1. Qaysi gapda mavhum ot to’ldiruvchi vazifasida kelgan?


Download 51.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi51.5 Kb.
#225590
Bog'liq
ona tili test


TEST

1.Qaysi gapda mavhum ot to’ldiruvchi vazifasida kelgan?

A)Hasad-yurakning zanglashi,qaysarlik mag’lubiyat sababchisidir.

B)Oyog’ingiz yugursa,maqsadigizga yetkazadi,tilingiz yugursa boshinggizga falokat keltiradi.

C)Yalqovlik muhtojlik eshigidir. D)Hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir.

2.Yetakchi qismi qo’shma fe’l bilan ifodalangan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi to’ldiruvchi vazifasida kelgan gapni aniqlang.

A)Ikromjon shovvullab turgan kimsasiz to’qay ichida ancha uzoqlab ketgan edi.

B)U to’qay ichiga kirib, tashqaridan qaragan kishining nazari tushmaydigan bo’lgandan keyingina grelkani belidan oldi.

C)Yigit juda kata gunoh qilib qo’yganini bilib,boshini egib o’tiraverdi.

D)Eshik sharaqlab ochildi-yu,javob bera boshlagan talabaning gapi og’zida qoldi.

3.Qaysi ko’makchilar yordamida to’ldiruvchini shakllantirish mumkin?

A)bilan,uchun,haqida B)haqida,uchun,sari C)bilan,haqida,sayin D)bilan,haqida,sari

4.Bilmaganni bilishni,o’rgatilganni o’rganishni xohlamagan kaltabin yoshlarga qarab shoir degan ekan:Kimki o’rganishni or bildi,Har qadamda o’zni xor bildi. Berilgan gapda to’ldiruvchilar qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?

A)fe’l,olmosh,sifat B)ot,sifat,fe’l C)olmosh,fe’l,ravish D)sifat,olmosh,ot

5.Faoliyat-jarayon oti to’ldiruvchi vazifasida kelmagan gapni belgilang.

A)Bu dunyoda uning qo’lidan kelmaydigan ish yo’q:duradgorlig-u suvoqchilik,chilangarlig-u ustachilik-hammasini eplaydi

B)Ancha ovaragarchilik bilan bir mashina paxta olib qaytdik.

C)Shomurod asli yilqichining bolasi,dehqonchilikni xushlamaydi.

D)Bilim kishining ko’nglini yoritadi,unga ro’shnolik beradi.

6.Birlik shaklida kelib, ko’plik ma’nosini ifodagan so’z gapda to’ldiruvchi vazifasida kelgan qatorni aniqlang.

A)G’ulomjon o’zini endi ancha tutib olib,o’t bilan, harorat bilan gapirdi.

B)Uyga borishni istamadi,lekin gapga borishga hali vaqt erta edi.

C)Qumdan qo’rg’on bo’lmas.

D)Bog’ning har burchagida o’zga bir latofat;ariqlarda suv kumushlanadi,maysalardan uqa tutgan hovuz jimir-jimir mavjlanadi.

7.O’qish har xil bo’ladi:birov dam olish uchun, birov o’qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov mashg’ulot bo’lmagani uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o’qiydi.

Berilgan gapda to’diruvchi birikmalar sonini aniqlang.

A)4 B)2 C)5 D)3

8.U o’z xalqiga muhabbatini taqdiri haqida yozilgan fikrlarini falsafiy-badiiy mushohadalarini she’riy satrlarda ushbu to’plamda jamlagan.Ushbu gapdagi vositali to’ldiruvchilar sonini toping.

A)3 B)2 C)1 D)4

9.Javoblarning qaysi birida berilgan gapda ham mustaqil,ham nomustaqil to’diruvchi qatnashgan?

A)Qo’shni xonadan qizlarning quvnoq qahqahasini eshitdim.

B)Bolakay derazani zo’rg’a ochib baqira boshladi.

C)Sen keyingi vazifangni hozir o’ylab ko’r.

D)O’rtog’im dilkash odamlar bilan suhbatlashishni yoqtiradi.

10.Nargiza bilan do’stlik haqida she’r yodladim.Ushbu gap haqidagi to’g’ri fikrni aniqlang.

A)gapdagi barcha to’diruvchilar vositali to’ldiruvchilar hisoblanadi.

B)to’ldiruvchilar faqat ko’makchilar yordamida shakllangan

C)to’ldiruvchilar kesimga va egaga tobelangan

D)2 ta vositali,1ta vosutasiz to’ldiruvchi bor

11.O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlashni o’rniga qo’yadi,boshqalarga ham e’tirof ettiradi.Ushbu gapda qo’llangan aniqlovchi(lar) necha o’rinda aniqlovchiga nisbatan tobe bo’lak vazifasida kelgan?

A)2 B)4 C)1 D)3

12.Qaysi ergashgan qo’shma gapning bosh gap qismida o’timli fe’l bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchi mavjud?

A)Mening ko’nglim sezgan edi,shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib,uy tomon yugurgan edim.

B)Aytmagan so’zni ayttirib bo’lmas,aytilgan so’zni qaytarib bo’lmas.

C)Aql va farosat quyoshga o’xshaydi,beparvolik turishi mumkin bo’lgan dog’larga o’rin qoldirmaydi.

D)Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi,shuning uchun ham hidlashni bilmaganlarni burniga sanchiladi.

13.Berilgan gapda olmoshlar necha o’rinda qaratqich aniqlovchivazifasini bajargan? Yo’q, men uni yozganim yo’q.Uni siz yozgansiz. Men uni qog’ozlarga tushirib,odamlarga tarqatdim ,xolos.Men uni dunyodagi hamma onalar o’qishini xohlayman.Bilaman,dunyodagi hamma onalar yaxshi,shundoq bo’sa ham,ularning hammasi sizga o’xshashini xohlayman.

A)4 B)5 C)2 D)3

14.Keng moviy dengizlar va yuksak tog’lar bag’rida sayr etish inson tafakkurini charxlaydi,hayotning mohiyatini anglaydi. Ushbu gapda necha sifatlovchi-aniqlovchi qatnashgan?

A)4 B)5 C)2 D)3

15.Yasama so’z bilan ifodalangan aniqlovchi holga tobelangan gapni aniqlang?

A)Yomg’irdan keyin paydo bo’ladigan kamalak jahondagi barcha ranglarni yettita ipga tortib turganga o’xshaydi.

B)Tilagimiz shuki,hammangiz el xizmatiga kamarbasta,fidoyi, ilmli farzandlar bo’linglar.

C)Poyonsiz dalalaringni,olamdagi bor go’zallikni o’z bag’riga yashirib yotgan bog’laringni sevamiz,jonajon Vatan.

D)Yaqin borib qarasa,qoraygan yerda bolalar ko’ylagiga qadaladigan o’n-o’n beshta tugma sochilib otibdi.

16.Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tanitmoqchi,uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi bo’lsak, avvalambor, yozuvchilarni ,buyuk shoirlarni,buyuk ajdodlarni tarbiyalashimiz kerak. Ushbu gapdagi sifatlanmishlar haqidagi noto’g’ri fikrni aniqlang.

A)Sifatlanmishlarning barchasi bir xil sintaktik vazifani bajargan

B)Bosh gap tarkibidagi uyushgan sifatlanmishlarning har biri ta’kidlangan

C)Sifatlanmishlarning barchasi kesim(lar)ga bevosita tobelangan

D)Sifatlanmishlarning barchasi yasama so’z bilan ifodalangan

17.Qaysi gapda yasama sifatdan yasalgan ot aniqlovchi vazifasini bajargan?

A)Bolalar ovchilar tomonidan jarohatlangan oqqushni davolabdi

B)Bahor barchaning diliga ajib bir harorat ,iliqlik olib kirdi.

C)Ukasi Hasanning harakatlari unga juda yoqdi.

D)Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan

18.Ochsang davronlarning kitoblarini,Qanchakarvonlarning ertagi bordir.Tingla donolarning xitoblarini:Egasi bor yurtning ertasi bordir. Ushbu she’riy parchada qaratqich-aniqlovchilar qaysi bo’lakka tobelangan?

A)ega ,hol B)to’diruvchi,hol C)to’ldiruvchi ,ega D)ega,kesim 19.Odamlarning ma`naviy,madaniy,siyosiy maydonlarga tortish,har bir fuqaroning uni yoshidan qat`i nazar,shu maydon qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yo`limizdir.Berilgan gapdagi uslubiy xatolarni tuzatib,undagi qaratqich aniqlovchilar miqdorini aniqlang.

A)4ta B)3 ta C)5 ta D)2ta

20.O`z tilini unutgan xalqning

Bog`larida o`sgan gullarin

Chirmab uxlar zaharli ilon.

Berilgan she`riy parchada aniqlovchilar tobelangan bo`laklar ketma-ketligi to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang.

A)to`ldiruvchi,qaratqich aniqlovchi,hol,to`ldiruvchi, ega.

B)to`ldiruvchi,sifatlovchi aniqlovchi,hol,ega,to`ldiruvchi

C)qaratqich aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol, to`ldiruvchi, ega

D)sifatlovchi aniqlovchi,to`ldiruvchi,hol,to`ldiruvchi,ega

21.Qaysi gapda daraja –miqdor holi ishtirok etgan.

A)U o`qish uchun shaharga keldi.

B)Oybek bir ming to`qqiz yuz beshinchi yilda tug`ilgan.

C)Qushlar duv-duv uchishdi.

D)Shu yo`ldan xiyla yurish kerak edi.

22.Qaysi gapda sifatdoshga bog`lanib kelgan sof ko`makchi sabab holini shakllantirgan?

A)Maktabga o`qigani kelgani haqida gapirdi.

B)Ba`zilar ovqatlanish uchun yashaydilar.

C)Uydan ketib qolgani sababini tushuntirdi.

D)Yaxshi o`qigani uchun u mukofotlandi.

23.Ayol sochlari parishon,oyoqlari yalang ,yoqasi ochiq ko`chaga otildi.Berilgan gapda nechta hol qatnashgan va ularning tuzilishiga ko`ra turi qanday?

A)1ta:1ta sodda B)3ta: 3tasi murakkab C) 5 ta:1ta murakkab ,4tasi sodda D)4ta: 3 tasi murakkab,1 tasi sodda

24.Saboq olib diyonatdan

Ezgu ishdan,matonatdan

Qochib mudom xiyonatdan

Asragaymiz biz Vatanni.Ushbu she`riy parchada holning nechta ma`no turi ishtirok etgan?

A)4 B)3 C)2 D)1

25.Harakat nomi hol vazifasida kelgan gapni aniqlang.

A)Nasiba ertalab barvaqt kelish sharti bilan dugonasining ketishiga ijozat berdi.

B)Jo`yakda cho`zilib,soya- salqinda dam olish uchun ariq bo`yiga keldi.

C)Berilgan barcha gapda harakat nomi hol vazifasida kelgan .

D)Uning bu boqishida Sobirning bilag`onligiga qoyil bo`lishdan tashqari ajablanish ham bore di.

26.Barcha hollar kesimga bevosita bog`langan gapni toping.

A)Ishkom ichida suyanib turganqizga ko`zi tushdi;uyalganidan bir zumda qizarib-bo`zarib ketdi.B)Mana shu tirranchalar tufayli boya rosa po`stagimni qoqishgandi.C)Bir chimdim uxlash uchun ko`zini yumdi.D)Eshikdan shoshilgancha kirgan Sardor uy ichida odam ko`pligini ko`rib , hammaga xijolatlanib qaradi.

27.Sifatga oid so`z hol vazifasida bajarmagan gapni toping.

A)Oyko`l qishlog`ida na ko`l bor,na kattaroq ariq .

B)Oftob balndroq ko`tarildi-yu , bulutlar tarqab , tog`larda ham havo ochilib ketdi .

C)Kuz ta`sirida tog`lar avvalgidan azizroq va ulug`vorroq ko`rinib ketdi .

D)Oqlangan maktab binosi oydinda ko`kishroq ko`rinadi.

28.Ham mustaqil ,ham nomustaqil hol qatnashgan gapni aniqlang .

A)Dadash mehribon odamlar haqida suhbatlashishdan zavqlanar edi.B)Qo`shni xonadon qizlarning qahqahasi eshitildi.C)Mo`tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi.D)Sen bugungi ishni ertaga qoldirma.

29.Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi yasama fe`llarning sintaktik vazifasi ko`rsatilgan?Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab ,jaranglab eshitilardi.

A)payt holi ,ravish holi B)sabab holi ,ravish holi

C)kesim ,ravish holi D) faqat ravish holi

30.Qaysi gapda daraja -miqdor holi ishtirok etgan?

A)Ko`p ota-onalar buni bilishmadi.B)Bu voqea ko`plarni quvontirdi.C)Bu ko`pchilikning fikri edi.D)Paxta to`g`risida ko`p yozdi.

31.Quyidagi gapdagi inversiya qaysi bo`laklarga oid . Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon ,o`zbegim.

A)ega va kesimga oid B)aniqlovchi va aniqlanmishga oid C)aniqlovchi va holga oid D)hol va kesimga oid E)to`ldiruvchi va kesimga oid

32.Quyidagi gaplardan qaysi birida so`zlar o`rnini o`zaro almashtirsak ,gap yoqoladi?1)So`rading sen;2)Biz student miz;3)o`ttiz kun –bir oy;4)Zamira yzgan;5)Havo toza.

A)1,2,3,4 B)1,4,5 C)4,5 D)4

33.,,Qalbimdan oqmoqda bir daryo qo`shiq “gapidagi to`g`ri tartibni aniqlang.A)Oqmoqda qalbimdan bir

daryo qo`shiq. B)Bir daryo qo`shiq qalbimdan oqmoqda . C)Bir daryo qalbimdan qo`shiq .D)Gap tartibi to`g`ri E)to`g`ri javob berilmagan.

34.Quyidagi gapda qaysi bo`laklari o`z o`rniga nisbatan oldinga o`tib qolgan ?Istadim sayr aylamoqni men g`azal bo`stonida A)Barcha bo`laklar o`z o`rnida kelgan .B)ega,to`ldiruvchi ,hol C) kesim ,to`ldiruvchi

D)ega ,kesim

35.Bulutlar haydar shamol ,

Goh yog`ib o`tar yomg`ir .

Barglar pokiza ,zilol

Goh quyosh to`kadi nur.She`riy parchadagi nechta gapda gap bo`laklari tartibi almashgan.A)4taB)1ta C)2ta D)3ta



36.Gap bo`laklari tartibi haqida berilgan quyidagi fikrlarning nechtasi to`g`ri emas?1)ilmiy asarlar uslubi uchun gap bo`laklarining odatdagi tartibi mos ;2)badiiy uslub uchun gap bo`laklarining o`zgargan tartibi mos;3)gapdan ko`zda tutilgan umumiy fikrga qo`shimcha ma`no ,uslubiy yuk berish uchun gap bo`laklari tartibi o`zgarishi mumkin;4)gapda kesimning o`rni o`zgarmaydi.

A)3tasi B)1tasi C)2tasi D)4 tasi
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling