1. Qaysi gapda xato qo’llangan birlik o’rnida qo’yilishi kerak bo’lgan so’z leksema bo’la olmaydi?
Download 9.45 Kb.
|
Majburiy 2 haftalik
1. Qaysi gapda xato qo’llangan birlik o’rnida qo’yilishi kerak bo’lgan so’z leksema bo’la olmaydi? A) Bizning matbuot xam, radio hamma-hammasi mana shunga qaratilgan bo'lishi kerak. B) U bo’lgan voqealarni birma-bir eslay boshladi, ozginadan so’ng uhlamoqqa chog’landi. C) U duduq, hiylagina duduq bo‘lishiga qaramay sho‘x, xushchaqchaq, yaxshigina aksiya ham qilar ekan. D) Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi. 2. Tinchlik bo’lsa, halovatli bo’ladi, halovatli elning har bir kuni esa fayzli, tarovatli o’tadi. Ushbu berilgan gap haqida to’g’ri hukmni aniqlang. A) bir necha ergash gapli qo’shma gap B) bir necha bosh gapli qo’shma gap C) aralash murakkab qo’shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap 3. Berilgan gaplarning qaysi birida tirening qo’llanishi bog’lamaning yo’qligi bilan bog’liq. A) Kattaga salom ber, kichikka – kalom. B) Yaxshilik nur keltirur, yomonlik – zulmat. C) Qor yog’di – don yog’di. D) Yaxshi so’z – yurakka malham, yomon so’z – yurakka g’am. 4. Kechki osmon ohista Qorni elay boshlaydi. Tunning qora sochiga Oq oralay boshlaydi. Ushbu to’rtlikda o’zining mustaqil lug’aviy ma’nosini anglata olmaydigan birlik tarkibida sirg’aluvchi, jarangli til undoshi qanday vazifani bajargan? A) fe’lning vazifa shakli B) zamon shakli C) mayl shakli D) sintaktik va lug’aviy shakl yasovchi 5. 1. Siz va ukangiz a’lochisiz va jamoatchisiz. 2. Men bu masalani va jumboqni uqqan va yechganman.3. Men va akam harbiy uchuvchi va posbon bo’lamiz. 4. Hamma chuqur xo’rsindi, Anorxon piq-piq yig’ladi. Berilgan gaplarning nechtasida faqat bir xil gap bo’lagi uyushgan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 1, 2, 3, 4 6. Quyida berilgan gaplarning qaysi birida parmeologik birlik bosh bo’lak vazifasini bajarmagan? A) Bu ishni kim qilsa-da, o’ziga to’q odam qilibdi! B) Ikki g’arib bir yoqadan bosh chiqargan edik. C) Qarindoshlarim bir-biriga joni achiydigan, bu qadar mehrli ekan. D) Nega qo’llamaylik, nega bir jon-bir tan bo’lmaylik?!. 7. Bultur bahorda eshigimiz (1) oldidagi gullarni sug’arayotgan edim… “Moskvich”(2) kelib to’xtadi. Mashina eshigi (3) ochilib, … gavdali yigit tushib keldi. Ushbu gaplarda raqam bilan ajratilgan so’zlarda ma’no ko’chishining qanday turlari mavjud? a) metafora; b) sinekdoxa; c) vazifadoshlik; d) metonimiya A) 1-a, 2-b, 3-d B) 1-b, 2-c, 3-d C) 1-a, 2-d, 3-b D) 1-b, 2-d, 3-c 8. Quyida berilgan gaplarning qaysi birida oraliqdagi so’z murakkablashtiruvchi vosita vazifasini bajargan? A) O’g’lim, sen ham odamlar bilan xuddi shunday ehtiyotkorlik bilan muomalada bo’l. B) Uzoqdan otlarning dupur-dupuri eshitildi. C) Agar astoydil xohlasang, bu sening qo’lingdan keladi. D) Demak, yashash ma’nosining zamirida Vatanni sharaflash burchi ham bor. 9. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini ko’rsating. A) jaxongashta, xujum, hashorat B) shod – xurram, qahqaha, serdaromat C) xushomadgo’y, xavf-xatar, ilhom D) olimpiada, hukimat, darvozavon 10. Og’riqdan qaqshagan belimiz silab, Kavushimiz sudrab, chunon imillab, Belimiz changallab yurayotirmiz, Qarilik gashtini surayotirmiz. Ushbu parchada bitishuvli birikmalarning soni nechta? A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 4 ta Download 9.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling