʻq, lekin oʻzim ma’lumot toʻplaganman. -Unda yaxshi, ishim osonlashdi. Oʻyin haqida ham bilsang kerak. -Ozgina ma’lumotim bor. 2074-yilda tugatilgan Millerlarning “99 bosqich” oʻyinini aytayotgan boʻlsang agar. -Ha. Oʻyinda ishtirok etgan boʻlarmiding. -Agar…. Qizlar boʻlmasa… Pastda bir qizni koʻrgandim. -Hozircha jamoada faqat bitta qiz bor. Qoʻrqsang, u sendan uzoqroq yurishini ta’minlayman. Tomasning biroz jaxli chiqdi. -Bu qoʻrquv emas, fobiya. -Fobiya ham qoʻrquv degani. 63 -Lekin, fobiya kasallik, qoʻrquv esa boshqa narsa. -Gapni koʻpaytirmaylik. Rozimisan. -Faqat, jamoaga boshqa qiz olmaymiz. Iloji boʻlsa uni ham chiqarib yuboraylik. -Yoʻq, Angelada eng kerakli qobilyat bor. Boshqa qiz olmaslikka va’da bermayman-u, harakat qilaman. -Unda roziman. (2097-yil. Oʻyin.) -Bittangizga qobilyatim kerak, bittangizga ovunchoq. Mening oʻzim kimga kerakman? -Endi menga kerak emassan, boʻlajak murda… Karnaydan yangragan budilnik tovushi Arianani uygʻotib yubordi. -Bunaqa be’mani ovozlar qachondan tushimga kiradigan boʻlib qoldi,- Ariana boshini qashlagancha smartletdagi soatga qaradi. 7:00. Nonushta va 8:00 da birinchi bosqich boshlanadi. Nonushta kechagidan ancha tinch oʻtdi. Noodatiy hech narsa boʻlgani yoʻq. Janjal ham yoʻq. Bu tinchlik hatto shubhali edi. -Qadrli oʻyinchilar. Nonushta qilib boʻlgan boʻlsangiz barchangizni birinchi bosqichga – koʻk oʻyinchining xonasiga taklif qilaman. Qoidalar oddiy: bir kun ichida marslikni topasiz va bilaguzugini taqib qoʻyishingiz kerak. Koʻk smartlet koʻk oʻyinchining xonasida turibdi. Qani barcha oʻsha xonaga kirsinchi. 64 Bir kishi uchun moʻljallangan xonaga birdaniga oʻn kishi kirganiga biroz tirbandlik boʻlib qoldi. Hamma kirgach birdan eshik yopilib chiroqlar oʻchdi. -Bu nima qilganingiz. Oʻzi katakdek xonaga 10 kishini qamab, yana hali umrimizda koʻrmagan oʻzga sayyoralikni qorongʻuda topishimiz kerakmi? Kuratordan javob kelmadi. -Jin ursin. Zes deganlari oʻzi odamga oʻxshaydimi? Yoki chumolidek maydami, yoki koʻrinmas. Har holda xonaga kirganimizda hech kim yoʻq edi. Aay, oyogʻimni kimdir bosdi,- baqirdi Ariana. Smartletini yoqib xira nurida yonginasida turgan chandiqli yuzni koʻrib qoʻrqqanidan battar baqirib yubordi. -Joningdan toʻyganmisan, “boʻlajak murda”. Nega oyogʻim tagida oʻralashasan? -Boʻlajak murda… Menmi? Huddi… -Ha, sen. Menimcha bu yerda oʻldiradigan birinchi qurbonim sen boʻlasan Miller. Lekin, eshitishimcha Robert Millerning jiyani Arianada qobilyat yoʻq emish. Menga esa sendek ojizalarni oʻldirish sharmandalik. -Ariana qayerdasan, men koʻk smartletni topdim,- qorongʻu xonaning qaysidir burchagidan Dilaraning ovozi eshitildi. -Barcha smartletlarini yoqsa yaxshi boʻlarmidi. -Menga qorongʻulik yoqayapti,- kuldi Anok. -Endi, senga yoqishi uchun 1-bosqichdayoq oʻlib ketaylikmi,- Dilbar smartletini yoqib qoʻlini yuqori koʻtardi. Boshqalar ham shu ishni takrorladi. Oʻnta smartlet yulduzlar kabi yuqorida porlab turganidan xona ancha yorqinlashdi. -Endichi, endi nima qilamiz? -Buni sen bilasanda, sardor,- kesatibroq gapirdi Hanter. -Koʻk smartletni beringchi… 65 Ariana nimqorongʻuda turtinib zoʻrgʻa Dilaraning yonigacha yetib bordi. Bilaguzukni olib yoqib koʻrganida “sardor tekshiruvi” yozuvi chiqdi. -Menimcha faqat sardorning barmoq iziga ochiladi,- Dilara smartletining nurini Arianaga toʻgʻirlab gapirdi. -Balki,- Ariana aylana bilan belgilangan joyga koʻrsatgich barmogʻini tekkazishi bilan hamma narsa chalkashib ketgandek boʻldi. Huddi ular girdobga tushib qolgan-u, xona oʻyinchilarni yutib yuborayotgandek. Nafas olish ham qiyinlashib, tortishish kuchi ham oʻzgargandek edi. Boshlari aylanib ketgan oʻyinchilar birin-ketin qumli yerga yiqilishganidan atrofni qizil chang qopladi. Nafas yoʻllariga tiqilgan chang sabab yoʻtalgancha gandiraklab oʻrnidan turgan Ariana tarqalib borayotgan qizil chang toʻzoni ortidan koʻrgan manzarasi sabab, yoki bosim oʻzgarganidanmi yana boshi aylanib qumga quladi. #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [11-qism] 100-B. -Aleksey Novikov? -Ha, men. Darrov taniding-a, Oliver. Koʻrishmaganimizga ham ancha boʻlibdi. -Naqd 22 yil. Oʻshanda qandaydir oʻyin boʻyicha ikkalamiz garovga olingan edik. Keyin seni oʻyinga olib ketishdi, men esa yolgʻiz, dadasini kutib oʻtirgan bolakayligimcha qolgan edim. -Sen, atiga 4 yosh eding. -Yoʻq, toʻrt yarim yosh,- toʻgʻirladi Oliver. 66 -Muhumi, hammasi yaxshilik bilan tugadiku. -Sendan bu gapni eshitish gʻalati… Chunki oʻsha oʻyinda onangdan ajralgan eding adashmasam. -Onamdan uch yoshimda ajrab boʻlgan edim. Balki, shuning uchundir, uning yana bir bor oʻlimi meni tashvishga solmadi. Yoki men toshbagʻir boʻlib ketganman. Aytgancha, meni qanday taniding? -Sening koʻzlaring boshqacha. Bolaligingda ham, hozir ham chuqur ma’noga toʻla nihohlarni koʻraman. -Qoʻysangchi, Oliver. Biram koʻngilchansangki. Ishlaring qalay oʻzi, oʻyinda ishtirok etishni istarmiding. -Yoʻq,- Oliver ortga tisarildi,- hol-ahvol soʻragandek oddiy aytishingnichi. Oʻyinda oʻlsam ham qatnashmayman. Chunki, bilaman… Juda yaxshi bilaman… Oʻz boshimdan oʻtkazganman… Dadam oʻyindaligida oilamiz qanday qiynalganini, onam qanday azob chekkanini, dadasini sogʻinib oy sanaydigan bolakay qanday boʻlishini juda yaxshi bilaman. Mening ham qizim bor. U ham men kabi dadasining qaytishini kutib tunlarini oyga tikilib bedor oʻtkazishini istamayman. Istamayman… Ket. Maqsading faqat shu boʻlsa koʻzimga koʻrinma. -Oliver, sen faqat oʻzingni oʻylama. -MEN OʻZIMNI OʻYLAGANIM YOʻQ!- baqirdi Oliver, soʻng past ovozda davom etdi,- mening baribir foydam tegmaydi. Men qila oladigan yagona ish oilam yonida boʻlish va ularni himoya qilish. -Oilangni himoya qilmoqchi boʻlsang bizga qoʻshil. Emerald yana qaytadi. Bu safar halqa uziladi. Zamon va makon chalkashib ketadi, buni tushunasanmi? Bu havf sening oilangni chetlab oʻtadi deb oʻylaysanmi? Jamoaga barcha oʻyinchilarning farzandlarini yigʻayapmiz. Hoʻsh Charli yaxshi oʻyinchi emasmidi? Dadangning ishonchini oqlamaysanmi? Oramizda yoshi kattalar sanoqli. Faqat sen va men desam ham boʻladi. Oʻzing qoʻshilib, yoshlarga bosh 67 boʻlish oʻrniga masuliyatdan qochasanmi? Sen ham Charlidek “koʻrinmas” odam boʻlib yashab oʻtib ketmoqchimisan? -Aqlli gaplaringni menga gapirma. Aleksey Oliverni yoqasidan oldi: -Yo oʻz ixtiyoring bilan qoʻshilib, oilangga qayerga ketayotganingni oʻzing tushuntirib ketasan, yoki oʻz-oʻzidan gʻoyib boʻlib qolgan odam singari ularni tashvishga qoʻyasan. Qaysi birini tanlaysan? Oliver chuqur xorsinib qoʻydi. -Qachon, oʻyin? -Keyingi yil boshida. -Oz qolibdi… -Vaqting yetarli. Agar oʻyinda halok boʻlgan taqdiringda ham… -Men halok boʻlmayman. Chunki uyda meni kutadigan oilam bor. Demakki, oʻlishga haqqim yoʻq… (01.01.2097. soat 01:10.) -Finn Uilson. -Juliya, oʻzing qaytibsanmi?- Finn sekin kreslosidan turib nimqorongʻu xonada yuzi aniq koʻrinmayotgan qizga yaqinlashdi. -Ha, men. Juliya Rayan. Emerald Miller. Sizni yangi mavsumga taklif qilgani keldim. Bugun boshlanadigan oʻyinning markaziy nuqtasi sifatida. -Markaziy nuqta? -Ya’ni hammasi sizning zamoningizda boʻlib oʻtadi. 01.01.2097. 68 -Qariya, Tomas qaytdimi?- ichkaridan Sirelisning ovozi eshitildi. Biroz oʻtib oʻzi ham koʻrindi. -Bu qiz kim? -Juliya Rayan. Qariyangiz oʻyinni sogʻinganini koʻp bor takrorlaydi shundaymi? Vieyesini sogʻinishini aytmasa ham boʻladi. Nihoyat uning orzusi amalga oshib oʻyinga qaytadi,- jilmaydi Juliya. -Yoʻq, men Sirelisni tashlab hech qayoqqa ketmayman. -Havotir olmang, u yerda Sirelis ham boʻladi. Hozirgidan yoshroq, hozirgidan chiroyliroq, hozirgidan quvnoqroq. -Nimalar deyapti u? Jinni boʻlganmi bu qiz. Adashmasam Hanterning ham, Ariananing ham aqli joyida edi,- Sirelisning biroz jaxli chiqdi. -Siz charchagansiz missis Uilson. Biroz dam oling,- Juliya zumrad koʻzlari bilan Sirelisni hushidan ketkazdi. -Hey, unga nima qilding,- Finn rafiqasini koʻtarib kresloga suyab oʻtqizdi. Nafas olayotganini bilib koʻngli biroz joyiga tushdi. -Oʻyinga qaytamizmi kumush oʻyinchi Finn Uilson? -Kumush? Bunaqa oʻyinchi yoʻq ediku. -Endi bor. -Juliya, sen nimalar qilyapsan. Sen zamonlarni chalkashtirib yuborasan. Buni kim…,- Finning ham koʻz oldi qorongʻulashib yerga yiqildi. -Hammangiz bir xilsiz. Gaplaringiz ham bir tiyinga qimmat. Bugun tongda oʻyin boshlanadi… (7:00. Oʻyin.) -Menga oʻyin yoqar edi… Ayniqsa vieyesni juda sogʻinsam kerak. 69 -Qariya, senga nima koʻproq kerak oʻzi? Ba’zi narsalarni koʻrish uchun vieyes shart emas. Doʻstlaringni, yaqinlaringni, meni… -Shunaqa ham be’mani tush boʻladimi? Na ma’no bor na voqea. Qariyamish? Kim u qariya? Vieyes soʻzining ma’nosiga ham tushunmayman,- endigina koʻzini ochgan Sirelis yorqin tillarang muhitdan koʻzlari qamashib oʻrnidan turdi. -Hayrli tong. Men sizlarning kuratoringiz boʻlaman. Chap qoʻllaringizga qarasangiz bilaguzukni koʻrasiz. Uni smartlet deb ataymiz. Tahminan yarim soat qiz kuratorining zerikarli ma’ruzasini tinglab uxlab qolay dedi. Jamoa haqida gapirilganda bir uygʻonib smartletni titdida, 100-B jamoa haqidagi ma’lumotni koʻrib chiqdi. 📌 100-B jamoa tarkibi: 🟠olovrang oʻyinchi: Anna – 18 yosh Zamon: 2022-yil Makon: AQSh ⚫️ qora oʻyinchi: Ketrin Laufeyson – 16 yosh Zamon: XIV asr Makon: Midgard 70 🟠sariq oʻyinchi: Skarlet Vyuler – 118 yosh Zamon: 2020-yil Makon: Aimer ⚪️ oq oʻyinchi: Okami – 286 yosh Zamon: 2022-yil Makon: Vern tasavvur olami 🟠yashil oʻyinchi: Mariya – 16 yosh Zamon: 2069-yil Makon: AQSh 🔴 qizil oʻyinchi: Roland Lioned – 21 yosh Zamon: 1486-yil Makon: Lion qirolligi 🟠siyohrang oʻyinchi: Elena (Shohista) – 19 yosh Zamon: 2023-yil 71 Makon: Orzular shahri (Oʻzbekiston) 🌐 havorang oʻyinchi: Artur Bradley – 21 yosh Zamon: oʻrta asrlar Makon: oʻzga olam 🔵 koʻk oʻyinchi: Aleksey Novikov – 25 yosh Zamon: 2093-yil Makon: AQSh 🟠kumush oʻyinchi: Finn Uilson – 45 yosh Zamon: 2097-yil Makon: AQSh 🌕 oltin oʻyinchi: Sirelis – 18 yosh Zamon: 2073-yil Makon: AQSh 72 -Qoyil, oltin oʻyinchi ekanman, bu yaxshilikkami, yoki… Baribir yaxshilikka. Lekin qornim ochdi. Huddi Sirelisning shu gapini kutib turgandek kurator tushlik haqida gap boshladi: - Tushlik vaqtida markaziy aylana zalda ovqatlanishingiz va jamoadoshlaringiz bilan yuzma-yuz tanishishingiz mumkin. -Ehhe, tushlikkacha qancha bor. Ungacha ochimdan oʻlamanku,- Sirelis smartletidagi soatga qarab qoʻydi. (Kumush oʻyinchi xonasi) -Siyohrang xonam yaxshiroq edi,- Finn, xonaga bir koʻz yugurtirib keyin bilaguzugini yoqib koʻrdi. -Bu safar bilaguzuk ham boshqacha, qandaydir zamonaviyroq. Undagi oʻyinchilar roʻyxatini oʻqib chiqqach Juliya allaqachon hammasini chalkashtirib yuborganini tushundi. -Sirelis 18 yosh? Men esa 45 yoshli qariyaman. Shundoq ham oramizda uch yosh farq borligida ham qariya deb atar edi, endi bobojon desa kerak. E, yoʻq, 18 yoshida meni hatto tanimaydi ham. Agar unga sen mening rafiqamsan, 19 yoshli oʻgʻlimiz bor desam ishonmasa ham kerak… (12:00) Eshiklar ochilib oʻyinchilar markaziy zalga toʻplana boshladi. Finning eng e’tiborini tortgan narsa oq eshikdan chiqib kelgan oppoq, kattagina boʻri edi. -Oʻyin ancha oʻzgaribdi. Bu rostdan boʻrimikan, yoki boʻri koʻrinishiga kira oladigan odammi? -Yoki u oq oʻyinchini yeb qoʻygandir. Gʻalati fikr boʻldiya,- kuldi oʻyinchilardan biri. Bu kulgu, bu ovoz Finnga yaxshi tanish. Ortiga oʻgirildiyu 73 oʻziga qarab jilmayib turgan yoshgina qizni koʻrib 22 yil oldingi xotiralari esiga tushdi. 7-bosqich… Bellashuv… 15-B…. Sardor Sirelis… Amore va More… Kulguli… Hatto qanotlariga ham ism qoʻygan qiz… 20 yillik umr yoʻldoshi… Hozir esa betashvish qizaloq… -Hoy qariya, uzr-a, qariya desam hafa boʻlmaysanmi? -Yoʻq, oʻrganib ketganman,- jilmaydi Finn. -Qanday oʻrganib ketgansan, axir birinchi marta uchrashib turgan boʻlsak. Yoki, boshqa kimdir ham qariya deb atarmidi? -Faqat sen. -Mayli, bu muhim emas. Bir narsaga e’tibor berdim. Bu yerda hamma turli zamondan, lekin sen smartletda koʻrsatilgan yil, ya’ni 2097-yildansan. Aytgancha senlaganim uchun uzr, oʻziyam bobom tengi odamni senlashim gʻalati boʻlsa kerak. -Hechqisi yoʻq, bunga ham oʻrganib ketganman. -Nima, nevaralaring ham seni senlaydimi? -Yoʻgʻe, shunchalik qari koʻrinamanmi? -45 yosh eding-a adashmasam. -Ha, lekin, nevarali boʻlishga ulgurganim yoʻgʻe. Kamiga oʻgʻlimizning qizlarga fobiyasi boʻlsa, nevarali boʻlishimizga hali ancha bor,- kuldi Finn. -Mayli, shaxsiy hayotingga aralashish niyatim yoʻq edi, shunchaki ba’zida qiziquvchanligim oshib ketadi. -Sirelis,- 20-21 yoshlar orasidagi yigit ular tomon yaqinlashib kela boshladi. -Bu, yana kim boʻldi. Ha, Artur Bradley, havorang oʻyinchi. Artur? Artur? Nega Artur? Nega ertalab bunga e’tibor bermadim. -Biz tanishmizmi?- Sirelis yigitga bir koʻz yugurtirib chiqdi. -Sirelis, seni oʻyinchilar roʻyxatida koʻrganimdayoq bilgan edim. 74 -Lekin, men seni tanimayman. -Hayriyat,- Finning koʻngli joyiga tushdi,- axir bu qushchaga oʻxshamaydiku, tanimaysanda,- qoʻshildi Finn. -Sen Artur laqabli qushim borligini qayerdan bilasan?- Sirelis endi Finnga jiddiy tikildi. -Men sen haqingda sen oʻylaganingdan koʻproq bilaman. -Lekin, sen Sirelissan, oq semurg. Qanday unutishing mumkin,- Artur yana gapira boshladi. Uchchalasining orasidan tez oʻtib ketgan oq sharpa sabab hammasi chalgʻib ketdi. Sharpa stol yonida toʻxtaganida u oq oʻyinchi hisoblanmish boʻri Okami ekanligi ma’lum boʻldi. Hali oʻyinchilar dasturxon atrofiga yigʻilib ulgurmaslaridan boʻri stol ustiga chiqib olib goʻshtlarni paqqos tushirishni boshlab yuborgandi. -Sen vampirmisan?- soʻradi Ketrin Skarletning yonidagi oʻz qora stuliga oʻtirar ekan. -Ha, qoziq tishlarim sotib qoʻydimi, yoki ma’lumotnomada koʻrsatilgan 118 yoshimdan bildingmi? -Ikkalasi ham. Men esa iblisman. Deyarli oʻxshash ekanmiz, dugona boʻlsak boʻlar ekan. Mendan 102 yosh kattaligingni hisobga olmasak. -Adashding Ketrin, sen oʻn toʻrtinchi asrda tugʻilgansan, mendan 700 yoshga kattasan,- jilmaydi Skarlet. -Salom…,- Aleksey onasining yoniga borib qoʻl uzatdi. -Qoʻling mening hududimga oʻtmasin, boʻlmasa uzib olaman,- hazil qilgandek boʻlib lekin jiddiy gapirdi Mariya. 75 -Ha, axir meni tanimaysizku. Men esa… Mayli keyinroq batafsil aytib beraman. Sizni yana tirik holda koʻrib turganimdan xursandman. Aleksey oʻziga hayron tikilib qolgan oyisining yonidan uzoqlashib Finn tomon yurdi. -Janob Uilson. -Aleksey, yangi daho oʻyinchi. -Yoʻgʻe, daholikda sizga yetish mushkul. Siz yechimlarni oʻylab topib, yangiliklar yaratasiz, men esa faqat oʻqiganlarim boʻyicha ish qilaman. Demak, Juliya baribir halqani uzibdida. -Ha. Bu oʻyin avvalgidek emas. Oʻyinchilar kuchli va shartlar ham shunga yarasha qiyin boʻladi. Bu gʻayritur oʻyinchilar orasida biz kabi oddiy odamlar hech kimmiz. -Anna ediya isming?- Elena yolgʻiz oʻtirgan qoramtir-jigarrang sochli, hayoli parishon qizning yoniga keldi. -A? Ha… Anna… Men kuchukchamga boʻyinbogʻ sotib olgan edim… Irroga…. Irro…. Uni topishim kerak… U qochib ketdi… Unga boʻyinbogʻini berishim kerak… Men Irroni juda yaxshi koʻraman. Unga boʻyinbogʻ…. Irro… Elena qizning gaplarini tushunmasa ham, ahvoli yaxshi emasligini bilib unga yordam berishga qaror qildi. -Ismim Elena. Senga kuchukchangni topishingga yordam berishim mumkin. Faqat, sen hozir u haqida oʻylama. Ovqatlan. Quvvating tugab qolsa Irroni topa olmaysan. Laqabi Irromidi? -Ha, Irro… (100-A) 76 -Biz qayerdamiz,- Samuel qizil tuproqqa belangan kiyimini qoqar ekan, hali unchalik tarqalib ulgurmagan changli tuman ortida, uzoqda koʻrinib turgan binolar tomon ketayotgan qora sharpani sezdi. -Irro, shoshmang, barchamiz birga harakatlanishimiz kerak. Aks holda… -Toʻsatdan koʻtarilgan shamol yana qumlarni toʻzgʻitib Semni gapirishdan toʻxtashga majbur qildi. -Hey, boʻlajak murda! Hozirdanoq murdaga aylandingmi? Eplasang sardorlik qil. Qoʻlingdan kelmasa boshqaga topshir,- Hanter Arianani hushiga keltirish uchun yelkasidan ushlab siltadi. -Yana ozgina uxlay. Kilga bu safar oʻzingiz qarashga va’da bergandingizku. Kechasi bilan uxlatmadi oʻzi,- uyqisirab gapirdi Ariana. -Qanaqa Kil? Uyingda yotgandek gapirasan. Ariana uygʻonib ketdi. -Rostdan qanaqa Kil? Aqldan ozyapman shekilli. Ariana turib atrofga qaradi. Yaqinida yengini shimarib bilagiga qarayotgan Dilarani koʻrib u tomon yurdi. -Qoʻling shikastlandimi? -Yoʻq, hammasi joyida,- yengini tushirib jilmaydi Dilara,- Anokni koʻrmadingmi? -Yoʻq, rostdan qayerga ketib qoldi u. Ariana boshqalarning ham holidan xabar olish uchun ketdi. -Vaksinani yoʻqotib qoʻydim, endi nima qilaman,- Dilara yengini yana shimarib boʻrtib chiqqan qora tomirlarga achinish bilan qarab qoʻydi. 77 -Bu qanaqa sahro boʻldi yana,- Kiara uzun etaklarining bir qismini yirtib tashlab yurishga qulay holga keltirdi. -Bu Mars. Sening zamoningda Marsni kichkina, osmonda uchib yuradigan tosh boʻlagi deb tasavvur qilishsa keraga,- biroz holsiz ahvolda gapirdi Dilbar. Oʻzi homiladorlikda gemoglabini tushib ketgan edi, bu yerda kislaroq tanqisligi sabab qoni yanada kamayib boshi aylanayotgan Dilbar yurishga harakat qildiyu, baribir charchab oʻtirib qoldi. -Tezkor agent Dasha! Oʻzingga kel. Sen bundan ham qiyin topshiriqlarni bajargansan. Tur! Sen kuchlisan,- oʻziga dalda berdi Dilbar. Keyin qoʻlini qorniga qoʻyib jilmaydi,- sen ham kuchlisan kichkintoy. #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [12-qism] SAMANTA VAYT. -Selena, Jek, Kay, Lili, Maks, Yelena, Daler, Kolya, Katya, Robert, Aura, Anna Klimovna, Ksanf, Mila…. Men ularni unutmayman. Ular hali ham yodimda. Ularni eslayman… Selena, Jek, Kay, Lili, Maks, Yelena, Daler… keyinchi? Yana kimlar bor edi? Selena … Jek… Kay… Keyinchi? Yoʻq. Unutyapman. Selena… Jek … Kim? Jek… Jek… -Sizga nimadir boʻldimi,- Dilaraning tinmay qandaydir ismlarni qaytarayotganini eshitib Anok yaqinroq keldi. -Selena… Kim? Yana kimlar bor edi? Doʻstlarim… Ularni unutyapman. Jin ursin. Vaksinani topolmayapman,- Dilara Anok tomon oʻgirilganda uning boʻynigacha qorayib ketgan tomirlari yaqqol sezilib turardi. 78 -Qora rang. Juda chiroyliya. Menda ham shunaqa boʻlishini istar edim. -Axmoq. Bu… Bu mutaniya… Bu… Sening barcha xotiralaringni soʻrib oladi. Bu… Anok… Menga yordam ber.. Koʻk shishachani shu yerda yoʻqotib qoʻydim. Juda kerak… -Shuncha qumning orasidan shishachani qidiramizmi? -Iltimos. -Albatta, bu axir juda qiziqku. Agar shishachaning rangi qora boʻlganida yanada qiziq boʻlar edi,- Anok Dilaraning yon-atrofidagi qumlarni koʻzdan kechirib vaksinani izlay boshladi. -Yordamim kerakmi?- Sindiya Dilbarning yoniga yaqinroq keldi. -Yoʻq, raxmat. Hammasi joyida. Dilbarning atrofidagi manzara oʻzgarib oʻzini chiroyli gulzorda koʻrdi. -Nima qilding? Telepartatsiyami? -Yoʻq, siz hali ham Marsdasiz. Men faqat ongingizga ta’sir oʻtkazib siz uchun yaxshiroq joyni miyangizda paydo qildim. Bu jismonan foyda bermasa ham ruhiy dalda boʻla oladi. -Raxmat, lekin bizning ortiqcha vaqtimiz yoʻq. Zesni topish kerak. -Lekin, dam olmasangiz boʻlmaydi. Hech boʻlmasa farzandingiz uchun. -Buni qanday bilding? -Aytdimku ongingizga kira olaman deb. Siz hozir faqat u haqida oʻylayapsiz. Va nafratni ham sezyapman. Xiyonat qurboni… -Ongimdan chiqib ket. -Yordam berishim mumkin. -Ongimdan yoʻqol. 79 Dilbarning atrofidagi gulzor yoʻqolib oʻzini yana qizil qum ustida koʻrdi. Soʻng oʻrnidan turib ortiga ham qaramay uzoqdagi shaharga oʻxshash manzara tomon yura boshladi. -Toʻxtanglar. Axir bir jamoamizku. Nega hamma tarqalib ketyapti?- yugurib Dilbarga yetib olgan Ariana xansirab nafas ola boshladi. -Chunki sardorimiz hammani birlashtira olmayapti,- tekkazib gapirdi Dilbar. -Men nima qilay? Hamma oʻz bilganidan qolmaydi. Hech kim meni sardor oʻrnida koʻrgani ham yoʻq. -Sizning ongingiz juda gʻalati ekan,- Sindiya Ariananing gapini boʻldi. -Sen qayoqdan bilasan? -Hozirgina kirib koʻrdim. Eshitgan narsalarimga ishongim kelmaydi. Siz kumush oʻyinchi bilan avval ham tanish boʻlgansizmi? -O’Ryan bilanmi? -Anchagina yaqin tanish boʻlgan koʻrinasiz. -Yoʻq. Lekin… Ongimda nimalarni eshitding? -Uzuq-yuluq suhbatlar… Jasur qizcha, duel, oʻldirish, oila, hammasi chalkash. Toʻliq anglay olmadim. -Boʻlajak murda,- Hanterning baqirgan ovozi eshitildi. -Ha, juda yaqin boʻlganimizdan meni “murda” deb ataydi,- Ariana ovoz tomon yura boshladi. -Jamoangga qaramaysanmi? Bizda muammo bor. Olovrang oʻyinchini oʻldirish kerak. -Dilarami? Nega?- Ariana qoʻrqib ketdi. -Oʻzing koʻr. Ariana yerda alahsirayotgandek yotgan, deyarli butun badanini qora tomirlar egallab boʻlgan Dilarani koʻrib dastlab taniy olmadi. 80 -Unga nima boʻlayotganini bilsang kerak. Bu Millerlarning 20-yillardagi Rossiyada sinovdan oʻtkazilgan M-5 virusi bilan tajribasi, mutaniyalar isyoni. Eshitgandirsan Miller honim. -Agar Dilara 2026-yildan kelganini hisobga olsak, toʻgʻri. -Virusni boshqalarga yuqtirmasidan oldin mutaniyani yoʻq qilish kerak,- sovuqqonlik bilan gapirdi Hanter. -Yoʻq, toki men sardor ekanman, hech kim oʻlishiga yoʻl qoʻymayman. Men Miller boʻlsam ham Millerlardek emasman. -Unda virus barchamizga yuqsinda bir kishi emas hamma oʻlib ketsin,- jaxl qildi Hanter,- umuman olganda senga boʻysunishga majbur ham emasmiz. Qoʻrqma, oʻzim ogʻriqsiz oʻlishini taminlayman. Hanter viris yuqish havfi boʻlsa ham allaqachon oʻzligini yoʻqotib boʻlgan Dilara tomon yurdi. -Toʻxtang,-Nikolasning yoʻlni toʻsishini koʻrib Hanterning kulgusi keldi. -Toʻxtamasam nima qila olasan? -Menda yaxshiroq fikr bor. Dilara 2026-yildan, men esa 2022-yil. Agar yana oʻtgan safargidek real hayotdagi tanam bilan birlashsam, 2022-yildagi Dilarani topaman va virusni yuqtirmaslik, yoki davo chorasi, hullas, nimadir oʻylab topaman,- shoshib gapirganidan Nikning gaplari chalkashib ketdi. -Oʻtgan safar oʻn besh daqiqaga yoʻqolgan eding. Tasavvur qilyapman 15 daqiqa ichida Rossiyaga borib, Dilarani izlab topib, yana nimadirlar qilishingni,- Hanter Nikni yoʻldan surib tashlab qotillik ishini amalga oshirishni davom etdi. -Yoʻq, agar oʻsha qanotli telba Paki boʻlmaganida koʻproq real hayotda qolishim ham mumkin edi. Ishoning nimadir qila olaman. -Oʻtmish orqali hozirgi voqelikni oʻzgartirmoqchi boʻlsang, Dilarani hozir oʻldiramanmi, yoʻqmi farqi boʻlmaydiku. Sen qaytib uni qutqarsang bu yerda 81 tirilib qolaveradi. Hozir esa u bizga havf soladi. Sen esa marhamat uyingga qaytaver. Nikolasning qulogʻiga gʻalati shovqin eshitilib, sochlari va koʻz qorachigʻining rangi oʻzgara boshladi. Bu uning real hayotdagi tanasi bilan birlashishi boshlanganidan darak berardi. U oʻyinda koʻrgan soʻngi manzarasi mutaniyaga aylangan Dilara, Hanter va Ariana…. (2022) Nikolas koʻzlarini ochganida koʻcha oʻrtasida yotgan edi. Tepasida esa qizgʻish-malla sochlari toʻlqinsimon, sepkilli, tabassumi oʻziga yarashib turgan qiz egilib qoʻlini uzatdida yigitning turishiga yordam berdi. -Viktor, nega yoʻlning oʻrtasiga yotib oldingiz. Ertalab nonushta qilmaslikning oqibati shuda… Nikolas bu qizni avval koʻrmagani aniq. Demak tanalari ajralgan vaqtda ikkinchi ruhi ya’ni Viktor tanishgan. Lekin nega ular birlashganda faqat oʻzining xotiralari saqlanib qolib, Viktor nimalar qilganini eslolmasligi oʻylantirib qoʻydi. Keyin Dilara esiga tushib vaqti kamligi uchun qizga rahmat aytib oʻzining qayerdaligini aniqlagach kerakli choralarni koʻrish uchun dastlab uyiga yoʻl oldi. (2096-yil) -Nima? Angela nega oʻyinda qatnashnoqchi? Yoʻq. Men bunga yoʻl qoʻymayman. Juliya uni oʻldiradi. Men yana bir bor qizimdan ayrila olmayman. Samantani yoʻqotganim yetib ortadi. Endi Angela ham… Samuel ham uyga qaytgani yoʻq, maktabga ham bormagan ekan. 82 -Hammasi yaxshi boʻladi,- Daniel tinchlantirishga urindi. -Yoʻq, yaxshi boʻlmaydi. Qanaqa odamsiz oʻzi? Kulishdan charchamadingizmi? Jilmayish bilan tashvishlar hal boʻlib qolarmidi? Daniel biror narsa qilsangizchi,- Iona yigʻi aralash xona boʻylab asabiy yura boshladi… -Yigʻlaganingda ham hech narsa oʻzgarmaydi. Ular nima qilishni yaxshi bilishadi. Biz ham oʻyinga ilk bor qatnashganimizda hatto Angeladan ham yosh edik. -Yoʻq, gap bunda emas. Siz hamma narsaga birdek qaraysiz. Begonami, oʻz bolangizmi farqi yoʻq. Angelaning hayoti havf ostida, siz jilmaymoqdasiz, Samuel aytmay ketib qolgan, siz buni ham sokin qabul qilyapsiz. Hatto Samantaning dafn marosimida ham jilmayib turgansiz… U tirikligida boshidan oʻtkazgan azoblar, ogʻriqlarini koʻrib turib ham jilmaygansiz. -Bu azoblarni, bu ogʻriqlarni men ham boshimdan oʻtkazganimni unutma. Oʻlimini kutib siqilib yashaganidan koʻra hayotdan bahra olib yashagani yaxshi emasmidi? Kunlarini bekorga shifoxonaning toʻrt devori orasida quyosh nuridan bebahra qolib, yotoqqa mixlanib yotganidan koʻra… -Davolanganida koʻproq yashar edi. Balki, hozir ham yonimizda boʻlarmidi… (2082-yil) -Katta qizingiz Angela sogʻlom, lekin Samantada qon raki aniqlandi. Ota yo ona tomondan saratonga moyillik bormidi?-soʻradi doktor. -Ha… -Uning suyak iligini doimiy ravishda operatsiya bilan almashtirib turish va shifoxonada ichida nazorat qilib borish kerak. -Qancha muddatga?-soʻradi Daniel. -Bu rakning juda tez, shiddat bilan rivojlanadigan turi. Shuning uchun umrining ohirigacha… Agar davolanib, har oy suyak iligi almashtirilib tursa yana 15 yillar yashashi mumkin. 83 -Iona ogʻzini kafti bilan toʻsib yigʻlay boshladi. Daniel esa biroz jiddiyroq ohangda gapirdi: -Bu qanday ogʻir ekanligini bilaman. Oʻz boshimdan oʻtkazganman. Lekin, qizim ham men tanlagan yoʻldan ketishini istayman. Umrining oxirini dori hidi anqib turgan tor palatalarda oʻtkazishini istamayman. -Lekin, janob. Samanta hali bor yoʻgʻi besh yoshda. Maxsus davo muolajalarisiz ogʻriqlarga dosh bera olmaydi. Oʻn yoshga ham toʻlmay…. -Qanday yashashni unga oʻzim oʻrgataman. Ogʻriqlarini ham birga yengamiz. Iona, kettik. -Lekin… -Menga ishon hammadi yaxshi boʻladi… (2087-yil) -Dada Samantaga ayting, dorilarini ichsin. Mening aytganimni qilmayapti,- Angela Danielga qora shisha idishni uzatdi. -Nega ichmas ekan, hozir shoshmay tursinchi oʻzim urshib qoʻyaman,- Daniel dorini olib Samantaning xonasiga kirdi. -Baribir ichmayman. Juda achchiq ekan. -Shakar qoʻshib beraymi?- kuldi Daniel. -Yoʻq, bu dorini ichgandan koʻra oʻsha hamma joyim zirqirab ogʻrishi men uchun yengilroq. -Boʻlmasa oying ikkimizni ham jazolab, seni kasalxonaga, meni esa oshxonaga surgun qiladi,- dorini qoshiqchaga quyar ekan jilmaydi Daniel. -Keyin men kasalxonadan qochib kelib oshxona ishlarida sizga yordam beraman,- Samanta ham kulib qoʻydi. 84 (2088-yil) -Balki rostdan operatsiyaga rozi boʻlarmiz. Uning qiynalayotganini koʻrib chiday olmayman… -Operatsiya oson deb oʻylaysanmi? Azoblar yoʻqolmaydi, faqat kuchayishi mumkin. Jarrohlik umrini biroz uzaytiradi, ahvolini yaxshilab bermaydi,- Daniel Ionaning taklifini yana qatiy rad etdi. (2090-yil) Ogʻir axvolda reanimatsiyaga olib kelingan qizni koʻrib doktor bemorning ota-onasi bilan gaplashib olish uchun xonasiga chaqirtirdi. -Shuncha payt davolatmay nima qilgan edilaringiz. Qizcha qanday chidab yurdi. Hatto onkologiya boʻlimidagi katta odamlar ham narkotik dorilarsiz bu ogʻriqlarga chiday olmaydiku. -Samanta oʻzi istagandek yashadi,- qisqa qildi Daniel. -Lekin, qarshilik qilsalaringiz ham shifoxonada olib qolamiz. Muolajalarsiz bir kun ham yashay olmaydi. Immuniteti tushib ketib qoʻshimcha kasalliklar ham yuqtirib olgan. -Samantaga shifoxonalar yoqmaydi, u uyga ketadi,- Daniel oʻrnidan turdi. -Yoʻq. Bir marta menga ham quloq soling. Iltimos. Men shu yerda u bilan qolaman. Doim yonida boʻlaman. Oʻzingiz Angela va Samuelni eplay olasizku. Angela oʻzi katta qiz boʻlib qolgan,- Iona yoshdan yaltirayotgan koʻzlarini Danielga tikdi. -Mayli uch kun. Agar Samanta uch kun ichida bu yerga oʻrgana olmasa olib ketamiz… …Lekin…. Uch kundan soʻng Samanta Vaytning dafn marosimi boʻlib oʻtdi… 85 -Samanta Vayt. Seni shaxsan tanimayman-u, lekin, menga yoqib qolding. Men bilan oʻynashni istaysanmi?- Juliya jilmaygancha kompyuterdagi Vaytlar oilasiga tegishli ma’lumotlar faylini yopib, yangi zamon va makon sayohatiga tayyorgarlik koʻra boshladi. #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [13-qism] ONG. (Dilara Alekseyevna nomidan…) -Selena… Jek… Kay… …. Eslayman… Ha, eslayman…. -Unutib ham koʻrchi… Nima? Bu Selena. Men uning ovozini eshitdim. Qani endi oʻzini ham koʻra olsam. Koʻzlarimni ochishga qoʻrqaman. Chunki bu ovoz faqat hayolimda jaranglayotganini, hozir atrofga qarasam qizil sahrodan boshqa narsani koʻra olmasligimni yaxshi bilaman. Virus miyamni egallab borayotganini his qilyapman. Lekin, nega ogʻriq yoʻq? Koʻzlarim namlanganini sezdim. Bilamanki bu koʻzyoshlar oʻsha men oʻldirgan mutaniyalarniki kabi qop-qora. -Dilara, seni bu azoblardan halos qilaman… Bu ovozni hali unutganim yoʻq. Jek… Meni oʻldir… -Qoʻrqma, oʻgʻriqsiz va tez boʻladi… 86 Hatto soʻngi lagʻzalarimda ham, oʻlimim oldidan Jekni koʻrishni istar edim. Koʻzlarimni biroz ochib tepamdagi odam soyasini payqadim. Qayerda ekanligimni eslolmayman, lekin tanish jigarrang koʻzlar… -Seni sevaman, Jek… -Jek ham balki seni sevgandir… Sovuq tanam qotilimning iliq taftini his qildi… (Hanter O’Ryan nomidan…) Olovrang oʻyinchi jamoaga havf soladi. Jamoa bilanku ishim ham yoʻq, lekin qotillik kasbimni darrov sogʻinib qoldim. Hozir Dilara virus bilan zararlangan mutaniya halos. Mana bu “boʻlajak murda” esa uni oʻzicha himoya qilmoqchi. Nikolasni aytgan gaplariga oʻlaymi, oʻz zamonimga qaytib qutqaraman deydi. Oʻzi tanimagan, bilmagan odami uchun nega buncha jon kuydiradi bular. -Selena… Jek… Kay… eslayman… Bechora qiz yaqinlarini eslashga urinyapti shekilli. Lekin, befoyda baribir uni hozir oʻldiraman. -Eslayman… -Unutib ham koʻrchi…,- “boʻlajak murda” hali ham unga yordam bermoqchi shekilli. Lekin, menga qarshi hech narsa qila olmaydi. Koʻzlaridan qora qonga oʻxshash suyuqlik oqib chiqayotgan mutaniyaning yoniga borib qaysi usulda oʻldirsam yaxshiroq boʻlishi haqida oʻylay boshladim. Balki, shunchaki boʻynini sindirish kerakdir, ikki soniya va tamom. Ortiqcha kuch sarflab ham oʻtirmayman. -Dilara, seni bu azoblardan halos qilaman… -Jek, meni oʻldir… -Qoʻrqma, ogʻriqsiz va tez boʻladi… 87 Dilara qoq-qora tusga kirgan koʻzlarini ochib menga shunday tikildiki, huddi begonani emas Mariyamni oʻz qoʻllarim bilan oʻldirayotgandek his qildim oʻzimni. -Seni sevaman, Jek… Demak, u meni Jek deb oʻylayapti… -Jek ham seni sevgamdir… Qiziq-a, u meni Jek deb oʻylayotgan boʻlsa, umrining oxiridagi xotiralari oʻz sevgan insoni tomonidan oʻldirilgani boʻladi. Oʻrniga oʻzimizni qoʻysam, men ham Mariyani oʻz qoʻllarim bilan oʻldirsam, uning soʻngi xotirasi bu boʻlishini istamas edim. Yoʻq, men shavfqatsiz qotilman. Qoʻllarimni qizning muzdek boʻyniga olib bordim. Bitta harakat va u tamom… Tosatdan kuchli shamol atrofdagi qizil qumlarni yuqori koʻtarib, chang sabab koʻzimni ham ocha olmay qoldim. Havo oqimi meni “qurbonim” yonidan bir necha metr uzoqqa surub yubordi. Chang toʻzoni biroz bosilgach bu siyohrang oʻyinchi Kiaraning ishi ekanini sezib gʻazabim qaynay boshladi. -Endi aniq hammangiz jaxlimni chiqardingiz. Kerak boʻlsa barchangizni oʻldiraman… (Sindiya nomidan…) -Qizil oʻyinchi Dilbarning irodasiga qoyil qolmay iloj yoʻq. Uning ongi juda murakkab. Hissiy ahvolini aytmasa ham boʻladi. Ariananing ongi esa chalkash. Huddi ba’zi narsalar majburlab miyasiga joylashtirilgandek. Biz asosiy vazifamizdan chalgʻib ketayapmiz. Ana yana ishkal boshlandi. Mendan chaproqdagi qumli toʻfon faqat bir joyda hosil boʻlganini hisobga olsak, bu tabiiy emas, malika Kiaraning ishi. Voqea joyiga yetib kelgach gʻazabdan qizarib ketgan O’Ryanni koʻrdimu ongiga kirib toʻxtatishim kerak boʻlgan odam Kiara emas, Hanter ekanligini tushunib yetdim. 88 Uning ongi ham juda chalkash. Aslida Dilarani oʻldirishni istamaydi, lekin kasbi shuni taqazo etganidan odam oʻldirishni majburiyati deb biladi. Agar ong ostiga chuqur kirib borsak haqiqiy Hanter qandayligini bilish mumkin. Uning ham sevgan insonlari bor. Unda ham yurak bor. Hozir bu haqida oʻylash vaqti emas. Qotilning ongiga ta’sir oʻtkazib fikridan qaytarishim kerak. (Anok nomidan…) -Koʻk shishacha, koʻk shishacha… Shuncha qumning orasida allaqachon koʻmilib ketgan boʻlsa kerak. Bu yerga kelganimizda tahminan shu yerga tushgandik. Izlarimiz yoʻqolib ketgan,shishachani aytmasa ham boʻladi. Qumni kovlab oʻtirmasam kerak endi. Toʻsatdan Dilarani qoldirib kelgan joyimda qumli boʻron koʻtarilganini koʻrib izlash ishlarini toʻxtatdimda oʻsha tomon yugurdim. Bu yerda nimalar boʻlayotganini anglash qiyin. Olovrang, oltinrang, kumushrang, siyohrang va yashil oʻyinchilar bir joyda. (Muallif nomidan…) -Chetroq turingsizlar, men bu yaramas qotilni yaxshilab jazolab qoʻyaman. Himoyasiz qizlarni oʻldirishga urinish qanaqa boʻlishini bilib qoʻysin,- Kiara qoʻllari bilan havoni bosim bilan toʻplab shar hosil qila boshladi. -Sening ham oʻlging kelayapti shekilli,- gʻururi baland Hanter Kiaraning afsuniga qarshi hech qanday quroli boʻlmasa ham qoʻlini shusht qilgancha malika tomon yura boshladi. Sindiya esa Hanterning ongiga ta’sir oʻtkazdi: -“Yoʻq, menda hech qanday qudrat yoʻq. Afsun meni yakson qiladi. Ular oldida oddiy va ojiz odamman, taslim boʻlganim yaxshi”,- fikrini Hanterning miyasiga kiritishga urindi. Lekin, qotilning gʻururi shu darajada kuchli ediki, Sindiyaning bu yolgʻon gʻoyasini miyasiga yaqin yoʻlatmadi ham. -Unda boshqacha yoʻl tutamiz,- Sindiya bor quvvatini ongni boshqarishga sarflab biratoʻla uch kishining ongiga kirib ularni bir joyda uchrashtirdi. 89 Vaznsizlik holatidagi oppoq boʻshliq. U yerda toʻrt kishi fazo kemasidagidek muallaq holatda suzib yuribdi: Hanter, Kiara, Dilara va Sindiya. -Seni oʻldiraman,- Hanter Kiara tomon bormoqchi boʻldiyu, vaznsizlik sabab deyarli joyidan siljiy olmadi. Kiara ham Hanterga qarshi havo afsunini qoʻllamoqchi boʻlib hech qanday natijaga erishmadi. -Bu yer sizlarning ong ostingizning kesishish joyi. Bu yerda barchangizning kuchlaringiz teng, qobilyatlaringiz ham ishlamaydi. Bu yerda odamchasiga gaplashib olishingiz mumkin. -Gaplashadigan gap yoʻq, faqat oʻldirish kerak,- gʻazabli ohangda gapirdi Hanter. -Dilarada ayb yoʻqku. Unga bir qarang, u shunchaki qurbon. Agar virusni davolash chorasi boʻlmaganida uni oʻyinga qoʻshishmasdi. Mutaniyaga aylangan Dilara oʻzligini yoʻqotib boʻlganligi sabab huddi zombilardek faqat shartsiz reflekslarga hos harakat qilardi. U ham kimnidir oʻldirish, virusini yuqtirishni istab ular tomon talpindi. -Mana koʻryapsanmi? Shuni odam deyapsanmi? Bu allaqachon mutaniya, hissiz maxluq,- Hanter shunday deyishi bilan Dilaraning qop-qora suyuqlikka toʻlgan koʻzlari Hanter tomon termulib lablari pichirlay bodhladi: -Jek… Meni…oʻldir… -Koʻryapsizmi, u ham bizga yaxshi boʻlishi uchun oʻlishni istaydi. Hatto virus miyasini egallab barcha xotiralari oʻchib ketgan boʻlsa ham sevgan insonlarini eslaydi. Endi oʻz qadrli insoningizni uning oʻrnida tasavvur qilib koʻring,- Sindiya zora gaplari Hanterga ta’sir qilar deb javob kutdi. -Hoʻsh, shunchalik aqlli ekansan, unda nima qilish kerak? -Bilmayman. -Hhhh, negadir shu “bilmayman” soʻzini yomon koʻraman. Bilmagan narsangga aralashma unda! 90 -Qoʻlimdan kelgani, sizlar kelishib olguningizcha yoki smartletimdagi quvvat koʻrsatkichim nolga tushgunicha sizlarni shu yerda ushlab turish. -Agar nolga tushsa oʻlasanku,- havotirli ohangda gapirdi Kiara. -Bu ham axmoqlardan birida, boshqalar uchun jonini tikadigan,- kesatdi Hanter. -45 foiz qolibdi. Ong ostini boshqarishga juda koʻp quvvatim ketishini hisobga olsak, uzogʻi bilan yarim soat sizlarni shu yoʻl bilan ajratib turishim mumkin. -Yoʻq, kerak emas, Sindi. Men oʻsha yaramas bilan boshqa janjallashmayman, u ham Dilaraga tegmasa boʻldi,- iltimos qildi Kiara. Sindiya Hanterdan ham fikr kutdi. -Hammalaring bir goʻrsilar. Bu ketishlaringda shavfqatsiz hayot silarni yeb yutib yuboradi. Yashash uchun kurashish kerak. Yengilish bu oʻlim. Taslim boʻlish magʻlubiyat. Magʻlubiyat mening hayotim intihosi… Hanter gapirishdan toʻxtab bilagiga qarab qoldi. Bir necha soniyalarda yurak urishi tezlashib ketganini his qilgach Sindiyaga yuzlandi: -Mayli Dilarani oʻldirmayman. Bizni ortga qaytar… -Ularga nima boʻldi,- Anok bir vaqtda yerga hushsiz yiqilgan Hanter, Kiara va Sindiyaning yoniga birma-bir borib vaziyatni tushunishga harakat qildi,- huddi bir vaqtda uxlab qolishganga oʻxshaydi. -Menimcha bu Sindiyaning ishi, u ongga ta’sir etadi,- Ariana birinchi Dilaraning yoniga borib qora tomirlari boʻrtib turgan qoʻlidan pulsini oʻlchab koʻrdi,- juda tez, haddan tashqari. -Lekin qora tomirlar biram yarashganki,- hayajonlanib ketdi Anok. Ariana esa unga yomon qarab qoʻydi. -Malika Kiara zoti oliylari, qoʻlingizdan ushlasam qarshi boʻlmassiz,- Ariana uning ham aslzodalarniki kabi silliq va oppoq bilagiga barmogʻini bosib pulsini tekshirib koʻrdi. Hanterning yoniga kelganida esa oʻylanib qoldi. 91 -Mayli, sardorlik vazifam ularning ahvolini bilib turish,- Ariana Hanterning yonidan oʻtirib bilagidan pulsini tekshirdi. Dastlab normal boʻlgan puls soniyalar ichida juda tezlashib ketdi. Ahvolini yaxshiroq bilish uchun qotilning yuziga yaqinroq kelib qarayotganida birdaniga boshini koʻtargan Hanter Arianaga urilib peshonasini ushlagancha yana yotib qoldi. -Sen qiz rostdan joningdan toʻyganmisan? “Boʻlajak murda” emas “hozirgina oʻlgan murda” boʻlging kelyaptimi. Yoki shunchalik jasurmisan? Jasur qizcha…. -Men shunchaki… -Boshing toshdan ham qattiqligini aytmasam ham boʻladi. Oʻn bir yoshimda shu yuzimdan orttirgan chandigʻimdan keyin olgan eng katta jarohatim hozirgisi boʻldi shekilli,- asabiylashib davom etdi Hanter. Ariana buni eshitib kulib yubordi. -Nimasi kulguli? Hech narsaga ishlamaydigan miyangni bunday qattiq qobiq bilan himoyalaganingdan nima foyda? -Deylik, sizga oʻxshagan sakkiz yildan beri shikast yetmagan qotillarni jarohatlashga kerak boʻlib qoladi,- bu safar kulmasdan kesatiq ohangda gapirdiyu, qotilning yonidan nari ketdi. Irroning ortidan jimgina ergashib kelayotgan Sem baland qumli devor yoniga yetishgach nihoyat gap boshladi: -Nega hech kimga qoʻshilmay bir oʻzingiz yurasiz. Butun boshli sayyoradan hali qanaqaligini umringizda koʻrmagan oʻzga sayyoralikni qanday qilib topmoqchisiz? Irro Samuelga bir qarab qoʻydida keyin yana devorning balandligini oʻlchagandek yuqoriga qaradi. Biroz oʻtib ortiga qayta boshladi. 92 -Iye, shuncha yoʻl yurib kelib, bitta devor chiqqani uchun qaytib ketamizmi? Nimadir desangizchi. Qora oʻyinchi joyida toʻxtab Semga qoʻli bilan chetga oʻt degandek ishora qildi. Soʻng katta tezlikda devor tomon yugurib epchil harakatlar bilan uning ustiga shunday chiqib ketdiki, Samuelning hayratdan ogʻzi ochilib qoldi. Irro devor ortiga sakragandan soʻng Samuel oʻzi qanday oʻtishi haqida oʻylay boshladi. (2022-yil) -Dilara Alekseyevna, hoʻsh, 2026-yil 21 yoshda boʻlsa, men yashayotgan 2022-yilda 17 yosh boʻlgan. Rossiyada Dilara Alekseyevna ismli qizlar biram koʻpki,- Nik kompyuter yonida oʻtirib ma’lumot toʻplay boshladi. -Mana topdim. Rasmdagi oʻxshash ekan, Dilara Alekseyevna- boksyor. Ajoyibku. Boks bilan ham shugʻullangan ekanda,- Nikolas Dilaraning manzilini ham topdiyu lekin baribir Rossiyaga borishga vaqti yetmaganligi uchun uning boks murabbiyiga telefon qildi. -Salom janob, ingliz tilini tushunasizmi? -Ha,- yoshi kattaroq erkak kishining ovozi eshitildi. -Siz Dilara Alekseyevnaning murabbiyi boʻlsangiz kerak, menga Dilaraning telefon raqamini bera olasizmi? -Qizimga kim boʻlasan? -U sizning qizingizmi? Unda yanada yaxshi. Agar Dilara yoningizda boʻlsa tez telefonni unga bering, bu juda muhim, vaqtim esa kam. -Nima gaping boʻlsa menga ayt, oʻzim yetkazib qoʻyaman. -Buni tushuntirish qiyin… Oʻziga beraqoling. -Hayr yigitcha, qizimning boshini bekorchi gaplar bilan qotirma. 93 -Yoʻq, shoshmang, bu uning hayoti bilan bogʻliq. Atayin qilgandek shu payt derazadan qushcha uchib kirib odam koʻrinishiga kirdi. -Salomlar boʻlsin janoblar. Men yana keldim. Oʻsha mashxur Paki eltuv xizmati. Qulay, sifatli va mutloqo tekin. -Kishtib tur, bu yerda muhim ishim bor,- asabiylashib baqirdi Nik. -Nima deding, oʻzing telefon qilasanda yana muhim ishim bor deysanmi? Qaytib qizimni soʻraganingni eshitmay. -Yoʻq, sizga emas janob… Lekin Nik tushuntirishga ulgurmasidan u goʻshakni qoʻydi. Nik ortiga oʻgirilib ikkinchi tanasini koʻrib choʻchib ketdi. -Qachon ajralishga ulgurdik, men sezmadimku. -Telefonda gaplashayotgan eding,- dedi Viktor (Nikning ikkinchi tanasi),- Men esa Alisa bilan koʻcha aylanayotganimda hushimdan ketib hozir xonamizda turibman. Nega biz birlashgan vaqtimizni men eslay olmayman?- hafa boʻldi u. -Chunki Nik janoblarida kuchli emotsional xotiralar bor, va shu sababli Dominant ruh, bu degani ikkingiz qoʻshilsangiz uning xotiralari ustunlik qiladi. Agar sizda ham muhim xotiralar paydo boʻlsa Daminantga aylanasiz,- tushuntirdi Paki,- endi esa ketishimiz kerak,- Paki Nikni qoʻlidan sudrab qilichi bilan chizgan aylana ichiga olib kirdi. -Yoʻq, men hali ishimni tugatmadim, hali Dilarani….,- Nik hatto gapini ham tugatmasidan yana oʻsha qizil qum ustida, Marsda paydo boʻldi… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas 94 [14-qism] IRRO NEGA JIM??? -Dada, men oyimlarnikiga ketyapman?- Jordan ish stolida nimalardir yozib oʻtirgan Gelberoga qoʻl siltab qoʻydida eshikni ochdi. -Men hali ruxsat berganim yoʻq. Qayoqqa shoshyapsan?- Gelbero hujjatlardan boshini koʻtarib kresloga suyangancha oʻgʻliga jiddiy nigohlarini qadadi. -Jastin bilan bugun futbolga bormoqchi edik. -Aldama, Jastin futbolga umuman qiziqmasligini yaxshi bilaman. Oying ham hozir uyida emas. -Endi sen bilan umuman ishim yoʻq deganingiz bilan baribir oyimni kuzatib yurgan ekansizda, dadajon,- jilmaydi Jordan,- ruxsat bersangiz ham, bermasangiz ham ketishimni yaxshi bilasiz, onamdek qaysarman, ortiqcha vaqtingizni olmay. -Mashgʻulotlaringchi? -Tez qaytaman… Jordan shoshilib chiqib ketganidan hatto eshikni ham yopmay ketdi. -Shoshmaganingda men ham ishlarimni tugatib Jastinni koʻrishga borardim,- oʻgʻli allaqachon ketib qolgani uchun oʻziga-oʻzi gapirdi Gelbero,- mayli, ularni ajratgandan foyda yoʻq. Drema ham aqli joyiga tushsa qaytib qolar… -Jordanga qoʻngʻiroq qildim. U mening egizak akam. Lekin aka deb chaqirmayman. Chunki baribir bir kunda tugʻilganmiz. Hozirda u dadam bilan yashaydi, men oyim bilan. -Gelbero va Drema qachon ajralishdi?- soʻradi Alfred. 95 -Aniq emas. Deyarli har yili ajrashib, yana yarashib, yana oyim arazlab ketib, yoki oyimning qaysarliklari dadamning joniga tegib ketsa dadamning oʻzi bir necha haftaga boshqa davlatga ketib, shu tarzda noodatiy hayot tarzini kechirib yuribmiz. Men va Jordan bir-birimizga ikki tomchi suvdek oʻxshaymiz. Lekin ota-onamiz ajralishganida ularga bildirmay oʻrin almashib olmoqchi boʻlsak darrov payqab qolishadi. Odatda men oyim bilan, Jordan dadam bilan qoladi. Chunki oyim ikkita sirli birga yashay olmaydi deb hisoblaydi. Aslida men hech ham sirli emasman, shunchaki meni tushunishmaydi. -Oyingning oʻzi qayerda? -Aytilishi Italiyaga ketgan, aslida esa dadamni kuzatyapti. -Ha, ajoyib juftlik,- Alfred Gelbero va Drema oʻrnida oʻzi va Juliyani tasavvur qilib koʻrdi. -Aytgancha, jamoa necha kishilik? -11 kishi yigʻish kerak. Hozircha Aleksey Novikov, Oliver Harris, Kil Rayan, Angela va Samuel Vaytlar, Tomas Uilson, siz ikkingiz, men, toʻqqiz kishi boʻlibmiz. Aleksey va Oliverlar ham ikki kishinikiga ketgan. Bugun jamoa toʻliq boʻladi. -Mana Jordan ham keldi,- eshik qoʻngʻirogʻi eshitilgach Jastin oʻrnidan turib xonadan chiqib ketdi. Ikki daqiqa oʻtgach huddi nusxa koʻpaytirgandek oʻzi bilan bir xil egizagi bilan qaytganida Alfred ulardan qaysi biri Jordan, qaysi Jastin ekanligini ajrata olmay qoldi. -Unga atayin bir xil qilib olgan kiyimimizni kiyib kelishini aytgandim. Bizni ajrata olasizmi yoʻqmi sinash uchun jilmaydi egizaklardan biri. -Yoʻq, sen Jordan emas Jastinsan, ya’ni hozir kelgani. Chunki bir soatdan beri Jastin bilan birga oʻtirib uning biron marta jilmayganini koʻrmadim. -Qoyil, tez topib qoʻydingiz. Oʻyin oʻynaymiz deb eshitdim. -Ha, oʻyin. Faqat sal qaltisroq boʻladi. 96 -Menga qaltis oʻyinlar yoqadi, ayniqsa ukam bilan birga oʻynasam. -Ota-onangiz sizlarni izlab qolmasligi uchun xat qoldirib ketasizlarmi? -Balki izlashgani yaxshidir. Har holda shu bahona yana yarashib olishardi… (2097-yil. Oʻyin) -Yana bir bor sizlarni koʻrib turganimdan mamnunman. Mana joʻnatmangiz yetkazildi,- Paki Nikni Hanter tomon itarib oʻzi tez gʻoyib boʻldi. -Uddalay olmadim… -Bu aniq edi. Qoʻlingdan kelganida ham hozirgi voqealar oʻzgarmay qolaverardi. -Hamma shu yerdami? Kimlar ketib qoldi?- Ariana oʻyinchilarga birma-bir qarab chiqdi. -Irro, Samuel va Dilbar yoʻq. Dilbarni boya shu atrofda koʻrgan edik. Lekin qolgan ikkisini bilmayman. Ongiga kirishimga uzoqlik qiladi,- tushuntirdi Sindiya. -Balki bilaguzukdagi aloqa vositasidan foydalanarmiz,- Ariana smartletdan kerakli bandni topib ovozli xabar yozdi. -Meni eshitayotganlar, iltimos qayerdaligingizni ayting. Eh, axir hamma tomon qumku, aniqlab ham boʻlmaydi. Mayli, sharq tomondagi binolarga oʻxshash tepalikka borib turing. Oʻsha yerda koʻrishamiz. Agar alohida ajralib ketsangiz bosqichdan oʻta olmasligingiz mumkin. -Koʻk smartlet sendami?- soʻradi Hanter. -Ha, nima edi?- Ariana Hanter nimanidir rejalashtirayotganidan havotirlanib choʻntagidagi smartlet joyidami-yoʻqmi tekshirib koʻrdi. -Uni menga ber. 97 -Nega? -Sizlarning bunday imillab yurishingizda bir kun u yoqda tursin bir yilda ham oʻsha shaharga yetib borolmaymiz. Qayoqdagi Zes ismli begonani topishni aytmasa ham boʻladi. -Yoʻq, siz bizni oʻlimga tashlab ketmoqchisiz. -Oʻldirib ketmaganimga raxmat de,- Hanter oʻzi Ariananing yoniga keldi,- smartletni ber! -Yoʻq! -Bermasang tortib olaman. -Hey, sen yaramas, Sindiyaga va’da bermaganimda hozir nafas olishingga havo qoldirmasdim,- Kiaraning Hanterning harakatlaridan jaxli chiqa boshladi. -Qoʻllaringdan hech bir ish kelmaganidan keyin, hech boʻlmasa eplay oladigan odamga qarshi chiqmanglar,- Hanter Kiaraga gapirayotgani uchun Ariananing chalgʻib qolganidan foydalanib smartletni tortib oldi,- sizlar shu yerda oʻlimga mahkum Dilarangiz bilan oʻtiraveringsizlar. Men esa marslikni izlashga ketdim. -Irro Darkmen. U uddaladimi, men ham qila olaman… Samuel ham devordan uzoqlashib bor kuchi bilan yugurib keldida biroz qiyaroq boʻlgan devorning yarmigacha ham chiqa olmay sirpanib ketdi. -Yoʻq, u qila oldi, men ham qila olaman,- Sem yana shu harakatni takrorladi. Koʻp bor urinishdan soʻng foydasi yoʻqligini anglab aylanib oʻtish uchun yoʻl qidira boshladi. Kechki soat sakkizlarda Samuel oʻsha “shahar”ga yetib keldi. Aslida bu yerni shahar deyish xato, shahar xarobalari desa ham boʻladi. Binolar ham qurilish 98 uslubi va materiali yernikiga oʻxshamaydi. Eng qizigʻi esa yana Irroga duch keldi. Axir Sem devorni aylanib oʻtguncha qancha vaqt yoʻqotgan edi. Yoki u allaqachon shaharni tekshirib boʻlgandir. -Irro huddi manzilni biladigandek bir oʻzi ketdi. Lekin koʻk smartlet sardorda. Demak, Irro Zesni topgan taqdirda ham smartletni qoʻliga taqmasa bosqich yakunlanmaydi. Nega u bunday qilyapti?- yorilib ketgan tor va qiyshiq yoʻllardan yurib qora oʻyinchi tomon borar ekan tushunolmay oʻyladi Sem. 01:56. -Qanday qilib butun boshli sayyoradan tanimagan odamimizni topamiz? Axir bironta belgi boʻlishi kerak ediku. Balki shartni notoʻgʻri tushungandirmiz. Kurator shartni qaytarib aytib yubora olasizmi?- bilaguzukdagi Kuratorga xabar tugmasini bosib gapirdi Ariana. -Qoidalar juda oddiy. Bir kun ichida marslikni topasiz va bilaguzugini taqib qoʻyasiz. Koʻk smartlet koʻk oʻyinchining xonasida,- boʻldi, bori shu. -Demak, qoidada Mars haqida hech narsa deyilmagan. Bundan xulosa shuki, marslik Marsda emas. Koʻk xonada. Xona qorongʻuligidan hech narsa koʻra olmagan edik. Biz Marsda izgʻib yurmasdan oʻyinchining xonasiga qaytishimiz kerak. -Lekin, bu yerga qanday tushib qoldik?- soʻradi Kiara. -Bilmayman, lekin notoʻgʻri yoʻldamiz. Biz borayotgan, Dilbar, Samuel, Irro va Hanter ketgan tomon oʻlimga olib boradi. -Balki, qaytish joyi oʻsha yoqdadir,- qoʻshildi Nikolas. -Bilmayman. Lekin Dilarani bunday olib yura olmaymiz,- oyoq-qoʻli bogʻlab tashlangan, virus sabab quturgan hayvondek hamma yerini tishlab harakatini cheklayotgan bogʻichlardan halos boʻlishga urinayotgan qizga achinib qarab qoʻydi. 99 -Bu imkonsiz topshiriq. Ortga qaytish yoʻli aytilmagan, koʻk xonadan ham oʻzimiz istab Marsga oʻtganimiz yoʻq. Bizni atayin joʻnatishdi. -Yoki bu Kuratorning emas Zesning ishidir. Uning nimalarga qodir ekanligini bilmaymizku. -Janob Darkmen, balki men bilan suhbatlashgingiz kelayotgandir. Balki harakatlaringiz ma’nosini aytib bermoqchidirsiz…,- quyosh chiqishini tomosha qilayotgan Irroning yoniga borib soʻradi Sem. -……… -Axir soqov emasligingizni ikkimiz ham yaxshi bilamiz. Nega unda gapirmayapsiz. Yoki shunaqa…. Ha… Sizga bonus berilgan. Evaziga gapirmaslik va Zes qayerdaligini hech kimga aytmay yolgʻiz topishingiz kerak shundaymi? Unda nega koʻk smartletni olib ketmadingiz? Yoki hammamiz oʻlib ketishimizni istaysizmi? Irro esa hech narsani eshitmagandek indamay turaverdi. -Agar sizga bonus yuklab berilgan boʻlsa smartletingizda ma’lumot boʻlishi kerak. Irro yana jim… Quyosh ham chiqib boʻldi hisob. Ajratilgan bir kun tugayapdi. Samuelning oxiri sabri tugadi, agar Irroning smartletida ma’lumot boʻlsa, bu soʻngi imkon. Sem shundoq yonida turgan qora oʻyinchining chap qoʻlining yengini yuqori koʻtardida smartletidan ma’lumotni koʻrmoqchi boʻldi. Lekin… Uning qoʻlida smartlet yoʻq edi. Irro qarshilik qilmadi, hech narsa demadi, shunchaki, jilmayib qoʻydi. -Zes…. Sen…. Vaqt… Sem oʻz bilaguzugidan soat 7:34 ekanligini koʻrib allaqachon yutqazishganini his qildi. Shunday boʻlsa ham boshqa jamoa a’zolariga ovozli xabar joʻnatishga qaror qildi. 100 -Oʻttiz daqiqa qoldi. Biz bu sahroda biron tirik jon koʻrmadik hali. Hanter xabarlarga javob bermayapti. Dilara… U ham oʻlib bormoqda… “Shahar”ga yetib keldik, lekin bu yerda ham kimdir yashashiga ishonchim komil emas. Hammasi tugadi,- Ariana charchaganidan oʻzini qumga tashladi. -Men yordam berishim mumkin. Lekin, faqat oʻzim qayta olaman. Va katta ehtimol bilan hech narsani eplay olmayman,- Anokning bu gapini eshitib hamma hayron qaradi. Sindiya esa uning ongiga kirib nimani oʻylaganini darrov tushundi. -Bir kun orqaga qaytmoqchimisan? -Qaytsam ham nima oʻzgarardi. -Yoʻq, birinchi bosqichdayoq oʻlib ketsak, shuncha tayyorgarlik nega kerak edi. Balki, Kuratordan yordam soʻrarmiz,- taklif qildi Nikolas. Birdaniga hammaning bilaguzugiga Samueldan kelgan xabar oʻyinchilarni qayta jonlantirgandek boʻldi. -“Men Zesni topdim. U yonimda. Lekin koʻk smartlet menda emas. Agar ulgursangiz, konus shaklidagi minora yoniga keling. Lekin vaqt tugadi hisob.” -26 daqiqa. Ulguramiz. Yoʻgʻe Hanter ulguradi. Axir u bizdan ancha oldinlab ketgandi. Bu xabar hammaga keldi, demak, Hanter ham eshitgan. -Agar sen Zes boʻlsang Irro qayerda? Nega bizni aldayapsan? Agar biz yutqazsak sen yutasanmi? Biz yutsak esa oʻlasan shundaymi? Lekin Irro koʻrinishidagi Zesning qarashidan Semning bironta gapini tushunmagani sezilib turardi. 101 -Mayli, seni salbiy odam deb olsam, nega oxirigacha aldamading? Toʻgʻri hammadan uzoqqa ketding. Biroq, shu bilan birga bizdan uzoqlashmading. Hammasi chalkashib ketdi. Nima istaysan oʻzi? U esa yana jim. -Sem, marslikni topdim deganding. Qani u?- nihoyat Hanter koʻrindi. -Mana Zes,- Sem yonida xotirjam turgan Irroni koʻrsatdi. -Aqldan ozdingmi? -Yoʻq, uning bilaguzugi yoʻq, gapirmayapti, tushunmayapti. Aniq Irro emas, Zes. -Unda yaxshi,- Hanter Zesning yoniga kelib chap qoʻlini maxkam siqdi, keyin choʻntagidagi koʻk smartletni chiqarib taqmoqchi boʻlganida qora oʻyinchi sarobdek tarqalib ketdi. -Jin ursin! Vaqt tugadi. Birinchi bosqichdayoq magʻlubiyat,- Hanter smartletni bor kuchi bilan uzoqqa otib yubordi… -Hanter, qayerdasiz, Zesni topdingizmi?- bilaguzugiga kelgan xabardan asabiylashib oʻzinikini ham yechib otib yubormoqchi boʻldiyu, qoʻlidan kelmadi. -7:55. Besh daqiqadan keyin vaq tugaydi. Biz esa birinchi shartdan ham oʻta olmadik… -Lekin hali ham imkon bor, agar bir kun orqaga qaytsam,- Anok yelkasidan chiqqan kulrangsifat tangachasini bir muddat ushlab turdida keyin tortib yubordi. Yulingan tangacha azobidan oʻzini yoʻqotib qoʻygan boʻlsa ham biroz muddatdan soʻng oʻzining bir kishilik oq xonasida uygʻondi. 01.01.2097. soat 00:01. 102 (Izoh: #Bir_kun_orqaga asari boʻyicha Anokning tangachasi yulinganda oʻsha tangacha oʻsib chiqqan kunga qayta oladi…) #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [15-qism] XATOLAR TUZATILDI. ANOK QAHRAMON! -Salom. Mening yonimga qaytdi deb hursand boʻlma, shunchaki, Jastinni olib ketishga keldim. Agar u yana bir kun sening uyingda qolsa bir balolarga aralashib qoladi,- Drema eshik ochilishi bilan kechasi bilan uxlamay koʻzlari qizarib ketgan Gelberoga e’tibor bermaslikka urinib toʻgʻri oshxona tomon yurdi. -Lekin, Jordan ham silarnikiga ketgan edi. Men ularni sen bilan deb oʻylagandim,- Gelbero stol ustidagi miyani faollashtiruvchi dorilarni yashirishga urindiyu, ulgurmay qoldi. -Yana shu dorilarni ichyapsanmi? Undan koʻra uxlaganing yaxshi emasmi? Kunduzi ham ish, kechasi ham ish. Keyin, men Italiyaga ketganimni bilmasmiding? Jastin uyda yolgʻiz qolgandi. Agar Jordan ham kelgan boʻlsa aniq bir ishkalni boshlashgan. -Italiyaga ketmaganingni yaxshi bilaman. Agar bolalar senikida ham, menikida ham boʻlmasa unda qayerda? -Ertayu kech ishlamasdan oilangga ham sal e’tibor berganingda balki hozir bu savolni menga bermasmiding,- Drema oshxonani tekshirib boʻlgach yotoqxonaga oʻtdi. 103 -Seningcha bolalar shu yerga yashirinib olganmi? Yoki meni tekshirishga keldingmi?- kinoyali kuldi Gelbero. -Anchadan buyon uyda tunamagan koʻrinasan. Bu yer juda chang bosib ketibdi. Mendan qutilganingga xursand boʻlib…. Ha?... -Drema… Sen bolalarni izlashga keldingmi yoki meni tergov qilishgami? Oʻzi bilasanku ikki oydan beri juda muhim ish bilan bandman. Uyni tozalashga farrosh chaqirsam aniq bilaman, uni oʻldirib yuborishdan ham qaytmaysan. -Senga faqat ish boʻlsa boʻldi. Toʻydan oldin qanaqa va’dalar bergan eding. Darrov unutdingmi? -Men hech qanaqa va’da bermaganman. -Menga umringning oxirigacha chidashga va’da berganding. Oʻn sakkiz yil davomida necha marta ajrashganimizning sanogʻiga yeta olmay qoldim lekin. -Kel yaxshisi bolalar qayerda boʻlishi mumkinligi haqida gaplashaylik. -Mana,- Drema konvertni zarda bilan yotoq ustiga qoʻyib derazaning yoniga borib qoʻlini chalishtirib arazlab turib oldi. -Xatmi? -Bolalarning qiligʻi. Konvert ichida men tushunmaydigan qandaydir jumboq bor. Uni yozish fikri menimcha Jordandan chiqqan, Jastin esa jumboqni tuzgan. Keyin atayin menga qoldirib ketishgan. Chunki oʻzim uni tushunmasligimni yaxshi bilishardi. -Va shu konvert bahona mening yonimga kelishingni ham,- Gelbero xatni ochib koʻrdi. -Salom, mening ismim Ingrid. Eshitishimcha bu yerda Emeraldga qarshi oʻynagan oʻyinchilarning farzandlari yigʻilgan ekan. Men Meliny va Lizard Breynlarning qizi boʻlaman. Fransiyada tugʻilib oʻsganim uchun inglizcha 104 talaffuzim qoʻpolroq eshitilayotgan boʻlsa uzr soʻrayman. Men uchun hamma narsa mukammal boʻlishi kerak. -Sizning talaffuzingiz ham oʻzingiz kabi mukammal,- oqish-sariq sochli va feruzarang koʻzli qizga qarab jilmaydi Jordan. -Menga jamoaga boshqa qiz olmaymiz degan eding,- Ingrid kelishi bilan tashqariga chiqib ketgan Tomas asabiylashib yoʻlga qarab kimnidir kutayotgan Alfredning yoniga bordi. -Ingrid bizga kerakli oʻyinchi. Unda toʻliq boʻlmasa ham Millerlar qobilyati bor. Mening ham juda uzoq qarindoshim. -Ha, mayli. Oʻzi sen tashqarida nima qilyapsan? -Yana bir qiz oʻyinchini kutyapman desam…,- Alfred gapini tugatmasidan Tomos koʻcha tomon keta boshladi. -Hoy, Uilson… -Boʻldi men jamoadan ketaman. Oʻrnimga boshqa odam toparsizlar. -Toʻxta, Finn bu ishingga nima degan boʻlar edi? Sirelischi? Hamma oʻyinchilarning farzandlari qatnashsayu, 15-A va B jamoa sardorlarining yagona farzandi qizlar sabab oʻyindan qochsa nima degan gap boʻladi? -Qandaydir muammo bormi yigitlar,- bir qarashda pushti toʻlqinsimon sochlari quvnoq va samimiy insondek tasavvur qilishga undasa ham, koʻrinishidan jiddiy va sovuqqonligi bilinib turgan oʻn toʻqqiz yoshlar atrofidagi qiz Alfred va Tomas gaplashib turgan uy tomon yurib keldi. -Nikol Gans boʻlsangiz kerak. Men Alfred Miller, bu esa…,- Alfred Tomasni tanishtirmoqchi edi, lekin u allaqachon bu yerdan ham surib qolibdi. Alfred Tomasni topib kelguncha Ingrid va Nikol boshqalar bilan tanishib olishdi. Nihoyat Tomas ham rozi boʻlgach Antiemerald jamoa majlisi boshlandi. -Koʻpchiligingizga ota-onangiz oʻyin haqida aytishmagan va hozir bilib turibsiz. Qoidalari oʻyinda tushuntiriladi. Antiemerald jamoani tuzish taklifi 105 mendan chiqmagan, Alfred ham emas,- Aleksey hammaga qarab chiqdi,- buni aslida Emeraldning oʻzi taklif qildi. -Oʻziga qarshi jamoa tuzib unga nima foyda? -Bilmayman. Lekin bu bizning imkonimiz. Jamoa tarkibini oʻzimiz istagandek tuzishimiz mumkin. Bu safar oʻn bir xil rangli oʻyinchi boʻlishini ma’lum qildi. Men jamoaga faqat oldingi oʻyinda ishtirok etgan oʻyinchilarning farzandlarini toʻplashga qaror qildim. Toʻgʻrirogʻi bu fikrni mening miyamga Emerald kiritgan. Lekin, yomon gʻoya emas. Shunday qilib bizda Angelaning “oʻgʻri koʻzlari” bor. Emerald istalgan vaqt uni yana tortib olishi mumkin, lekin, bunday qilmadi. Chunki undan oʻzimiz foydalanib, Emeraldga munosib raqib boʻlishimizni istaydi. “Oʻgʻri koʻzlar” bilan Alfreddan Millerlarning ayrim qobilyatlarini boshqalarga koʻchirib oʻtkazish mumkin. -Hammasini oʻtkazsa boʻlmaydimi?- soʻradi Samuel. -Yoʻq, oddiy odamlarning organizmi hammasini koʻtara olmaydi. Hatto oʻlib qolishi ham mumkin. Yana, organizm faqat oʻziga mos qobilyatni qabul qiladi, toʻgʻri kelmaydiganlari esa virusdek salbiy ta’sir qilishi mumkin. Oʻyin 01.01.2097. sanada boshlanadi. Ungacha esa Angela yordamida Alfreddan olgan qobilyatlaringizni yaxshilab oʻrganib turasiz. -Oʻzimizga qaysi qobilyat mosligini qanday bilamiz? -Buni men aniqlab beraman. Suhbat asosida, xarakteringizga qarab. (100-A. oʻyin… 01.01.2097. 00:01. Anok nomidan hikoya qilinadi…) Bir kun orqaga qaytdim. Bu xatolarni toʻgʻirlash uchun imkon. To keyingi sanaga oʻtar kechasigacha hammasini toʻgʻirlay olsam Dilara mutaniyaga aylanmaydi, marslik oʻyinchi ham topiladi. Lekin, men orada yoʻqotgan bir kunni tashlab 1-yanvar sanasidan 3-yanvarga oʻtib qolaman. Oradagi 106 oʻzgargan bir kun ichida nimalar boʻlganini bilmay qolishim bir kun ortga qaytishimning toʻlovi hisoblanadi. Hali tong otishiga olti soat bor. Keyin nonushta va soat 8:00 da oʻyin. 7:30. Dilarada koʻk shishachada vaksina boʻlishi kerak. Oʻtgan safar Marsga teleportatsiya vaqti uni yoʻqotib qoʻygan edi. Bu safar oldinroq yoʻqotadi. Ya’ni men olib qoʻyishim kerak. Agar yana Marsga oʻtsak vaksinasini unga qaytarib berib mutaniyaga aylanishining oldini olaman. Buning uchun koʻk xonaga kirganimizda Dilaraning yonida boʻlishim va chiroq oʻchganida vaksinani oʻgʻirlashim kerak. Kurator qoidalarni tushuntira boshladi: -Qadrli oʻyinchilar. Nonushta qilib boʻlgan boʻlsangiz barchangizni birinchi bosqichga – koʻk oʻyinchining xonasiga taklif qilaman. Qoidalar oddiy: bir kun ichida marslikni topasiz va bilaguzugini taqib qoʻyishingiz kerak. Koʻk smartlet koʻk oʻyinchining xonasida turibdi. Qani barcha oʻsha xonaga kirsinchi. Bir kishi uchun moʻljallangan xonaga birdaniga oʻn kishi kirganimizga biroz tirbandlik boʻlib qoldi. Oxirida Dilara ikkimiz kirdik. Oʻtgan safargidek eshik yopilib chiroqlar oʻchdi. Men tezda Dilaraning choʻntagiga qoʻlimni solib shishachani oldim. Lekin, negadir unga tegib ketganimda qoʻlim olovdek qizib ketdi. Yonimdagi Dilaraning gapi esa yanada hayratga soldi: -Bu yerda nima bor? Juda muzdek ekan,- pichirladi u. Shundan keyin men undan uzoqroq turishga harakat qildim. -Bu nima qilganingiz. Oʻzi katakdek xonaga 10 kishini qamab, yana hali umrimizda koʻrmagan oʻzga sayyoralikni qorongʻuda topishimiz kerakmi?- menimcha bu sardorimiz Ariananing ovozi edi. Kuratordan javob kelmadi. 107 -Jin ursin. Zes deganlari oʻzi odamga oʻxshaydimi? Yoki chumolidek maydami, yoki koʻrinmas. Har holda xonaga kirganimizda hech kim yoʻq edi. Aay, oyogʻimni kimdir bosdi,- baqirdi Ariana. Men esa smartletimni yoqib uning yorugʻligida atrofni koʻzdan kechira boshladim. Oʻtgan safar birinchi bosqichda Ariana nima degan edi… “Qoidada Mars haqida hech narsa deyilmagan. Bundan xulosa shuki, marslik Marsda emas. Koʻk xonada. Xona qorongʻuligidan hech narsa koʻra olmagan edik. Biz Marsda izgʻib yurmasdan oʻyinchining xonasiga qaytishimiz kerak” degan edi adashmasam. Demak, Zes hozir shu yerda boʻlishi mumkin. Fogrockda tuman ichida katta boʻlganim uchun koʻzim qorongʻuda ham juda yaxshi koʻradi. Mana nimanidir topdim shekilli… Qandaydir koʻk sharpa Irroga yaqinlashyapti. Nima??? Koʻzlarimga ishonmayman. Koʻk narsa Irroning ichiga singib ketdi. Qorongʻu boʻlgani uchun hech kim buni payqamadi. Soʻng chap qoʻlidagi qora smartletni yechib bir chetga qoʻydi. Qoyil, men qancha urinsam ham oʻz smartletimni yecha olmagan edim. -Ariana qayerdasan, men koʻk smartletni topdim,- deyarli yonginamdan Dilaraning ovozi eshitildi. -Barcha smartletini yoqsa yorugʻroq boʻlarmidi,- gapirdi kimdir. -Menga qorongʻulik yoqyapti,- Zesni topganimdan xursandligim uchun kulib qoʻydim. -Endi senga yoqishi uchun birinchi bosqichda oʻlib ketaylikmi?- Dilbar smartletini yoqib qoʻlini yuqori koʻtardi. Boshqalar ham shu ishni takrorladi. Oʻnta smartlet yulduzlar kabi yuqorida porlab turganidan xona ancha yorqinlashdi. -Koʻk smartletni beringchi,- soʻradi Ariana. Oʻtgan safar Ariana koʻk smartletni bosganida Marsga oʻtib qolgan edik. Men esa xatoni tuzatishim kerak. Tezda Dilaraning qoʻlidagi smartletni olib Irroning yoniga bordim. Zes Irroning tanasiga kirib olganini hech kim 108 bilmaydi deb oʻylagani uchun xotirjam edi. Men esa bilaman va smartletni uning chap qoʻliga oʻrnatdim. Xona chiroqlari yondi va Kuratorning tabrigi eshitildi: -Qoyilmaqom. Juda ham tez uddaladingiz. Barakalla Anok. Bir zumda marslikni topding va birinchi bosqichni yakunlading. -Hamma qoʻliga koʻk smartlet taqilgan Irroga va menga hayrat bilan qarashardi. -Zes uning ichida. Qorongʻuda koʻrib qoldim,- qisqa qildim men. Irrodan yana koʻk sharpa ajralib odamga oʻxshash qiyofaga kirdi. Lekin koʻk smartlet Irroning qoʻlida emas, sharpaning oʻzida qolgan edi. -Marhamat qilib qora oʻyinchidan oʻz smartletini taqib olishini soʻrar edim,- dedi Kurator. Zes deyarli bizga oʻxshar edi, sochlari koʻkish- kulrang, yuzi va boʻyni boʻylab huddi mening tangachalarim kabi yaltiroq koʻk muguzli terisi bor. Qolgan qismi odamlarnini bilan bir xil. Men buni qanday tez uddalaganimdan hamma hayratda boʻlgan bir vaqtda vaksina endi yoʻqolmasligi yodimga tushib uni Dilaraga qaytarib berdim. -Buni siz tushirib qoʻygan koʻrinasiz,- yoniga borib sekin pichirladim. -Ha, raxmat,- Dilara choʻntagini tekshirib koʻrib shishachani oldi. Men oʻzimni huddi qahramondek his qilar edim. Chunki, bir kun ortga qaytishim bunday omadli yakun topadi deb sira oʻylamagandim. Lekin, afsuski ertangi kunni endi yashamay oʻtkazib yuborishimga toʻgʻri keladi… (muallif nomidan hikoya qilinadi…) 109 Anok Zesni juda tez topganidan hamma endi unga yosh bolaga qaragandek emas, aqlli va e’tiborli oʻyinchi sifatida qaray boshladi. Kurator esa Anokni ancha maqtab olgach birinchi bosqichdan keyingi natijalarni e’lon qildi: -Bosqichni muvaffaqqiyatli yakunlaganingiz uchun barchangizga 10 balldan yuklab beriladi. Zesni topib asosiy ishni bajargan oq oʻyinchi Anokka esa qoʻshimcha 50 ball beriladi. Rostdan men ham unga qoyil qoldim. Endi esa va’da qilingandek birinchi shartdan soʻng ikki kishilik xonalarga joylashasiz. U yerda sharoit ancha yaxshi boʻladi. Bilaman, allaqachon oʻzlaringizga sherik topib boʻlgansizlar, lekin, kim bilan yashashingizni oʻzingiz hal qilmaysiz. -Nima???- deyarli hamma shovqin koʻtardi. -Sheriklarni Emerald tanlaydi. Va allaqachon menda roʻyxat bor: Hanter – Ariana Nikolas – Dilara Dilbar – Kiara Irro – Anok Zes – Sindiya – Samuel Oʻyinchilar soni toq boʻlgani uchun oxirgi uch kishi uchun maxsus uch kishilik uy tayyorlangan. -Nima aqldan ozganmisizlar. Oʻzimiz umuman tanimagan va bilmagan odamlar bilan, kamiga yigit- qiz aralash holda qanday yashaymiz. -Tanimasangiz endi tanishib olasiz, Miller honim. Kurator shu bilan gapini yakunladi. Xonada esa qandaydir tutun toʻlib hamma birin-ketin hushidan ayrila boshladi. (31.12.2096.) 110 -Antiemerald jamoaga salomlar,- Juliya 11 kishi yigʻilgan xonaga kirib keldi,- avvalambor kirib kelayotgan va sarguzashtlarga boy boʻladigan yangi yillaringiz bilan tabriklayman. -Oʻzing kelishingni kutmagandim,- Aleksey oʻrnidan turib singlisining yoniga bordi. -Men qoʻrqoq emasman akajon. Kil ham qatnashayotgani yaxshi,- ukasiga qarab jilmaydi qiz,- va Alfa. Asablarim qotili,- Alfredga tajavuzkor qarab oʻtdida Angelaning yoniga bordi. -Qoʻrqma, sendan oʻgʻri koʻzlaringni oʻgʻirlamayman. Oʻylaymanki hammaga kerakli qobilyatlarni oʻtkazib bergansan. -Ha. Hatto oʻyin oʻynab oʻtirmay hoziroq seni yengishimiz mumkin. Juliya kulib yubordi. -Bunchalik oson emasda. Ovora boʻlma, men muhrlanganman. Biror narsa qilmoqchi boʻlsangiz vaqt ortga qaytadi. Bu esa yangi yil sovgʻalaringiz, yil davomida aqlli bola boʻlganliklaringiz uchun,- Juliya sumkasidan bir toʻda har xil rangli smartletlarni chiqarib stol ustiga toʻkdi. -Ular 12 taku, qora bilaguzukdan ikkita olib kelibsan,- smartletlarni tekshirar ekan gapirdi Alfred. -Oʻyinchilar roʻyxatini yuklab berganimda tushunib olasan. Hozircha faqat sen qizil smartletni taqib tur. Alfred uni taqqanida oʻyinchilar roʻyxati chiqdi: Antiemerald jamoa tarkibi: 🟠kumush oʻyinchi: Aleksey Novikov – 28 yosh Zamon: 2097 111 Makon: AQSh 🌐 havorang oʻyinchi: Oliver Harris – 26 yosh Zamon: 2097 Makon: AQSh 🌕 oltin oʻyinchi: Angela Vayt – 21 yosh Zamon: 2097 Makon: AQSh 🟠siyohrang oʻyinchi: Tomas Uilson – 19 yosh Zamon: 2097 Makon: AQSh 🟠olovrang oʻyinchi: Nikol Gans – 19 yosh Zamon: 2097 Makon: AQSh 🟠yashil oʻyinchi: 112 Ingrid Breyn – 18 yosh Zamon: 2097 Makon: Fransiya ⚫️ qora oʻyinchilar: Jordan va Jastin Gelberolar – 17 yosh Zamon: 2097 Makon: AQSh 🔴 qizil oʻyinchi: Alfred Miller – 17 yosh Zamon:2097 Makon: AQSh 🟠sariq oʻyinchi: Samuel Vayt – 17 yosh Zamon: 2097 Makon: AQSh ⚪️ oq oʻyinchi: Kil Rayan – 15 yosh Zamon:2097 Makon: AQSh 113 🔵 koʻk oʻyinchi: Samanta Vayt – 13 yosh Zamon: 2090-yil Makon: AQSh -Samanta….,- Angelaning koʻzlari yoshlanib ketdi. -Axir, Samanta opam… vafot etgan edi,- Samuel Juliyaga savolomuz qaradi. -Mening oʻyinimda emas. Va yana, bu oʻyinda u 13 yoshda va senga opa boʻlmaydi,- kuldi Juliya. -Nega 2090-yildan? Atayin u oʻladigan yilni tanlab uning oʻlimini yana koʻrishga majbur qilmoqchimisan?! Senda ham yurak bordir. Azoblashni buncha yaxshi koʻrmasang,- Angela yigʻlayotgani uchun tutulib-tutilib zoʻrgʻa gapirdi. -Azoblash emas, singlingni yana bir bor koʻrishga imkoning boʻlishi yomonmi? Umuman olganda buning menga farqi yoʻq. Hammamiz ham oʻlamiz. Oʻyindami, yoki real hayotda, bugun yoki ellik-oltmish yildan keyin. Hech kim abadiy emas. Oʻlimni kulib qarshi ol deb dadangiz Daniel Vayt oʻrgatmaganmidi? -Sen vaxshiysan Juliya. -Bilaman… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas 114 [16-qism] “OʻLSANGIZ OʻLASIZ!!!” -Senga kim xujum qildi? -Bitta qariya… -Robertmi? -Oʻzi bizda bitta qariya borkuuuu… -Menimcha oramizda eng yoshi kattasi Robert. -Miyasini eng ajin bosgani esa sen. -Haaaa. Men? Mening sarobim sening yoningda nima qilib yuribdi? -Aqlli daho edingku, oʻzing top. Rosa oʻylab-oʻylab oʻyingga yetolmasang vieyesni ishlatib koʻr. Oʻtgan safargidek. -Qaysi oʻtgan safar? -Eh, qariya… Qarib xotirangdan ham ayrilgansan chogʻi. Oʻshanda nima haqida gaplashgandik? Artur haqidami? -Ha, rostdan Artur kim oʻzi? -Savol xato berildi qariya, Artur aslida kim emas nima soʻrogʻiga javob boʻladi. -Nima??? -Artur mening qushcham. Poloponligidan katta qilganman… -Nima men shuncha vaqtdan beri qayoqdagi qushdan rashk qilib yurganmidim? -Eyyy….. Arturni qayoqdagi qush deb atama! Uni sendan koʻproq yaxshi koʻraman…. Uni sendan koʻproq yaxshi koʻraman…. Uni koʻproq… Uni…. Finn uygʻonib ketdi. 115 -Nega bu xotiralar? Arturrrr… Nega uning ham ismi Artur? Nega u Sirelisni taniydi? Qayoqdan taniydi? Artur qayoqdagi qush halos! -Eyyy… Arturni qayoqdagi qush deb atama. Uni sendan koʻproq yaxshi koʻraman,- yana Sirelisning ovozi eshitildi. -Juliya. Atayin qilyapsanmi? Bilaman meni eshityapsan. Rosa boʻlmasa kurator eshityapti. Agar shu tarzda asabimni buzishni davom etsang qadrli doʻstlarimning qizi boʻlishingga qaramay…. -Oʻldirasanmi?- Finning bilaguzugiga Juliyadan xabar keldi. -Agar Sirelisga yoki oʻgʻlimga biror gap boʻlsa oʻzingdan koʻr. -Menga hissiyotlar bilan oʻynaladigan oʻyinlar yoqadi. Arturni bekorga bu jamoaga qoʻshmaganman “qariya”. Natijasi qanday boʻlishiga biram qiziqyapmanki… Voy vaqt boʻlibdi, men boshqa jamoani kuzatishga ketyapman, sizlarda esa nonushtadan soʻng 8:00 da birinchi bosqich boshlanadi. Omad tilayman, oʻyinda emas, oʻyin ichidagi oʻyinda. Oʻz rafiqangni saqlab qolishingda omad tilayman daho Finn Uilson. Butun nonushta vaqti Finn Arturni kuzatib oʻtirdi. Rostdan ham u Sirelisni taniydi shekilli. Sirelis esa boʻri Okami bilan yosh bolalarcha janjallashmoqda. Boʻriga ham Sirelis bilan oʻynash yoqib qolib atayin uning yoniga kelib ovqatini oʻgʻirlardi. -Hoy sen momiq yungga oʻrangan ochofat. Toʻyasanmi oʻzi? Lekin seni ham tushunaman. Oʻzingga qoʻshib bir yuz ellikta burgalaringni ham boqishing kerak,- Sirelis Okamining yungini silamoqchi boʻlib qoʻlini choʻzdi. Lekin boʻri yana yashin tezligida qochib qoldi. -Ha, bor shu yoqdagi amakilaringning ovqatini oʻgʻirla,- Okami Finning yoniga borganini koʻrib jilmaydi qiz. Finn ham javoban jilmayib qoʻydi. -Boʻri sabab deyarli hech narsa yemadingiz,- Artur Sirelisning yoniga kelib shirinlik uzatdi. 116 -Raxmat, janob Bradley,- qiz endi shirinlikni olayotganida Yana Okami kelib ilib ketdi. -Barakalla kichkintoy,- yoniga qaytib kelgan boʻriga qarab Finn jilmayib qoʻydi,- aytgancha ma’lumotnomada sen 286 yosh edinga, qariya. Ikkalamiz ham qariyalar ekanmiz. -Nonushta qilib boʻlgan boʻlsangiz birinchi bosqich shartini tushuntirib oʻtaman,- karnaydan Kuratorning ovozi yangradi,- birinchi bosqich nomi “Oʻlsangiz oʻlasiz!!!” Ajratilgan vaqt maksimal bir kun. Qoida juda oddiy: oʻlib qolmasangiz boʻldi. Agar jamoadan bir kishi halok boʻlsa ham butun boshli jamoa yutqazadi va jazosi ham barchaga oʻlim. Oʻyin maydoniga yetib borgach qoʻshimcha qoidalarni tushuntirib beraman. -Balki, Sirelisga u sizning rafiqangiz ekanligini aytarsiz,- eshikdan chiqishar ekan Aleksey Finnga pichirladi. -Balki, oʻzing ham Mariyaga oʻgʻli ekanligingni aytarsan! -Menimcha onamga buni qabul qilish qiyin kechadi. Biroz vaqt kerak. -Sirelisga ham vaqt kerak. -Lekin, Artur deganlari… -Iltimos faqat Artur haqida gapirma. -Oʻzingiz bilasiz. Har holda Artur sizdan ancha yosh, koʻrkam, baquvvat, toʻgʻri aqlliroq emas. Agar Sirelisga aytmasangiz uning koʻngliga kim birinchi yoʻl topib ketishi kundek ravshan. -Aql oʻrgatish odating hech qolmadida Aleksey, oʻzim bilaman. Arturni Sirelis mirlamaydi ham. Yoʻlak boʻylab tashqariga chiqishgach qishning oʻrtasi boʻlgani uchun suvuqdan hamma qaltiray boshladi. Finn kostyumini yechib Sirelisning yelkasiga yopib qoʻydi: 117 -Qishning oʻrtasida bunday yengil kiyinib yurilmaydi,- jilmaydi Finn. -Raxmat, qariya. Lekin qalin kiyinish mendan koʻra koʻproq sizga kerak. Keksalikda immunitet tushib kasalliklarga tez chalinadigan boʻlib qolishadi. Sirelisning bu gapini eshitib orqada kuzatib kelayotgan Artur kulib yubordi. -Shu yerda toʻxtab tura olasanmi?- Finn Arturning yoniga borib tirsagidan ushlab toʻxtatdi. -Biror gapingiz bormi? -Ha, gaplashib olishimiz kerak. Sirelis ham ularga qarab toʻxtab qolganini koʻrib Finning jiddiy qiyofasi yana nimtabassumga oʻzgardi: -Sizlar ketaveringsizlar biz yetib olamiz. -Oʻzingiz gaplashib olishni taklif qilganingiz yaxshi boʻldi janob. Siz Sirelisga kim boʻlasiz? Nega undan va mendan deyarli koʻz uzmaysiz? -Sirelis rafiqam. Artur yana kulib yubordi. -Qoʻysangizchi, umrimda buncha koʻp kulmagan edim. Sizni koʻrganimdan beri biram kulgim keladiki. Huddi… Artur yuziga tushgan musht sabab gapirishdan toʻxtadi. -Hazillashganim yoʻq yigitcha. Noʻxottakkina boʻlsa ham miyang boʻlsa va uning hech boʻlmasa 10 foizini eplab ishlatsang Sirelis 2073-yildan va men 2097-yildan oʻyinga kelganimni hisoblab aslida yoshimiz juda ham mosligini anglagan boʻlar eding. Sen esa oʻrta asrlardansan va oramizda qariya sensan. Bundan tashqari Sirelis uchun sen hech kim emassan. -Men uning juftiman. 118 Arturning yuziga yana bir musht kelib tushishiga oz qolganda yigit Finning qoʻlidan maxkam ushlab toʻxtatib qoldi. -Oxirigacha eshiting. Sirelis oq semurg qudratiga ega. Men esa jufti qora semurgman. Biz birlashsak qudratimiz cheksiz boʻladi. Biz bir-birimiz uchun yaratilganmiz. Men Soulni sevaman. Oʻzga olamda ham, boshqasida ham. -Soul?- Finn Arturga hayron qaradi. -Ya’ni Sirelis, bu mening Soulim. Soul bu jon, ruh. Jonsiz yashay olmaymizku, men ham usiz yashay olmayman. Siz esa Finn Uilson, huddi Richard Adams kabi yoʻlimizdan chiqqan, hal qilinishi kerak boʻlgan muammosiz halos. Hozir Sirelis sizni unga kim boʻlishingizni bilmaydi. Imkonim boʻlsa hoziroq sizni oʻldirishga qudratim yetadi. Lekin, shartga koʻra oʻlsangiz barchamiz oʻlamiz. Shunday ekan, men emas, siz Souldan uzoqroq yuring. -U Soul emas Sirelis. Mening Sirelisim. -Buni vaqt koʻrsatadi,- Artur Finning qoʻlini qoʻyib yuborib kuraklari yonidan huddi Sirelisniki kabi lekin oq emas qop-qora bir juft qanotlar chiqardida osmonga koʻtarildi. Uzoqroqdan oldinlab ketgan Sirelisning quvonchli qichqirigʻi eshitildi: -Vau, daxshat, buncha zoʻr… Menda ham shunday qanotlar boʻlsa edi… Men ham uchishni istayman… -Yaxshi, Artur. Kurash boʻlsa kurashda. Shuncha payt qayoqdagi qushdan rashk qilib yurganin yetadi oʻzi. -Eyyy… Arturni qayoqdagi qush deb atama! Uni sendan koʻproq yaxshi koʻraman,- bilaguzugidan Sirelisning ovozi eshitildi. -Juliya, ustimdan kulyapsanmi?- buni atayin qilayotganini bilib Finn battar asabiylashdi. -Yaxshiku, endi oʻzingga munosib raqib topding. Raqibing qayoqdagi qush emas, Qora semurg boʻladi endi. Aytgancha bir taklifim bor. Agar Sirelisga u bilan oila qurganingni aytmay shu holingda koʻnglini qayta zabt eta olsang 119 oʻsha kuning oʻzida 100-B jamoaning oʻyinini tugatib sizlarni gʻolib deb e’lon qilaman. -Avval ham zabt etganman, endi ham zabt eta olaman. -Lekin unda hozirgidan 23 yilga yoshroq eding qariya Finn. -Oʻsha payti ham u uchun qariya edim. -Demak, rozisan. -Shunaqaroq… -Aytgancha Qora Semurg bilan janjal chiqarib yurma daho Finn. Rostdan u juda qudratli. -U kim boʻlsa ham ishim yoʻq. Oʻzimga tegishlilarni oʻzim himoya qila olaman. Nihoyat oʻyin maydoniga yetib kelishgach Finn deyarli tanish manzaraga guvoh boʻldi. Bu oʻsha 15-A tarkibida oʻynaganida 3-bosqichda oʻzlari koʻprik qurgan jarlik. Faqat hozir qish fasli boʻlganligi, atrof qor va muz bilan qoplanganligi uchun manzara ancha oʻzgargan. Koʻprik ham qurish shart emas. Tayyor temir zanjirlik koʻprik oʻrnatilgan. Lekin eng qizigʻi u jarlikning ikki tomonini birlashtirgan koʻndalang emas, jarlikka parallel ravishda oʻnlab kilometrga choʻzilgan osma koʻprik. Agar u jarlikning ikki tomonini birlashtirmasa nima foyda,- kuldi Aleksey. Shu payt smartletlarga Kuratordan xabar keldi: -Sizlar bir kun davomida shu koʻprik boʻylab 5 kilometr yoʻl bosib oʻtib tirik qolishlaringiz kerak. Koʻprikdan oʻn daqiqadan koʻp chetlashish ham magʻlubiyat hisoblanadi. Yeguliksiz, issiq kiyimlarsiz, dorilarsiz… -Birinchi bosqichdan shunday boʻlsa keyingilari qanday ekan,- Elena muzlagan temir koʻprikka qarab oʻylanib qoldi. 120 -Menga yegulik shart emas. Baribir faqat qon ichaman. Qoʻrqmangsizlar, odam qonini emas,- jilmaydi vampir Skarlet. -Unda Okamining qoninimi? -Boʻri qoni juda issiq boʻladi. Sovuq ob-havoda mazali, lekin vaxshiy emasman. Vampirlar ochlikka chidamli. -Lekin, bu yerda hammaga javob berish kerak. Siz uddalaysiz, men uddalayman, lekin Okami boʻri. Unga tushuntirib boʻlarmikan. Anna ham salgina… aqli joyida emasga oʻxshaydi. Bir kishi oʻlsa ham barchamiz yutqazamiz,- tushuntirdi Finn. -Bir-birimizga yordam bersak uddalaymiz,- Sirelis birinchilardan boʻlib qoʻrqmasdan koʻprikka qadam qoʻydi. Lekin, temir muzlab sirpanchiq boʻlib qolganidan oyogʻi sirpanib yiqilishiga oz qolganida Artur tezda qanotlarini chiqarib uni ushlab qoldi. -Raxmat qushcha, sal shoshibman,- kuldi Sirelis. -Agar Artur hammani besh kilometrlik masofaga uchib olib borsachi?- taklif qildi Mariya. -Har oʻn daqiqada koʻprikka qoʻnib, yana uchib 10 kishini tashish juda qiyin masala. Ayniqsa shunday sovuq havoda, qanotlar muzlab qoladi,- Artur yana qanotlarini yigʻib oldi. -Yoki Okami yordam berar. U juda tezkorku. Ustiga minib bir daqiqada 5 kilometrni bosib oʻtish mumkin,- bir chetda yotgan boʻriga ishora qildi Finn. -Yaxshi fikr, lekin bu asov boʻri hech kimni oʻziga teginishga yoʻl qoʻymaydi. -Mening tezligim ham ancha yuqori, qizlarni oʻzim olib borishim mumkin. Yigitlarni esa Artur bir amallaydi,- Skarlet Annaning qoʻltiqlab olib koʻprik boʻylab tez yurib koʻrdi. Lekin juda sirpanchiqligidan muvozanatini yoʻqotib yiqilishlariga oz qoldi. -Bu usul ham boʻlmas ekan. Bir kun vaqtimiz bor. Bemalol piyoda ketaveramiz. 121 Skarlet sardor boʻlgani uchun hech kim qarshi chiqmadi. -Agar sovuq boʻlsa oʻzim olov bilan isitaman der edimu, olovni boshqarishim uchun hech boʻlmasa uning uchqunchasi kerak,- muzlagan temir koʻprik boʻylab yurishar ekan Rolanddan ham sado chiqdi. -Siz ham afsun qila olasizmi?- qiziqdi Ketrin. -Faqat olovni boshqara olaman. Senchi? -Men iblisman. Asosan qora jodular,- keyin Rolandga yaqinroq kelib gapirdi,- Elenada ham sehr quvvatini sezyapman, lekin oʻzicha bizga bildirgisi kelmayapti. Jamoa Finn tuzib bergan sxema boʻyicha ikki kishi sigʻadigan kenglikdagi koʻprikda harakatlana boshladi. Oldinda Skarlet va Anna. Ikkinchi qatorda Roland va Ketrin. Uchinchi qatorda Mariya va Aleksey. Toʻrtinchi qatorda Elena va Sirelis. Beshinchi qator, ya’ni oxirida Artur va Finn jamoani hamda qatorga qoʻshilmay u yoqdan bu yoqqa maqsadsiz yugurib halaqt berayotgan oq boʻri Okamini nazorat qilib yurdi. -Menimcha bosqich nomiga koʻra shunchaki koʻprikdan oʻtishning oʻzi yetarli emas. Chunki agar shunday boʻlganida nomi “Oʻlsangiz oʻlasiz” boʻlmas edi. -Dahoman deb har narsani aytaverar ekansizda,- Artur yana Finning gapiga kuldi. -Men oʻyinda oldin ham ishtirok etganman. Aniq bilaman yarim yoʻlga yetmasimizdan bizni oʻldirishga urinadigan toʻsiqlar paydo boʻladi… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas 122 [17-qism] SHERIKLAR. 100-A. 1-UY(Hanter va Ariana) Ariana yana boshi ogʻrigan holda uygʻondi. Oʻzini keng va yorugʻ xonada koʻrib uyqusi birdan oʻchib ketdi. Bu yer oldingisidan ancha katta, devorlari oq, jihozlari esa ancha koʻp. Birinchi navbatda qayragʻoch daraxtidan yasalgan kattagina shkafni ochib koʻrdi. Shkafda turli- tuman kiyimlar, aksessuarlar bor edi. Uncha katta boʻlmagan javonchada bir qancha kitoblar tahlangan. Xonadan chiqadigan ikkita eshik boʻlib biriga “yuvunish xonasi”, ikkinchisiga “ovqatlanish xonasi” deb yozilgan edi. Dastlab yuvinish xonasini koʻzdan kechirdi. Keyin ovqatlanish xonasi eshigini ochib oʻzi kutmagan narsaga guvoh boʻldi. Ariana bu eshik oldingidek oʻn bir kishilik zalga olib chiqadi deb oʻylagan edi. Lekin bu ikki kishilik stol-stul, muzlatkich, ovqat pishirish uchun jihozlar bilan toʻldirilgan oshxona boʻlib, stol yonida esa Hanter kichik pichoqcha bilan olma toʻgʻrab oʻtiribdi. -Nihoyat uygʻondingmi. Hali qoidalar bilan tanishmagan boʻlsang, tezroq tanishib menga ovqat tayyorlab ber,- koʻzini toʻgʻrayotgan olmasidan uzmay gapirdi Hanter. -Nima?- unchalik tushunmay, xonaga yaxshiroq nazar soldi. Bu xonada 3 ta eshik boʻlib oʻzi kelgan eshikning bir tomoniga “ovqatlanish xonasi” deb yozilgan boʻlsa, oshxona tomondan qaraganda bu eshikka “Ariananing xonasi” deb yozilgan edi. Bu eshikning qarama-qarshi tomonida esa “Hanterning xonasi” yozuvli eshik. Demak, oshxona ikkalasining xonalarini birlashtirib turadi. Uchinchi tomondagi eshikka esa “muhokama xonasi” deb yozilgan. -Hali ham turibsanmi, mening qornim och. -Kechki ovqat vaqti boʻlay deb qolibdi. Sabr qilsangiz barchamiz aylana zalga borsak… 123 -Qoidalar bilan hali tanishmadingmi?- Hanter qizning gapini boʻldi. Nihoyat Ariana smartletiga ikki soat oldin kelgan ovozli xabarni ochib koʻrdi: -Avvalambor yangi uylar va yangi sheriklar muborak boʻlsin. Shu munosabat bilan yangiliklar ham anchagina. Endi ovqatlanish uchun markaziy zalga yigʻilmaysiz. Har kim oʻz oshxonalarida ovqat tayyorlashadi. Kerakli mahsulotlar roʻyxatini “muhokama xonasi”dagi aloqa kompyuteri orqali bizga yuborishingiz mumkin. Agar tayyor ovqatga buyurtma bersangiz har bir kun uchun yigʻgan ballaringizdan 3 ball ayiriladi. -Bu nimasi? Men umrimda ovqat tayyorlamaganman. Jin ursin. -Ovqat qilishni bilmasang oʻrganasan, yoki tayyor ovqatga buyurtma berish uchun sening ballaringdan foydalanamiz,- hotirjam gapirdi Hanter. -Nega endi mening ballarimdan,- Ariananing ham jahli chiqdi. -Chunki, bu yerda men boshliqman. Hali joningdan toʻymagansan degan umiddaman. Bugun oʻzim kerakli mahsulotlarga buyurtma bergan edim. Muzlatkichdan ularni olda kechki ovqat tayyorlashni boshla. Hanter oʻz xonasiga kirib ketdi. Ariana esa nima qilishini bilmay qarab turaverdi. Oʻz uyida doim oshpazlari tayyorlagan tayyor ovqatlarni yeb oʻrgangan Ariana biron marta oʻzi tayyorlab koʻrish haqida oʻylab koʻrmagandi. Muhokama xonasida kompyuter borligi esiga tushib oʻsha xonaga kirib koʻrdi. Bu xona nisbatan kichikroq, bitta kompyuter, ikki kishilik ish stoli, yana qandaydir eshik bor edi halos. Kompyuterni yoqib koʻrgan Ariana undan foyda yoʻqligini tushundi. Chunki uning vazifasi faqat buyurtma qabul qilish boʻlib, boshqa hech narsaga ishlatishning imkoni yoʻq. Keyin xonasidagi javonda kitoblar borligi esiga tushdi. Yaxshiyamki ular orasida “Pazandalik sirlari” kitobi bor ekan. Kitobdan eng kerakli maslahatlar, va bir nechta taom tayyorlash usulini yarim soat ichida oʻqib chiqib, buni amaliyotda qoʻllashga kirishdi. Ikki soatdan soʻng Hanter oʻz xonasidan chiqdi.Yengi kalta kiyim kiyganidan qoʻl mushaklaridagi tatirovkalari koʻrinib turardi. Ariana bir muddat uning 124 gʻalati uslubda chizilgan tatusiga tikilib turdi. Lekin nima ekanligini anglay olmadi. Yoʻq, bu tatuni oldin ham koʻrgan, lekin boshqacharoq edi. Bunisida nimalardir kam. Lekin, aniq avval, hatto koʻp bora bu gʻalati uslubni koʻrgan. -Hey… Heeeeey… Qayoqqa qarayapsan? -Ha… Nima?- Ariana tez koʻzini olib qochdi. -Qiziqma,- buyruq bergandek gapirdi Hanter. -Hali kim meni qiziqyapti dedi? -Oʻzingku naqd ikki daqiqa koʻz uzmay qoʻlimni tomosha qilgan. -Balki tatirovkangiz ham oʻzingizdek gʻalati va qoʻrqinchli boʻlgani uchundir,- Ariana ovqatni stol ustiga qozoni bilan qoʻyib oʻz xonasi tomon keta boshladi. -Shoshma! Ovqatni idishlarga solib, sherigi bilan birga ovqatlanish kerakligini ham bilmaysanmi hatto. Yoki zaxarlaganing uchun oʻzing yemay qochib qolyapsanmi? -Zaxarlanib oʻlishdan qoʻrqsangiz bemalol ochingizda oʻlaverishingiz mumkin… (2078-yil. Buyuk Britaniya. Yosh Rayan xonadoni) -Nima uchun doim kostyum, yoki hech boʻlmasa yengi uzun kiyim kiyib yurishingizni endi tushundim,- Ariana Hanterning yelkasidan to bilagigacha chizilgan gʻalati tatuga tikilib gapirdi. -Bumi… Bu azobli xotiralar. Oʻshanda, ya’ni 15-A jamoada oʻynagan paytlarimiz, bizni bir uyga joylashtirgan ilk kunlaridayoq bu tatuga qiziqib qaraganingni sezgan edim. Lekin, sen uning ma’nosini soʻramagansan. Soʻraganingda ham aytmas edim, jasur qizcham, yoʻgʻe endi rafiqam. 125 -Lekin, buning ma’nosi hozir ham men uchun qiziq. Azobli xotiralar dedingiz. Azobli boʻlsa, unda ularni qoʻlingizga chizdirib har kuni koʻrib yurishingizdan nima ma’no? -Bular, men oʻldirishni istamagan, lekin oʻldirishga majbur boʻlgan odamlarimni eslatadi. -Bilagingizdagi tikonli gulga oʻxshash tasvir….. U…. Mariyani anglatadimi?- Ariana Hanterning bilagidagi oʻsha boshqa tatulardan farqli ravishda tigʻ bilan tilib chizilgan “tikonli gul” tatusini silab sekin pichirladi. Hanter esa birdan seskanib ketdi. -U hali ham ogʻritadimi? -Gul qurib ketgan, lekin tikonlari hali ham botadi… (2097-yil. Oʻyin. 100-A) 2-UY(Nikolas va Dilara) -Dilara qoidalar bilan tanishgach vaksinasini endi Stiv olib kelib bermasligini tushundi. Demak, kompyuterdan buyurtma qilish kerak. Lekin negadir boshqalar oʻzining virusga chalinganligini bilishlarini istamaydi. Bu yerda esa Nikolas bilib qolishi mumkin. (Izoh, Dilaraning mutaniya ekanligini bilgan kun tarixdan oʻchib ketgan. Chunki Anok oʻsha kunni oʻzgartirdi. Hozirda Anokdan boshqa hech kim Dilaraning virusga chalinganini bilmaydi…) -Salom,- qiz oshxonaga chiqishi bilan Nikni koʻrdi. Koʻrinishidan kayfiyati ancha yaxshiga oʻxshaydi. -Salom, Nik. 126 -Men bilan sherik boʻlganingiz bir tomondan yaxshi boʻldi. Chunki baribir men har doim ham oʻyinda boʻlmayman. Menimcha yana yarim soatlarda oʻz zamonimdagi tanam bilan birlashish vaqtim boʻladi. -Ha… Juda qiziq. Sen 2022-yildansan. Oʻsha yili men maktabda oʻqib yurgan paytlar boʻlgan. Defenders jamoasi yodimga tushib ketdi. Biz singlim ikkimiz… -Menimcha yarim soat deb adashdim,- Nikning koʻz va sochlari qoraya boshladi, bu degani u oʻz zamoniga qaytmoqda. Qulogʻiga eshitilgan baland klaviatura tovushi asta-sekin pasayib bordi va u yana oʻz uyida… 3-UY(Dilbar va Kiara) -Shuncha odam turganda kelib-kelib siz bilan xonadosh boʻlish peshonamga yozilganini qarang,- Kiara kompyuter nima ekanligini tushunishga harakat qilib u yoq bu yogʻini bosib koʻrar ekan, Dilbarga bir qarab qoʻydi. -Qoʻy shuni, buzib qoʻyasan. Keyin hech narsa buyurtira olmay ochdan oʻlib ketmaylik. Qochchi, mahsulotlar roʻyxatidan qulupnay chiqarmikan. -Qulupnayga qorin toʻymaydi. Hatto men malika boʻlsam ham sizchalik tannoz emasman. Sizning zamoningizda qanday bilmadimu, bizning qirollikda faqat homilador ayollargina qishning oʻrtasida qulupnay yeyman deb yurishi mumkin. Kiara asabini buzayotgan boʻlsa ham kompyuter yoniga oʻtirar ekan Dilbar bilinar bilinmas jilmayib qoʻydi. Keyin yana oʻsha kun esiga tushdiyu… -Hey, nega yigʻlaysiz. Shunchaki hazillashdim. Mening ham qulupnay yegim kelyapti,- Kiara oʻzining gapiga hafa boʻldi deb oʻylab Dilbarni ovutmoqchi boʻldi. 127 -Yigʻlaganim yoʻq. Kompyuter nuri koʻzga zarar. Avvallari bu matoh bilan koʻp ishlaganim uchun nuridan koʻzim yoshlanadigan boʻlib qolgan,- darrov bahona toʻqidi. -Haaa. Baribir tannozsiz. Qulupnay yegisi kelayotganmish… 4-UY(Irro va Anok) -Mening xonamda faqat oq rangli kiyimlar bor ekan. Lekin menga qora rang juda yoqadi. Balki, bir ikkita kiyimimizni almasharmiz,- jilmaydi Anok. -Istaganingni olaver, agar sening nimjon tanangga toʻgʻri keladigani topilsa,- Irro sovuqqonlik bilan javob qaytardi. -Men nimjon emasman. Biz Fogrockliklarning barchasi shunday. Ham yoshim ham hali siznikiga yetgani yoʻq. Maktabni bitirgach ovchi boʻlmoqchi edim. Oʻshanda mening ham sizdek mushaklarim boʻladi,- Anok Irroning javonidan qora rangli kiyimlarni titib oʻziga mosini qidirdi. Nihoyat bittasini tanlab kiyimini almashtirish uchun oʻzining oq sviterini yechganida Irro tez oʻrnidan turib Anokning oʻng qoʻli boʻylab qoplangan tangachalarni ushlab koʻrdi. -Ular… Haqiqiymi? -Tangachalarimmi? Ha… Siz… Fogrokliklar haqida bilasizmi? 5-UY(Zes-Sindiya-Samuel) -Biram omadlimanki, bir emas naqd ikkita yigit bilan yashash… Bundan battari boʻlmaydi,- Sindiya biroz asabiylashib oʻtirdida keyin oʻz xonasidan chiqmay qoʻshni xonalardagi sheriklarining ongiga kirib koʻrishga harakat qildi. Ulardan birining ongida musiqa aylanyapti. Menimcha u yangi qoʻshiq ustida ishlamoqda. Shunday vaziyatda qanday musiqani oʻylash mumkin. 128 Keyin ikkinchi ongga kirib koʻrdi. Dastlab bu juda qiyin kechdi. -Oʻzga sayyoralik boʻlganidan keyin ongi ham oʻzgacha boʻladida,- jilmaydi Sindi. Soʻng yanada kuchliroq harakat qildi. -Qani marslik kelgindi, nimalarni oʻylayapsan? Meni ongingga kirit. Sindiya nihoyat Zesning ongiga kirib uning miyasidagi narsalarni koʻra boshladi: Cheksiz qizil qum uyumlari. Tosh xarobalar. Zumradkoʻzli qiz. U Zesga nimalardir demoqda. Lekin Zes qizni tushunmagani uchun Sindiya ham eshita olmadi. Axir bu Zesning ongi. Keyin zumradkoʻzli qiz marslikka rasm koʻrsatdi. Sindiya ham Zes bilan birga kuchli hayajonni his qildi. Birdaniga eshik taqillaganidan Sindiya chalgʻib Zesning ongidan chiqishga majbur boʻldi. -Sindiya, oʻzingizga keldingizmi? Hammasi joyidami?- eshik ortidan eshitilgan bu ovoz Samuelniki edi. -Sen soʻramaguningcha hammasi yaxshi edi… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [18-qism] YORDAMCHI JAMOA. -Koʻrib turganingizdek hamma narsa chalkashib ketgan. 201 ta jamoa, 200 ta Kurator, oʻn minglab ishchilar va nazoratchilar, ikki mingga yaqin oʻyinchi, mingdan ziyod qurbonlar… Sizningcha bu menga nima uchun kerak? Emerald boʻlish bu… Bu juda zavqli… 129 -July, sen Emeralddek emas, oʻzingdek boʻl. Axir sen Juliya Rayansan. Miller emas, O’Ryan ham emas, Rayan. Juliya Rayan. -Qachondan bunday fikrlaydigan boʻlib qoldingiz. Sizga kim buncha ta’sir oʻtkazdi? Kuratorligingizdagi oʻyinchilaringizdan birini yoqtirib qoldingizmi yoki? A?- kulgisi kelmasa ham jilmaydi Juliya. -July, men shu oqimning kelajagiga borib keldim. U yerda… -Aytishingiz shart emas. Kelajakdagi Emeraldga salom aytib qoʻygan boʻlsangiz yetarli. -July… -Yana nima? -Men vaqtdan vos kechmoqchiman… Juliya indamadi, shunchaki Stivga tikilib turdi. Uzoq davom etgan sukunatdan soʻng Stivning oʻzi gap boshladi: -Men boshqa… -AQLDAN OZGANMISIZ? Meni yarim yoʻlda tashlab ketmoqchimisiz? -Bu hali yarim yoʻl emas, boshlanishi. Sen ham bu yoʻldan qayt. -Hech qachon. Bu mening yoʻlim. Kelajakda nimani koʻrib kelganingiz bilan ishim yoʻq. -Oʻlasan! Sening kelajaging shu! Oʻlasan. Seni haqiqiy Emerald oʻldiradi. -Nimasi yomon. Bir kun kelib oʻlishim aniqku. -Lekin, men bu ishlarga aralashmayman. Senga vaqt kerak edi. Bemalol uni olishing mumkin. Oʻgʻri koʻzlarni olishing uchun qulay vaqtga seni olib borib qoʻyaman. Keyin… -Unutdingizmi? Menga oʻgʻri koʻzlar kerak emas. Uni Antiemeraldga sovgʻa qilganman. Vaqtingiz shunchalik ortiqchalik qilayotgan boʻlsa shunchaki qobilyatingizni ishlatmang. 130 -“Vaqt uloqtirishi” bunga yoʻl qoʻymayapti. U meni ayanchli kelajagingga uloqtirib yuboryapti, July. -Siz jamoangiz yoniga boring, havotirga oʻrin yoʻq. Hammasi joyida. Axir biz Millerlarmiz. Vaqtni faqat siz buzmasdan boshqara olasiz… Antiemerald oʻyinchilariga birinchi kundanoq juftlikdagi xonadoshlari roʻyxati yuklab berildi: Aleksey – Angela Oliver – Alfred Kil – Samanta Tomas – Nikol Samuel – Jastin Jordan – Ingrid -Yoʻq-yoʻq-yoʻq-yoʻq. Men butunlay qarshiman! Hech qachon u bilan bir uyda yashamayman. Sen va’da berganding Alfred, endi nega uni bajarmayapsan? Qoʻlingdan keladiku, agar Emerald rostdan Juliya Rayan boʻlsa uni koʻndir. Meni boshqa bilan almashtirsin. -Biz ham qarshimiz, oʻzi ota-onamiz sabab alohida yashar edik, endigina oʻyinda birga boʻlamiz desak yana ajratishyapdimi,- Jastin ham norozi boʻldi. -Muhumi qalban birgamiz akaginam,- jilmaydi Jordan. U Ingrid bilan sheriklikka tushganidan unchalik ham norozi emasdi. -Men ham Samanta bilab yashashni istayman,- Angelaning bu gapi oxiri Alfredning sabr kosasini toʻldirdi. 131 -Hammamiz endi yosh bola emasmiz! Bu ham bolalar oʻyini emas! Biz eng kuchli oʻyinchilarning farzandlarimiz. Ular bizning xonadoshlardan nolib janjal chiqarayotganimizni koʻrsa nima deyishar edi? Boshqa oʻyinchilarga biz kabi erkinlik berilmagan. Boshqalar, birinchi bor koʻrgan begona kishisi bilan yashashga majbur boʻlgan. Biz esa qancha vaqt birga tayyorlandik axir. Ayniqsa Tomas, bilaman fobiyang bor. Lekin, qachondir uni yengishing kerakku, agar dunyodan toq oʻtib ketishni istamasang. -Chiroyli nutqingni buzganim uchun uzr, Alfa. Lekin, hozir sizlarga oʻn ikkinchi oʻyinchini tanishtirishim kerak. Kutib oling Samanta Vayt, - markaziy aylana zalning eshigi ochilib Juliya va 13 yoshli moviy koʻzli, uzoq vaqt xastalik sabab biroz rangi oqargan, lablarida nimtabassum bilan Samanta kirib keldi. -Samanta!- Angela yugurib borib singlisini bagʻriga bosdi. -Juda chiroyli boʻlib ketibsiz, boʻyingiz ham menikidan ancha baland. Oxirgi marta oʻlchaganimizda menda bor yoʻgʻi 3 santimetr uzun edingiz… -Seni juda sogʻindim… -Men esa hali sogʻinishga ulgurmagandim. Chunki Juliya meni olib ketishidan yarim soat oldin birga muzqaymoq yegan edik,- jilmaydi Samanta,- voy, Sem… Endi menga uka emas aka boʻlar ekansanda,- Samanta bir chetda qarab turgan Samuelni ham chaqirdi. -Ularning baxtli ekanligini koʻrib hamma xursand edi, Tomasdan boshqa. -Yana bitta qiz. -Juliya, gaplashib olsak boʻladimi,- Alfred Kilga jilmayib qarab turgan qizning yoniga bordi. -Gapiraver. -Iloji boʻlsa yolgʻiz. 132 -Boring, boring, yigitingiz bilan gaplashib oling. Oʻyiningizda oʻlib ketsa boshqa imkoningiz boʻlmaydi opajon,- Kil doimgidek Juliyaning asablarini bir qoʻzgʻatib oldi. -Kil! Agar yana bir bor shunaqa desang… -Ukangiz boʻlishimga qaramay oʻldirib yuborishingizni bilaman,- Kil qoʻlini choʻntagiga solgancha hotirjam ulardan uzoqlashdi. -Bu bola kimga oʻxshagan oʻzi. Oilamizda bunaqa asab buzarlar yoʻq edi shekilli. Mayli, nima gaping bor edi?- Juliya Kilning ortidan qarab qolar ekan Alfredga qaramasdan gapirdi. -Angela qayta tiklanishni oʻgʻirlay olmayapti. Lekin, uni yaxshi bilaman, baribir singlisidan kasallikni oʻziga oʻgʻirlaydi. -Hoʻsh? -Bizga Angelning yordami kerak. Ya’ni oʻgʻri koʻzlarning haqiqiy egasining yordami. Juliya kulib yubordi. -Kim aytdi oʻgʻri koʻzlar Angelniki deb. Unga axir qobilyatini Emerald bergan. Ya’ni men. -Sen emas. U boshqa Emerald, boshqa Juliya. U Emeraldning oʻyini boshqacha edi. -Mening Emerald ekanligimga shubhalanyapsanmi? Seningcha meni kimdir boshqaryaptimi? Stivmi? -Stiv Millerni sendan yaxshiroq taniyman. U hammamizdan koʻra koʻp yashagan, hammamizdan ham koʻp zamonni koʻrgan, hammamizdan ham koʻp qiynalgan. Hammamizdan koʻra yaxshiroq. Uni qanday sheriklikka koʻndirganingga hayronman. Va oʻgʻri koʻzlarsiz qanday qilib oʻyinchilarga qobilyat berishingga ham qiziqyapman. Shundan kelib chiqib aytishim mumkinki, bu yerda boshqa nimadir bor. Seni odamlarni yomon koʻrishga undovchi, miyangga ta’sir oʻtkazayotgan, hatto oʻz oila a’zolaringni oʻyinga 133 yuborishga majbur qilayotgan nimadir yoki kimdir bor. U hatto boshqa zamondagi oʻzing, yoki boshqa zamondagi men boʻlishim ham mumkin. -Boshqa zamondagi sen? Bugun hamma meni kuldirishni niyat qilganmi deyman. Sen kim boʻlibsanki menga ta’sir oʻtkaza olsang. Sen bor yoʻgʻi asablarim qotilisan. -Bu ham men uchun bir yutuq “jasur qizcha”. Seni oʻsha kuni maktabga ilk kelgan kuning koʻrganimdayoq buni sezganman. Sen ham sezyapsan toʻgʻrimi? -Nimani? -Bizni bogʻlab turgan kishanni. Goʻyoki hozirgi kunimiz hozir emas, oʻtmishdek. Biz aslida yanada keyinroqdagi kelajak tomonidan boshqarilayotgandek. Oʻyin maqsadi aslida butunlay boshqa boʻlsachi? -Oʻyinni men yaratganman. Maqsadim nimaligini yaxshi bilaman. -Agar faqat sen shunday oʻylayotgan boʻlsangchi? -Boshimni qotirma, oʻzim kimligimni yaxshi bilaman. Nega bundayligimni ham. -Unda javob berchi, nega odamlarni yomon koʻrasan? Hech kim senga yomonlik qilmagan boʻlsa. -Shunchaki ular juda zaif. Yashashga va kislarodni isrof qilishga arzimaydi. Mana nima uchun bu safargi oʻyin ishtirokchilari hilma xil. Hali koʻrasan, nafaqat Millerlar, balki, boshqa gʻayriturlar ham mening fikrimga qoʻshiladi. -Shoshmachi,- Alfred birdan teskari oʻgirilib ketayotgan Juliyaning qoʻlidan tortib toʻxtatdi. -Senga buni kim aytdi? -Gʻayriturlarnimi? -Millerlar haqiqatini. Bu haqida hech qaysi kitobda, hujjatda, jumboqda, umuman hech qayerda yozilmagan. 134 -Unda oʻzing qayerdan bilasan?,- Juliya qoʻlini siltab tortib oldi. -Menga sen aytgansan. Qachondir, qaysidir zamonda. -Yaxshi. Bilsang yaxshi. Senga buni nima uchun aytganimni va hozir buni qanday eslashingni bilmadimu, lekin menga buning umuman farqi yoʻq. Maqsadim faqat bir tiyinga qimmat kerakdiz yukdan qutilish. -Oʻgʻri koʻzlar masalasichi? -Buni oʻzlaringiz hal qiling. Angela qayta tiklanishni oʻzlashtira olmayotgan boʻlsa boshqa yoʻlini oʻylab toping. Yana bir gap. Sizlar 99 bosqichda ishtirok etmaysizlar. Antiemerad yordamchi jamoa boʻladi. Ya’ni sizlar men oʻldirayotgan odamlarni qutqarishingiz kerak. Har bir tirik saqlab qolingan oʻyinchi uchun 100 balldan beriladi. Yana bir sharti faqat oʻz rangingizdagi oʻyinchilarni qutqarishingiz mumkin. Agar boshqasini ham qutqarishga urinsangiz 200 ball ayriladi. Balldan qarzdorlik jazosi esa oʻlim. Aytgancha ularga yordam berganingizni boshqa rangli oʻyinchilar koʻrib qolsa ham yutqazasiz. Bu haqida toʻliq qoidalarni tuzib chiqqach smartlatlaringizga yuklab beraman… *** (100-B. 1-bosqich. Temir koʻprik) -Qoyil oramizda shuncha qudratli odamlar bor-u, hech kim olov yoqishni bilmaydimi?- nolidi Mariya. -Agar menga uchqun boʻlsa ham topib bersangiz butun koʻprikni ham yoqib yuborishim mumkin,- Ketringa aytgan gapini qaytardi Roland. -Bu muammo emas, biz axir temir koʻprikdamiz, metallar ta’sirlashganda esa uchqun chiqarsa boʻladi. Kimdadir temir buyum topilsa boʻldi,- taklif qildi Finn. Lekin aksiga olib hech kimda metalldan qilingan buyum yoʻq edi. Smartletlardan foydalanish esa havfli. Agar ularga shikast yetsa oʻlimga ham olib kelishi mumkin. 135 -Balki uzugingizdan foydalanarmiz,- Artur Finning chap qoʻlidagi qanotlar shaklidagi kumush uzugiga ishora qildi. -Qoʻysangchi, axir bu qariyaga qadrli boʻlsa kerak. Ham juda chiroyli uzuk ekan. Biz sovuqqotmasligimiz uchun kimningdir qadrli buyumini qurbon qilish adolatsizlik. Qayerdan olgansiz qanotlar shaklidagi uzukni?- soʻradi Sirelis. -Bu nikoh uzugim… Rafiqam tanlagan,- qoʻlidagi uzukka tikilib gapirdi Finn. -Rafiqangizning didi zoʻr ekan, qariya. Juda-juda chiroyli uzuk tanlabdi. -Istasang uni taqib koʻrishing mumkin,- Finn uzukni yechib Sirelisga uzatdi. -Yoʻgʻe, shart emas. Agar taqsam va menga yoqib qolsa qaytarib ololmaysiz,- kuldi qiz. Keyin baribir uzukni olish uchun qoʻlini choʻzdi. -Ay… -Nima boʻldi,- Finn shoshganidan uzukni tushurib yubordi. Lekin unga e’tibor bermay Sirelisning qon oqayotgan qoʻliga qadalib qolgan oʻtkir muz parchasini olib tashlashga harakat qildi. Artur esa nima boʻlayotganini tushungandek qora semurg kuchidan foydalanib tez himoya gumbazini hosil qildi. -Muzli yomgʻirmi bu?- dastlab bitta ikkita tushgan, keyin esa gumbazga urilishi tezlashgan muz parchalarining ovozini eshitib oʻyladi Aleksey. -Mana nima uchun bosqich nomi “Oʻlsangiz oʻlasiz”. Kimdir gumbaz tashqarisida qolib ketganida boshiga qadalgan muz parchalaridan aniq oʻlib ketar edi,- Sirelisning qoʻlini bogʻlayotgan Finn uzugini yoʻqotganidan biroz asabiylashib gapirdi. -Menimcha biz toʻliq emasmiz. Kimdir yoʻq,- Skarlet hammaga qarab chiqdi,- Okami… -Kimdir uni topib kelishi kerak, agar u muz yomgʻirida qolib ketsa unga qoʻshilib barchamiz oʻlib ketamiz. Men gumbazni bundan ortiq kattalashtira olmayman. Agar oʻzim ketsam bu yerdagi himoya gumbazi yoʻqoladi. 136 Vampirlar oʻlmaydiku, siz borsangiz boʻlmaydimi,- Skarletga qarab gapirdi Artur. -Biz qarimaymiz, kasal boʻlmaymiz. Lekin, jarohatlardan oʻlishimiz mumkin. Bu bilan men bormayman deganim yoʻq. Lekin, men chiqishim uchun gumbazni olib turishing kerak. Bu oraliqda esa ichkaridagilar havf ostida qoladi. -Bu muz ham emas. Agar muz boʻlganida tana haroratida erib ketar edi. Sirelisning qoʻliga sanchilgan boʻlakcha esa juda qattiq, shaffof va oʻtkir,- Finn “muz” parchasini koʻzoynagiga yaqin olib kelib tekshira boshladi. -Bu degani agar u tanaga chuqurroq sanchilsa, oʻq kabi qolib ketadimi? -Bundan ham yomoni smartletga tegsa uni ishdan chiqaradi. Okamining smartleti esa boʻyniga taqilgan. -Balki uni shu yerdan turib smartlet orqali chaqirarmiz, aqlli boʻriga oʻxshaydi, balki topib kela olar,- Aleksey smartletidan ovozli xabar bandini ochib Okamini chaqira boshladi. U tomondan esa boʻrining azobli ingrash tovushiga gʻazabli irrillashi ham qoʻshilib eshitilardi. Lekin muz yomgʻirining temir koʻprikka urilganda chiqadigan tovushi yoʻq. Keyin birdan aloqa uzulib qoldi. -Balki, u manzilga yetib borgandir… -Shunga umid qilamiz. -Hammasi joyida,- Kil Okamining boʻynidagi smartletdagi aloqa tugmasini oʻchirib qoʻygach sekin gapirdi,- qoʻrqma, men senga yordam berishga keldim. Toʻgʻrisi oq oʻyinchi boʻri boʻlib chiqishini kutmagandim. Men ham Antiemeraldning oq oʻyinchisi boʻlaman. Vazifam senga yordam berish. Kil Okamining oppoq moʻynalari orasidan sizib chiqayotgan qonni toʻxtatish va muz parchasini chiqarib tashlash uchun sekin yon tomoniga oʻtdi. Okami 137 esa oʻziga teginishlarini yoqtirmagani uchun yana irrillab qoziq tishlarini koʻrsatdi. -Meni oʻldirib qoʻyma tagʻin, boʻlmasa hosil qilgan mutloq himoya qalqonim ham yoʻqolib oʻzing ham oʻlib ketasan. Kil Okamining qarshiligiga qaramay qizargan yunglaridan muz parchalari tekkan joylarni aniqlab bir amallab sugʻurib chiqdi. -Ana boʻldi, shunga shuncha vahima qilasan-e. Toʻgʻri men ham qotilning farzandiman, lekin hayvonlarga ziyon yetkazmayman. Muz yomgʻiri tugaguncha yoningda boʻlaman. Keyin qaytib meni koʻrmaysan ishon. Yarim soatlardan keyin atrof tinchib qoldi. Artur ham gumbazni ushlab turishga koʻp kuch sarflaganidan smartletidagi energiya koʻrsatkichi 20 foizgacha tushib ketgandi. -Okami bilan hali ham aloqa yoʻqmi?- soʻradi Finn. -Yoʻq. Biz manzilga boraveraylikchi, balki rostdan u allaqachon yetib borgandir. Axir juda tezkor boʻriku. Kechga yaqin oʻsha aytilgan joyga yetib kelishganda ularni Okami kutib turar edi. -Aytgandimku u allaqachon yetib borgan deb,- Aleksey Okamiga yaqinlashib tanasida bir nechta davolangan jarohatlarni payqadi. Yaxshilab qarashga ulgurmasidan boʻri tezda qochib qoldi. -Menimcha bu yerda kimdir bizga yordam beryapti… -Tabriklayman 100-B jamoa. Birinchi bosqichni muvaffaqqiyatli yakunladingiz. Barchangizga 1-shartdan oʻtganingiz uchun 10 balldan yuklab beriladi. Va’da qilinganidek birinchi bosqichdan soʻng yangi sheriklaringiz 138 bilan bir uyda yashaysizlar. Roʻyxat smartletlaringizda, ochib tanishib chiqishingiz mumkin. Finn Juliyani yaxshi bilgani uchun koʻngli bir noxushlikni sezdi. Atayin Sirelis va Arturni sherik qilishini undan kutsa boʻladi. Tez roʻyxatni ochib oʻqiy boshladi: Skarlet – Ketrin Anna – Okami Mariya – Aleksey Elena – Roland Finn – Sirelis – Artur. #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [19-qism] IKKINCHI BOSQICH. “MUVOZANAT”. (2096-yil) -Xatda nima deb yozilgan ekan?- Gelberoning maktubdagi jumboqlarni yechib oʻqib koʻrganidan keyin chuqur oʻyga tolgani va doimo sovuqqon koʻrinadigan yuzida biroz havotir paydo boʻlganidan tashvishlanib soʻradi Drema. -Sen uyingga ketaver, oʻzim hal qilaman. -Yoʻq, ular mening ham oʻgʻillarim, bilishga haqqim bor. -Uyingga joʻna dedim. 139 -Umuman olganda haydashga haqqing yoʻq. Bu yer mening ham uyim. Alohida yashayotgan boʻlsak ham hali sud qarori bilan ajrashganimiz yoʻq. Xatni ham men olib keldim, uning mazmunini aytishga majbursan. Umuman, nega sen mendan doim sir yashirasan? Hech qachon rafiqa u yoqda tursin, odamdek ham tuzuk muomala qilmaysan. Gelbero qogʻozni buklab choʻntagiga soldida biroz Dremaga yaqin kelib gapirdi: -Eshit. Men tugʻilganimdan beri shundayman. Bundan oʻzgacha boʻlolmayman ham. Menga turmushga chiq deb senga yalinmaganman ham. Oʻzing shu yoʻlni tanlagansan. Bolalarga kelsak, ular shunchaki biroz hazil qilishgan. Sen uyingga borda tinchlantiruvchi bitta dori ichib uxla. Uygʻonguningcha bolalarni topaman. Tushunarli boʻldimi? Drema Gelberoga gapirish befoydaligini bilgani uchun bir necha daqiqa haykalga qaragandek tikilib turdida keyin eshik tomon yura boshladi: -Haaa, mayli… Nima ham derdim… Agar uygʻongunimcha Jastin va Jordan uyimda boʻlmasa seni mana shu hech qachon tugamaydigan ishing bilan bogʻliq hujjatlaringga qoʻshib yoqib yuboraman. Gelberoning labiga nimtabassum yugurdi. Drema chiqib ketgach esa yana jiddiy qiyofa kasb etib choʻntagidagi xatni qayta oʻqib chiqdi: “Qadrli qora oʻyinchimiz Gelberoga. Bu shriftni faqat “Gelbero” mansabidagi maxsus oʻqitilganlar tushunishini yaxshi bilaman. Bolalaring hozir oʻyinda. Ularning tirik qolishiga kafolat bermayman. Lekin, agar sen ham 99-B jamoaning kumush oʻyinchisi boʻlib, men aytgan barcha ishlarni bajarishga rozi boʻlsang balki ular tirik qolar. Bu haqida kimgadir aytishing shart emas. Axir sir saqlash boʻyicha senga teng keladigani yoʻqku. Seni bugun 23:30 da “Emerald” hiyobonida kutaman. Hurmat bilan sen izlayotgan shaxs…” 140 -Uyingga borib uxla, bolalarni oʻzim topamanmish… Hhhh… Hatto zombilar ham undan koʻra mehrliroq boʻlsa kerak. Oʻzi qaysi miyam bilan uni yaxshi koʻrib qolganman hayronman. Kamiga fitnachi boʻlgan boʻlsa. Na nasl-nasabi, na maqsadi aniq emas. Oʻn sakkiz yil birga yashab bironta sirini soʻrab bilib ololmaganman. Oilali boʻlgach oʻzgarishiga umid qilgandim. Lekin, u hali ham oʻsha-oʻsha… Faqat ish bilan band. Kimnidir qidiradi. -Akamdan ranjimang. Biz shunday tarbiyalanganmiz. Germaniyadagi “Gelbero” maxsus tayyorlov internatida. Bizda hatto ism ham yoʻq, mehr qayoqdan boʻlsin. U yerni tugatib chiqqanlarning barchasi Gelbero deyiladi. Hissizlik soʻzi Gelberoga sinonim boʻlib ketgan. Bilasizmi, akam Gelberolar ichida yagona oilali inson. Bunga yagona sabab sizni yaxshi koʻrishi. -Rostdanmi,- mayus jilmaydi Drema. Keyin Gelberoning ukasidan nega kelganligini soʻramagani yodiga tushdi: -Oʻzi seni bu yerga akang joʻnatdimi? Balki, meni kuzatmoqchidir. Har holda dardimni eshitib oʻtirish uchun kelmagandirsan. -Ha, akam joʻnatdi, yoʻqligida bir baloni boshlab qoʻymasligingiz uchun. -Ya’ni??? Axir u uygʻongunimcha bolalarni topib kelishga soʻz bergandi. Oʻzi nimalarni boshlab yuribdi? -Uygʻonguningizcha albatta qaytadi. Faqat siz sal koʻproq uxlaysiz. Gelberoning ukasi masofadan boshqariladigan robatlashtirilgan hasharot yordamida Dremaga kuchli muzlatuvchi uyqu dori yubordi. -Qani Nikkinam, oʻyinga qaytishga tayyormisiz? Kamarlarni taqib oling, bu safar oxirgo tezlikda…. -JIM!- Nikolasning birdan asabiy baqirishi sabab deraza yonida gir aylanib uchayotgan Paki toʻxtab qanotlarini shalpaytirgancha tokchaga oʻtirdi. 141 -Jagʻingni besh daqiqa yopib tura olasanmi, yoʻqmi?- baqirishni davom etdi Nik. -……. -Shunaqa boʻlsin. Jimgina oʻtir. Nihoyat qulogʻi shovqindan halos boʻlgach Nikolas Viktorga tushuntira boshladi: -Iltimos, iloji boricha men yoʻqligimda hech narsa qilmay uyda oʻtir. -Nega endi sen ajabtovur oʻyinda mazza qilib sarguzashtlarga boy hayot kechirasanu, men uyda qamalib zerikib oʻtirishim kerak? -Axir men bu sen, sen esa men. Nima farqi bor? Birlashgan paytimiz sen qilgan ishlarni tahlil qilolmay adashib ketyapman. -Sen mening holimni tasavvur qilib koʻr. Doim ikkimiz ajralganimizda odamdek yashashga harakat qilaman. Birlashgan vaqtlarimizni esa unutaman. Bu hayotimga qanchalik yomon tasir qilayotganini tushunmayapsan. Sendan koʻra menga qiyin,- Viktor ham oʻz holatini tushuntirishga harakat qildi. -Lekin, mening ishim muhimroq. Agar… -Ketish vaqti boʻldi, sizlarning janjalingizdan zerikib ham ketdim. Qanotlarim uvushib ham qoldi,- Paki yana aralasha boshladi. -Senga jim oʻtir dedim! Nikolas gapini tugatishga ulgurmasidan boʻyni yonida oʻtkir tigʻ yaltirab salkam koʻzini qamashtirib yubordi. -Men esa ketish vaqti boʻldi dedim,- bu safar gʻazabga toʻla tim qora koʻzlar, jiddiy yuz, dagʻalroq ovoz, umuman Pakiga oʻxshamas edi. Zum oʻtmay yana koʻzlar begʻubor yaltiray boshladi, lablarga tabassum yugurdi: -Zoʻra, yaltirashini koʻrdingizmi? Oʻziyam ikki soat charxlaganman bu qilichni. Koʻzni qamashtiradigan darajada ajoyib. 142 Paki hayratdan qotib qolgan Nikolasning boʻynidan qilichini oldida yigitning atrofida doira chizdi. -Keyingi bekat oʻyin maydoni, kamarlar taqilsin… -Hayrli tong qadrli oʻyinchilar. Yangi sheriklar bilan yangi tun qanday oʻtdi? Oʻylaymanki hech qanday muammo chiqmagan. Qoidalarda aytib oʻtilganidek endi nonushta va tushlik uchun markaziy zalga yigʻilmaysizlar. Lekin, soat 9:00 da 2-bosqich uchun sizlarni zalda kutaman,- karnaydan Kuratorning ovozi yangradi. Dilara vaksinasini qabul qilib nonushta tayyorlashni endi boshlaganida doimgidek Paki va Nikolas toʻsatdan paydo boʻldi. -Mana, honim, janobingiz yetkazildi. Oʻzi bus butun, lekin, asablari unchalik ham joyida emas. Voy, quymoq! Juda yaxshi koʻraman, bitta olsam maylimi?- Paki javob ham kutmasdan quymoqlardan bir nechtasini olib paqqos tushirdi. U juda shoshib harakat qilganidan hatto tiqilib qolishiga sal qoldi. -Bemalol oʻtirib biz bilan nonushta qilishing mumkin,- Pakiga suv uzatar ekan iltifot bilan jilmaydi Dilara. -Yoʻq, raxmat. Hali patlarimni kremlashim kerak. Bugun muhim uchrashuvim bor. Voy, kech qolyapman. Ha aytgancha quymoqlarga gap yoʻq,- Paki yana bir zumda gʻoyib boʻldi. -Pati yulingan tovuq! – asabiy pichirladi Nikolas. -Nega ekan, ajoyib va quvnoq qushcha. U sabab uyingga borib kela olasanku. -Undan koʻra uyga qaytmaganim yaxshi edi. U yoqda muammolar bu yerdagidan koʻp… Bir soatdan keyin jamoa a’zolari markaziy zalga toʻplanishdi. 143 -Koʻrinishingizda sheriklaringizdan xursand emasga oʻxshaysizlar. Hechqisi yoʻq. Ikkinchi bosqich sharti bir-biringizning qadringizga yetishga oʻrgatadi. Bosqich nomi “Muvozanat”, ajratilgan vaqt maksimal ikki kun. Qoidalar: tubsizlik ustidagi muallaq rangli bloklar ustida ikki kun davomida turib berish. Bloklar 6 xil rangda: oq, qora, qizil, yashil, sariq va shaffof shishasimon. Har bir blokda muvozanat saqlanishi uchun ikki kishi turishi kerak. Agar sherigingiz boshqa rangli blokka oʻtsa yolgʻiz holda 10 daqiqadan ortiq tura olmay tubsizlikka qulaysiz. Blokdan tashqariga chiqqan holda 15 daqiqa dam olish mumkin. Qiyin tomoni uzoq vaqt tik turish, va ovqatlanish va dam olishga birgalikda bor yoʻgʻi 15 daqiqa tanaffus olish mumkinligi. Yana oʻyinchilar 11 nafar, rangli bloklar 5 ta, 10 kishi sigʻadi. Shaffof blokni topish esa oson emas. Bloklar orasida masofa 5 metr, bloklarni siljitish mumkin, lekin faqat bir yoʻnalishda. Sheriklarni almashib turish ham mumkin. Tushunarli boʻlsa bosqichni boshlaymiz. -Lekin men hech narsaga tushunmadim. Bloklar, ranglar, tubsizlik… Ikki kun tik turamizmi?- soʻradi Anok. -Tushunmagan boʻlsang shartni bajarish davomida tushunib olasan. Markaziy zal eshigi ochilib ortida katta oʻyin maydoni koʻrindi. Markazda zal kattaligidagi qorongʻu tubsizlik. Unga qulash yuz foizlik oʻlimga kafolat. Sheriklardan biri qulasa ikkinchisi ham muvozanatni saqlay olmay qulashi aniq. -Boshlanishiga kim qirgʻoqda qolishini aniqlash kerak. Har 15 daqiqada kimdir u bilan almashadi. Qolganlar esa ikki kishidan bloklarga chiqaverishi mumkin,- Kurator oʻyinchilarni tubsizlik ustida muallaq holda turgan ikki kishi bazoʻr sigʻadigan toʻrtburchak bloklarga taklif qildi. -Mayli hozircha men qirgʻoqda qolaman,- Ariana blokka chiqmasdan chetga oʻtdi. Qolganlar esa juft-juft boʻlib bloklarga joylashishdi. Qizil blokka Hanter va Nikolas, yashil blokka Sindiya va Kiara, qora blokka Irro va Anok, oq blokka Dilbar va Dilara, sariq blokka Zes va Samuel. 144 -Qoʻldan kelgancha shaffof blokni ham topish kerak. Aks holda kimdir yutqazish ehtimoli koʻpayadi. Aytishni unutibman tubsizlik boʻylab bonuslar ham suzib yurishi mumkin. Ular shartdan oʻtishni osonlashtirishga yordam beradi. Maslahatim bonuslarni tezroq toping. Chunki ikki kun tabiiy ehtiyojlarsiz, yashay olmasligingiz aniq. Ayniqsa uxlamasdan. Omadingizni bersin… (100-B) Ertalab Artur oshxonaga chiqqanida Finning nonushta tayyorlayotganini koʻrib hayron qoldi. -Sirelis hali uygʻonmadimi? Yoki, unga nimadir boʻldimi? -Havotir olma, u oʻzi kech turadi. Har holda yigirma yillik umr yoʻldoshiman. Uni yaxshi bilaman,- urgʻu berib gapirdi Finn. -Lekin, u boshqa Sirelis. -Agar bu boshqa Sirelis boʻlsa sening ham souling boshqa,- Finn meva toʻgʻrayotgan pichogʻini qanday Arturga oʻqtalganini sezmay ham qoldi. Sirelisning eshigi ochilib yigitlarga hayron qarab qolganidagida Finn pichoqni ortiga yashirib jilmayib qoʻydi. -Uzr qariya, mutloq esimdan chiqib ketibdi, bering oʻzim tayyorlayman. -Hechqisi yoʻq bunga ham oʻrganib ketganman. -Huddi meni oldindan taniydigandek gapirasiz.Qarindoshlarimdan biri emasmisiz? -Senlab chaqirishingga oʻrganib qolgan ekanman. Qarindoshlik masalasida esa…. Bilmadim, menimcha hali emas. -Sen esa menga qachon uchishni oʻrgatasan,- Arturga qarab jilmaydi qiz. -Qanotlaring chiqqanida. Istasang oq semurgni boshqarishni oʻrgataman. 145 -Agar u oq semurg boʻlsa,- qoʻshildi Finn. Lekin 15-B tarkibida Sirelisning qobilyati qanotlar ekanligini oʻylasa huddi rostdan ham Sirelis Arturning Soulidek, Finn esa undan ajralib qolayotgandek tuyilardi. #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [20-qism] YIGIRMA TOʻQQIZ FARQ. -Qachongacha oʻzingni befarqdek tutib yurmoqchisan. Bugun tan olasan,- Drema eshikni yopib Gelberoning yonida qoʻlini qovushtirgancha turib oldi. -Yoʻq narsani tan olib boʻlmaydi. -Shunaqami? Biz toʻrtinchi qavatdamiz unutma. Oʻngacha sanagunimcha tan olmasang oʻzimni derazadan tashlayman,- Drema deraza yonidagi guldonni chetga surib oʻzi chiqib oldi. -Jinnilikni bas qil. Qaysarlik ham bunchalik emasda. -Bir… ikki… -Pastga tush. -Uch… Toʻrt… Besh… Olti… -Gelbero indamay kuzatib turaverdi. -Yetti… Sakkiz… Hazillashmayapman lekin. -Drema, bizga oʻyinchilar kerak. Bekorga oʻlib ketganingdan foyda yoʻq. Oʻlsang foyda keltirib keyin oʻl. -Shunaqami… Toʻqqiz… Sakrayapman… 146 Drema yanada deraza chetiga yaqinlashdi. -Mayli, mayli. Sen yaxshi qizsan. Endi tush. -Bu kam. Toʻliqroq va chiroyliroq qilib va yaqinroq kel. Eshitmayapman. Gelbero uf tortib qoʻydida deraza yoniga borib Dremaga qoʻlini choʻzdi. -Boʻldi, bu tomonga oʻt. -Oʻzing yonimga chiq. -Yoʻq. -Oʻn boʻlyapti lekin, sakrayman. -Mayli,- Gelbero ham deraza yoniga chiqdi,- boʻldimi? Endi tush. Drema ayyorona kulib qoʻydi. -Hali aytmadingku. -Nimani? -Meni sevishingni. -Shu gapingga qoʻshilaman. Boʻldi. -Aslida men emas sen qaysarsan. Shu gapingga qoʻshilaman deb qutilib ketmoqchimisan? Bilaman, aslida joningga tegib ketgan boʻlsam kerak. Mendek bosh ogʻrigʻisiz yaxshiroq yashaysan. -Drema,- qizning hozir nima qilmoqchiligini bilgan Gelberoning ovozi biroz titrab chiqdi. Sekin qoʻlini Drema tomon choʻzar ekan oxirgi sanoq ham yangradi. -Oʻn… Oxirgi tovushni yurakning dukullab urishi qoplab ketdi. -Jin ursin, tush ekan,- Gelbero koʻzlarini yaxshilab kafti biln artib atrofga qaradi. 147 -Tush boʻlmasligini istasang, realda ham takrorlash qiyin emas. Ha, aytgancha yigʻladingmi?- qoʻlidagi bilaguzukdan kelgan xabar Gelberoning asabini oʻynay boshladi. -Emerald shundaymi? Juliya Rayan. Oʻyinda qatnashishga rozi boʻlganim, istagancha ustimdan kulishing mumkin degani emas. -Bu hali kulish emas sirli Gelbero, oldin oʻyinchilar roʻyxatidagi oltin oʻyinchiga bir qarachi. Gelbero smartletdagi roʻyxatni ochib xoʻrsinib qoʻydi: 🌕 oltin oʻyinchi: Ismi: Drema – 15 yosh Zamon: 2068-yil Makon: AQSh -Menimcha bu yaxshi. 15 yoshida 44 yoshli qariyaning asabini oʻynamaydi. Axir oramizda naqd 29 yosh farq boʻladi,- sokin ovozda gapirdi Gelbero. -Rostdanmi? Oʻrningda boʻlganimda havotirga tusha boshlar edim. Axir 15 yosh bu oʻzlikni anglash, his-tuygʻular rivojlanish bosqichi. Bu paytda qizlar anchagina aqlsiz boʻladi va koʻziga chiroyli koʻringan har qanday yigitni sevib qolishi mumkin. Jamoangga yana bir koʻz yugurtirib chiqsang, sendan yoshroq yigitlar anchagina. Senga qoyil qolmadim, Finning qanday ahvolga tushganini koʻrganingda edi,- smartletdagi tovush kulguga ulanib ketdi. -Boshqasi bilan baxtliroq boʻladi. Shundoq ham u bilan ming marta ajrashganmiz. -Koʻramiz, koʻz oldingda boshqasi bilan qoʻl ushlashib yursinchi. Faqat, oʻldirib qoʻyma. Oʻz jamoangga minus boʻladi bu. Aytgancha birinchi bosqich… Uning sharti sensan… -Men? 148 -Sanaga qara, bugun 2-yanvar 2097-yil. Oʻyin esa 1-yanvar kuni boshlanib boʻlgan. Sendan boshqa oʻyinchilar allaqachon tanishib olishdi. 1-bosqich shartini ham Kurator tushuntirib bergan. Nomi: “Sardorni oʻldir”. Sardorlik nishoni esa hozircha kumush oʻyinchi, ya’ni senda. Ularning vazifasi sardorni oʻldirish, sening vazifang tirik qolish. Ajratilgan vaqt maksimal bir kun. Sardor oʻlmasa jamoa yutqazadi va nishon egasidan boshqa hamma oʻladi. Yolgʻiz qolgan sardor esa 99-bosqichgacha yetib borishi dargumon. -Nima boʻlgan taqdirda ham oʻlishim kerak ekanda… -Qoʻlingdan kelsa tirik qol, axir aqllisanku. Soat oʻn boʻlishi bilan oʻyin boshlanadi. Gelbero kumushrang sardorlik nishonini koʻksiga qistirib qoʻydida magʻrurlarcha markaziy aylana zalga kirib bordi. Hozir hayollari shunaqangi chalkashib ketgan ediki, jamoadoshlariga e’tibor ham bermadi. Faqat qarshisidagi oltin stulda belgisiga mos uzun qizgʻish-tillarang sochli oʻn besh yoshli qiz oʻziga gʻalati tikilib turganini koʻrib yuragi boshqacha urib ketdi. Mana doim asabiga teguvchi, qachonlardir e’tiborga ham arzimaydi deb hisoblagan, lekin ohir-oqibat hech boʻlmasa jilmayishiga sababchi boʻla olgan qiz. Gelbero yengilishga oʻrganmagan, lekin, agar taslim boʻlmasa mana shu qizaloq oʻlib ketadi. Boshqalar bilan ishi yoʻq, biroq bu qiz… Garchi u bilan oʻn sakkiz yillik oilaviy hayotda ham baxtli yashay olmagan boʻlsa ham, farzandlari Jordan va Jastin ularning janjallari sabab ayro yashashga majbur boʻlgan boʻlsa ham, Dremaning injiqliklari jonini halqumiga keltirib yuborsa ham, baribir bu qaysar qizaloqni yaxshi koʻrib qolgan. -Hey, kumush oʻyinchi, yigʻlamang. Sizni oʻldirmaymiz,- jilmaydi Drema. -Nima?- Gelbero yana qoʻlini yuziga olib kelib namlanganini his qildi. Qiziq, umri davomida shu kungacha koʻzidan bir tomchi ham yosh chiqmagan. Bugun esa bu ikkinchisi. 149 -Menga nimalar boʻlyapti oʻzi. Nahotki shu boshga bitgan baloni shunchalik yaxshi koʻrsam. Nahotki birinchi bosqichdayoq oʻlishim uchun Emerald meni oʻyinga qoʻshgan boʻlsa. Yelkasiga tekkan qoʻllardan jangchi refleksi ishga tushib, qoʻl egasini hatto ortiga oʻgirilmasdan bir qoʻl harakati bilan yiqitdi. Soʻng u kimligini bilish uchun qaraganida Juliya atayin ustidan kulayotganiga yuz foiz ishonch hosil qildi. -Gelbero, bunchalik emasda endi,- qattiq yiqilganidan ogʻrigan boʻynini ushlab zoʻrgʻa gapirdi Uil. -Sen? -Ha, men. Sal qolsa oʻldirib qoʻyardingiz. Qarib ketibsiz juda. -Sen esa qarishga ham ulgurmay oʻlib ketgan eding,- Gelbero Uilga qoʻlini choʻzib turishiga yordamlashdi. -Bilaman, oʻyinda oʻlayotgan paytib shu yerga olib kelishdi. Oʻyindan qochib yana oʻyinga,- kuldi yigit,- faqat farqi u oʻyinda Drema mendan katta edi, bunisida esa yosh. Gelberoning qoshlari chimirila boshlaganini koʻrib biroz hayron qoldi. -Oxirgi eslashim boʻyicha siz Dremaga hatto qaramasdingiz ham. Endi esa… Nahotki bu qaysar qiz sizni ham oxiri oʻz izmiga sola olgan boʻlsa. Axir siz 2097-yildansiz va bu yillar davomida… -Biz oila qurganmiz. Sen tengi ikkita farzandimiz bor,- boshqalar eshitmasligi uchun Uilning qulogʻiga pichirladi. -Rostdan bu qizga qoyil qolish kerak,- bundan xursand emasligi aniq boʻlsa ham jilmayishga urindi Uil. -Bilaman yomon yigit emassan. Buni sendan soʻramagan boʻlar edim-u, lekin vaziyat shuni taqazo qilyapti. Sen Dremani hatto mendan koʻproq yaxshi koʻrgansan. Birinchi shartdayoq oʻlishim taqdirimga yozilgan ekan, Dremani 150 senga ishonib topshiraman. Uni ehtiyot qil. Agar unga bir gap boʻlsa, uni himoya qila olmasang arvohim ham seni tinch qoʻymaydi. -Umid qilamanki soat oʻngacha, ya’ni ikki soat ichida u yana sizni sevib qolmaydi,- Uil oʻzlariga qarab turgan Drema tomon ishora qildi. -Havotir olma, odamlarni oʻzimdan chetlatish usullarini yaxshi bilaman. -Oʻtgan safar Dremaga nisbatan ish bermagan edi. -Bu safar oramizda 29 yillik farq bor. Barcha nonushtaga oʻtirishgach Gelbero oʻzini oʻldirishga hozirdan tayyorlanayotgan jamoadoshlariga bir koʻz yugurtirib chiqdida Dremaning jilmayib qoʻl siltab qoʻyganini koʻrib peshonasiga kafti bilan urib qoʻydi: -Bu qizga qariligim ham tasir qilmaydimi deyman,- yana koʻz qiri bilan Dremaga qaradi, lekin oltinrang stul boʻsh. -Salom, sardor Gelbero. Siz bilan tanishsam boʻladimi?- chap tomonidan qizning quvnoq ovozi eshitildi. Gelbero doimgidek oʻzini eshitmaganga olib Dremani e’tiborsiz qoldirishga harakat qildi. -Balki, sizni oʻldirmaslik yoʻlini oʻylab koʻrarmiz-a, menga juda yoqib qoldingiz. Oʻlishingizni istamagan boʻlar edim. -U sening bobongmi yoki amakingmi?- kuldi yashil stuldagi oʻyinchi. -Yoqib qolishi uchun tanishim boʻlishi shartmi? Bolaligimdan doim oʻzimga nima yoqsa oʻshani oʻzimniki qilmay qoʻymaganman. -Hali ham bolasan, bu kishining hatto bola-chaqasi ham boʻlsa kerak. Birinchi bosqichdayoq oʻlib ketsa oilasiga achinaman. Shundagina Gelberoning hayoliga oʻz uyi, oʻz Dremasi, egizaklari keldi. Agar hozir u oʻlib ketsa ularga nima boʻladi? Lekin, oʻzi tirik qolishi uchun harakat qilsa, 15 yoshli Drema oʻladi. Keyin nima boʻladi? Hammasi chalkash. Indamay oʻlimni qarshi olmasdan biror 151 chora oʻylash kerak. Axir Juliya aytdiku “qoʻlingdan kelsa tirik qol, axir aqllisanku” deb. Demak men ham u ham tirik qolishi mumkin boʻlgan yoʻl bor. Nonushta tugagach Kurator birinchi bosqich qoidalarini eslatib oʻtdi: -Bosqich nomi “Sardorni oʻldir”. Ajratilgan vaqt maksimal bir kun. Oʻyin soat 10:00 da boshlanadi. Vazifangiz sardorni oʻldirish. Sardorlik nishoni kumush oʻyinchida. Agar u oʻlmasa qolgan oʻn kishi yutqazadi va jazosi oʻlim. Sardorni shaxsan oʻldirgan oʻyinchiga 100 ball yuklab beriladi. Ballarni qobilyatlarga almashishingiz mumkin. Oʻyin boshlanishidan oʻn besh daqiqa oldin sardor yashirinishi uchun vaqt beriladi. Gelbero soatiga qaradi: 9:30. -Men nima qila olishim mumkin. Ikkala tomon uchun ham yaxshi boʻlishi uchun nima qila olaman? Buni oʻylashim uchun vaqt kerak. Bir kun vaqtim bor. -Rostdan oilangiz bormi? Dremaning savoli Gelberoning fikrini boʻldi. -Ha. -Koʻrinishingizdan undayga oʻxshamaydi. Balki rafiqangiz yomondir… -Ajrashish arafasida edik. -Buncha zoʻr,- Drema quvonib ketdi. Gelbero esa qizga keskin oʻgirildi: -Esingni yigʻib ol qizaloq, hatto oʻgʻillarim ham sendan ikki yosh katta. -Oʻgʻillaringiz sizga oʻxshaydimi? -Nima senga faqat tashqi koʻrinish muhimmi? -Yoʻq, harakteringiz yoqib qoldi. Keyin oʻylab qarasak siz 2097-yilda 44 yosh boʻlsangiz 2053-yil tugʻilgansiz. Men ham 2068-yilda 15 yoshman, 2053-yil tugʻilganman. Demak, aslida yoshimiz teng. -Qoyil yoshligingda ancha aqlli boʻlgan ekansan. 152 -Nima, nima, nima? Boʻlgan ekansan? Demak, meni kelajakda taniysiz. Demak, bu tush shunchaki emas. Rafiqangiz aslida menmanmi? Topdimmi? Gelbero javob bermadi. Kurator esa sardorning oʻyin maydoniga oʻtishini soʻrab murojaat qildi. -Bilaman, men topdim. Sizning oʻlishingizga yoʻl qoʻymayman,- Drema markaziy zal eshigidan chiqib ketayotgan Gelberoning ortidan ham quvonch ham qaygʻu aralash baqirib qoldi. -Hatto shunday vaziyatda ham, u yana Gelberoni tanladi,- bir chetda turgan Uil Dremaga qarab hoʻrsinib qoʻydi… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [21-qism] SARDOR OʻLDI… Gelbero oʻrmonga oʻxshab ketadigan oʻyin maydoni boʻylab yurib borar ekan barcha uchun yaxshi boʻladigan oʻyin yakunini oʻylar edi. Shartga koʻra sardor oʻlishi kerak. Ya’ni aynan kumush oʻyinchi deyilmagan, sardorlik nishoni kimda boʻlsa oʻsha oʻlishi kerak. Gelbero koʻksiga qistirilgan kumushrang nishonni yulib oldida bor kuchi bilan uloqtirdi. Bir ozdan soʻng u yana magnitga tortilgandek Gelberoning koʻksiga uchib kelib yopishdi va undan ovoz eshitildi: -Sardorlik uchun yangi nomzod topilmadi. -Hech kim bunday vaziyatda sardor boʻlishni istamasa ham kerak,- Gelbero xarsangtoshlarning biriga oʻtirib osmonga tikilgancha hayol sura boshladi: 153 -Agar oʻlsam, Dremaga unchalik qiyin boʻlmaydi. Chunki, shundoq ham ajrashayotgan edik. Bolalar onasining tarbiyasida yaxshiroq ulgʻayadi. Agar, meni oʻldirishlariga yoʻl qoʻymasam bu yerdagi Drema oʻladi. Balki, bu mening zamonimdagi Dremaga ta’sir qilmas, lekin, buni ham istamayman. Shtirlagan tovush sabab sergak tortib oʻzi tomon yaqinlashib kelayotgan uzun qora sochli qizni koʻrdi. Bilagidagi qora smartletdan uning qora belgili oʻyinchi Feya ekanligini tushundi. Feya Saylor sayyorasidan, demak, unda Gelbero bilmagan oʻzgacha kuchlar boʻlishi mumkin. Feya sochidan uzun va oʻtkir toʻgʻnogʻichini chiqarib olganida biroz yigʻilib turgan timqora sochlari yoyilib tizzasigacha tushdi. -Meni toʻgʻnogʻich bilan oʻldirmoqchimisan,- jiddiy ohangda gaapirdi Gelbero. -Bizning sayyorada maxluqlarni ovlashadi. Bu toʻgʻnogʻich bilan uch metrli maxluqni oʻldirganman, sizni ham tinchita olaman sardor Gelbero. Aslida oʻldirishni yomon koʻraman-u, lekin siz oʻlmasangiz qolgan oʻn kishi yutqazadi. Feya oʻqni eslatib yuboruvchi bejirim toʻgʻnogʻichini Gelbero tomon uloqtirdi. Lekin, yigit unga e’tibor bermay ortiga tez oʻgirildida koʻksidagi nishonni yulib olib goʻyoki koʻrinmas jismga qistirdi. Zum oʻtmay Gelberoning qarshisidagi Feyaning soxta sarobi tarqalib ketib, ortidagi koʻrinmaslik qobilyati yoʻqolib borayotgan haqiqiy Feya kiyimidagi kumushrangdan qoraga oʻzgarayotgan nishonga qarab kulib qoʻydi. -Qanday bildingiz? -Demak, sening qobilyatlaring sarob yaratish va koʻrinmaslik. Sarobingning soyasi yoʻq edi. Mening esa nafaqat koʻrish, balki eshitish qobilyatim ham yaxshi. Shitirlash toʻgʻrimdan emas, orqa tomondan eshitilganini darrov sezdim. Feyadagi nishondan yana ovoz eshitildi: -Qora oʻyinchi Feya, sardorlikni qabul qilasizmi? -Yoʻq. 154 Nishon yana magnitdek Gelberoga yopishdi. -Jin ursin. Bunaqada hech kim sardorlikni olmaydi. Bu safar haqiqiy Feya oʻtkir toʻgʻnogʻichini Gelberoning boʻyniga toʻgʻirladi. -Hoy, sochi uzun aqli kalta qiz! Gelberomdan uzoqroq tur! Bu Dremaning ovozi edi. Vaziyatdan foydalanib Gelbero Feyaning qoʻlini qayirdida toʻgʻnogʻichini tortib oldi. Qurolidan ayrilgan qiz uzun qora sochlarini Gelberoning boʻynidan sirtmoqdek oʻtkazib boʻgʻa boshladi. -Ovora boʻlma, bu sochlarni olmos ham kesolmaydi. Toki sardor oʻlmas ekan, men shunga majburman. -Men senga undan uzoqroq tur dedim,- Dremaning qoʻliga oʻtkir tosh boʻlagini olib kelayotganini koʻrib himoya holatiga oʻtmoqchi boʻlganida Gelbero uni kuch bilan yerga yiqitdi. Qattiq zarbdan Feya hushidan ayrilib Gelberoning boʻynini boʻgʻib turgan sochlari sirpanib yerga tushdi. Yigit hansirab nafas olar ekan yugurib kelayotgan Dremaga toʻxtashini ishora qildi. Nega bunday qilganiga tushunmagan qiz sekin yura boshladi. Bir necha soniya ichida xarsangtosh ortiga bekingan Uil Gelberoga ortidan hujum qilib hali oʻziga kelmagan yigitning kuragiga pichoq sanchdi. -Toʻxtang, iltimos, oʻldirmang,- Drema yana tezlashib yerga yuztuban yiqilgan Gelberoning yoniga keldida undan nishonni olib oʻziga taqdi. Nishon kumushrangdan oltinrangga oʻzgarib oʻsha savol takrorlandi: -Oltin oʻyinchi Drema, sardorlikni qabul qilasizmi? -Ha. -Axmoq qiz. Uni qaytar,- zoʻrgʻa gapirdi Gelbero. -Mana, endi men sardorman, endi uni tinch qoʻying. Oʻldirilishi kerak boʻlgan odam endi menman!- yigʻlamsirab gapirdi qiz. 155 -Drema, bu yerda sardorlik muammosi emas. Nishonni Gelberoga qaytar,- Uil pichoq ushlagan qoʻlini sekin tushurib Drema tomon yura boshladi. -Sizga nima farqi bor? Sardor oʻlsa tirik qolasiz. U Gelbero boʻlishi shart emasku. -Menga oʻzimning tirik qolishim muhim emas. Menga sen tirik qolishing muhim, Drema. Sen buni tushunmaysan!- Uil jaxl bilan Dremadan nishonni yulib oldi. -Nega? Mening tirik qolishim sizga nega kerakligini bilmadimu, lekin, agar Gelbero oʻlsa, men ham oʻlaman. Uilning gʻazabli yuzi birdaniga gʻamgin koʻrinishga oʻzgardi. -Doimgidek. Foydasi yoʻqligini bilar edim. Gelberoni oʻldirishdan foyda yoʻq. Sen baribir faqat uni yaxshi koʻrasan,- Uil nishonni kaftida maxkam siqib turdida keyin chuqur xoʻrsinib oʻziga taqdi. Nishon rangi oltinrangdan qizilga oʻzgardi. -Qizil oʻyinchi Uil. Sardorlikni qabul qilasizmi? -Ha. Keyin Uil qoʻlidagi pichoqni Dremaga tutqazdi. -Boʻlaqol meni oʻldir. Yuz ballni sen olishing kerak. -Yoʻq, men bunday qila olmayman,- Drema qonga belangan pichoqni tashlab yubordi. -Qila olasan, oldin ham qilgansan. Sen uchun ikki marta oʻlganman, mayli, uchinchisi ortiqchalik qilmaydi. -Nima? Nima haqida gapiryapsiz? -Toʻgʻri, Gelberoni eslaysan, lekin, men kim edimki, meni eslay olsang. Oʻldir. Gelberong bilan baxtli boʻl. Men doimgidek ortiqchaman. -Yoʻq, men tushunmayapman. Siz kimsiz? Uil yerdagi pichoqni olib qayta Dremaning qaltirayotgan qoʻllariga tutqazdi: 156 -Menmi? Men, seni sevib, sening qoʻlingdan oʻlgan, hozir ham shu oʻtmishni takrorlayotgan oddiygina bir oʻyinchiman. Maylimi bir narsa qilsam. -Yoʻq, yoʻq, yoʻq. Menga yaqinlashmang! Boʻlmasa oʻldiraman,- Drema pichoq ushlagan qoʻllarini oldinga choʻzib oʻzi ortga tisarildi. Uil esa pichoqqa e’tibor bermay toʻgʻri Dremaning qarshiga yurib borib uni bagʻriga bosdi. Oʻng qovurgʻa yoyi ostiga kirgan tigʻning gʻirchillashi va Uilning oxirgi marta chuqur nafas olishi, pichoq sopidan Dremaning qoʻllariga oqib oʻtayotgan issiq qon sabab qoʻrqib qolgan qizning boshi aylana boshladi. Uilning tana ogʻirligini koʻtara olmay u bilan qoʻshilib yerga yiqildi. Balki oʻtgan safar Uilni oʻldirganida achinmagandir, lekin hozir oʻn besh yoshli qizaloq jonsiz tana quchogʻidan bir ammallab chiqib olgach oʻzi tanimagan odamning qoniga belangan qoʻllariga qarab yigʻlab yubordi. Koʻz oldi qorongʻulashib goʻyoki u hech qachon koʻrmagan xotiralari tasavvurida gavdalana boshladi. Mana birinchi manzara. Drema simli arqon bogʻlangan oʻqni Uilga yoʻnaltirdi, oʻq yigitning boʻyni atrofida aylanib uchgach daraxtning yuqori shoxiga borib qadaldi. Ipni tortganida esa Uil huddi dorga osilgandek sim arqonga osilib boʻgʻila boshladi. Manzara oʻzgarib koʻz oldida qumli maydon paydo boʻldi. Dremaning qulogʻiga oʻz ovozi eshitila boshladi: -Sening tering juda ajoyib azizim, lekin, koʻzlaringga rahmim keladi,- Dremaning tezlik bilan bergan zarbasidan koʻzini himoyalashga ulgurmay qolgani uchun Uilning bir koʻzini ingichka va uzun tigʻ teshib oʻtdi. Metallga aylangan yuz terisidan oqib tushayotgan qon quyosh nurining metalldagi aksida yaltirab koʻrinardi. -Boʻldi, boʻldi, kerak emas. Bu xotiralar meniki emas. Bularni men koʻrmaganman,- qizaloq quloqlarini berkitib yigʻlashni davom etdi. -Sen Uilni yana bir bor oʻldirding, tabriklayman. Yuz ball endi seniki,- qulogʻini berkitsa ham miyasida ovoz jaranglardi. -Men Uilni tanimayman. Uni bu oʻyinda birinchi bor koʻrishim,- Drema oʻrnidan turib Gelbero tomon yura boshladi. Lekin yana boshi aylanib yerga yiqildi. Oxirgi eshitganlari Kuratorning bosqich yakunlangani va ballar haqida gapirgan uzuq-yuluq soʻzlari edi… 157 #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [22-qism] 100-B. 2-BOSQICH: “KOʻCHUVCHI RUH”. Drema oʻziga kelganida yumshoqqina koʻrpasida yotardi. Faqat bu safar bir kishilik oltin rangli xona emas, jihozlarga boyitilgan, yangicha uslub. Bir muddat oʻylanib oʻtirdida qoʻlida qolib ketgan qon yuqini koʻrgach bir necha soat oldin boʻlib oʻtgan voqealar hayolidan oʻtdi. Oʻng tomondagi “yuvinish xonasi” yozuvli eshikdan kirib qoʻllarini yaxshilab yuvib tashlagach “ovqatlanish xonasi” tomon oʻtdi. Bu yerdan esa oʻzinikidan tashqari yana 3 ta eshik, lekin, Dremaning koʻzlari koʻrgan birinchisi aynan “Gelberoning xonasi” boʻldi. Kuragiga sanchilgan pichoqdan qolgan jarohat bogʻlamini almashtirar ekan eshik tomondan eshitilgan ovozdan sergaklangan yigit anchagina qoʻrqinchli tusdagi jarohatni koʻrsatmaslik uchun hali bogʻlashga ulgurmagan boʻlsa ham qora futbolkasini tez kiyib oldi. -Senga oldin taqillatib, ruxsat bergandan keyin kirish kerakligini oʻrgatishmaganmi,- jiddiy ohangda gapirdi Gelbero. -Kirishga ruxsat soʻrab nima qilaman, baribir kirgazmas edingiz,- Drema xonaga bir koʻz yugurtirib chiqib yotoq ustidagi qondan qoraygan bint va dorilarni koʻrib Gelberoning jarohatlangani esiga tushdi. -Ruxsat bermasligimni bilsang unda nega kirding? 158 -Jarohatni bogʻlashga yordam beraymi? Har holda kuragingizga qoʻlingiz unchalik yetmasa kerak. -Sen kelguningcha yaxshigina uddalayotgan edim. Drema chiqib ketish oʻrniga Gelberoning yoniga kelib oʻtirib oldi. -Men esa yanada yaxshiroq uddalayman. Hijolat boʻlmang, baribir kelajakdagi rafiqangizmanku. Gelbero kinoyali kulib qoʻydida futbolkasini yechib Dremaga teskari qarab oʻtirdi. -Birinchi spirt bilan tozalash kerakmi? -Bilaman degandingku. -Endi oʻrganamanda,- jilmaydi Drema. -Axmoq qiz. -Bir narsa soʻrasam maylimi? -Qoʻlingdan kelmasa shart emas, oʻzim ham eplay olaman,- Gelbero Dremadan dorilarni tortib oldi. -Yoʻq, jarohatni bogʻlash haqida emas, bugungi voqea toʻrisida… -Hoʻsh? -Siz Uilning hujum qilmoqchi ekanligini bilar edingiz. Atayin meni toʻxtatdingiz. Nega? Uil oʻzi kim? U nega menga boʻlmagʻur narsalar haqida gapirdi? -Ahamiyatsiz… Axx, nima qilyapsan oʻzi,- jarohatdagi kuchli achishishdan Gelbero deyarli baqirib gapirdi. -Odammisiz yoki hissiz haykalmi sinab koʻryapman. Meni qaysar Drema deyishadi, aytmaganingizcha qoʻymayman,- oxirida yigitning jarohatini siqib bogʻlab qoʻygach qarshisiga oʻtirib javob kutdi. 159 -Maslahatim, shifokorlik kasbini tanlama, sogʻlom odamlarni ham oʻldirib qoʻyasan. -Arzimaydi. Endi mening savolimga javob bering. Yoki muolajani qaytadan oʻtkazib qoʻyaymi? -Uil haqida bilmoqchimiding? U yaxshi yigit edi… -Boʻldimi? Men koʻp narsa soʻragan edim. Yana, u yaxshi yigit boʻlganida sizni oʻldirishga harakat qilmasdi. Gelbero javob bermasdan oʻz xonasidan chiqib ketdi. (100-A 2-bosqich) -Tezroq bonusni topish kerak, tik turaverib oyogʻim ogʻrib ketdi,- Kiara qirgʻoqdagi Ariana bilan oʻrin almashdi. -Faqat turaversak biror narsa oʻzgarib qolmaydi, izlash kerak,- Hanter sherigi Nikolasdan muvozanatni saqlab turishini soʻrab, oʻzi biroz egilib tubsizlik boʻylab shaffof blokni topishga harakat qildi. -Hoy, Nik, sizning sochlaringiz qora tusga kiryapti,- boshqa blokdagi Anok quvonch bilan ma’lum qildi. -Oh, yoʻq. Hozir men yana 2022-yilga qaytaman. Hanter blokda yolgʻiz qolib ketsa yiqiladi,- Nik qirgʻoqdagi Kiaraga qaradi. -Yoʻq, men bu sovuqnusxa odam bilan yonma-yon turmayman,- rad etdi malika. -Unda Hanter…,- Nikolas gapini tugatmasidan koʻz oldi qorongʻulashib qulogʻiga kimningdir baland ovozi eshitildi. Keyin esa ovoz mayinlashib, koʻzlarini ochganida 2022-yilda edi… 160 -Men bilan turishni istamasang qirgʻoqni boʻshatib qoʻy,- tahdid ohangida gapirdi Hanter. -Men oʻz blokimga, Sindiyaning yoniga qaytaman. Ana sardorimiz Ariana sizga yangi sherik. Shunday qilib Ariana qirgʻoqqa qaytganida Kiara oʻz joyini egalladi, soʻng Ariana blokda yolgʻiz qolgan Hanterning yoniga oʻtdi. Dilbarning uzoq vaqt tik turganidan ahvoli yomonlashayotganini koʻrgan Dilara majburlab dam olishi uchun uni qirgʻoqqa joʻnatdi. Endi Dilara bir oʻzi qolib ketgani uchun Anok uning yoniga, yakka qolgan Irroga esa Samuel sheriklikka oʻtdi. Blokda joy kam boʻlgani uchun Anokning qoʻli Dilaraga tegib ketganida yana oʻsha qaynoq haroratni his qilib oʻzini ortga olaman deb yiqilishiga oʻz qoldi. Dilara uni ushlab qoldiyu lekin qoʻli muzlab ketganidan muvozanatni saqlagach Anokdan biroz uzoqroq turdi. Bolaning qoʻli kuyganini koʻrgan Dilara qirgʻoqqa qaytib dam olishini maslahat berdi. Sindiya esa hali ham Zesning ongini oʻrganishga harakat qilar edi. -U juda gʻalati. Ongiga kirish qiyin. Nimalarni oʻylayotgani va xotiralari mavhum. U meni ongiga kiritmaslik uchun himoyalab qoʻyishni ham uddalayapti,- oʻyladi Sindiya. -Sening navbating. -Aaa? -Dam olish navbati seniki?-qaytardi Kiara. -Haaa… Sindiya qirgʻoqqa oʻtgach, Kiaraning yoniga Samuel oʻtdi. Anok Irroning yoniga qaytdi. -Nimadir topdingmi sardor,- kesatdi Hanter. -Agar koʻrinmas narsani koʻra oladigan koʻzlarim boʻlganida topar edim. Aytgancha siz qirgʻoqqa qachon oʻtasiz. 161 -Meni oʻylaganingdan aytyapsanmi, yoki tezroq boshqa bilan almashishni istaganing uchunmi? -Albatta, ikkinchisi… Ikki soatlik almashishlardan soʻng Paki va Nikolas paydo boʻldi. Qirgʻoqda Dilara boʻlgani uchun u yerga qoʻna olishmasdi. -Semirib ketdingizmi Nikkinam, buncha ogʻirsiz. Nozikkina bejirim qanotlarim ogʻirligingizga dosh bera olmaydiku. Biz hoziroq qoʻnishimiz kerak,- tubsizlik ustida qanot qoqib turgan Paki Nikni qoʻltigʻidan ushlab rostdan ham zoʻrgʻa koʻtarib uchardi. -Men hozir bloklardan biriga oʻtaman,- qirgʻoqdagi Dilara shoshilib bir kishi turgan blokka koʻchdi. Paki esa Nikni qirgʻoqqa qoʻydiyu, oʻzi qoʻnmasdan juftakni rostladi. -Hoy, Nik, tirikmisan,- soʻradi Ariana yigitning umuman qimirlamayotganidan havotir olib. -Balki, yoniga borib tekshirib koʻrish kerakdir. -Yoʻq, qirgʻoqda ikki kishi boʻlmasligi kerak. Aks holda barchamiz yutqazamiz. -Lekin, u hushiga kelmasa qirgʻoqda uzoq vaqt qolib ketadi va yutqazadi… (100-B 2-bosqich) -bosqich nomi: “Koʻchuvchi ruh”. Bu ruh oʻyinchilar tanasi boʻylab koʻchib yuradi. Uni koʻchishdan toʻxtatuvchi kishan taqilsa oʻsha oʻyinchida toʻxtaydi. Soʻng oʻsha kishan taqilgan oʻyinchi “jodugar”ga aylanadi. Qoidalar oddiy, ruh koʻchgan “jodugarni” gulxanda yoqasiz. Ajratilgan vaqt maksimal ikki kun. 162 Agar ikki kun ichida hech kim yoqilmasa ruh koʻchgan oʻyinchidan boshqa hamma yutqazadi. Omad tilayman. Kuratorning bu gaplarini uch soatdan beri tahlil qilib yechim izlayotgan Finn Alekseyning ovozini eshitib boshini koʻtardi. -Hech kim qurbon boʻlmaydigan yoʻlni topmadingizmi… -Afsuski yoʻq. Agar ruh menga ham koʻchsa uni yaxshiroq oʻrganib chiqar edim. -Ruh uch soat ichida 5 marta oʻyinchi oʻzgartirdi. -Senga ham koʻchdimi?- soʻradi Finn. Aleksey Finning yoniga oʻtirib ruh haqida gapirib bera boshladi: -U huddi miyani bloklovchi virusga oʻxshaydi. Tanangizga kirsa ongingiz hamma narsani koʻrib va eshitib turadi, hatto ogʻriqlarni ham sezadi, lekin boshqara olmaydi. Oʻzingizni miyangizning bir burchagiga qamalib qolgandek his qilasiz. Eng yomoni ruh sizning tanangizdan foydalanib boshqalarni oʻldirishga harakat qilishi. Meni oyimni oʻldirishga majbur qilmoqchi boʻldi. -Men bu yerda oʻtirganimdan foyda yoʻq, hech narsa oʻylab topa olmayapman. Balki ruhning harakatlarini kuzatsam yaxshiroq fikrlar kelar. -Siz dahosiz, vazifangiz havfsiz joyda qolib yechimni topish. -Bu havfsiz joyda bekinib oʻtirishga oʻxshayapti. Boʻldi yetadi, men ham oʻyin maydoniga qaytaman. Finn gapida qatiy turib boshqalarning yoniga yoʻl oldi. Koʻrinishidan hozir koʻchuvchi ruh Okamining tanasidaga oʻxshaydi. Chunki u huddi qutirgan boʻriday tishlarini gʻichirlatib Annaga tashlanishga urinardi. -Irro, senga boʻyinbogʻ sotib olgandim. Sen qochib ketding, qoʻrqoq,- ovozi titrab gapirardi Anna. 163 Skarlet esa tezlik bilan kishanni Okamiga taqishga urinar, lekin boʻri ham juda tezkorligi uchun, kamiga kishan uning panjalariga toʻgʻri kelmagani uchun uddalay olmasdi. Bir ozdan soʻng boʻrining oyogʻini sindirib olgan kuchukchadek ingrashi eshitilib ruh Okamini tark etib boshqa oʻyinchiga koʻchdi. Dastlab, ruh kimdaligini aniqlashning iloji yoʻq. Qachonki kimdir oʻyinchilarga oʻz-oʻzidan tashlanib qolsa, demak oʻsha ruhga egalik qilayotgan boʻladi. Hamma bir-birini kuzatib jim turar edi. Sukunatni kech yozilgan qanotlar tovushi buzdi. Artur qora qanotlarini siltab yonidagi Sirelisni koʻtardida bir zumda uchib ketdi. Hamma nima boʻlganini anglashga urinar Aleksey esa Finning yuzidagi gʻazab va chorasizlik ifodasini koʻrib uning ichida qoʻzgʻalayotgan olovni his qilar edi. (Antiemerald) Nikol xonasidan chiqayotganida eshigi ostidagi maktubni koʻrib hayron boʻldi. Ochib oʻqib koʻrganida esa bu Tomasdan iltimosnoma ekanligini tushunib yetdi. Unda quyidagilar yozilgan edi: “Buni qanday tushuntirsam ekan… Hullas, menda qizlarga nisbatan fobiya bor. Shuning uchun birga yashar ekanmiz ba’zi qoidalarni oʻrnatsak ikkimiz uchun ham yaxshi boʻlar edi. Masalan, oshxonaga chiqish va ovqatlanish vaqtlarini kelishib olsak. Siz 8:00 dan 8:30 gacha nonushtaga chiqsangiz, men siz oʻz xonangizga kirganingizdan soʻng chiqaman. Shu kabi kun tartibi jadvalini tuzib xonam eshigi yonida qoldirsangiz xursand boʻlar edim.” Nikol maktubni chiqindi qutisiga tashladida toʻgʻri Tomosning xonasiga kirib bordi. Daftarga nimalardir yozib oʻtirgan Tomas birdan oʻrnidan turib ortga tisarildi. 164 -N..nima? Atayin qil-yap-siz-mi?- duduqlanib zoʻrgʻa gapirdi Tomas. -Senga yordam beryapman. Istasang kasallikdan halos qilishim mumkin. -Kerak emas. -Hamma narsa, qorquving ham miyang bilan bogʻliq. Men esa huddi onam kabi miyaga ta’sir qobilyatini oʻzlashtirdim. Agar hozir ongingga “Men Nikolni sevaman” degan fikrni kiritsam nima boʻlishini bilasanmi,- kuldi qiz. -Kerak emas dedim. -Balki, kerakdir? Tomasning koʻzlari siyohrangda tovlanib yechim izlay boshladi. Vieyes yechim sifatida Nikolning boʻynidagi kalitcha shaklidagi tumorni koʻrsatardi. Boshqa iloji yoʻqligidan shu haqida gapirishga majbur boʻldi. -Tumor… Uni kim sovgʻa qilgan? Nikolning yuzidagi ayyorona tabassum yoʻqolib qoʻli beixtiyor tumorga yoʻnaldi. -Ishing boʻlmasin,- qiz eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. Tomas esa garchi Nikolni hafa qiladigan xotiralarni eslashga majbur qilganini sezgan boʻlsa ham qutulganiga xursand edi. -Sheriging Oliver koʻrinmaydi? Juliyaning toʻsatdan paydo boʻlganini koʻrib Alfred ichayotgan suviga tiqilib qoldi. -Oʻzing bilsang kerak, axir uni havorang oʻyinchiga yordam berishga sen joʻnatasanku. -Haaa… -Kel, birga ovqatlanamiz. 165 -Hhhh. -Bekorga kelmagandirsan. Meni sogʻindingmi?- jilmaydi Alfred. -Oʻldirishni sogʻindim. Shuning uchun kimni oʻldirsam ekan deb oʻylab-oʻylab oxiri sening yoningga keldim,- Juliya Oliverning joyiga oʻtirib ovqatdan tatib koʻrdi. -Pishirishni ham eplay olmas ekansan. -Oʻzingku, endi aylana zalda emas hamma oʻzi oshxonada taom tayyorlaydi deb shart qoʻygan. Mana qara qanday qiynalib yashayapmiz. -Mayli gap sotmay maqsadga oʻtaman. Senga sheriklik taklif qilmoqchiman. -Odamlarni oʻldirish uchunmi? -…. Balki…. -Agar mening jasur qizcham boʻlishga rozi boʻlsang men ham sheriklikka rozi boʻlaman. -Hazillashgani kelganim yoʻq,- Juliya stolni mushtlab oʻrnidan turib ketdi. -Men ham hazillashayotganim yoʻq. -Demak, javobing “yoʻq”. Sening oʻyinda azoblanib oʻlib ketishingni popkorn yeb tomosha qilaman. Juliya ketgach Alfred oʻylay boshladi. -U juda gʻalati. Ayniqsa oxirgi gapini tahlil qilsak u aslida mening azoblanib oʻlib ketishimni istamagani uchun sheriklik taklif qildimi? Ajoyibku. Lekin, agar oʻyinni u boshqarayotganida shundoq ham kim oʻlish, kim tirik qolishini oʻzi hal qilar edi. Gumonlarim toʻgʻri chiqyapti. Juliyaning ortida undan ham qudratliroq “boshliq” turibdi. Haqiqiy Emerald. ##Yuzinchi_bosqich_3 166 #Zamon_va_makon_chegara_emas [23-qism] KOʻRINMAS BLOK. Vaytlar xonadoni ancha boʻshab qolganidan odatda juda gʻamgin fortapiano sadolaridan boshqa ovoz eshitilmay qoʻygandi. Daniel ishdan qaytar ekan Angelaning xonasidan eshitilayotgan yoqimli ovozdan jim boʻlib eshikni ohista yopdida tinglay boshladi. And I’m so used to letting go (Va men qoʻyib yuborishga koʻnikib qolganman) But I don’t wanna be alone (Lekin, yolgʻiz qolishni istamayman) You were good to me You were good to me… (Siz menga yaxshi edingiz) -Hozir yaxshi emasmanmi?- jilmaydi Daniel. Iona musiqa ijro qilishdan toʻxtab u tomon oʻgirildi. Doimgidek jilmaygan yuz, faqat bugun oqargan sochlari yanada koʻpaygandek. Inson qaygʻusini yashirishga qanchalik urinmasin tashqi koʻrinish sotib qoʻyadi. Danielning 42 yoshidayoq oqarib ketgan sochlari tabassumi ortiga koʻmib qoʻygan bir uyum dardlaridan guvohlik beruvchi yagona belgi. Boshqalarning soxta tabassumini koʻzlaridan oson ajratib olish mumkin, lekin, Daniel shunday jilmayadiki, huddi haqiqatdan ham baxtli insonga oʻxshab koʻrinadi. Ba’zida Iona uning bu kulishlari haqiqiy, atrofga befarqlik, farzandlari uchun qaygʻurmaslik deb 167 ishonib qoladi. Toʻgʻrida, sening iching dard-alam,sogʻinchdan yonsayu, boshqa kimdir qarshingda jilmayib turaversa alam qilmaydimi? -Kuylashni davom etaver, men musiqasini chalaman,- Daniel fortapiano yoniga ikkinchi stulni ham olib kelib “You were good to me” qoʻshigʻining notalarini ijro qila boshladi. -Bu qoʻshiqqa Angela tanlov uchun tayyorlanayotgan edi,- kuylash oʻrniga oʻrnidan turib ketib gapirdi Iona. Daniel ham chalishni toʻxtatdi. -Bilaman. Ajoyib qoʻshiq bu. Yozilganiga 80-90 yillar boʻlgan, lekin, hozir ham musiqani sevuvchilar uchun qadrdon ohang. -Men qoʻshiq haqida emas qizimiz haqida aytayotgan edim. -Ishonamanki Angela ham, Samuel ham barchasini uddalaydi. -Lekin, men uddalay olmayapman. Ularni oʻylamay behavotir, begʻam yashay olmayapman. Sizga oʻxshab barcha bolalarimizdan ayrilishni kulib qarshi ololmayapman,- yigʻlamsirab gapirdi Iona,- sizga gapirish befoyda. Javoban kulib qoʻyasiz va oʻsha eski gap: “Hammasi yaxshi boʻladi”. Koʻryapman “hammasi yaxshi boʻlayotganini”. Ular yoʻqligiga hatto siz yonimda boʻlsangiz ham oʻzimni yolgʻiz his qilyapman. -Mayli, agar shuni istasang ularni izlab koʻramiz. Axir oʻyin qayerdadir boʻlishi kerakku. Kolumbiyada yoki boshqa joyda. Faqat, yigʻlama. Qaniii, jilmayamiz… (100-A) -Hoy Nik, tirikmisan?- qirgʻoqqa oʻtish mumkin boʻlmagani uchun Ariana joyida turib uygʻotishga urindi. -Agar 15 daqiqadan ortiq qirgʻoqda qolsa yutqazadi. Bonusni tezroq topishimiz kerak,- Kiara havoni boshqarish orqali bonus yashirilgan boʻlishi 168 mumkin boʻlgan shaffof blokni topishga urindi. Lekin u hosil qilgan yengil shabada ham bloklarni tebratib muvozanat saqlashni qiyinlashtirar edi. -Balki men urinib koʻrarman,- Sindiya Nikolasning ongiga ta’sir oʻtkaza boshladi. -“Uygʻonishim kerak.” “Vaqt kam.” “Turishim kerak.” Bu kim?- Sindiya Nikning ongida unga uygʻonish haqida fikrlarni kiritayotganda yigitning qulogʻiga shivirlayotgan kimnidir eshitdi: -Hoy, havorang oʻyinchi. Turaqol. Keyin esa Nikning miyasida ogʻriq Sindiyaga ham yaqqol sezilganidan ongni tark etishga majbur boʻldi. Nikolas ham tok urgandek sapchib turib ketdi. -Tez kim bilandir joy almash, 15 daqiqang tugayapti,- gapirdi Dilbar. -Men almashaman,- Sindiya oʻz joyini Nikka boʻshatib berib qirgʻoqqa oʻtgach oʻsha shivirlagan ovoz egasini izlay boshladi. Bir ozdan soʻng qizil blokdan ikki metr uzoqlikda qandaydir havorang halqaga oʻxshash nimadir paydo boʻlib yoʻqoldi va shishaga urilgan qadam tovushidek ovoz yangradi. Bu albatta hammaning e’tiborini tortgandi. -Shaffof blokmi? Qanday? -Bizga kimdir yordam beryaptimi?- qirgʻoqdagi Sindiya 15 daqiqasi tugagach Anok bilan joy almashdi. -Agar u yerda shaffof blok boʻlsa men u tomonga sakrayman,- Hanter taxminiy moʻljal olib tubsiz boʻshliq uzra koʻrinmay turgan boʻlsada borligini his qilayotgan blok tomon qaradi. Oʻsha yerda yana havorang uchqunsimon halqa bir zum koʻringach tez gʻoyib boʻldi. -U yerda aniq blok bor, biroz surilib tur jasur qizcha,- Hanter sakrashga tayyorlandi. -Agar boʻlmasachi? Oʻlib ketaverasizmi?- havotirlandi Ariana. -Buning senga ahamiyati bormi? 169 -Imm… Yoʻq… Sardor sifatida gapirgandim… Hanter biroz ortga tsarilib keyin bor kuchi bilan koʻrinmas blok tomon sakradi. U adashmagan edi, lekin blok hajmi kichik boʻlganidan va toʻsatdan urilgan kuch zarbidan ogʻgani sababli Hanter muvozanatni yoʻqotib qoʻli bilan osilib qoldi. -Muvozanatni saqlash uchun yana bir kishi oʻtishi kerak. Eng yaqin masofadagi sensan Ariana. -Men buncha masofaga, kamiga koʻrinmas narsaga sakray olmayman,- biroz qoʻrqib turdi qiz. -Lekin, qizil blokda ham uzoq vaqt yolgʻiz qololmaysan. Qoʻrqma yiqilsang ushlab qolaman. Hanterning bu gapidan Ariananing kulgisi keldi: -Oʻzingiz zoʻrgʻa osilib turibsizku. Hanter bir harakat bilan blok ustiga chiqib oldi. -Senga kengroq joy boʻlsin degan edim. Endi oʻsha joyning yarmi band. Sakra qoʻrqoq. Hanterning oxirgi gapi qizning gʻururiga tegib ketdi. -Qoʻrqoq emasman. Siz borligingiz uchun sakragim kelmayotgan edi. Ariana ham chuqur nafas oldida huddi havoda muallaq turgandek koʻrinmas blok ustida turgan qotilning yoniga sakradi. Muvozanat yoʻqolib ular biroz ortga ogʻib ketishdi. Rostdan koʻrinmas blok boshqalariga nisbatan kichikroq boʻlganidan ikki kishi bazoʻr sigʻar, yiqilmaslik uchun deyarli bir-birini quchoqlab turishga toʻgʻri kelardi. Blokda muvozanat qaror topgach u pushti rangga kira boshladi. -Bonusni topganingiz bilan tabriklayman. Undan foydalanishingiz mumkin. Variantlardan birini tanlang: A) qoʻshimcha jon 170 B) 50000 ball C)uyga qaytish (faqat bir kishi) D) bosqichni yakunlash Sherigingiz bilan kelishib javobni tanlang. -Oʻzim uyga qaytsammikan,- kuldi Hanter. -Yoʻq, men bu variantga qoʻshilmayman. -Hazillashdim jasur qizcha. Bosqichni yakunlaymiz, sen bilan quchoqlashib turish jonimga tegdi. Ikkalasi ham D variantni tanlagach tubsizlik oʻrnini yogʻoch pol qoplay boshladi. Hanter qizni oʻzidan itarib kostyumini qoqib qoʻydi. -Ikkinchi bosqichdan soʻng tirik qolgan barcha oʻyinchilarga 20 balldan yuklab beriladi. Bonusni topgan oltin va kumush oʻyinchilarga esa qoʻshimcha 50 balldan. Umumiy ballaringiz: Dilara – 30 ball Irro – 30 ball Samuel – 30 ball Anok – 80 ball Sindiya – 30 ball Dilbar – 30 ball Kiara – 30 ball Nikolas – 30 ball Zes – 30 ball 171 Hanter – 80 ball Ariana – 80 ball Aytgancha bizda qobilyatlar narxi 10 barobar arzonlashdi. Endi ularni 500 ballga emas, 50 ballga sotib olishingiz mumkin. Yana bir yangilik: 3-bosqich 100-B jamoa bilan bellashuv. Hozir esa xonalaringizga qaytib dam olishingiz mumkin,- Kurator gapini yakunladi. (Antiemerald) -Keldingmi Oliver. Havorang oʻyinchini qutqardingmi?- partal ochilib Oliver kelishi bilan soʻradi Aleksey. -Nafaqat havorang oʻyinchini, balki, butun jamoani qutqardim,- magʻrur jilmayib qoʻydi. -Ular seni koʻrmasligi kerak ediku. -Koʻrmadi ham. Axir otam kabi koʻrinmasman… Alekseyning blaguzugiga ham xabar keldi. -Endi mening navbatimga oʻxshaydi… (100-B) -Nima boʻldi? Ruh Arturga koʻchdimi? U Sirelisni qayerga olib ketdi,- Skarlet Artur uchib ketgan tomon qarab qoldi. -Yoʻq. U Sirelisni qutqarmoqchi. Chunki koʻchuvchi ruh egasiga oʻzining qadrli insonlariga tashlanishga majbur qiladi,- Finnga ishora qildi Aleksey. Finn huddi quturish kasalligiga chalingandek bezovtalanar, qanotlari boʻlganida allaqachon Arturning ortidan uchib ketadigandek shijoatda edi. 172 Nima qilishini bilmay, alamini kimdandir olish uchun qarshisidagi Alekseyga tashlanmoqchi boʻldi. -Unga kishanni taqish kerak,- Skarlet tezlik bilan Finning orqa tomonidan yaqinlashib qoʻllarini birlashtirdi. -Yoʻq, agar kishan taqilsa u “jodugar” ga aylanadi va uni yoqib yubormagunimizcha oʻyin tugamaydi. -Unda Finndan ruhni chiqarish kerak,- Skarlet vampirlarga hos kuch bilan Finning qoʻlini qayirganda uning ogʻriqdan yuzi burishib ketdi. Lekin bu ish foyda berib ruh boshqa oʻyinchiga koʻchdi. -Uzr soʻrayman, gulxanda yongandan koʻra biroz qoʻl ogʻrigʻiga chidagan yaxshi deb oʻyladim… Bu safar ruh kimga koʻchgani aniq edi. Chunki shahzoda Roland gulxan yoqish uchun tayyorlangan mashaladan olovni olib atrofni olovli halqa bilan qoplay boshladi. -U hammamizni yoqib yubormoqchimi? -Topdim! Biz uni yoqishimiz kerak. Axir u olov afsungariman degan ediku. Demak, gulxan unga ta’sir qilmaydi,- Finn shu oddiygina yechimni ertaroq topolmaganidan oʻzidan jaxli chiqib gapirdi. Ketrin esa Skarletdan kishanni olib Rolandga yaqinlashdi. Ruh ongini egallab olgani uchun faqat yoqishni oʻylayotgan Roland har yoqni olovli devor bilan oʻrab tashladi. Skarlet va Ketrinni olov oʻldira olmasa ham kuchli kuyishlariga olib kelishi mumkin. Toʻsatdan yerdan sizib chiqayotgan suv olovni oʻchira boshladi. -Bu kimning qobilyati?- Aleksey hammaga qarab chiqdi,- Elena… U ham qudratli ekanligin sezgan edim… Yoqqan olovlarini suv oʻchirib yuborgani uchun Roland endi olovli shar hosil qilib ota boshladi. Ketrin oʻziga tegishiga oz qolgan sharni “Qora iblis” kuchi bilan yoʻnalishini burib yuborsada oʻzi ham yiqilib qoʻlidagi kishan otilib ketdi. Skarlet Annani himoya qilayotgani uchun kishanni ololmadi. 173 -Mayli, anchadan beri mashq qilmagan edim, lekin, uddalayman,- Mariya yugurib kelib yerdan sizib chiqayotgan suvda choʻkib borayotgan kishanni oldida olovli sharlar yomgʻiridan mahorat bilan oʻtib Rolandning qaynoq bilagiga taqdi. Qoʻli ozroq kuyganini hisobga olmasa deyarli hech qanday shikast yetmadi. -Shu payti bu mening onam deb maqtangim keladiyu, lekin hozirgi yoshimizni hisobga olsak sizdan boshqa hech kim ishonmaydi,- Finnga qarab jilmaydi Aleksey. -Kishan taqildi degani hali ruh yengildi degani emas. Hali “jodugar”ni yoqish kerak. Ruh endi Rolanddan boshqasiga koʻcha olmasa ham hamma yoqni vayron qilishni davom etardi… (Antiemerald) -Ingrid fransuzcha ismmi?-soʻradi Jordan. -Umuman olganda Yevropadagi deyarli barcha davlatlarda bu ism mashxur. Amerikada Ingrid ismi yoʻqmi?- gilosli sharbatdan hoʻplab javob berdi qiz. -Bor, shunchaki Fransiyadan boʻlganingiz uchun soʻradimda. Eshitishim boʻyicha onangiz ham Millerlardan ekan. Bundan chiqdi sizda ham qobilyatlar bor ekanda. -Unchalik emas. Aytgancha Kil Rayan Ariana Millerning oʻgʻli shundaymi? -Shundaykuya, lekin u sizdan yosh. -Shunchaki soʻradim, notoʻgʻri tushunmang tagʻin. Dadam Ariana haqida koʻp gapirar edi. -Oyingiz yaxshi ayol ekan. Agar mening dadam boshqa haqida gapirsa bormi uchinchi jahon urushi boshlansa kerak. Lekin, dadamning boshqa ayollar 174 tugul onamga ham qarashga vaqti yoʻq. Bir kuni egizagim Jastin bilan birgalikda uning maxfiy ishini oʻrganishga harakat qilganmiz. Millerlar unitilgan boʻlishiga qaramay ular haqida hali ham ma’lumot toʻplamoqda. Onangiz Meliny Miller Keyt ismli sulola vakili haqida sizga hech gapirmaganmi? -Ariana Millerning onasi Keytmi? U allaqachon oʻlib ketgan,- Ingrid Jordanga tikilib turdida, soʻng huddi birov eshitib qoladigandek stol boʻylab biroz egilib pichirladi,- Lekin, oʻlim bu yakun emas, ayniqsa Millerlar haqida gap ketayotgan boʻlsa… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [24-qism] 3-BOSQICH. BELLASHUV. 100-A. 5-UY. (Zes-Sindiya-Samuel) -Qiziq, u nega hech ovqatlanmaydi? Oziqlanish usuli boshqachami yoki,- oshxonada shunchaki devorga tikilib turgan Zesga qarab gapirdi Samuel. -Toʻgʻri, biz ovqatlanmasak smartletdagi quvvat koʻrsatgichimiz tushib ketadi, uniki esa doim 90-100% atrofida. Ongi ham kuchli himoyalangan. Oʻtgan safargi koʻrsatgan hunarlarini hisobga olsak odamlarning ichiga singib kira oladi. Lekin, doim emas. Hatto uxlamaydi ham. -Uxlamasligini siz qayoqdan bilasiz. -Ongiga kira olmasamda, miyasidan taraladigan biosignallardan uygʻoq ekanligini tekshirib turish mumkin. 175 -Shoshmangchi, siz hali doim bizning ongimizni kuzatib borasizmi? Bu fikr erkinligining buzilishiku. Siz bilan bir uyda yashash havfli ekan,- Sem biroz asabiylasha boshladi. -Nega qoʻrqasan, yoki yashiradigan siring bormi? Sening miyangda faqat musiqalar aylanib yurganidan kirgim ham kelmay qolgan. Lekin Zesning ongi men uchun juda qiziq. Nihoyat Zes devorga tikilishni toʻxtatib ovqatlanayotgan sheriklarining yoniga kelib oʻtirdi. -Demak, ertaga bellashuv. Anchadan beri hech kimni oʻldirmagan edim. -Nima? Siz gapirishni bilarmidingiz? Bizni tushunasizmi? -Yoʻq, uning ovozi huddi kumush oʻyinchi Hanterniki kabi chiqdi. Aslida u gapirmagan, Hanterning ovozini eshitib u gapirgan jumlani oʻzlashtirgan. Marslikning biz bilmagan qobilyatlari koʻpga oʻxshaydi. 1-UY.(Hanter-Ariana) -Demak ertaga bellashuv. Anchadan beri hech kimni oʻldirmagan edim. -Oʻldirish hayotdan maqsadingizmi? Qotillikni nega buncha yaxshi koʻrasiz,- idishlarni yigʻishtirib olar ekan shunchaki soʻradi Ariana. -Men qotil boʻlib tugʻilganman. Kasbim qotillik. -Hech kim qotil boʻlib tugʻilmaydi,- inkor qildi qiz. -O’Ryanlar sulolasida boshqa kasb yoʻq. Bu oilada tugʻildingmi yo oʻldirasan yoki oʻlasan. Oʻzlaring ham oppoq emassilar Millerlar. Odam oʻldirish boʻyicha sizga teng kelib boʻlmaydi. 176 -Lekin, men bu yoʻlni tanlamadimku. Boshqa Millerlarga oʻxshashni istamadim. -Chunki sen Millerlar qobilyatidan mahrum boʻlgan ojiz qizaloqsan halos. Odamda qudrat qanchalik koʻp boʻlsa, oʻldirishga shunchalik moyil boʻladi. Senda 80 ball bor. 50 ballga bitta qobilyat olsa boʻladi. Sen esa hali ishlatganing yoʻq. Nega? Yoki qobilyating Millerlarnikiga oʻxshab qolishidan qoʻrqasanmi? Sen ham ulardek maxluqqa aylanishni istamaysanmi? -Oʻzingizchi, sizda ham ball yetarli. Lekin, hali qobilyat olmadingiz. -Men olib boʻlganman,- Hanter smartletdagi qolgan 30 ballni koʻrsatdi. -Yana bir bor sizlarni markaziy zalda koʻrib turganimdan xursandman. E’tibor bergan boʻlsangiz bu safar nonushta stoli 11 kishilik emas 22 kishilik qilib tayyorlangan. Demak, parallel jamoa bilan tanishish vaqti keldi. Ular haqidagi ma’lumotlarni smartletlaringizga yuklab beraman,- Kurator gapirib boʻlgach smartletlarga xabar keldi. Roʻyxatni birinchi boʻlib ochib koʻrgan deyarli gapirmaydigan Irroning ogʻzidan past ovozda bir dona soʻz chiqdi halos: -Anna. -Nima u yerda sevgilingni koʻrib qoldingmi?- Kiara ham roʻyxatni oʻqib chiqar ekan qizil oʻyinchiga kelganda toʻxtab qoldi. -Roland Lioned? Oʻsha olovbosh shahzodami? Lion qirolligi 1486-yil. Demak, aniq oʻsha. -Sizlarga qanday bilmadimu, lekin menga 100-B tarkibidagi oʻyinchilarning umuman qizigʻi yoʻq,- Hanter bee’tiborlik bilan oʻz kumushrang stuliga oʻtirdi. -Sen 2069-yildan eding-a, ularda ham huddi shu yildan kelgan yashil oʻyinchi bor ekan. Balki tanishingdir,- roʻyxatga qarab chiqqach gapirdi Dilbar. 177 -Qiziq emas. Agar men yaqinda oʻldirgan odamlardan biri boʻlsa yana bir bor qayta oʻldirishim mumkin. -Mariya ekan ismi. -Mariya?- Hanter tez smartletini yoqib boshqa oʻyinchilar ma’lumotini oʻqib oʻtirmay yashil oʻyinchiga oʻtdi. “Mariya-16 yosh, AQSh.” -Nima, tanishing ekanmi? -AQShda 16 yoshli Mariyalar koʻp. U emas. Mariya oʻyinda menga qarshi jamoada boʻlishi… Yoʻq, u emas. Samuel ham tanish ismlarni koʻrib vaziyat chigallashishini anglab yetgandi. Lekin 100-B jamoada Aleksey Novikovning borligi negadir uni xursand qildi. Eshik ochilishi bilan ichkariga katta tezlikda yugurib kirgan oq sharpa Nikolasning yonida toʻxtaganida oq boʻrini koʻrib koʻpchilik hayron qoldi. -Nima, ularda oq oʻyinchi hayvonmi? 118 yosh deyilgan sariq oʻyinchi vampir boʻlsa kerak unda. Okami esa biroz hadiksirab turgan Nikolasning atrofida aylanib, uzoq vaqt egasini koʻrmagan kuchukchadek erkalanardi. -Qoyil, Okami hech birimizning unga teginishimizga ruxsat bermasdi. U sening tanishingmi,- jilmayganda oʻtkir qoziq tishlari koʻrinib turgan Skarlet oldinroq kirib keldi. Uning ortidan kirgan Mariyani koʻrgach Hanter oʻrnidan turib u tomon yurdi. Ularning oʻpishib koʻrishganini koʻrgan Ariana yuzini burishtirib qoʻydida boshqa oʻyinchilarni kuzata boshladi. -Eh, oyijon,- Aleksey peshonasiga urib qoʻydi. -Men ham Hanterdan bunday… hullas kutmagandim,- Alekseyning yonidagi Finn ham qotil juftlikdan koʻzini uzib 100-A oʻyinchilarini oʻrganib chiqdi. -Asira ham shu yerda ekanda,- Kiaraning yoniga kelib gapirdi Roland. -Qanaqa asira? Men malikaman, olovbosh. 178 -Olovbosh deyishingni ham sogʻingan ekanman. -Biz shaxsan tanish emasmizku. -Demak, sen bir necha oy oldingi zamondansan. (99-B) -Nega sen ham biz bilan,- injiqlik qila boshladi Drema. -Ha, sizlarga halaqt beramanmi? Qoʻrqma eringni oʻldirib qoʻymayman,- Feya uzun sochlarini oʻrab tashlagach nonushta tayyorlashga kirishdi. -Nima, nima, nima? Oʻzingku Gelberoga ayyorlik qilsang ham magʻlub boʻlgan. U seni oʻldirib qoʻymasin. Yoʻq, yoʻq, men seni oʻldirib qoʻymay. Gelbero xonasidan chiqqach Drema darrov jilmayib aqlli qizlardek boʻlib oldi. Gelbero Feyaga koʻz qiri bilan bir qarab qoʻydida, indamay ovqatlanish uchun oʻtirdi. -Jarohatingiz yaxshi boʻlib qoldimi, istasangiz bogʻlamni yana almashtirib qoʻyishim mumkin. -Raxmat, lekin ortiqcha ogʻriq shart emas. -Unda oʻzingiz aybdor edingiz. Feya tayyorlagan nonushtasini stol ustiga qoʻygach Gelberodan uzr soʻradi: -Kechiring, sizga husumatim yoʻq edi. Shunchaki qolgan oʻyinchilar oʻlib ketishini istamadim. -Aslida yaxshi qiz ekanligingizni bilaman. Hechqisi yoʻq. Gelbero Dremaga qaramasa ham uning hozirgi yuz ifodasini tasavvur qilib jilmayib qoʻydi. 179 (Antiemerald) -Ahvoling yaxshimi,- kechadan beri xonasidan chiqmagani uchun Samantadan xavotirlanib eshik ortidan soʻradi Kill. Javob kelmagach kirishga majbur boʻldi. Ichkarida Samanta oʻz qoʻlini tishlab oʻtirgani koʻrib chuqur xoʻrsinib qoʻydida qizning qoʻlini tortib oldi. -Aqling joyidami? Quturish kasalligiga chalinmaganmisan mabodo. -Yoʻq, bu boshqa ogʻriqni bosish uchun,- jilmaydi Samanta. -Dori ichishning iloji borku. Ha, aytgancha senda hali ball yoʻq. Dorilar esa bepul emas. Kechir unutibman. Kil muhokama xonasidagi kompyuter yoniga borib ogʻriq qoldiruvchi dorilar narxini koʻrib chiqdi. Okamini qutqarganida 100 ball ishlab olgani uchun Samantaga yordam berish iloji boʻlsada, ballari hali kuchli dorilarga yetmas edi. Antiemeraldda qobilyat uchun ball sarflash shart emas. Ular oʻzlarini oʻzlari qobilyat bilan ta’minlay oladi. Lekin, 100 ballga faqat 5 dona ogʻriq qoldiruvchi sotib olish mumkin. -Eh, ukajon. Dadamizga tashqi koʻrinishing oʻxshasa ham haraktering oʻxshamaganda,- dori buyurtirayotganda smartletiga Juliyadan ovozli xabar keldi. -Kim aytdi dadamizni shavfqatsiz deb. U ham aslida yordam berar edi. Oilamizda faqat siz vaxshiysiz. Vaytni darddan halos qilish qoʻlingizdan keladi, lekin, uning azoblanishidan rohatlanasiz. -U zaif. Yashashga munosib emas. Oʻyin unga imkon berdi. Qoʻlidan kelsa yashab ketsin… #Silence 180 #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [25-qism] JUFTLIK BELLASHUVLAR. -Bellashuv shartlarini tushuntirib oʻtaman. 3-bosqich nomi “Juftlik bellashuvlar”. Gʻolib jamoa toʻgʻridan toʻgʻri 15-bosqichga sakraydi. Magʻlublar esa 4-bosqichni davom etaverishadi. Ajratilgan vaqt: maksimal 3 kun. Buning uchun ikkala jamoadagi 22 kishi qaytadan xonalarga taqsimlanadi. Oʻyin qandayligini xonangizda tushunib olasiz. Men esa hozir raqiblarni e’lon qilaman. A---------B 1.Dilara-Artur 2.Irro-Anna 3.Samuel-Aleksey 4.Anok-Ketrin 5.Sindiya-Elena 6.Dilbar-Sirelis 7.Kiara-Roland 8.Nikolas-Okami 9.Zes-Skarlet 10.Hanter-Mariya 11.Ariana-Finn Xonalarga tarqalishingiz mumkin. Aytgancha oʻldirishga ham ruxsat beriladi. 181 1-UY. (Dilara-Artur) -Qiziq-a, sizdan oldingi xonadoshim ham havorang oʻyinchi Nikolas edi. -Men esa uch kishilik uyda yashaganman. Bitta Finn deganlari ortiqchalik qilgan. -Yomon odamga oʻxshamaysiz, keling yaxshisi tinch yoʻl bilan hal qilamiz. -Men ham bekordan bekorga begunohlarga ziyon yetkazishni istamayman. Oʻzi oʻyinimiz qanday ekan,- Artur muhokama xonasidagi kompyuter oʻrniga joylashtirilgan katta aylana stol yoniga keldi. Stol ustida koʻplab kartalar taxlangan boʻlib, lekin ularda qimordagi kabi ♠️♣️♥️♦️ belgilar emas, turli shart va savollar yozilgan ekan. Artur start tugmasini bosishi bilan oldindan yozib olingan Kuratorning xabari yangradi: -Birinchi juftlik oʻyini: “Sirlar va shartlar”. Dastlab smartletingizga qimorga 1000 ball yuklab beriladi. Raqibingiz uchun karta tanlaysiz, u esa 10 balldan 1000 ballgacha istalgan miqdorda ball tikadi. Siz tanlagan kartadagi savolga javob bera olsa yoki shartni bajara olsa tikkan balini ikki hissa qilib qaytarib oladi. Sizda esa oʻshancha ball kamayadi. Javob bera olmagan taqdirda uning tikkan ballari sizga yuklab beriladi. Yutishni istasangiz qiyinroq va qaltisroq savol va shartlardan foydalaning. Oʻyin ishtirokchilardan istalgan birining qimorga tikish uchun berilgan bali nolga tushguncha, yoki maksimal uch kun davom etadi. -Bor yoʻgʻi shumi,- Dilara stol yonidagi oʻz joyiga oʻtirib kartalarni oʻqib chiqa boshladi. Dastlab nimtabassum bilan, keyin jiddiylashib, keyin esa qoʻrquv bilan qoʻlidan kartalarni oʻtkaza boshladi. Hozir u oʻqiyotgan savollar va shartlar Arturning qoʻlida ham borligini bilib undan koʻra jang qilib ballarni tortib olish osonroq degan fikrni miyasidan oʻtkazdi. Lekin, unda hozir mutant qobilyatlari yoʻq, Arturning qanday qudratga egaligidan esa bexabar… 182 2-UY. (Irro-Anna) -Yomon boʻri! Qoʻrqoq! Qotil! Vaxshiy! -Demak, oʻsha kuni meni daryo boʻyida koʻrib qolganingdan soʻng baribir oʻlgan ekanmanda. -Yaramas, oʻldiraman seni,- Anna qoʻliga ilingan narsani Irro tomon uloqtirar edi. Irro esa unga e’tibor bermay xona oʻrtasidagi oʻyin stoli yoniga keldi. Tugmachani bosganida Kuratorning ovozli xabari yangradi: -Ikkinchi juftlik oʻyini: “Xazina toʻplash”. Uy boʻylab har xil nuqtalarga kumush tangalar berkitilgan. Ularni toʻplab stol ustidagi seyflarda 3 kun ichida saqlashingiz, raqibingiz seyfini oʻmarishingiz, yoki kuch bilan tortib olishingiz mumkin. Kimning tangalari koʻp boʻlsa oʻsha jamoa a’zosi gʻolib boʻladi. Ovozli xabar tugashi bilan yuziga katta tezlikda uchib kelayotgan kumush tangani tutib olib Annaga sekingina qaytarib uloqtirdi: -Tangalarni oʻzing toʻplashing kerak. Agar gʻolib boʻla olsang qasos olgan hisoblanasan… 3-UY. (Samuel-Aleksey) -Shunday qilib ularga aslida turmush qurganini aytmadim de,- kresloga joylashib olib soʻradi Aleksey. -Shunday. Aytsam ham ishonishmas edi. Va bugungi hodisa…. -Toʻgʻri, yaxshi ish boʻlmadi. Mariya onam ekanligini hisobga olsam va Hanter vasiylikka olgan va katta qilgan otam ekanligini ham inobatga olib… Va buni 183 Ariana ham koʻrganini qoʻshsak… Hullas, chalkashlik. Mayli, oʻyin sharti nima ekan? Samuel stol ustidagi start tugmasini bosdi. -Uchinchi juftlik oʻyini: “Kelishuv”. Sizlarga ikkitadan karta beriladi. Birinchisi – x , ikkinchisi – 0. Shart juda oson, shunchaki kelishgan holda bir vaqtda tanlagan kartalaringizni koʻrsatasiz. Agar ikkingizda ham 0 karta boʻlsa durrang natija, va 1 tadan gʻalaba, ikkita x esa durrang magʻlubiyat. Bir kishida x, ikkinchisida 0 belgisi boʻlsa, x ni tanlagan oʻyinchi jamoa hisobiga bir emas naqd 2 ta gʻalaba keltiradi. Agar yutqazib qoʻysangiz uch kun ichida raqibingizni oʻldirib gʻalabani oʻzingizga oʻzlashtirishingiz mumkin. -Oʻldirib degan gapi ortiqcha boʻldiyov,- kuldi Samuel,- menimcha bunga xojat qolmaydi… 4-UY. (Anok-Ketrin) -Menga doim oʻzimdan katta qizlar uchragan. Buni qarangki bu safar ikkimizning yoshimiz teng ekan,- Ketringa qarab jilmaydi Anok. -Gap otmoqchimisan?- qisqa qildi qiz. -Yoʻgʻe, shunchaki menga qora rang juda yoqadi. Siz esa qora oʻyinchisiz, sochlaringiz, kiyimingiz, koʻzlaringiz ham qora. Shu sabab bu goʻzallikdan koʻz uzolmayapman. -Qalbim ham koʻrinishimdek qora zulmatga choʻkkan. Menga yaqin yursang falokatga yoʻliqasan. Omadingni bersin yigitcha,- Ketrin Anokning yelkasiga qoqib qoʻydi. -Voy, kuymadim. Qoyil. Odatda odamlar bilan tanam ta’sirlashganida kuchli issiqlikni sezar edim. 184 -Chunki men odam emas, iblisman. Ketrin start tugmasini bosib oʻyin shartini eshitib koʻrdi: -Toʻrtinchi juftlik oʻyini: “Koʻzguli tuzoq”. Raqibingizni uch kun ichida shunday tuzoqqa tushiringki, u koʻzguga qarashga majbur boʻlsin. Oʻz aksini koʻrgan oʻyinchi magʻlub boʻladi. 5-UY. (Sindiya-Elena) -Beshinchi juftlik oʻyini: “Zaxar”. Stol ustida 30 ta shisha idishda suyuqlik bor. Shulardan bittasida zaxar, bittasida zaxarga qarshi dori, ikkitasida bonus, 26 tasida oddiy suv bor. 3 kun davomida har bir oʻyinchi ulardan kamida 14 tadan ichishi kerak. Omadi kelmay zaxarni ichib qoʻysangiz magʻlub boʻlasiz. Lekin, buni bellashuv deyishadi. Shunday qilingki, raqibingizni zaxarlab, oʻzingiz tirik qolish yoʻllarini izlab toping. -Bu oʻyin bizni qotilga aylantirmoqchimi?- kinoyali kuldi Sindiya. -Yoki qurbonga… 6-UY. (Dilbar-Sirelis) -Oʻylaymanki siz bilan tez kelishib ketamiz. -Koʻrinishingdan juda begʻubor qizga oʻxshaysan. Hali hayotning achchiq ta’mini tatib koʻrmagan qizaloq. -Siz esa huddi hiyonatga uchragan odamdek tushkunlik va gʻazab qorishmasidan iboratsiz nazarimda. Unuting hammasini, siqilgandan foyda yoʻq. -Shunchalik darajada bilinadimi? 185 -Bir qarashdayoq,- Sirelis stol ustidagi tugmani bosib shartni tingladi: -Oltinchi juftlik oʻyini: “Uchinchisi ortiqcha”. Qanday tushinish oʻzingizga havola. Qanday hal qilish ham. Muhimi faqat ikki kishi qolishi kerak. Shartni eshitishi bilan Dilbarning hayoliga birinchi kelgan narsadan gʻazabini jilovlab tura olmadi. -Ming la’nat boʻlsin bu oʻyinga,- Dilbarning mushtining zarbasidan stol yorilib ketdi. Hech narsaga tushunmagan Sirelis esa hayron qarab turardi. (Antiemerald) -Toʻgʻrisini aytsam, oʻyin bunchalik zerikarli boʻladi deb oʻylamagan edim. Mana necha kundirki, menga bironta ham topshiriq yoʻq. Yoki boshqa jamoalarning oltinrang oʻyinchilagi shunchalik kuchlimi?- Angela Alekseyga qahva uzatib noliy boshladi. -Tinchgina yashab yurgan boʻlsang, nima qilasan ortiqcha muammoni? -Axir ball toʻplash uchun oʻyinchilarni qutqarish kerak. Singlimning kasalligini oʻgʻirlay olmaganimga yarasha hech boʻlmasa dorilar bilan yordam berishim kerak. Yana, ota-onamiz haqida oʻylayapman. Nafaqat oʻzimning, qolgan jamoadoshlarimizning ham ota-onasi hozir farzandlari qayerdaligini bilmay, yoki, oʻyinda qatnashayotganidan xavotir olib yurgandir. -Ota-onalar masalasini unchalik tushunmayman. Balki, shuning uchundir 28 yoshga toʻlsam ham hali oila qurmaganman. -Balki shunchaki oʻzingizga mos qizni uchratmagandirsiz. Menimcha unday qizning oʻzi yoʻq bu dunyoda. Aleksey oʻqiyotgan kitobidan koʻzini uzib Angelaga qaradi. -Nimadir boʻldimi?- soʻradi qiz. Chunki Aleksey birinchi marta unga kitobga qaragandek sinchkovlik bilan qarayotgan edi. 186 -Yoʻq, hech narsa,- Aleksey qahvadan bir hoʻplab qoʻyib kitobini oʻqishni davom etdi. #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [26-qism] JUFTLIK BELLASHUVLAR_2. 7-UY. (Kiara-Roland) -Yettinchi juftlik oʻyini: “Jang san’ati”. Qoidalar yoʻq. Istalgan quroldan foydalangan holda, istalgan usulda bellashuvni oʻtkazishingiz mumkin. Oʻldirishga ruxsat beriladi. -Juda menbop oʻyin ekan,- Kiara kartalardan qurol tanlay boshladi. -Kamonni tanlasang kerak. Har holda oʻtgan safar qilichbozlikda menga yengilganing uchun butun umrlik asiram boʻlib qolgan eding. Kiara bir muddat oʻychan tikilib qoldi. -Asira… Yoʻq. Agar dushman qoʻliga asirlikka tushsam, birinchi navbatta osongina qochib keta olardim. Juda ham iloji boʻlmaganida, bunday sharmandalikdan koʻra oʻzimni oʻldirardim. Yoʻq, birinchi Lion shahzodalarini, keyin oʻzimni… -Yaxshilab oʻylab koʻr. Balki oʻsha shahzodalardan birini sevib qolgandirsan,- Roland kaminda yonayotgan olovdan foydalanib qoʻlida olovli yurak shaklini hosil qildi. Kiaraning olovga yoʻnalgan koʻzlari siyohrang tovlanib bir zumda uni oʻchirdi. -Orzu ham qilma. Havo, olovdan kuchli. Chunki olov havosiz yona olmaydi. 187 -Mening yuragim ham olov kabi. U yonishi uchun havo kerak. Havo esa sensan… 8-UY. (Nikolas-Okami) -Sakkizinchi juftlik oʻyini: “Oʻyindan tashqariga qochish”. Bu asosan 100-A oʻyinchisiga tegishli. Agar raqibingiz oʻyindan tashqariga qocha olsa siz yutqazasiz. 3 kun ichida qochishiga yoʻl qoʻymasangiz gʻolibsiz. Nik xona burchagida dam olib yotgan oq boʻriga qarab qoʻydi. -Bu boʻrining hatto shart mazmuniga aqli yetmasa kerak… 9-UY. (Zes-Skarlet) -Toʻqqizinchi juftlik oʻyini: “Qondan gullagan daraxt”. Oʻz qoningizni asrang, daraxtni raqib qoni bilan sugʻoring. Toki daraxt gullamas ekan, hech kim gʻolib boʻlmaydi. -Seni marslik deb eshitgan edim. Oʻzi qoning bormi?- soʻradi Skarlet. Zes esa hech narsani tushunmagani uchun boshini yonga eggancha tikilib turaverdi. -Tilimizni tushunmaysanmi? -Anchadan beri hech kimni oʻldirmagan edim,- Hanterning ovozida gapirdi Zes. 10-UY. (Hanter-Mariya) 188 -Buni qaraya, hatto oʻyin ham bizni ajrata olmas ekan,- Mariya nihoyat Hanterning qoʻlini qoʻyib yuborib bejirim billur shaxmat taxtasi oʻrnatilgan oʻyin stoli yoniga bordi. -100-B jamoada kim bilan birga yashayotgan eding?- jiddiy ohangda soʻradi Hanter. -Qoʻysangchi azizim, shu muhimmi? Bilasanku, oʻzimni oʻzim himoya qila olaman. -Men savol berdim! -Aleksey Novikov. Koʻk oʻyinchi. Boʻldimi? -Hozir sen uni himoya qilmoqchi boʻlib aytishni istamadingmi? Yoki 3 kun ichida… -Hanter, hech qachon, hech qanday vaziyatda senga hiyonat qilmasligimni yaxshi bilasan. -Qilib ham koʻrchi, murdaga qanday aylanganingni hech kim sezmay qoladi. -Oʻzingchi? Kim bilan sherik eding? Men ham bilaman tergov qilishni. -Miller bilan. -Kel unda kelishuv tuzamiz, keyingi safar yana bellashuv boʻlganida bir- birimizning sheriklarimizni oʻldiramiz. Ya’ni sen anovi rusni, men esa Millerni. -Nega bu safar emas? -Chunki bu safar aslida biz raqiblarmiz,- Mariya stol ustidagi start tugmasini bosdi. -Oʻninchi juftlik oʻyini: “shaxmat va kelajak”. Qoidalar oddiy shaxmat oʻyini kabi. Lekin, har gal raqibingizning donalarini olganingizda oʻsha shaxmat donasiga tegishli uning kelajak xotiralari faqat sizga koʻrsatiladi. Qanchalik katta qiymatga ega donani olsangiz kelajak ham shunchalik aniq boʻladi. 189 -Kelajak, qiziq. Men shaxmat oʻynashni yaxshi bilmayman, lekin, kelajagimizni bilish uchun oʻynaganim boʻlsin,- Hanter birinchi yurishni boshladi. 11-UY. (Ariana-Finn) Finn nima qilishni bilmay hayron edi. Arianaga Hanter bilan kelajagini aytay desa bugungi Mariya bilan qiligʻidan keyin qanday qabul qiladi? Hanter ham Mariya tirik boʻlgani uchun Arianani rad etsachi? Agar Rayan oilasi haqida aytmasa hammasi buzilib ketadi. Nega Juliya bilib turib ularni uchrashtirmoqda? -Ixm, ixm,- yoʻtalib qoʻydi Ariana. -Ha, oʻyinni boshlash kerak,- Finn koʻzoynagini toʻgʻirlab stol ustidagi start tugmasini bosdi. -Oʻn birinchi juftlik oʻyini: “Qutqarish”. Vazifangiz birga yashagan jamoadoshlaringizni qutqarish. Buning uchun oldin xonadagi jumboqni yechishingiz kerak. Oʻshandagina oʻz jamoangizdagi sherigingiz yoniga yoʻl ochiladi va agar u havf ostida boʻlsa qutqarib qolishingiz mumkin. Oʻylaymanki Hanterga Arianadan yordam kerak boʻlmaydi. Agar oʻyinda yutsam, Sirelis havf ostida qolsa qutqarib qolishim mumkin,- oʻyladi Finn. Shu oʻrinda yana bir bor vieyesi yoʻqligidan afsuslanib qoʻydi. 190 (2079-yil. Nyu-York) Ella doʻkonga kirganida tamaki maxsulotlari tahlangan qatorda oʻzi uchun sigaret tanlayotgan oppoq sochli kishini koʻrishi bilan doʻkonga nima uchun kirganini ham unutib qoʻyib u tomon yurdi. Nima deb gap boshlashni bilmagani uchun indamay sigaret tanlar ekan koʻz qiri bilan oʻsha odamga qarab-qarab qoʻyar edi. U Ellani sezmadi shekilli, oʻziga keraklisini olib kassa tomon yura boshladi. -Hoy Tobi! Qarib koʻzing xiralashib qoldimi? -Aksincha, koʻzim yaxshi koʻrgani uchun ham bu yerdan tezroq ketgim kelyapti,- Tobies kassaga pul toʻlab doʻkondan chiqib ketdi. Ella ham ortidan chiqib kuzatib bordi. -Hali ham chekishni tashlamadingmi?- yoʻl chetidagi oʻrindiqqa oʻtirib olib sigaret tutatayotgan Tobiesning yonidagi boʻsh joyni egalladi Ella. -Koʻp chekmayman. Odatda siqilganimda. Hozir esa yana oʻsha zulukka uchraganimdan siqilib chekyapman. -Qoʻrqma, seni bezovta qilmayman. Oʻz oilam, tashvishlarim yetarli. Shunchaki eski tanishlar sifatida bir suhbatlashgim kelgan edi. -Yaxshi,- qisqa qildi Tobies. -Hoʻsh, topdingmi mendan yaxshirogʻini? Yoki mendan battar zuluk uchradimi?- Ellaning majburlikdan soxta kulayotgani sezilib turardi. -Kel, yaxshisi bir birimizning hayotimizga qiziqmaymiz,- Tobi oʻrnidan turib Elladan uzoqlasha boshladi. -Tobi! -Nima deysan?-hatto ortiga oʻgirilmay qadamini biroz sekinlashtirib soʻradi Tobies. -Toʻxtab tur. -Vaqtim yoʻq. 191 -Unda bir marta ortingga qara,- Ella ham oʻrnidan turib tez-tez qadam bosgancha Tobiesning ortidan bordi. Tobi sigaretini tishiga qistirgancha erinibgina ortiga oʻgirildi. Shu payt koʻz oldida turli zumradrang naqshlar aylanib Ellaning gipnozi qariga choʻka boshladi. -Sendan koʻp narsa soʻramayman. Faqat besh daqiqa chekmay tursang boʻldi,- Ella Tobiesning tishiga qistirilgan sigaretni olib oʻrnini oʻz lablari bilan toʻldirdi. Ella uchun hozir ular koʻchaning oʻrtasi turganliklari ham, boshqa odamlarning qarayotgani ham, bu ishidan keyin gipnoz tasiridan chiqqan Tobies nima qilishi ham muhim emas edi… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [27-qism] SIRLAR VA SHARTLAR 1-UY. (Dilara-Artur) -Maydalashib oʻtirmaymiz, men besh yuz ball tikaman,- qoʻlidagi kartani barmogʻi bilan aylantirgancha jiddiy gapirdi Artur. Dilara esa hanuz qaysi kartani tanlashni bilmay boshi qotgan, qiyinroq savol beray desa keyin oʻziga ham qiyin boʻlib qaytishi, oson savol bersa yutqazishi mumkin. -Tanladingizmi, honim,- jilmaydi yigit. Uning bu jilmayishi bekorga emas, aniq nimanidir koʻzlab qoʻygandek edi. 500 ballni bekorga tikmas har holda. Yoki istalgan sirini ochish va istalgan shartni bajara olishiga shunchalik ishonchi komilmi? Oxiri Dilaraning asablari dosh bermay chappa oʻgirilgan kartalardan qoʻliga ilinganini tanladi va u ham past ketgisi kelmay 500 ball tikishini ma’lum qildi. -Savol yoki shartni kim birinchi beradi, sizmi yoki men? 192 -Siz… Yoʻgʻe men…,- Dilara kartani oʻgirib Arturga berishi kerak boʻlgan savolni oʻqidi: “Sizga oʻz jamoadoshlaringizdan istalgan biri yutqazishi uchun sharoit yaratib berishingiz soʻraladi. Shartni bajarsangiz tikkan ballaringiz ikki hissa qaytadi, bajarmasangiz balingizdan ayrilasiz.” -500 balldan ayrilish niyatim yoʻq. Va…. Qasd olishim kerak boʻlgan jamoadoshim ham bor, - Artur qoʻlida kichik shakl paydo boʻlib, borgan sari kattalashdida semurgʻ qushi koʻrinishiga kirdi. Artur qushning boshidagi patini silab qoʻyib pichirladi: -Qadrligim, senga vazifa bor. Finn Uilsonni top va oʻyinda yutishiga yoʻl qoʻyma. Qush huddi arvohdek devordan singib oʻtgancha xonadan chiqib ketdi. -Shart bajarildi, havorang oʻyinchiga 1000 ball yuklab beriladi. Dilarada esa 500 ball ayriladi. Qiz smartletiga qarab ballari kamayishini kuzatib turdi. -Juda sovuqqon ekansiz, oʻylanib oʻtirmay oʻz jamoadoshingizga magʻlubiyatni ravo koʻrmoqdasiz. -Finn menga yoqmas edi. Usiz bizga yaxshiroq. Soul va menga… Artur savol berish navbati oʻzidaligi esiga tushib ancha oldin tanlab qoʻygan kartasini oʻqidi. Bu ham shart boʻlib, juda qisqa, lekin, Dilara uchun daxshatli shart boʻlib chiqdi: “Vaksinadan vos keching” Dilara bir yutinib qoʻydida yana smartletida qolgan 500 ballga qaradi. Agar shartni bajarmasa tikkan 500 balidan ayrilib 0 ga tushadi va yutqazadi. Bajarsa yaqin soatlar ichida mutaniyaga aylanadi va xotirasidan ayrilib hissiz maxluq koʻrinishiga kiradi. -Nega aynan bu kartani tanladingiz,- barmoqlar bilan stolni asabiy taqillatgancha soʻradi qiz. -Chunki ikkalamizda ham kartalar bir xil, shart va savollari ham. Siz esa koʻzdan kechirish davomida oʻzingizdagi aynan shu kartaga kelganingizda 193 koʻzlaringizda “iltimos faqat shu karta tushmasin” degandek qoʻrquv sezildi. Aslida men yovuz emasman. Lekin, oʻz jamoam yutishi uchun harakat qilaman. Ayniqsa jamoada Soulim boʻlsa. -Yutqazish…. Agar men hozir yutqazsam… Bu oʻz jamoam uchun katta talofat boʻlmasligi mumkin. Lekin, yutqazish… Men yutqazishni yomon koʻraman. Yutqazsam ham faqat oʻzimga yutqazishim mumkin. Taslim boʻlish, Dilara Alekseyevna uchun emas. Doim oʻzimdan kuchlilar bilan bellashishdan zavq olganman. Qachondir virus meni oʻldirishi aniq edi,- Dilara koʻk suyuqlik mavjlanib turgan kichkina shisha idishni chiqardida devorga qaratib uloqtirib yubordi. Shisha sinib ichidagi suyuqlik polga tarqala boshladi. -Jin ursin! Millerlarning oʻzini ham vaksinasini ham. Nima foyda topdi men bilan vaksina orqali bitim tuzib. Baribir bugun mutaniyaga aylanib oʻlib ketishimni rejalashtirgan boʻlishsa. -Yoʻq, men sizning oʻlib ketishingizni istamayman. Shunchaki shartni bajarishdan bosh tortasiz deb oʻylagan edim. -Men oʻlib boʻlganman. Bu oʻzgarmasligi kerak edi. Oʻyinga kelmasimdan oldin, vaksinani olmasimdan oldin oʻlib boʻlgan edim. Nimaga erishdim tirik qolib? Baribir doʻstlarim yoniga qaytolmasam. Agar hozir men sabab jamoamiz yutqazsa uyga qaytish imkonim yanada kamayadi. -Boʻldi, tinchlaning. Foydasi yoʻq. Menda qora semurgʻ qudrati bor. Agar kuch bilan yengmoqchi boʻlsangiz ham qoʻlingizdan kelmaydi. Yaxshisi shartni bajarishdan vos keching. Siz doʻstlaringiz yoniga qaytishingiz, buning uchun esa tirik qolishingiz kerak. 11-UY. (Ariana-Finn) -Xonadagi jumboq? Qiziq… Lekin, qutqarish sharti men uchun emas ekan. Chunki jumboqni topgan taqdirimda ham oʻsha….. qotil… hullas uni Mariyasidan qutqarish shart emas menimcha. Qutqarishga borsam ham 194 halaqt berganim qoladi halos,- devor boʻylab sekin yurar ekan oʻzicha nimadir izlayotgandek gapirdi Ariana. -Ha, lekin 100-A jamoa sardori sifatida siz magʻlub boʻlmasligingiz kerak. Yana…. Hanter va siz… -Nima biz? -Siz… Hullas, doʻstlashib olishganingiz maqul. Finn nimadir topdi shekilli joyida toʻxtab qoldi. Lekin, toʻsatdan qayerdandir paydo boʻlgan qushning qanotlari yuziga urilib, soniyalar ichida koʻzoynagidan ayrildi. -Nima edi bu?- koʻzoynoksiz yaxshi koʻra olmagani uchun Finn atrofga alanglab qoldi. -Juda antiqa qush ekan,- qandilga qoʻnib Finning koʻzoynagini ishtiyoq bilan choʻqib sindirayotgan qora semurgga qarab gapirdi Ariana. -Artur nimani oʻylayapti oʻzi? Mening magʻlub boʻlib Sirelis oldida sharmanda boʻlishimni istaydimi? Shu orqali unga erishmoqchimi? Odamlarga ham…,- Finn atrofni juda xira koʻrayotgani uchun nimagadir qoqilib ketib gapini tugata olmay qoldi. -Eh, qariya, mayli siz oʻtirib turaqoling. Jumboqni topish menga nasib qiladigan koʻrinadi. -Qariya? Rostdan qariyapman. Endi nafaqat u uchun, balki, barcha uchun qariyaman. Lekin, bitta qush sabab taslim boʻlmayman. Oʻylaymanki jumboqni topish uchun faqat koʻzlar emas, aql ham kerak boʻladi. 10-UY. (Hanter-Mariya) Hanter shaxmat piyodalaridan birini qurbon qilishini tomosha qilib turar ekan Mariya jilmayib qoʻydi: 195 -Kelajagimizni koʻrishga shunchalik qiziqyapsanmi? Shart boʻyicha sendan olingan shaxmat donasi kelajagini faqat men koʻramanku. -Va keyin menga aytasan. Mariya piyodani olishi bilan huddi miyasiga video yuklab qoʻyilgandek bir nuqtaga tikilib qoldi. -Hoʻsh, piyodaga yashirilgan kelajagimdagi parcha qanday ekan?- soʻradi Hanter. -Qandaydir bola. Huddi senga oʻxshaydi. Sening ovozingni ham eshityapman. Uni Kil deb atading. Balki oʻgʻlingdir. -Balki oʻgʻlimizdir,- jilmaydi Hanter. -Ha, aniq. Endi sening navbating. -Hanter ham Mariyaning atayin qurbonlik qilgandek ochiq qoldirgan piyodalaridan birini oldi. Lekin, kelajakni koʻra boshlashi bilan negadir yuzida gʻazab aks eta boshladi. -Nima boʻldi? Koʻrinishing yaxshi emas?- soʻradi Mariya. -Sening kelajagingda men koʻrayotgan bolakay… U senga ham menga ham oʻxshamaydi. Sariq sochlar, moviy koʻzlar. Ruslarga hos yuz tuzilishi… Oʻsha oʻyinchi. Aleksey Novikovga oʻxshaydi. Aytgandima unda bir gap bor deb. U senga kim boʻladi? Nega sening kelajagingda u bor? -Men qayoqdan bilaman? U bilan tanish emasman! -Hozir sening yurish navbating va filni qurbonlikka chiqar?- buyurdi Hanter. -Nega ekan? Yutqazib berishimni hohlaysanmi? -Yutish-yutqazishing qiziq emas! Men kelajagingdagi oʻsha bola kimligiga aniqlik kiritmoqchiman,- biroz oʻzini bosib olgach gapirdi Hanter. -Men ham bilishni istayman! Hanter asabiy stolni mushtladida bir necha yurishdan soʻng “ruh” ni qurbon qildi. Mariya bu donadagi kelajakni koʻrib biroz hayratga tushdi. 196 -Nimani koʻrding? -Olovrang atirgullar, uzuk, jasur qizcha,- dona-dona qilib kesatib gapirdi Mariya. -Jasur qizcha? Kim u? -Bilmayman, faqat uni jasur qizcham deb ataganingni eshitdim. Hanter ham Mariyaning shaxmat donalaridan birini yutib olib undagi kelajakka nazar soldi. -Nimani koʻrding? -Hiyonat qilganing uchun seni qanday oʻldirayotganimni,- negadir past ovozda bir hil tonda gapirdi qotil. -Men senga hiyonat qilmayman. -Unda “shoh” ni qurbonlikka chiqarib ber. Eng katta haqiqatingni koʻraylikchi? Agar shundan keyin ham seni oʻldirib qoʻymasam, hiyonat qilmagan boʻlasan. -Hiyla bilan meni magʻlub qilmoqchimisan? Men bilgan Hanter bunday emasdi. -Sen bilgan Hanter hozir oʻyinni oʻynab oʻtirmay raqibini narigi dunyoga joʻnatib gʻolib boʻlishi ham mumkin edi, azizam. Hanterning bu gaplari vaziyat ancha jiddiy ekanligini anglatar edi. -Balki ozroq tanaffus qilarmiz. 3 kun vaqtimiz bor axir,- Mariya qoʻrqqanidan biroz titragan qoʻllarini Hanterning qattiq tugilgan mushtiga olib bordi. -Yurish navbati seniki… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas 197 [28-qism] MAGʻLUBIYAT. Hanterning farzinini yutib olgan Mariya undagi kelajak xotiralarni koʻrar ekan toʻsatdan baland ovozda kulib yubordi. -Nega kulyapsan?- asabiy ohangda soʻradi Hanter. -Baxtli oilani koʻrib havasim keldi. Qotillikni tashlagan mehribon ota, biroz sovuqqon qiz, huddi sening yoshligingdek koʻrkam oʻsmir yigitcha va eng kulgulisi… toʻgʻrisi bunaqasini kutmagandim…,- Mariya kulgudanmi yoki alamdanmi yoshlangan koʻzlarini artib gapirishga urinsa ham ichidan otilib chiqayotgan kulgu tovushi gapirishga qoʻymasdi. -Mayli bu muhim emas, men farzinimni ochdim, endi sen shohni qurbon qil. -Muhim emas? Muhim emasmi? U kimligini bilishni istamaysanmi? Balki allaqachon bilib boʻlgandirsan? Oʻshanda jasur qizcha deganimdayoq. -Bu muhim emas dedim. -Aslida men emas, sen hiyonatchisan. Meni unutib yuborgansan. U nima qildi? Zumradrang koʻzlari bilan gipnoz qilib oldimi? Yoʻq, axir u chala Millerku. Unda qobilyat nima qilsin… -Balki rostdan tanaffus qilarmiz. Axir uch kun vaqtimiz bor,- Hanter oʻrnidan turib oʻyin stolidan uzoqlashdi. -Buni aytishim toʻgʻrimi, notoʻgʻrimi bilmayman. Lekin, aytmasam boʻlmaydi. Hullas… Oʻyinni boshqarayotgan odam… Sening… qizing… -Nima?- Ariana birdan qidirish ishlarini toʻxtatib Finnga oʻgirildi. 198 -Ha. Axir sen 2073-yildansan. Hozir esa 2097-yil. Hayron qolarli joyi yoʻq menimcha. -Unda nega men oʻyindaman? -Chunki Juliya ya’ni sening qizing hissiyotlar bilan oʻynashishni yaxshi koʻradi. -Juda kulguli. Shunchaki meni chalgʻitishga harakat qilyapsiz,- Ariana jumboqni izlashni davom ettirdi. -Nega Hanter ikkingiz oltin va kumush oʻyinchilar ekanligingizni bilasanmi? -Bilishni istamayman ham. -Chunki sizlar bir oilasiz. -Hhhh, Millerlar va O’Ryanlarmi? Bunisi oshib tushdi. Kamiga oʻzingiz koʻrganingizdek uning mashuqasi bor. Hullas, meni chalgʻita olmadingiz. Dilara shartni bajarib vaksinadan vos kechgani uchun tikkan 500 bali ikki hissa koʻpayib 1000 ball boʻlib qaytdi. Arturdan 500 ball ayrilib hisob oldingidek oʻzgarishsiz qoldi: 1000 ga 1000. -Taslim boʻlmasangiz mayli, navbatdagi kartalarni tanlaymiz,- Artur qoʻlidagi kartalarni birma-bir oʻtkazib chiqdida oxiri bittasida toʻxtalib yana 500 ball tikdi. Dilara ham shuncha balini tikib doimgidek toʻgʻri kelgan kartani olib oʻqidi: -Sevgan insoningiz yoki gʻururingiz oʻrtaga qoʻyilsa qaysi birini tanlaysiz? -Bir qarashda osondek tuyiladi. Lekin juda murakkab savol. Gʻururim bu mening shanim. Usiz yashashdan foyda yoʻq. Demakki gʻurur bu mening hayotim, jonim. Jon esa ruh, ya’ni Soulim. Soul esa sevgim. Men qora semurgʻman. Semurgʻ ishq qushi. Uning uchun sevgi bu hamma narsa. Jondan ham ustun. 199 -Aniq javob bermadingiz. -Menimcha tushunarli boʻldi. Ballar qayta taqsimlanib Arturda 1500, Dilarada 500 ball qoldi. -Endi men savolni oʻqiyman: “Agar…,- Artur Dilaraga qarab oʻqishdan toʻxtadi. Qizning tanasidagi tomirlar qorayib boʻrtib chiqa boshlagan, koʻzlarini goʻyoki qop-qora qon toʻldirgandek vaximali koʻrinar edi. -Shunchalik… tezmi? Men… hali… Yoʻq…. Dilara borgan sari xotirasini yoʻqotib borar, yaqinlarini yana bir bor eslashga harakat qilib ismlarni takrorlar edi: Selena, Jek, Kay, Lili, Maks… Eslayman. Ularni umrimning oxirigacha unutmayman… Dilara borgan sari ongsiz mutaniyaga aylanar Artur esa virus yuqmasligi uchun uni qobiq ichiga qamashga majbur boʻlgan edi. Soʻng, oʻsha savolni oxiriga yetkazib oʻqib qoʻydi: “Agar doʻstlaringizdan faqat birini tanlash imkoni boʻlsa kimni tanlar edingiz?”. Dilara esa hamon yaqinlari ismlarini takrorlamoqda: Selena, Jek, Kay, Lili, Maks, Yelena, Daler… -Olovrang oʻyinchi savolga toʻgʻri javob bermadi. U faqat bir kishini tanlashi kerak edi. Demak, tikkan 500 balli Arturga oʻtkazib beriladi. Dilarada 0 ball qolgani uchun oʻyin yakunlanadi. Gʻolib 100-B jamoa oʻyinchisi Artur,- Kuratorning ovozi yangradi… 6-UY. (Dilbar-Sirelis) -“Uchinchisi ortiqcha”? Nima degani u? Shundoq ham ikki kishimizku… -Agar bor yoʻgʻi uch kun umring qolganida uni qanday oʻtkazar eding,- soʻradi Dilbar. -Bilmadim, oddiy yashashni davom etsam kerak. 200 -Seni juda yaxshi koʻradigan, yoʻq boʻlib qolsang ortingdan izlab tun-u kun qaygʻuradigan tanishlaring bormi?- davom etdi Dilbar. -Hmmm, oʻylab koʻraychi… Odatda yolgʻiz yashayman. Artur laqabli qushcham bor. Qarindoshlarimni tanimayman hisob. Hech kim meni izlamayotgan boʻlsa kerak,- negadir jilmayib gapirdi Sirelis. -Mening esa singlim, ukam, tashkilotim, farzandim bor. Ular uchun yashashim kerak. Sirelis kulib yubordi: -Yashayvering. Hech kim sizni oʻldirmoqchi emasku. Menga qolsa uxlaganim maqul. Oʻyin shartini baribir tushunmadim,- Sirelis esnab qoʻydida oʻz xonasiga kirib ketdi. -Ahmoq qiz. Bunaqa e’tiborsizlik qilaversa oʻlib ketadiku. Toʻgʻrimi kichkintoy. Baribir oʻlib ketadi. Bugun biz oʻldirmasak, ertaga boshqasi oʻldirib yuboradi. Sendan vos kecha olmayman axir. Oʻzimni ham qurbon qila olmayman. Axir men oʻlsam sen qanday yashaysan. Yagona yoʻl begunoh insonni qurbon qilish. Biz vaxshiymiz kichkintoyim, vaxshiymiz… -Juliy, hoy uygʻon. Nega bu yerda uxlayapsan. Charchagan boʻlsang joyinga borib yotishing mumkin. Oʻzim nazorat qilib turaman,- Stiv Juliyani uygʻotishga harakat qildi. -Nima? Uxlab qoldimmi? Eng qiziq joyiga kelyapmizku axir,- uch kundan beri tayinli uxlamaganidan koʻzlarining cheti qizarib ketgan qiz zoʻrgʻa ekranga qaradi. -Nimani koʻrmoqchisan oʻzi? Bu bosqichda qurbonliklar koʻp boʻladiganga oʻxshaydi. Qaysi birini tomosha qilishni intiqlik bilan kutyapsan? -Oʻlish sahnasini emas, undan keyingi oqibatlarni nazorat qilishim kerak. Zero bu yerdagilar oddiy odamlar emas, qudrat sohiblari… 201 #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [29-qism] BIRLASHUV. 3-UY. (Samuel-Aleksey) -Gʻolib 100-B jamoa oʻyinchisi Artur,- smartletlarga kuratordan xabar keldi. -Demak birinchi juftlik oʻyini yakunlanibdida. Agar hamma oʻyin yakunlarini shunday e’lon qilishsa biz hozircha jim kuzatganimiz maqul,- Aleksey endi koʻrsatmoqchi boʻlgan kartasini qaytarib joyiga qoʻydi. -Nega, choʻzib nima qilamiz. Baribir ikkimiz ham 0 kartani ochib jamoamizga gʻalaba keltirishimiz mumkin,- hayron boʻldi Samuel. -Biz oxirigacha kutsak balki x kartani ochishga ham toʻgʻri kelar. Ya’ni qaysidir jamoada 2 ball yetmasa ikkimizdan birimiz x ni tanlab 2 ball keltiramiz. Umumiy hisobda durrang natija qayd etilib 100-A ham, 100-B ham 15-bosqichga sakraydi. Bizning oʻyinimiz bunchalik oddiy emasligini bilgan edim,- jilmaydi Aleksey. Samuel unchalik tushunmagan boʻlsa ham uning aytganini qilib qolgan juftliklar oʻyinlarini tugatishlarini kutishga rozi boʻldi. Aleksey esa qogʻozga jadval chizib 1-oʻyin qatoridan 100-B ustuniga 1ball belgisini qoʻydi. 8-UY. (Nikolas-Okami) 202 Nikolas hali ham uxlab yotgan boʻriga tikilib oʻtirar ekan, balki oʻyin shartini notoʻgʻri tushundimmi deb oʻylay boshladi. Start tugmachasini bosib qayta eshitib koʻrdi: -Sakkizinchi juftlik oʻyini: “Oʻyindan tashqariga qochish”. Bu asosan 100-A oʻyinchisiga tegishli. Agar raqibingiz oʻyindan tashqariga qocha olsa siz yutqazasiz. 3 kun ichida qochishiga yoʻl qoʻymasangiz gʻolibsiz. -Demak, boʻri qochib ketmasa boʻldi. Eshiklar shundoq ham qulflangan, derazaga panjara oʻrnatilgan. Hech qayoqqa chiqib keta olmaydi. Okami ogʻzini keng ochib oʻtkir tishlarini namoyish qilgancha esnab oldida biroz qashlanib boʻlgach oʻrnidan turib Nik tomon yurib kela boshladi. -Aytgancha gʻalaba qilishning ikkinchi yoʻli raqibini oʻldirish ediku. Hozir bu boʻri meni gʻajib tashlasa gʻalaba qozonadi. Men esa boʻriga yutqazib sharmanda boʻlaman. Yoʻgʻe, sharmanda boʻlishga ulgurmay boʻrining oshqozoniga tushaman. Nikolas himoyalanish uchun qoʻlga ilinadigan qattiqroq tayoqqa oʻxshash nimadir qidira boshladi. Okami esa uyqusi toʻliq ochilib boʻldi shekilli yashin tezligida Nikning ortiga oʻtib tanasiga oʻqdek kirib ketdi. Nima boʻlganini anglashga ulgurmagan yigit ichiga joylasha olmayotgan boʻri ruhini chiqarishga urinsa ham befoyda edi. Qulogʻiga chalinayotgan poyezd tovushi va koʻz oldi qorongʻulasha boshlagani hozir u oʻz zamoniga, ya’ni 2022-yilga qaytishi, boʻri ruhi ham ichida qolsa Nik bilan birga “oʻyindan tashqariga qochishi”ni oʻylab shartni endi, soʻngi daqiqalarda tushunib yetdi. Yumilib ketayotgan koʻzlari atrofga qarab, stol ustidagi pichoqni zoʻrgʻa oldida kaftini kesib yubordi. Poyezd tovushiga boʻrining gʻingshib irrillashi aralashib, tanasidan oʻq otilib chiqqandek boʻldi. Koʻzlarini ochganida esa poyezdyoʻl vagzalida yotardi. 203 9-UY. (Zes-Skarlet) -Toʻqqizinchi juftlik oʻyini: “Qondan gullagan daraxt”. Oʻz qoningizni asrang, daraxtni raqib qoni bilan sugʻoring. Toki daraxt gullamas ekan, hech kim gʻolib boʻlmaydi. -Qon mavzusi menga mos ekan. Anchadan beri qon ichmaganimga bu oʻyin nomi yoqimli eshitilyapti. Vampirlar qonsiz ancha vaqt yashay oladi, lekin qon boʻlmasa kuchimizni toʻliq his qila olmaymiz. Demak, senga ham gullashing uchun qon kerak,- Skarlet xona burchagidagi katta tuvakka ekilgan qurigan daraxt shoxlarini silab gapirdi. -Demak, senga ham qon kerak,- qaytardi Zes. -Men bir narsani tushundimki, sen oʻzing gapira olmaysan, boshqalardan eshitgan gaplaringni yodlab olib qaytarasan. Oʻzi ularning ma’nosiga tushunasanmi?- Skarlet birdaniga “qoningni soʻrishim kerak” deb qoʻrqitmasdan doʻstona suhbatdan boshlashga qaror qildi. Zes tushunmagandek koʻkimtir qoshlarini biroz chimirib Skarletga hayron tikildi. -Oʻzga sayyoraliklarni aqlli boʻladi deb tasavvur qilar edim. Mayli, hozir bu muhim emas, muhimi daraxtni sugʻorishga qoning boʻlsa boʻldi. Skarlet sekin Zes tomon yurib kelib yelkasiga tishini botirmoqchi boʻldi. Marslikning indamay jilmayib qarab turishi shubhali tuyildi albatta, lekin buni Zesning aqlsizligidan deb oʻylab e’tibor bermadi. Endi oʻtkir qoziq tishlarini sanchmoqchi boʻlganida Zes sarobdek mavhumlashib Skarletning tanasi bilan birlashib ketdi. -Nima? Nima boʻldi?- Skarlet gapirishga urinar, lekin ovozi chiqmas, goʻyo tanasini endi boshqa ruh boshqarayotgandek, oʻzi faqat oʻylashga qodir, ong ostida qolib ketgan boʻlakchadek edi. Zes Skarletning tanasini boshqarib oshxona buyumlari orasidan kumush pichoqni oldida qurigan daraxt yoniga keldi. 204 -Demak, senga ham qon kerak,- qizning ovozida qaytardi Zes, soʻng pichoq bilan blagini kesib oqayotgan qonni daraxt ostiga tutib turdi. -Yoʻq! Mening qonimni uvol qilyapsanmi? Endi oʻzingdan koʻr,- Skarlet 50 ball evaziga oʻyindan olgan “Zaif nuqta” qobilyati orqali marslikning zaif tomonini qidira boshladi. Hozir u Skarletning tanasini egallab olgani uchun qiz ham uning ongiga “moʻralay” oladi. -Sahro, qum, qum uyumlari, qumli boʻronlar, sahro, xaroba shahar…,- onging choʻlda qolib ketganmi?- asabiylasha boshladi Skarlet. Bilagidan oqayotgan qon esa daraxtni sugʻorishni davom etmoqda. Qurigan daraxt qip-qizil boʻlib gʻunchalay boshladi hatto. -Zaif tomon bu… Bu…. Mana… Nihoyat Zesning ongida qizil qum uyumlaridan tashqari narsani ham topa oldi. U ham qizil, biroz gʻalati, yirik koʻzlari mayus qarab turgan, sochlari jayra ignalaridek tikka boʻlsa ham oʻziga yarashib turgan qiz tasviri edi. Skarletning vampir qobilyati “qiyofa nuri” boʻlgani uchun u oʻzi koʻrgan odamlar qiyofasiga kira oladi. Lekin, hozir tanasini Zesning ruhi boshqarayotganini hisobga olsa qiyofa oʻzgartirish ham oson kechmaydi. Skarlet ong ostida boʻlsada mavjud boʻlgani uchun bor e’tiborini toʻplab qiyofasini oʻsha Zesning hayollarida koʻrgan qizning koʻrinishiga oʻzgartirishga harakat qildi. Zes qon tomchilayotgan qoʻllar terisi rangi qizgʻish tus olayotganini koʻrib bu qoʻllar egasini tanidi shekilli tezda daraxt yonidan ketib koʻzguga qaradi. Skarletning tilarang uzun sochlari kalta va tikka qizil sochlarga oʻzgargan, koʻzlari kattalashib qorachigʻi yanada yumoloqlashgan, tanasi boʻylab qattiq qizil muguz teri boʻlaklari paydo boʻlar edi. Marslik Skarletning tanasi ichidan turib koʻzgudagi aksiga qarar ekan nafas olishi tezlashib havo yetishmagandek hansiray boshladi. Tezda bu tanani tark etib koʻzigan koʻringan birinchi narsa, deraza pardasidan uzun tasma yirtib oldida qiyofasi oʻzgargan Skarletning kesilgan qoʻlini bogʻlab qoʻydi. -Demak, adashmagan ekanman, birinchidan bu qiyofa sevgan qizingniki, ikkinchidan, haqiqiy ahmoq ekansan,- Skarlet Zesni vampir kuchi bilan bogʻib devorga tiradida boyagi kumush pichoq bilan bogʻizlab tashlagisi keldi. Lekin, 205 Zesning yoshdan yaltirab turgan koʻzlariga qarab “qonga tashna vampir istagi” gʻoyib boʻlgandi. -Kechir,- Skarlet Zesni qoʻyib yuborib oʻz koʻrinishiga qaytdi,- kechir, u… halok boʻlganmi?- past tovushda, afsus ohangida soʻradi qiz. -Hozir bu muhim emas, muhimi daraxtni sugʻorishga qoning boʻlsa boʻldi,- Skarletning boya oʻzi Zesga aytgan gapini diktafonga yozib olgandek lekin gʻamgin ohangda qaytardi Zes. -Sen gʻalaba qilishni qancha istasang, men undan ham koʻproq istayman. Men 100-B jamoa sardori boʻlib, yutqazishga haqqim yoʻq. Yana, meni ham oʻyindan tashqarida kutayotgan suyukli insonim bor,- Skarlet hali gullari ochilmagan daraxtga qarab qoʻydi. -Toki daraxt gullamas ekan, hech kim gʻolib boʻlmaydi,- Kuratorning gapini takrorladi Zes. U yana Skarletning tanasiga kirib olmoqchi boʻlganida vampir tezlik bilan oʻsha Zesning ongida koʻrgan qizning koʻrinishiga oʻzgarib oldi. -Tushun, men ham senga yaxshi boʻlishini istayman, lekin, magʻlub boʻlishga ham haqqim yoʻq,- Skarletning oʻzgargan qiyofasiga qarab toʻxtab qolgan Zesni qoʻlidan ushlab daraxt yoniga olib bordida tishlari bilan marslikning bilagini teshib undan daraxt ildiziga oqib tushayotgan toʻq jigarrang qonni tomosha qilib turdi. Zes ham indamay Skarletning oʻzgargan qiyofasidagi sevgilisi yelkasiga boshini qoʻygancha jim turdi. Goʻyo Skarlet butun umr shu koʻrinishda qolishi uchun tanasidagi soʻngi tomchi qonigacha daraxtni sugʻorishiga ham rozidek edi. -Toʻqqizinchi juftlik oʻyinida ikkala jamoa a’zosi ham shartni bajardi. Shuning uchun 100-A oʻyinchisi Zes ham, 100-B oʻyinchisi Skarlet ham jamoasiga bir ball keltirdi,- smartletlardan Kuratorning ovozi yangradi. -Demak 9-qator 100-A va B ga bir balldan,- belgiladi Aleksey. 206 (2022-yil.) Nikolas oʻziga hayron tikilib turgan odamlarga qarab hammasi joyida degandek jilmayib qoʻydida chetroqqa oʻtib qonayotgan kaftini suv bilan yuvib tashladi. -Viktor vagzalda nima qilib yuribdi ekan. Hozir vaysaqi Paki ham kelib qoladida meni yana boʻrining yoniga olib borib tashlaydi. Demak, Okami “oʻyindan tashqariga qochmasligi” uchun Viktor bilan birlashadigan vaqtim boʻri ruhi tanamga kirishiga yoʻl qoʻymasligim kerak. -Salom, Viktor. Nik boshini koʻtarib qaraganida toʻlqinsimon jigarrang sochlarini oldiga tushurib olgan, har safar Viktor u haqida tinmay gapiradigan qiz – Alisa jilmayib turardi. Oʻtgan safar ikkinchi bosqichda oʻyinga hushsiz holda qaytib, oʻlishiga oz qolganiga ham mana shu qiz sababchi ekanligini eslab gʻazabdan qoʻllari musht tugildi… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [30-qism] MAGʻLIBIYAT-2-3-4 4-UY. (Anok-Ketrin) -Toʻrtinchi juftlik oʻyini: “Koʻzguli tuzoq”. Raqibingizni uch kun ichida shunday tuzoqqa tushiringki, u koʻzguga qarashga majbur boʻlsin. Oʻz aksini koʻrgan oʻyinchi magʻlub boʻladi. 207 -Bor-yoʻgʻi shumi? Afsus yonimda koʻzgu olib yuradigan tannozlardan emasman. Mayli, seni koʻzguga qarashga majbur qilish uchun xonangga kirib chiqamiz. Adashmasam sening xonangda ham katta koʻzgu boʻlishi kerak. -Menga juda past baho bermayapsizmi?- jilmaydi Anok,- iblislar qanday kuchga egaligi haqida tasavvurga ega emasman, lekin men xato qilmayman. Xato qilsam uni qayta tuzataman. -Unda tuzatib koʻrchi,- Ketrin atrofdan qora tutunsifat tumanlik hosil qilib u yordamidan Anokni qattiq siqdi. Soʻng oq oʻyinchi eshigini ochib oʻzi koʻzguga qarab qoʻymaslik uchun koʻzlarini yumgancha Anokni koʻzgu yoniga olib kelib tutunli qoʻllar bilan boshini koʻzgu tomon burdi. -Koʻzlaringni och yigitcha. Aks holda ezib tashlayman. Yutishim uchun seni magʻlub qilishim shart emas, oʻldirsam ham gʻalaba meniki boʻladi. Yana Anokning boʻgʻiq kulgusi eshitildi. Soʻng kulgu azobli ingrashga almashdi… -Yana bitta tangachani qurbon qilishga toʻgʻri kelgan boʻlsa ham, bu oʻyinda yutishim uchun muhim,- yulingan tangachasi qudrati sabab bir kun orqaga qaytgan Anok hali yarim tun boʻlgani uchun yotib uxlashni ma’qul koʻrdi. Ertalab yana oʻsha kun takrorlanib, yana 100-B bilan tanishish uchun markaziy zalga chiqishlari kerak. Anok koʻzguga qarab oppoq sochlarini toʻgʻirlab qoʻydida gʻalibona tabassum qilishni mashq qilib koʻrdi. Soʻng oshxonadan pichoqni olib kelib koʻzgu chetiga zarb berdida, darz ketgan burchagidan kichkina boʻlakchani olib choʻntagiga solib qoʻydi. Qolgan siniqlarni nima qilish haqida koʻp oʻyladi. Yana oʻsha kun, oʻsha tanishish, oʻsha 4-UY. Anok uyga kirishi bilan Ketringa gap otib oʻtirmay xonalarni koʻzdan kechira boshladi. Ketrin esa oʻyin stoli yoniga borib start tugmasini bosdi. Yana oʻsha oʻyin qoidasi: 208 -Toʻrtinchi juftlik oʻyini: “Koʻzguli tuzoq”. Raqibingizni uch kun ichida shunday tuzoqqa tushiringki, u koʻzguga qarashga majbur boʻlsin. Oʻz aksini koʻrgan oʻyinchi magʻlub boʻladi. -Bor-yoʻgʻi shumi? Afsus yonimda koʻzgu olib yuradigan tannoz emasman. Mayli, sen…- Ketrin Anok tomon qarayotganda quyosh nurida yaltiragan narsani sezib koʻzini tez olib qochdi. -Yaramas, sen yoningda koʻzgu olib yurasanmi, yoki kelajakni koʻra olasanmi? -Ikkisi ham emas. -Nima boʻlganda ham bu oddiy nayranglaring ish bermaydi,- Ketrin atrofda quyuq qora tutun hosil qilib sharpa qoʻllar bilan Anokni boʻgʻdida koʻzguga qaratish uchun oq oʻyinchi xonasi tomon harakatlana boshladi. Oʻzi koʻzguga qarab qoʻymaslik uchun koʻzlarini yumib olgancha Anokni qarashga majbur qilmoqchi boʻldi: -Yoki koʻzingni ochib aksingga qaraysan, yoki boʻgʻilib oʻlib ketasan. Boʻgʻiq kulgi tovushi va Ketrinning qoʻlini nimadir tilib oʻtdi. -Ovora boʻlma, iblislar osonlikcha oʻlmaydi, lekin oson oʻldira oladi,- Ketrinning koʻzlari yumiq boʻlsa ham qandaydir yorugʻlik sabab boshini teskari burishga toʻgʻri keldi. -Nimalar qilyapsan oʻzi?- qiziqishi ustunlik qilib koʻzguga teskari turgancha koʻzini ochganida xona boʻylab har yerga qoʻyib chiqilgan oyna parchalarini koʻrib yana koʻzlarini yumishga majbur boʻldi. -Bularga qachon ulgurding? Axir shartni men bilan bir vaqtda eshitgan eding. Yaxshiyam shartda “aksini koʻrsa” deyilgan. Men esa bu mayda shisha parchalarda aksimni koʻrishga ulgurmadim. Lekin, seni oʻldirishga ulguraman,- Ketrin Anokni boʻgʻib turgan soyali qoʻllarni oxirigacha siqqanida qirsillagan tovush eshitildi,- tayyor, endi koʻzlarimni ochsam ham boʻladi. 209 Ketrin koʻzlarini ochib bir yerda yotgan oppoq tanaga bir qarshisidagi koʻzgudagi oʻz aksiga qarab iblisona jilmayib qoʻydi. -Iblisman. Kechir, lekin men iblisman… Oʻlmasliging ham mumkin edi. Smartletlardan Kuratorning ovozi yangradi: -Toʻrtinchi juftlik oʻyini “Koʻzguli tuzoq” shartida 100-B jamoa oʻyinchisi Ketrin koʻzgudagi aksiga qarab qoʻygani uchun magʻlub boʻldi. Gʻolib 100-A jamoa a’zosi Anok. -Yoʻq, axir men koʻzguga qarashimdan oldin u oʻlgan ediku,- Ketrinning nigohlari oʻz aksidan yerdagi oq tanaga koʻchdi. Anok boshini koʻtardida ertalab mashq qilganidek gʻolibona jilmayib qoʻydi. -Qanday? Sen oʻlmaysanmi? Sen ham iblis yoki vampir yoki… -Men Fogrocklikman. Buyuk Anok avlodi. Mening tangachalarim davolovchi hususiyatga ega. Siz boʻynimni sindirgan edingiz, boʻynimda esa shifobaxsh tangachalarim serob. Smartletdagi xabarni eshitib Aleksey jadvaldagi 4-qator 100-A ustuniga yana bir ball qoʻshib qoʻydi. 7-UY. (Kiara-Roland) -Qurol tanlashni honimlarga qoldiramiz,- shahzodalarga hos iltifot bilan biroz egilib tazim qilgandek gapirdi Roland. -Keyin men gʻolib boʻlsam “Qurolni sen tanlaganing uchun yutding” deb oson qutilmoqchisanda. Tushunaman qiz bolaga yutqazish shahzodalik sha’ningizga toʻgʻri kelmaydi. 210 -Men qilichni tanlasam osongina yutib qoʻyaman. Bu esa senga ogʻir zarba boʻlishi mumkin,- qurollar roʻyxatini koʻzdan kechirar ekan gapirdi Roland. -Demak, qilich. Mana koʻrasan qilichbozlikda ham Lion shahzodalari hech narsaga arzimasligini koʻrsatib qoʻyaman, olovbosh. -Tanlovingiz aniq boʻlgan boʻlsa, qurollarni oling,- Kuratorning ovozidan soʻng oʻyin stolining pastki qismi ochilib ikkita qilich koʻrindi. Biroz qizishib olish uchun oddiy qilich urishtirishlardan soʻng Kiara haqiqiy hujumga oʻta boshladi. -Menga shunday tuyilyaptimi, yoki oʻtgan safargidan hozir epchilroqmisan?- zarbalarni qaytarar ekan biroz hansirab gapirdi Roland. -Oʻtgan safarni men bilmayman. Lion shahzodasini magʻlub qilishni bilaman halos. Roland kamindagi yonayotgan olovdan uchqun olib qilichi boʻylab qopladi. -Sehrgarlikni ham qoʻshamiz de,- Kiaraning shamshiri boʻylab keskir havoli “tigʻ” hosil boʻldi. Roland qilichidagi olov yordamida Kiaraning atrofida olovli halqalar chizib uning harakatini cheklashga urindi, lekin malikaning havoni boshqarish qobilyati sabab bu olovlar juda tez oʻchib qolar edi. -Yana necha marta aytishim kerak havosiz olov boʻlmaydi, havo olovdan kuchli. -Lekin shunday qudrat bilan ham toʻrt devor orasidan qochib keta olganing yoʻq. Sen bu yerda asirasan. -Men bu yerdan istalgan payt ketishim mumkin. Lekin oʻz zamonimga qayta olmasam, toʻrt devor ortiga chiqqanimdan nima foyda,- Kiara qilichi bilan Roland tomonga keskir shamolli zarba yubordi. -Asira boʻlib yashash sening taqdiringga yozilgan. Oʻyin asirasi, oʻz qasring asirasi, shahzoda Alen asirasi, yoki mening asiram. 211 -Yoʻq, men malikaman. Asira emas. Men Sina afsungariman,- Kiara Roland tomon yana bir bor keskir shamolli qilich zarbasi yubormoqchi boʻlganida toʻsatdan qilich sopi qizib ketganidan uni tashlab yuborishga majbur boʻldi. -100-A jamoa oʻyinchidi Kiara qilichini tashladi. Bu uning taslim boʻlganini anglatadi. Gʻolib 100-B. -Yoʻq, olovbosh qilichimni olovi bilan qizdirib gʻirromlik qildi. -Oʻyin shartida istalgan qurol deyilgan. Uning olov sehri ham qurol va bu haqqoniy gʻalaba… Smartletga kelgan xabardan soʻng Aleksey 7-qatordagi 100-B ustuniga 1 ball qoʻshdi. -Hozircha 2:3 10-UY. (Hanter-Mariya) -Nega tanaffus istab qolding? Qoʻrqyapsanmi? -Nimadan qoʻrqaman?- issiq qahvani quyar ekan asabiylashganidan toshirib yubordi. -Mening kelajagimdanda. Oʻldirishga qoʻling bormas yoki. -Bu qoʻllar kimlarning qoniga botishga ulgurganini bilasan. -Mening qonimga botgan taqdirda ham baribir bu qoʻllar egasini sevaman,- Mariya Hanterning qoʻlidan tutdi. -Men aldagandim. Boya yutgan shahmat donamda seni hiyonating uchun oʻldirganimni emas, Miller bilan suhbatingni koʻrgan edim. 212 -Ariana Miller bilanmi?- hayron soʻradi Mariya. -Ha. -U bilan nima haqida suhbatlashibman? -Jususliging… Vladimir….,- Hanter qoʻlidagi qahva solingan idishni qattiq siqqanidan, chinni idish maydalanib qotilning qoʻli boʻylab issiq qahva oqa boshladi. -Qoʻling kuyadiku, nega buncha jaxl qilasan? Qanaqa Vladimir? Men uni hatto tanimayman. -Vladimir Novikov, oʻgʻling Alekseyning otasi. -Men senga hiyonat qilmayman deb aytdimku,- baqirdi Mariya. -Sen hiyonat qilmaysan. Bu hiyonat qilishingdan ham daxshatli. Men seni asray olmaganman! Mariya jim boʻlib qoldi. -Demak, shuning uchun “shoh”ga berkitilgan kelajagimni koʻrishni istamayotgan ekansanda… -Ha, shuning uchun! Chunki bu mening magʻlubiyatim boʻladi. Men oʻldirishni istayman. Uni… Lekin u yoʻq. Demak, qonga tashna bu qoʻllar oʻldirishi kerak. Seni oʻldiraman. Barcha azoblardan halos boʻlasan. Meni kechir… Seni himoya qila olmaganim uchun kechir… -Hanter… Agar kelajakni bilsak uni oʻzgartirish mumkin. Hammasi bu safar boshqacha boʻladi. Hech qanday Novikovsiz va hech qanday Ariana Millersiz… Faqat bizning baxtli kelajagimiz boʻladi. -Qotillarda baxtli kelajak boʻlmaydi… Mariya Hanterga juda yaqin keldi: -Toʻgʻri, qotillar baxtli boʻlmaydi. Shuning uchun sen kelajakda qotillikni tashlab Miller bilan baxtli boʻlgan ekansanda. Hanterning koʻksiga sovuq tigʻ qadaldi. 213 -Nega men hiyonat qilganim uchun sen oʻldirar ekansanu, men oʻldirmas ekanman,- yigʻlamsirab gapirdi Mariya. Hanter bir koʻksiga tiralgan naqshinkor pichoqqa bir Mariyaning yoshga toʻlgan koʻzlariga qarab jilmayib qoʻydi: -Chiroyli pichoq ekan. Menga sovgʻa qilasanmi… Smartletdan yana Kuratorning ovozi eshitilgach Aleksey jadvalga navbatdagi balni belgilashga tayyorlandi. -Oʻninchi juftlik oʻyini yakuniga yetkazilmadi. Sababi oʻyinchilardan biri halok boʻldi. Gʻolib 100-A jamoa oʻyinchisi Hanter. Alekseyning qoʻllari titrab ketdi. -Yana bir bor… Uchinchi marta onamdan ajralishim… Zora koʻzga bir tomchi yosh kelsa. Hatto olti yoshligimda onamdan ajralganimda yigʻlamaganman, endi yigʻlarmidim. Lekin, yana bir bor… Men hurmat qiladigan, men ota deb biladigan inson tomonidan oʻldirildi… Kuratordan 11-juftlik “Qutqarish” oʻyini haqida ham xabar kelganida Aleksey vaziyat boshqacharoq tarzda oʻtganini anglab yetdi. #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [31-qism] “QUTQARISH” OʻYINI. 11-UY (Ariana-Finn) 214 (Mariyaning oʻlimidan yarim soat oldin…) Finn koʻzoynaksiz hech narsa qila olmasligini bilsada jumboq nima boʻlishi mumkinligini tahmin qila boshladi. -Demak, “Qutqaruv” shartida oʻz sheriklarimizni qutqarishimiz uchun ular oʻynayotgan xonaga oʻtishimiz kerak. Buning uchun esa partal yoki eshik, yoki shunga oʻxshash nimadir boʻlishi kerak. Demak, jumboqni devor boʻylab izlashga toʻgʻri keladi. Finn oʻrnidan turib devor yoniga bordida ikkala qoʻli bilan uni paypaslab sekin yura boshladi. -Koʻzingiz shu darajadami? Ya’ni koʻzoynaksiz…. -Ha, miopiya, -8. Balki undan ham yomonroqqa oʻzgargandir,- devor boʻylab yurishni davom etdi Finn. -Koʻp kitob oʻqiganingizdanmi bu? Juda aqlli boʻlsangiz kerak. -Kitibning aloqasi yoʻq. Koʻzoynak taqqan hamma ham aqlli boʻlavermaydi. Miopiyaga moyillik nasliy kasallik. -Ha, Ariana ham nomiga jumboqni qidirishni davom etdi. Finn paypaslab portret ramkasidagi qirralarga oʻxshash nimagadir qoʻli tekkanida Arianadan yordam soʻrashga majbur boʻldi. -Bu yerda nimaning tasviri borligini aytib bera olasanmi? -Oddiy rasm. Menimcha qanotli qiz tasvirlangan. -Balki unda belgi bordir. Chunki bu portretgacha kelgunimcha qolgan ikkita portret ramkasi qirrali emas edi. Bunisi boshqacha. Lekin juda xira koʻringanidan yuqoridagi mayda detallarni anglay olmayapman. Lekin…,- Finn portret ramkasi boʻylab barmoqlarini yuqoriga tomon harakatlantira boshladi,- bu qirralar morze kabi ekan, chiziqcha, nuqta kombinatsiyasi. Shu payt qandilda qoʻnib oʻtirgan qora semurgʻ uchib kelib Finning qoʻlini choʻqiy boshladi. Ariana qushni haydashga harakat qilsa ham qush etibor 215 bermay Finnga morzeni oʻqishiga toʻsqinlik qilardi. Oxiri Finn chetga qochib Arianaga joy boʻshatib berdi. -Bu qush meni tinch qoʻymaydi, morzeni oʻzing oʻqiyqol. Jumboq javobi shu yerda boʻlsa kerak. -Lekin, men morze alifbosini bilmayman. -Sen ularning ketma-ketligini biror narsaga yozib tur. Men esa morze alifbosini yozib beraman. Shunga qarab oʻqiy olasan,- Finn choʻntagidan doim yonida olib yuradigan qogʻoz va qalamni chiqarib alifboni yoza boshladi. Ariana esa portretdagi belgilarni varoqqa koʻchirdi. -Mana, jumboqni endi topa olasan deb umid qilaman. -Sizchi? -Qora semurgʻ men gʻalaba qozonishimga yoʻl qoʻymaydi. Oʻylaymanki, Sirelisning ahvoli yaxshi. Toʻgʻri u raqib jamoaga yordam berishni yaxshi koʻradi, lekin, oʻzini ham hafa qildirib qoʻymaydi,- jilmaydi Finn. Besh daqiqa ichida Ariana morzega kodlangan yozuvni oʻz tiliga oʻgirib chiqdi: -“Farishtaning qanotlari sindi” deyilgan ekan bu yerda,- mazmuniga tushunmayroq oʻqidi Ariana. -Portretda qanotli qiz tasviri bor deganmiding. Uning qanotlari tanasiga birikkan joyiga qarachi, nimadir boʻlishi kerak,- oʻrgatdi Finn. -Hech narsani sezmadim. -Yaxshilab qara, hatto patlar yoʻnalishi, kerak boʻlsa chiziqlar soniga ham etibor ber. Balki bosish kerak boʻlgan tugma bordir. -Ha, oʻng tomondagi qanot patlari tanaga qarama-qarshi yoʻnalishda chizilgan,- Ariana qoʻlini oʻsha joy boʻylab yurgizganda yashil nur uning barmoqlarini skanerladi. 216 -100-A jamoa oʻyinchisi Ariana jumboqni topdi. Bu hali yarim gʻalaba. “Qutqarish” oʻyinini yutish uchun sherigingizni qutqarishingiz kerak,- Kuratorning ovozli xabaridan soʻng portret avtomatik ravishda chetga surilib ortida uzun va tor yoʻlak koʻrindi. -Mayli, endi bor. Hanterni qutqar. Agar unga yordam kerak boʻlsa. -Raxmat, yutishimga imkon berganingiz uchun. Hatto meni tanimasangiz ham. -Seni yaxshi taniyman. Faqat kelajakda. Ariana portret ortidagi yoʻlakda “100-A oʻyinchi” yoʻnalishi boʻylab yurib borib nihoyat uning oxiriga yetib keldi. Yana bir portret ortidan Hanter va Mariyaning ovozi eshitilib turardi: -Hanter… Agar kelajakni bilsak uni oʻzgartirish mumkin. Hammasi bu safar boshqacha boʻladi. Hech qanday Novikovsiz va hech qanday Ariana Millersiz… Faqat bizning baxtli kelajagimiz boʻladi. -Bu ovoz Mariyaniki boʻlsa kerak,- oʻyladi Ariana. Chunki uning ovozini juda kam eshitgan. -Qotillarda baxtli kelajak boʻlmaydi…,- Hanterning ham ovozi eshitildi. -Toʻgʻri, qotillar baxtli boʻlmaydi. Shuning uchun sen kelajakda qotillikni tashlab Miller bilan baxtli boʻlgan ekansanda. (-Demak Finn rost aytgan ekanda,- Ariana portret yoniga yaqinroq kelib eshita boshladi.) -Nega men hiyonat qilganim uchun sen oʻldirar ekansanu, men oʻldirmas ekanman,- yigʻlamsirab gapirdi Mariya. -Chiroyli pichoq ekan. Menga sovgʻa qilasanmi… (-Pichoq…. Mariya Hanterni oʻldirmoqchimi? Demak, men Hanterni qutqarishim kerak, oʻyinda yutish uchun ham.) Ariana portretni chetga surib 10-uyga oʻtdi. 217 -Ana, Millerning shaxsan oʻzi… Ikkalangizni birga oʻldirish kerak aslida,- Mariya Hanterning koʻksiga sanchilgan pichoqni sugʻurib olib Ariana tomon kela boshladi. -Sen… Sen qanday uning boshini aylantirib olding… Nega u sen bilan boʻladi? Ariana Mariyaning gapini unchalik anglamagan boʻlsada hozir bu haqida emas, qanday qilib uni toʻxtatish mumkinligi haqida oʻylashi kerak. Hanter aytganidek qobilyat sotib olishga bali yetadi. Shoshganidan qoʻli qaltirab smartletdan qobilyatga ball oʻtkazdi. -Qobilyatingiz yuklab berildi,- degan ovoz eshitilgach Ariananing koʻngli biroz joyiga tushdi. -Sen hatto qobilyating bilan ham hech kimsan. Tushundingmi, chala Miller. Hamma Millerlar bir goʻr. Hammasi bizdan qadrli narsalarimizni tortib oladi. Toʻgʻri biz qotillarmiz. Lekin, sizlarchalik emas! Mariya Hanterning qoniga belangan pichogʻini Ariananing boʻyniga tiradi. -Lekin, Millerligim hozir menga yordam beradi. Chunki u aytganidek,- Ariana Hanter tomon qarab qoʻydi,- u aytganidek men qobilyat olsam, bu aniq Millerlarning kuchi boʻladi. Shunday ekan, pichogʻing bilan meni qoʻrqita olmaysan. -Pichogʻim hatto sening qoningdan bulgʻanishidan jirkanaman. Ayniqsa hozir unda Hanterimning qoni borligini hisobga olsak uning qoni senikiga aralashishiga yoʻl qoʻymayman ham,- Mariya Ariananing boʻgʻzidan pichoqni olib qoʻllari bilan boʻgʻa boshladi. Havo yetishmay qolgach Ariananing tanasi oʻzini-oʻzi himoya qilishga oʻtib qorachigʻi ingichkalashib “Yirtqich koʻzlar” qobilyati ishga tushdi. Tirnoqlari tobora oʻsib borar ekan boʻynini bogʻib turgan Mariyaning qoʻllarini jon holatda timdalab chuqur chiziqli jarohatlar qoldirardi. Nafas yetishmay ogʻzini katta ochib havo yutishga uringanida oʻtkirlashgan qoziq tishlari yaqqol bilinib turardi. -Mana Millerlarning asl basharasi! Maxluqlar… 218 Ariananing ichidagi maxluqi nazoratdan chiqa boshladi. Qizning ongidagi odamiylik yoʻqolib faqat boʻgʻib turgan qoʻllardan qutilishni, oʻziga tajavus qilayotgan kuchni yoʻq qilishni istaydigan maxluq qoldi halos. Oxiri oʻtkir tirnoqli qoʻllar boʻynidagi changalni olib tashlash uchun bor kuchi bilan yonga siltab tortdi. Nihoyat nafas olishi yengillashib odamiyligiga qayta boshladi. Atrofdagi voqealarni tahlil qila boshlaganida polda koʻlmakka aylangan qip-qizil qonni, uzilgan qoʻlni va biroz orqaroqda zoʻrgʻa nafas olib yotgan Mariyani koʻrib baqirib yubormaslik uchun ogʻzini berkitib oldi. Negaligini oʻzi bilmasa ham koʻzidan yosh quyilib kelar edi. -Nimalar qilib qoʻyding… Men oʻlimimga rozi edim. U yutishi kerak edi. Yashashi kerak edi…,- nariroqda Hanterning boʻgʻiq ovozi eshitildi. Hanter koʻksidagi pichoq izidan qolgan va hozirda deyarli bitishga ulgurgan jarohatni ushlagancha Mariya tomon yurib keldi. -Men olgan qobilyat Millerlarniki kabi qayta tiklanish qobilyati boʻlishini kutmagandim. Qoʻlimdan kelsa bu qobilyatni hozir senga oʻtkazib berar edim,- Mariyaning yoniga yotib gapirdi Hanter. -Nega… Baribir…. Meni… oʻldirmoqchi…. Edingku…,- zoʻrgʻa tutilib-tutilib gapirdi Mariya. -Sen meni oʻldirishing uchun shunday degandim. Bu menga jazo boʻlar edi. Kelajakda senga hiyonat qilib Millerni sevib qolganim uchun. Mariya kulishga urindi, lekin kuchi yetmadi. Ariana esa devorga suyangancha ularni kuzatib jim oʻtirardi. -Agar Finn aldamagan boʻlsa, oʻyin boshqaruvchisi rostdan bizning qizimiz boʻlsa, atayin Hanterga “Qayta tiklanish” qobilyatini bergan. Menga esa “Qutqarish” oʻyinini. Lekin, hatto men qutqarmaganimda ham Hanter oʻlmas edi. Ariana ortiq ularga qarab tura olmay kelgan joyidan oʻz oʻyin xonasiga qaytib ketdi. Yoʻlak boʻylab ketayotganida smartletiga Kuratordan oʻyin natijalari haqida xabarlar kela boshladi… 219 Smartletdan yana Kuratorning ovozi eshitilgach Aleksey jadvalga navbatdagi balni belgilashga tayyorlandi. -Oʻninchi juftlik oʻyini yakuniga yetkazilmadi. Sababi oʻyinchilardan biri halok boʻldi. Gʻolib 100-A jamoa oʻyinchisi Hanter. Alekseyning qoʻllari titrab ketdi. -Yana bir bor… Uchinchi marta onamdan ajralishim… Zora koʻzga bir tomchi yosh kelsa. Hatto olti yoshligimda onamdan ajralganimda yigʻlamaganman, endi yigʻlarmidim. Lekin, yana bir bor… Men hurmat qiladigan, men ota deb biladigan inson tomonidan oʻldirildi… Kuratordan 11-juftlik “Qutqarish” oʻyini haqida ham xabar kelganida Aleksey vaziyat boshqacharoq tarzda oʻtganini anglab yetdi. Xabar quyidagicha edi: -11-juftlik oʻyini “Qutqarish” shartida 100-A jamoa oʻyinchisi Ariana gʻolib boʻldi. U sherigi Hanterni Mariyadan qutqarib qoldi… Qora semurgʻ egasining yoniga qaytib borgach Artur mamnun bosh siltadi. -Vazifangni bajarding qushcha. Finn magʻlub boʻldi. Endi dam ol. Qora semurgʻ sharpa kabi tarqalib ketdi. Artur hali ham mutaniya xolida azob chekayotgan Dilaraga achinib qaradi. -Balki, oʻldirsam azoblaring kamroq boʻlar. Shu payt xonadagi borliq vaqt izmidan chiqib toʻxtay boshladi. -Olovrang oʻyinchiga Antiemerald yordami kerakmidi?- baribir ular vaqt toʻxtashi sabab eshitmasliklarini bilsa ham gapirdi Nikol,- ha, vaqtni boshqarish qobilyati juda ajoyib narsa. Afsus ortga qaytara olmayman. Lekin vaksinangizni yetkazib berib, sizni qutqara olsam 100 ballga ega chiqishim mumkin. Bu sizga, 100 ball esa menga,- Nikol shishachadagi vaksinani 220 Dilaraning yoniga qoʻymoqchi edi, lekin Arturning himoya gumbazi sabab Dilaraning yoniga bora olmadi. -Sizchi janob, unga yordam bermoqchisiz shekilli. Oʻyinda yutib boʻldingiz, endi vaksinani berib qizni oʻz holiga qaytaring,- shishachani qotib turgan Arturning qoʻliga tutqazib oʻz smartletiga vazifa bajarildi tugmasini bosdi. Vaqt yana yura boshlaganida Artur oʻz qoʻlida turgan vaksinani koʻrib hayron boʻldi. -Bu qanday boʻldi? Vaqt toʻxtatishmi? Lekin men ham vaqtga tasir qila olaman. Vaqt bilan bogʻliq oʻzgarishni sezishim kerak edi. Yoki bu… Mayli, ahamiyati yoʻq. Dilaraga yordam berish kerak. #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [32-qism] “OʻYIN MAQSADI OʻLDIRISH!” 2-UY. (Irro-Anna) -Ikkinchi juftlik oʻyini: “Xazina toʻplash”. Uy boʻylab har xil nuqtalarga kumush tangalar berkitilgan. Ularni toʻplab stol ustidagi seyflarda 3 kun ichida saqlashingiz, raqibingiz seyfini oʻmarishingiz, yoki kuch bilan tortib olishingiz mumkin. Kimning tangalari koʻp boʻlsa oʻsha jamoa a’zosi gʻolib boʻladi. Ovozli xabar tugashi bilan Irro yuziga katta tezlikda uchib kelayotgan kumush tangani tutib olib Annaga sekingina qaytarib uloqtirdi: -Tangalarni oʻzing toʻplashing kerak. Agar gʻolib boʻla olsang qasos olgan hisoblanasan… 221 -Menga gʻalaba kerak emas. Menga oldingi tinch hayotim kerak. Uni qaytarib ber,- baqirdi Anna. -Bu mening aybim emas edi. Oʻzing notoʻgʻri vaqtda, notoʻgʻri joyga borib qolgansan. Bu shart oddiy tanga terish emas. Bu shart raqibini xazina evaziga oʻldirishga undaydi. Huddi odamlar pul uchun bir-birini yoʻq qilishi kabi. Bilaman senga buning ahamiyati yoʻq. Tanga ham yigʻmaysan, menga ham ahmoqona bu oʻyin kerak emas. Bu oʻyin sen uchun qasos rejasi ekanligini ham bilaman. Biz Emerald bilan shartnoma tuzganimizda kelishib olgan edik. -Men baribir seni oʻldiraman koʻppak,- Anna kuchi yetmasligi aniq boʻlsada telbalarcha Irroga qoʻliga ilingan narsani uloqtirishni davom etdi. Qarshisidagi pinagini ham buzmay turgan yigit biroz egilib butun tanasini qoplayotgan qop-qora yunglar va oldinga choʻzilgan tumshuq, uzunlashgan quloq va oʻtkir tishlari bilan boʻri qiyofasiga kira boshladi. -Yomon boʻri… Koʻppak… Yolgʻonchi… Senga boʻyinbogʻ sotib olgan edim…,- nima haqida gapirayotganini oʻzi ham his qilmagan holda doim yonida olib yuradigan “kuchukchasi” Irro uchun sotib olgan tillarang boʻyinbogʻni choʻntagidan chiqqarib kulib qoʻydi. Qop-qora boʻri Annaga yaqinlashib erkalana boshladi. -Yana aldayapsan. Oʻtgan safargidek. Oʻzingni beozor kuchukchadek koʻrsatyapsan. Lekin, men bilaman kimliginingni. Shonni koʻz oldimda qanday gʻajib tashlaganing hamon yodimda. Lekin, men seni yaxshi koʻraman. Shuning uchun senga boʻyinbogʻ sotib oldim,- Anna boʻyinbogʻni zanjirli joyidan kengaytirib boʻrining boʻynidan oʻtkazdi. Irro ham jim turib Annaning qasos olishiga qoʻyib berdi. Qiz zanjirni shunday tortdiki boʻyinbogʻ boʻrining boʻynini siqib boʻgʻa boshlagandi. -Yaxshi kuchukcha… Boshqa uydan qochib ketmagin hoʻpmi. Boʻyinbogʻing boʻlsa koʻchada birga sayr qilishimiz ham mumkin, adashib qolsang, boʻyinbogʻga yozilgan manzildan uyga olib kelib qoʻyishadi,- Anna uni yana qattiqroq siqa boshladi. Oxiri boʻri ham jim tura olmay havo yetishmay tipirchilashga tushdi. 222 -Ozgina chida, hali oxirigacha bogʻlamadim. Yaxshi kuchukchasanku, egangning aytganini qilishing kerak,- u bir qoʻli bilan Irroning boshini silab qoʻydi,- raxmat, men istagandek qasos olishimga qoʻyib berganing uchun. Boʻri tasdiqlash manosida koʻzini yumib boshini biroz siltab qoʻydi. Soʻng tezlik bilan oʻzini orqaga tortganida boʻyinbogʻ zanjiri Annaning qoʻlidan chiqib ketdi. Irro yana qizga yaqinlashib oʻtkir tishlarini boʻgʻziga botirdi. Boʻri qiyofasidan yana odam koʻrinishiga qaytar ekan ogʻziga favvoradek otilib kirgan qonni tuflab tashlab boʻynidagi tillarang itlar boʻyinbogʻini olib tashladi. -Muhumi oʻzing istagandek qasos olishingga yordam berdim. Bu mening bitimim edi. Hammasiga oʻzing aybdorsan. Oʻsha kuni daryo boʻyida meni koʻrib qolmasliging kerak edi… Smartletlarga xabar keldi: -Ikkinchi juftlik oʻyini “Xazina toʻplash” oʻynalmadi. Chunki 100-B jamoa oʻyinchisi Anna 100-A jamoa oʻyinchisi Irro tomonidan oʻldirildi. -Irro juda gʻalati edi. Lekin gʻalaba uchun odam oʻldiradigan darajaga borishini kutmagandim,- Samuel xabarni eshitib gʻalati boʻlib ketdi. -Anna doim Irro haqida gapirar edi. Uni oʻldirishini, qasos olishni istashini aytardi. Huddi telbalardek. Menimcha ularning shaxsiy muammosi boʻlgan,- Aleksey jadvalidagi 100-A jamoaga yana bir ball qoʻshib qoʻydi. 5-UY. (Sindiya-Elena) -Beshinchi juftlik oʻyini: “Zaxar”. Stol ustida 30 ta shisha idishda suyuqlik bor. Shulardan bittasida zaxar, bittasida zaxarga qarshi dori, ikkitasida bonus, 26 tasida oddiy suv bor. 3 kun davomida har bir oʻyinchi ulardan kamida 14 tadan ichishi kerak. Omadi kelmay zaxarni ichib qoʻysangiz magʻlub boʻlasiz. 223 Lekin, buni bellashuv deyishadi. Shunday qilingki, raqibingizni zaxarlab, oʻzingiz tirik qolish yoʻllarini izlab toping. -Bu oʻyin bizni qotilga aylantirmoqchimi?- kinoyali kuldi Sindiya. -Yoki qurbonga… Lekin men aynan qaysi idishchada qanday suyuqlik borligini bilaman,- Elena stol ustidagi shishachalarga sinchkovlik bilan qarab chiqib gapirdi. -Men ham. -Sen qanday bilding hayron qoldi Elena. -Chunki men ong boshqaruvchisiman. Siz ularga qaradingiz va qaysida zaxarni koʻrsangiz “mana shu zaxar” deb hayolingizdan oʻtkazdingiz. Men esa oʻsha hayollaringizni oʻqiy olaman. -Kurator bizning qobilyatlarimizni bilaturib nega bu oʻyinni oʻynatyapdi? -Chunki u biz oʻyin orqali bir-birimizni oʻldirishimizni istayapdi. -Agar ikkalamiz ham uch kun davomida hech narsa qilmasakchi? -Unda ikkimiz ham yutqazamiz. Lekin, kim ham istamaydi deysiz 15- bosqichga sakrashni. Bilaman agar jamoingiz ortda qolishni boshlasa oʻsha bir ball uchun meni oʻldirishga harakat qilasiz. Chunki buni miyangizdan oʻqiyapman. Qanchalik qudratli ekaningizni ham sezib turibman. Shu bilan birga qalbingiz tubidagi oʻzligingizni ham. Siz kimsiz oʻzi? Elena, odam emas, sehrgar ham emas, gʻayriturlarning hech biriga oʻxshamaysiz. Men oʻqiydigan joyda koʻplab gʻayrioddiy mavjudodlar bor. Lekin sizdaqasini koʻrmaganman. -Bundan keyin ham koʻrmaysan. Kel sening ajoyib fikrlash qobilyating uchun ichamiz,- Elena shishachalardan birini koʻtarib ichib yubordi. -Mayli, havotirga oʻrin yoʻq. Baribir zaxar qaysidaligi aniqku,- Sindiya ham oʻziga yaqin shishachalardan birini oldi. Uni ichishi bilan zaxar tez ta’sir qilib Sindiyaning koʻzlari qizarib ketdi. -Qanday? Bu qanday? – boʻgʻilgancha zoʻrgʻa gapirar ekan yana bir bor Elenaning miyasiga kirishga urinib koʻrdi, lekin iloji boʻlmadi. 224 -Oʻzing aytganingdek men takrorlanmas turman. Ongni faqat men boshqara olaman deb oʻylaganmiding? Sen hozir nimalarni oʻylagan boʻlsang hammasi men istaganim uchun shunday boʻldi. Sen hozir tanlagan shishachani ham aynan men istaganim uchun tanlading. Lekin, toʻgʻri aytding men yovuz emasman. Jamoam yutishi uchun seni qurbon qiladigan darajada ham emasman,- Elena ziddizaxarni olib Sindiyaga tutqazdi,- men shunchaki oʻyin ertaroq tugashini istadim. Toʻgʻri buni oʻzimda qilishim, ya’ni oʻzim zaxarni ichib keyin ortidan ziddizaxar qabul qilishim mumkin edi. Lekin, u darajada yaxshi ham emasman. Yana… Shunchaki qudratimni koʻrib qoʻyishingni ham istadim… -Beshinchi juftlik oʻyini “Zaxar” oʻz nihoyasiga yetdi. Hech kim zaxarlanib oʻlmadi, lekin raqibini zaxarlay olgani uchun 100-B jamoa oʻyinchisi gʻolib hisoblanadi… 2022-yil. -Sen meni zaxarlamoqchi boʻlding, Alisa, ayyor tulki. Sen tufayli ikkinchi bosqichda oʻlib ketishimga oz qolgandi. Viktorniku allaqachon oʻzingga oʻrgatib olibsan. -Kechirasiz… Viktor. Nimalar deyotganingizni tushunmayapman,- qiz biroz qoshlarini chimirib hayron qaradi. -Nikolas ekanimni yaxshi bilasanku. Ayyorlikni davom ettirishing shart emas. -Viktor, ahvolingiz joyida emasga oʻxshayapti. Alisaning beozor qizchadek muomalasi Nikni battar asabiylashtirdi. Lekin jaxlini bosib odamlar kamroq joyga oʻtib Pakini chaqirgan yaxshi degan 225 qarorga kelib yer osti tuneli tomon yoʻl oldi. Odam yoʻq joyni topgach Viktor bilan ruhlarini ajratib unga bir musht tushirdi. -Ahmoqmisan sen? Yana Alisa bilab yuribsanmi? Unutma bu faqat senga tegishli tana emas. Unda men ham borman. Men oʻyinda oʻlar holda yursamu sen bu yoqda dushmanimiz bilan qoʻl ushlashib sayr qilib yuraverar ekansanda. Sen mensan! Mendan boshqacha boʻlishga harakat qilma! Paki!!!! -Paki eltuv xizmati… Voy, Nikkinam nima boʻldi? Oʻzingiz bilan oʻzingiz janjallashyapsizmi? -Sening ishing boʻlmasin. Indamay vazifangni bajarib meni oʻyinga qaytar! -Mengaku farqi yoʻq, lekin ikkinchi ruhingiz bilan orangizdagi sovuqchilik oʻzingizga yomon boʻladi. Keyin ogohlantirmadi demang,- Paki Nikning atrofida qilichi bilan aylana chizib oʻyinga olib ketar ekan ularga nafrat bilan qarab qolgan Viktorni koʻrib havotirga tusha boshladi. -Mayli Nikkinam Okamini sizga, sizni Okamiga ishonib topshiraman. Yordamim kerak boʻsa chaqirsangiz bas. Paki eltuv xizmati tez va qulay. Paki yana shoshib gapirgancha koʻzdan gʻoyib boʻldi. Nik jarohatlangan panjasini yalab bir burchakda yotgan Okamiga qarab qoʻydida, undan uzoqroq boʻlish uchun oʻz xonasiga kirib ketdi. 6-UY. (Dilbar-Sirelis) -Yaxshi dam oldingmi? -Ha, mazza. Oʻyin oson ekan. Qiladigan ishning oʻzi yoʻq. Istagancha koʻngilxushlik qilish mumkin. Ball toʻplasang kifoya. Afsus hali qobilyat olmadim. Agar olganimda Arturniki kabi qanotlarim boʻlishini istardim. Keyin u menga uchishni oʻrgatardi. Hullas, ajoyib hayot bu. 226 -Artur ismli jamoadoshing bor ediya. Uni yoqtirasanmi? -Arturmi? Artur laqabli qushcham bor. Uni hammadan koʻproq yaxshi koʻraman. Jamoadoshlarim bilan hali yaxshi tanishib ulgurmadigu lekin…,- Sirelis qizarib ketdi,- unaqa qaramange, Dilbar honim, shunchaki bitta qariya borda… Bilmadim nega lekin u bilan suhbatlashsam huddi uni oldindan biladigandek, men uchun juda yaqin insondek tuyiladi. Balki amakilarimdan birining doʻstidir. Ajoyib qariya lekin. Artur esa koʻpincha Soul deb chaqiradi. Menimcha qaysidir tanishiga juda oʻxshatsa kerak. Qariya va Artur bir uyda yashashsada hech kelisholmadida. Kunlari bir-biriga yovqarash qilish bilan oʻtadi. Biram kulgim keladi ularni koʻrib… Oʻzingizchi, oʻyinda tanishgan doʻstlaringiz haqida qanday fikrdasiz? -Menmi… Bu yerda faqat bitta yaqin insonim bor. U uchun yashayapman aslida. U uchun oʻldirishga ham tayyorman… -Kim ekan u baxtli inson?- qiziqish bilan jilmaydi Sirelis. -Hali ism oʻylab koʻrmadim. U mening farzandim, bizning “uchinchimiz”. Sirelis jilmayishdan bir zum toʻxtab qoldi. Lekin, bu uzoqqa choʻzilmadi. -Ajoyib, ha, ajoyib. Endi tushundim. Bu miyamning bir chekkasiga ham kelmaganini qarang. Tabriklayman. Oʻyinni tugatib oʻz hayotingizga qaytganingizda… -Nega buncha xursand koʻrinasan? Tushunmayapsanmi? Seni oʻldirmoqchiman. Sirelis jilmayishni davom etdi. -Nega hafa boʻlishim kerak? Oʻyin menga yoqdi. Oʻylaganimdek oson emas, aksincha juda murakkab. Lekin… mayli e’tibor berishga arzimaydi. Yaxshi narsalar haqida gaplashaylik. Balki unga ism topishga yordamlasharman. Masalan oʻgʻil boʻlsa…. Hmmm…. Tomas. Negadir hayolimga Tomas ismi keldi. -Sirelis… 227 -Iye, uzr. Unutibman, axir sizning millatingiz oʻzbek edi. Oʻzbekcha ismlarni yaxshi bilmayman. -Sirelis… -Yoʻgʻe, qizingizga Sirelis deb ism qoʻyishingiz shart emas,- kuldi Sirelis. -SIRELIS! Jim boʻl. Oʻzingni bunchalik sodda va mehribon koʻrsatishing shart emas! Mening yuragim tosh boʻlib ketgan. Agentlik ishim sabab koʻpchilikni oʻldirganman. Rahmimni keltirmoqchi boʻlma! -Dilbar honim, men rahmingizni keltirmoqchi emasman. Men yordam bermoqchiman. Odamlarga yordam berish mening vazifam. Choy yoki qahva? -Nima,- asabiylashgandan lablari titrab soʻradi Dilbar. -Choy ichasizmi yoki qahva? Hoziroq oʻldirmoqchi emasdirsiz har holda. Choy ustida bir dildan suhbatlashamiz. Qoʻrqmang zaxarlamayman. Lekin qahvani achchiq qilib yuborishim mumkin. U zaxardan ham battar. Yaxshisi choy tayyorlayman,- Sirelis oʻrnidan turib choy tayyorlashga kirishdi. Balki u shu bahona pichoq bilan qurollanmoqchidir deb oʻylab Dilbar uni kuzatib oʻtirdi. Lekin Sirelis ortiqcha hech narsa qilmay malinali choy tayyorladida yana Dilbarning yoniga qaytib kelib oʻtirdi. -Malinali choy yoqadimi oʻzi? Shaxsan menga yoqadi. Shunchalik yaxshi koʻramanki oʻlsam ham oldin malinali choy ichib keyin oʻlaman,- ham kulib ham choyni puflagancha gapirdi qiz. -Nega bunaqasan? Qarshilik qilsang boʻlmaydimi? Oʻshanda menga osonroq boʻlar edi. Sen ham meni oʻldirishga urin. Oʻshanda vijdonim qiynalmaydi. Nega unday qilmayapsan? -Yaxshi narsalardan gaplashaylik Dilbar honim. -Menda yaxshi narsa qolmagan! -Oilam bor degan edingiz, ukangiz, singlingiz… Ular haqida gapirib bering. Agar zerikarli boʻlsa mayli hozir tugataveramiz, faqat choyimni oxirigacha ichib olay,- Sirelis malinali choydan yana bir hoʻpladi,- hayot shu choy kabi 228 shirin. Choy tugab qolishini istamasdim. Lekin, oz qoldi,- Sirelis yarimdan ham kam choyi qolgan finjonga qarab kulib qoʻydi. -Sen ham yashashni istashingni bilaman. Oʻzingni qurbon qilishga majbur emassan. Bunaqa gaplar bilan vijdonimni qiynashni bas qil. -Uzr soʻrayman, Dilbar honim. Oʻlim oldidan odamlar aqldan ozar ekan. Ajal kelganida koʻz oldingda yaqin insonlaring gavdalanadi deyishardi. Men esa kimni koʻrayotganimni aytsam kulib oʻlib qolsangiz kerak. Shuning uchun aytmayman. Ha mayli aytaman, faqat kulib yubormang. Shunchaki aytgim keldi, hech qanday maqsadsiz. Oʻziga aytmaymanku har holda,- Sirelis yana qizarib ketdi,- hozir negadir koʻz oldimga faqat u kelayapti. Balki uni yoqtirib qolgandirman. Voy, biram ahmoqmanki. Miyamga nimalar kelmaydiye. U aqlli, balki yoshligida anchagina kelishgan kishi boʻlgandir. Hozir ham shunday. Bu muhim emas, muhimi mehribon, biroz sirli, lekin juda yoqimli muomala qiladi. Qariyaligini hisobga olmasa mutloq ideal. -Finn Uilsonmi? Sirelis javob bermadi, shunchaki finjonda tubida qolgan choyga tikilib kuldi. Choyni oxirigacha ichib tugatgach siniqqina jilmayib qoʻydi: -Endi buning ahamiyati yoʻq,- keyin qoshlarini chimirdida soxta jiddiylik bilan qoʻshib qoʻydi: -Bu haqida aytib qoʻymang tagʻin. Yana ustimdan kulib yurishmasin… Ana endi tayyorman… #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [33-qism] “FARISHTANING QANOTLARI SINDI…” 229 11-UY. Ariana yoʻlak boʻylab ketganidan soʻng Finning magʻlub boʻlishi aniqligini sezgan qora semurgʻ qanotlarini yozib uchishga shaylandi. Uning harakatidan qandil tebranib Finning koʻzoynagi yerga tushib ketdi. -Hoʻsh, endi olsam boʻlar-a, baribir yutqazdim. Finn ovoz eshitilgan joyga borib yerdagi chap tomonining linzasi singan, bandi ham qiyshayib dogʻ boʻlib ketgan koʻzoynakni artib taqib koʻrdi. -Yoʻqdan koʻra shunisi yaxshi. Qani endi oʻsha jumboqni oʻz koʻzlarim bilan koʻraychi. Jumboq yashirilgan portret yoniga kelganida koʻzlariga ishonmay qotib qoldi. Garchi oʻrta asrlar uslubida chizilgan rasm boʻlsada unda tasvirlangan qanotli qiz Sirelis edi. -Farishtaning qanotlari sindi…. Farishtaning qanotlari… Sirelisning qanotlari… Axir uning asl qobilyati “yaratish” qobilyati… U qanotlar yarata oladi… Uning qanotlari sindi… Oh, yoʻq… Jumboq bu ishora… Aslida Hanterga yordam kerak emas edi… Sirelis… Men uni qutqarishim kerak… Finn portretni chetga surib allaqachon berkilgan yoʻlakni ochishga urinib koʻrdi. Qancha harakat qilmasin mustahkam toʻsiq joyidan qimir etmasdi. -Yoʻq, yoʻq, yoʻq. Axir sen daho Finnsanku… Oʻylab top! Nimadir oʻylab top! Boʻlaqol! Sen vieyes boʻlmasa ham buni bajara olasan. Yechimni izla! Izla! Finn xona boʻylab yugurib toʻsiqni ochishi mumkin boʻlgan buyumlarni qidira boshladi. Qoʻliga ilingan ingichka lekin mustahkam har qanday buyumni toʻsiqni siljitish uchun sinab koʻrdi. Smartletga kelayotgan Kuratorning xabarlari yuragini yanada gʻash qilar edi: 230 -Oʻninchi juftlik oʻyini yakuniga yetkazilmadi. Sababi oʻyinchilardan biri halok boʻldi. Gʻolib 100-A jamoa oʻyinchisi Hanter. -11-juftlik oʻyini “Qutqarish” shartida 100-A jamoa oʻyinchisi Ariana gʻolib boʻldi. U sherigi Hanterni Mariyadan qutqarib qoldi… -Yoʻq, men Sirelisni qutqarishim kerak edi. Hoy, Juliya, meni eshityapsanmi? Men Sirelisni qutqarishim kerak! -Oʻzing imkoniyatni qoʻldan boy berding qariya. Ayb menda emas,- Finning smartletidan xotirjam ovoz eshitildi. -Menga yana bir marta imkon ber. Oʻyinda bonuslar ham boʻlishi kerakku. -Men bilan tuzgan bitiming esingdami?- Juliya gapni boshqa tomonga burdi. -Agar hozir u oʻlsa bitimning bir tiyinlik foydasi yoʻq. Smartletdan kulgu ovozi eshitildi. -Balki, foyda berib boʻlgandir qariya. 100-B jamoaning tirik qolgan barcha oʻyinchilari uyiga qaytishi mumkin boʻladi, lekin, shu bosqich tugaganidan soʻng. Sirelis doimgidek raqib jamoa uchun oʻz jonini qurbon qilib boʻlganidan soʻng. -Nima? U rostdan… Mendek qariyani… Eh, Sirelis… -Sen ham uyga qaytasan oʻz vaqt oqimingdagi oʻz Sirelisingning yoniga. Bunisining oʻlimi senga hech qanday ziyon keltirmaydi. -Men Sirelisni har qanday vaqt oqimida sevaman va har qanday vaqt oqimida oʻlishiga jim qarab turmayman. Agar imkon bermasang oʻsha imkonni oʻzim izlab topaman. -Yaxshi. Oʻzing shuni tilab olding. Smartletdan Juliyaning oxirgi gapi eshitilgandan soʻng toʻsiq chetga surilib boya Ariana ketgan tor va qorongʻu yoʻlak koʻrindi. 231 6-UY. (Dilbar-Sirelis) -Finn Uilsonmi? Sirelis javob bermadi, shunchaki finjonda tubida qolgan choyga tikilib kuldi. Choyni oxirigacha ichib tugatgach siniqqina jilmayib qoʻydi: -Endi buning ahamiyati yoʻq,- keyin qoshlarini chimirdida soxta jiddiylik bilan qoʻshib qoʻydi: -Bu haqida aytib qoʻymang tagʻin. Yana ustimdan kulib yurishmasin… Ana endi tayyorman… -Men juda koʻpchilikni kiprik qoqmay oʻldirib yuborganman. Lekin…,- Dilbar asabiylashib xona boʻylab yura boshladi. -Asabiylashmang Dilbar honim. Bu bola uchun zarar,- jilmaydi Sirelis. -Nega bunaqasan? Odam bunchalik yaxshi boʻlishi mumkin emas. -Oʻrnimda siz ham shunday qilardingiz,- derazadan tashqaridagi manzarani tomosha qilgancha gapirdi Sirelis. -Yoʻq. Men bunday qila olmayman. Mayli oʻyinda yutqazsam ham. -Eslatib oʻtaman bu oʻyinda hech kim oʻlmasa ajratilgan maksimal uch kundan keyin uchchalangiz ham oʻlasiz,- oʻyin stoli yonidan Kuratorning ovozi eshitildi. -Eshitdingizmi, siz oʻldirmasangiz oʻyin oʻldiradi, Dilbar honim. Bekorga sizni ham, hali dunyo yuzini koʻrishga ulgurmagan farzandingizni ham ajalga tortib ketmoqchi emasman. -Oʻlsak sof vijdon bilan oʻlamiz. 232 Devorga ilingan mevali portret ortidan eshitilgan shovqin Dilbarning sergak tortishiga sabab boʻldi. Birozdan soʻng portret zarb bilan itarilganidan yerga qulab usti changga belangan va koʻzoynagi singan Finn koʻrindi. -Qariya? Bu yerda nima qilib yuribsiz,- deraza yonidagi Sirelis uning tashqi koʻrinishini koʻrib kulib yubordi. -Ahvoling yaxshimi? U senga ziyon yetkazmadimi? Juda qoʻrqib ketdim. Seni yoʻqotib qoʻyishdan. -Finn Uilson… va Sirelis… Menimcha bu yerda uchinchi ortiqcha odam menman aslida…,- Dilbar oʻyin stoli yonidan olgan toʻpponchani oʻz boshiga tiradi. -Dilbar honim! Faqat oʻzingizni oʻylamang siz. Siz ikki kishi uchun javobgarsiz. Hammasi qanday boʻlishi kerak boʻlsa shunday boʻladi,- Sirelis derazani ochishi bilan yuziga kuchli shamol urildi. Tashqaridan qandaydir gʻalati, huddi qoyalarga urilayotgan daryo tovushidek shovqin eshitilardi. -Aqling joyidami nima qilmoqchisan?- baqirdi Dilbar. Finn esa Sirelisning yaxshi bilgani uchun sekin u tomon yaqinlasha boshladi. -Bu yerda, bu oʻyinda hech kim ortiqcha emas. Biz yutib boʻlganmiz. Biz gʻalaba qilganmiz. Uyga qaytish kerak. Oʻz zamonimiz va oʻz makonimizga. -Meni bunchalik sodda deb oʻylamangsizlar. Men qilishni istagan ishimni albatta qilaman. Va ayni daqiqaga men uchishni istayman. Ozod qushdek parvoz qilishni. -Parvoz qilasan, Sirelis. Qobilyat olsang aniq sening qobilyating qanotlar boʻladi. Ularga ism ham qoʻyasan hali. Amore va More…. -Juda hazilkashsizda qariya. Shuning uchun ham sizni yaxshi koʻraman. Dilbar honimga koʻz-quloq boʻling, oʻzini otib qoʻymasin. -Ahmoq qiz! Buyoqqa oʻt! Boʻlmasa oʻzim seni oʻldiraman,- hali ham toʻpponchani boshiga tirab turgan Dilbar Sirelisga baqirishni davom etdi,- “Uchinchisi ortiqcha” oʻyinini endi tushundim. Aslida farzandim hisobga olinmagan. Hammasi rejalashtirilgan. Finn shu yerga kelishi ham. Va bu 233 yerda ortiqcha menman. Men ham oʻz vaqtida sevganman. U qanday boʻlishini bilaman. Men baxtli boʻlolmadim. Hech boʻlmasa sizlar baxtli boʻling. Finn bir deraza yonida turgan Sirelisga bir toʻpponcha tepkisi ustida qoʻli titrayotgan Dilbarga qarab nima qilishini bilmas edi. Sirelis koʻzi bilan Dilbarga ishora qildi. -Boʻling… Finn chuqur xoʻrsinib qoʻydida undan toʻpponchani tortib olish uchun tezlik bilan qoʻlini choʻzdi. Dilbarning hayoli devordan singib kirib yuqorida havotirli aylanib uchayotgan qora semurgʻ qushida boʻlgani uchun buni payqamay qolgandi. Finn toʻpponchani olgach ortiga oʻgirilganida allaqachon deraza yoni boʻsh, tashqaridan kirayotgan shamolda pardalar tebranardi halos. Va yana qora qanotlar pastga tezlik bilan shoʻngʻimoqda… (Oʻn daqiqa oldin…) Dilaraga vaksinani joʻnatgach Artur yana qora semurgʻ qushini hosil qilib yangi topshiriq berdi: -Qani aqlli qushginam. Soulimni topib ahvolidan xabar olib kelchi. Semurgʻni uchirib yuborgach oʻzi aloqa bogʻlab qushning koʻzlari bilan vaziyatni kuzata boshladi. Turli xonalar va yoʻlaklar boʻylab oʻtgach nihoyat qush Dilbar va Sirelisning oʻyini boʻlayotgan xonani topib kirgandi. Artur u yerda Finni koʻrib biroz hayron qoldi. Raqib jamoa oʻyinchisi oʻz joniga qasd qilmoqchidek toʻppinchani boshiga tirab turibdi. Sirelis esa deraza yonida. Deraza ortida chuqur jarlik. -Yoʻq, Soul unday qilma!- Artur tezlik bilan Semurgʻ kuchidan foydalanib qora qanotlarini chiqardi. Panjara bilan toʻsilgan derazani bir zumda buzib tashqariga otildi. Yoʻnalishni aniqlay olmay bir muddat havoda muallaq 234 turgach qora semurgʻ qushidan signal olib oʻsha tomon uchdi. Atrofni ham semurgʻ koʻzlari ham oʻz koʻzlari bilan kuzatayotgani, kamiga shoshib kuchli shamolga qarshi uchayotgani uchun bir muddat hammasi miyasida chalkashib ketdi. Semurgʻ koʻzlari bilan Sirelisning pastga sakraganini koʻrganida esa hamma narsani unutib eng yuqori tezlikda, hatto qayerga uchayotganini ham his qilmagan holda pastga shoʻngʻidi. (Antiemerald) Oshxonada eshitilgan shovqinni eshitib Nikol xonasidan chiqishga majbur boʻldi. Yerda sochilib yotgan idish siniqlari, qoʻllarini huddi nimadir ushlab turgandek biroz oldinga choʻzgancha qotib turgan Tomosni koʻrib jaxli chiqdida kesatibroq gapira boshladi: -Qoʻlingdan kelmas ekan nima qilarding oshxonada oʻralashib. Bilaman qizlarni koʻrishga koʻzing yoʻq, lekin hech boʻlmasa varaqchaga yozib muzlatkichga yopishtirib qoʻyganingda oʻzim qilardim shu ishlarni. Bekorga shuncha narsani sindirganing qoldi. Nikol yerdagi siniq parchalarni terib olish uchun Tomasga yaqinlashib hali ham joyidan qimirlamay qotib turgan yigitni bir turtib qoʻydi. -Hoy, ahvoling yaxshimi? Tomas bir nuqtaga tikilgancha qotib turar, nafas olishi tezlashib huddi qoʻrquv iskanjasiga tushib qolgandek qoʻllari qaltirar edi. -Tomaaaas, nima boʻldi? Tushingda faqat qizlar yashaydigan orolga tushib qoldingmi? Buncha qaltiraysan? Yoki mendan qoʻrqyapsanmi?- kuldi qiz. Yigit lablari titrab nimadir deyishga urinar edi. -Buzilgan robotdek toming ketib qoldimi? Yoki hazillashyapsanmi? Qaltirash Tomasning butun tanasi boʻylab tarqalib binafsharang boʻlib yonib-oʻcha boshlagan koʻzlari yumildida yerdagi siniqlar ustiga yiqildi… 235 #Silence #Yuzinchi_bosqich_3 #Zamon_va_makon_chegara_emas [(yarim)FINAL] Nima boʻlyapti? Axir har bir vaqt oqimi mustaqil demaganmidingiz? Nega Sirelisning oʻlimi Tomasga ham ta’sir qilyapti? Bu yerda nimadir xato va u nimaligini bilmayapman. Men bilmayapman. Jin ursin! Juliya boshqaruv xonasida u yoqdan bu yoqqa asabiy yurar edi. -Aytgan edim senga. Toʻxtash kerak edi. Vaqt bilan hazillashib boʻlmaydi. Gʻayriturlar bilan ham. -Jim boʻling! Men oʻylayapman!- Juliya Stivning gapini oxirigacha eshitmay oʻzi ovoz chiqarib fikrlay boshladi. -Demak, Sirelis oʻlsa uning oʻgʻli ham yoʻq boʻladi. Bu degani oʻtmishdagi ota- onam birga boʻlmasa men ham boʻlmayman. Gap oʻlimdan qoʻrqish emas. Mening hali qancha rejalarim bor edi. Men bunday boʻlishini bilmas edim. -Hammasidan ham yomoni, kelajak oʻzgardi. Esingda boʻlsa kelajakda sening daxshatli oʻlimingni koʻrayotganimni aytgan edim. Oʻsha kelajak juda yaqin. Vaqt meni uloqtirgan oʻsha kelajak juda yaqin! Endi hatto toʻxtashga kech. Chunki Sirelis oʻlsa, Arturda aniq “hissiyot semurgʻi” uygʻonadi. U oʻzini boshqara olmaydigan darajada quturib ketadi. Uning kuchi hammasini vayron qilishga yetadi. Yagona yoʻl oʻtmishga qaytish va uni oʻzgartirish. Zamonlararo oʻyindan vos kechish. -Yoʻq! Bu oʻyindan vos kechmayman. Nima boʻlsa boʻlsin. Agar yakun shu boʻlsa, mayli. Men shu yakunga roziman. -Men esa rozi emasman July. Rozi emasman… 236 (Sirelis nomidan hikoya qilinadi) -Oʻlimi oldidan har kimning yaqin insonlari koʻz oldidan oʻtar ekan… U esa shundoq ham koʻz oldimda turibdi. Qariya… Bilaman, uning oʻz hayoti, oʻz oilasi, farzandlari ham bor. Lekin, bilmayman nega, faqat unga nisbatan oʻzgacha tuygʻuni his qila oldim. Ha, u ajoyib qariya. Hozir u bir menga, bir Dilbar honimga qarab nima qilishini bilmay turibdi. U shunday insonki hech kim oʻlishini istamaydi. Hatto Dilbar honim bizga begona boʻlsada bu vaziyatda unga e’tibor bermay meni tanlay olmaydi. Shuning uchun ham uni qadrlaymanda. -Boʻling,- Dilbar honimni qutqaring degandek qariyaga ishora qildim. Hatto singan koʻzoynagi ortidan ham uning koʻzlaridagi cheksiz muhabbat va qaygʻuni anglab yetish qiyin emas. Devordan singib kirgan qora semurgʻ Dilbar honimning e’tiborini tortganida Finn uning qurolini olish uchun otildi. Men esa bu vaziyatdan foydalanib qolishim kerak… Parvoz… Qiziq, necha soniya parvoz qila olar ekanman? Jarlik chuqurligiga qaraganda va kuchli shamolni ham hisobga olsak 3 yoki 4 soniya. Bu mening parvoz qilish orzuyim amalga oshishi uchun yetarli. 3 yoki 4 soniya… Ha, juda ajoyib. Lekin, biroz sovuq. Qoʻllarimni keng yozib oʻzimni pastga tashladim… Sovuq… Butun badanim muzlab ketdi… Ogʻriq… Oʻlim ogʻriqli boʻlishi tabiiy… Va ovoz. Bu singan idish ovozi. Bu esa tabiiy emas. Har holda men chinni idish emasman. Sovuqdan va ogʻriqdan titrayotganimni his qilyapman. Lekin, qoʻrqmayman. Koʻzlarimni ochishim kerak. 237 -Qoʻlingdan kelmas ekan nima qilarding oshxonada oʻralashib. Bilaman qizlarni koʻrishga koʻzing yoʻq, lekin hech boʻlmasa varaqchaga yozib muzlatkichga yopishtirib qoʻyganingda oʻzim qilardim shu ishlarni. Bekorga shuncha narsani sindirganing qoldi. Qandaydir men tanimaydigan pushtisoch qiz asabiy baqira boshladi. Men ham javoban nimadir demoqchi boʻldimu oʻzimni boshqara olmas edim. Pushtisoch menga yaqinlashib bir turtib qoʻydida yerdagi siniqlarni terib olish uchun egildi. -Hoy, ahvoling yaxshimi?- yana menga hayron qaradi,- Tomaaaas, nima boʻldi? Tushingda faqat qizlar yashaydigan orolga tushib qoldingmi? Buncha qaltiraysan? Yoki mendan qoʻrqyapsanmi?- kuldi u. Qiziq, nega u meni Tomas deb atayapti? Axir men Sirelisman. Tomas, Tomas, tanish ism. Ha esladim, Dilbar honimga oʻgʻlingiz boʻlsa Tomas deb ism qoʻying deb maslahat bergandim. Toʻgʻri bu fikr ahmoqona edi, lekin, nega aynan Tomas? -Buzilgan robatdek toming ketib qoldimi? Yoki hazillashyapsanmi? Pushtisoch menga gapirishni davom etar men esa hali ham sovuqdan qaltirayapman. Muzdek va nam. Koʻzlarimda binafsharang nur yonib oʻcha boshlaganini ham his qildim. Va yana ogʻriq va muzdek suv. Boshqa chiday olmayman… (Muallif nomidan. Antiemerald. Nikol-Tomas) -Hoy, Tomas, tirikmisan?- Nikol idish siniqlari ustiga yuztuban yiqilgan yigitni oʻgirdi. Juda muzlab ketgan tana allaqachon qonsizlanib oqara boshlagandi. -Senga nima boʻldi? Yoʻq, oʻlmay tur. Hali jigʻingga tegishga, atayin qoʻrqitishga, fobiyang bilan hazillashishga ulgurganim yoʻq! 238 Nikol Tomas oʻlib qolmasligi uchun vaqtni muhrlab qoʻydi. Lekin, Tomasning tanasi yanada sovib borardi. -Nega vaqt muhri ishlamayapti? Tomi… (Oʻyin. Muallif nomidan) -Yoʻq, Soul unday qilma!- Artur tezlik bilan Semurgʻ kuchidan foydalanib qora qanotlarini chiqardi. Panjara bilan toʻsilgan derazani bir zumda buzib tashqariga otildi. Yoʻnalishni aniqlay olmay bir muddat havoda muallaq turgach qora semurgʻ qushidan signal olib oʻsha tomon uchdi. Atrofni ham semurgʻ koʻzlari ham oʻz koʻzlari bilan kuzatayotgani, kamiga shoshib kuchli shamolga qarshi uchayotgani uchun hammasi miyasida chalkashib ketdi. Semurgʻ koʻzlari bilan Sirelisning pastga sakraganini koʻrganida esa barchasini unutib eng yuqori tezlikda, hatto qayerga uchayotganini ham his qilmagan holda pastga shoʻngʻidi. Qoʻllarini oldinga choʻzgancha jarlik tubidagi maxluqdek koʻpirib oqayotgan daryoga qulayotgan Sirelisni ushlab qolishga urindi. Lekin u kechikkandi… 3 yoki 4 soniyaga… Pastga shoʻngʻir ekan Sirelisning qutirgan daryodagi qoyatoshlardan biriga urilib, yana kuchli oqimga gʻarq boʻlayotganini ilojsiz kuzatardi. Soniyalar ichida uning dunyolari varyon boʻlayotgan edi goʻyo. Atrofdagi vaqt sekinlashgandek, atayin shu kadrlar unga namoyish etilayotgandek. Oʻsha qoyatoshga Sirelisdan bor yoʻgʻi 3 soniya kech yetib keldi. Lekin Artur kelganicha bu yerda faqat qon izlari qolgan, uni ham navbatdagi toʻlqin yuvib ketishga shaylanardi. Artur suvda boʻkib ogʻirlashib qolgan semurgʻ qanotlarini yoʻq qilib Sirelisni oqizib ketgan oqim boʻyicha suza boshladi. Qanchalik uni topishga urinmasin bu foydasiz ekanligini allaqachon tushunib boʻlgan, ichidagi qudrati esa gʻazab va oʻyinga nisbatan nafrat bilan yanada toʻyinib Stiv aytganidek “qutira boshladi”. Arturning tanasidan yuzlab qora semurgʻ sharpalari chiqib atrofga tarqalardi. 239 -Emeraldni topinglar! Uni oʻz qoʻllarim bilan oʻldiraman! Toki, Soulni qaytarib bermas ekan, evaziga oʻz joni bilan tovon toʻlaydi… -July, semurgʻ qudrati haqida mendan yaxshi bilasan. U seni ayab oʻtirmay oʻldiradi, ayniqsa hozirgi ahvolida. -Stiv, aytdimku, menga baribir. Oʻyin qiziq tus olyapti. Bundan zavqlanish kerak,- Juliya jilmaygancha kameralardan har tomonga tarqalayotgan sanoqsiz qora semurgʻ qushlarini kuzatib oʻtirardi. -Makon qobilyatingni ishlatib boshqa joyga borganing yaxshi. Yoki men seni boshqa zamonga olib ketaman. -Qanday qilib uyalmasdan qochish haqida gapiryapsiz? Men bu oʻyinni boshlaganimda kimlar bilan oʻynashayotganimni yaxshi bilganman. -Men esa kelajakni yaxshi bilaman. Va bu amalga oshishiga yoʻl qoʻymayman. Sen vaqtlararo bogʻlanishni buzib boʻlding. Kechir, lekin, men uni yana bir marta buzaman. -Sti… Stiv vaqtni toʻxtatib qoʻydi. Atrofga butkul sukunat choʻkkandi. -Bu vaqt oqimi juda ayanchli. Uni oʻzgartirganim bilan bu tola qolaveradi. Boshqa vaqt oqimlariga ta’sir qilmasligi uchun buni muhrlash kerak. Oʻyinni shu joyida qotirish va toki muammolarni hal qilmaguncha bu yerdagi vaqt davom etmasligini ta’minlash kerak. Oʻyinning barcha oʻlchamlarini bloklash, muhrni oʻrnatish, uni hech kim buzmasligini ta’minlash lozim. Stiv oʻyinni muhrlab boʻlganidan soʻng yana Juliyaning yoniga qaytib keldi. -Sen men koʻrgan barcha zamonlardagi eng ajoyib Juliyasan. Shuning uchun seni bu yerda qoldirib keta olmayman. Barchasi bundan boshqacha boʻlishi mumkin edi. Boshqa vaqt oqimining boshqa tolasidagi boshqa olamda… 240 [ #Silence nomidan ] •11.05.2023• 3.1-fasl. (yarim)FINAL. Bu fasl yakuni emas. Bu koʻprikning bir tomoni halos. Javobsiz savollar har doimgidan ham koʻp. Ularni 3.2-faslda, koʻprikning narigi tomonidan izlaymiz. Albatta, hammasining javobi oʻsha yerda… {10.03.2023 – 11.05.2023} #Silence Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling