1. Qaysi gapdagi qo’shma so’zlar ajratib yozilishi lozim?
Download 274.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqName of file
@HABELONATILI---MILLIY SERTIFIKAT DIAGNOSTIKA 1.Qaysi gapdagi qo’shma so’zlar ajratib yozilishi lozim? A.Ta’lim tizimining bosh maqsadi chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, hozir//javob yoshlarni tarbiyalshdan iborat. B.Mehmon//do’st, mehnat//sevar, bolajon xalqimizga mos bo’lgan sof//dil, mard va dov//yurak, dono yoshlar kelajak poydevoridir. C.ikkala gapdagi qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi. D.A,C 2. Fikrni to’g’riligini ifodalovchi kirish so’z berilgan qatorni toping. A.Albatta ,to’g’ri. Bilimsiz odam hech narsaga erisholmaydi. B.Ayniqsa hech narsa o’qimaydigan johil kimsalar faqat bugunini o’ylab hayotdan orqada qoladi. C.Mayli, qo’shiq ayta qoling. D.Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog’i, bundan 4yillarcha oldin qurib qolgan. 3.Afsusuki, ayrim odamlar chiqindilarni suvga tashlashadi. Mazkur gapdagi fe’l qanday ma’noga ega emas? A.zamon B.shaxs-son C.bo’lishsizlik D.vazifadoshlik 4.Qaysi so’zlarda tutuq belgisi tushirilsa ma’no o’zgarishi ro’y beradi? A.qat’iy, sun’iy B.a’yon, sa’va C.she’r, ta’na D.B,C, 5.Qaysi qatorda imlo xatolik qator undoshlarga mansub? 1.Fikir-mulohazalarimni qog’ozga tushirishga urindim 2. O’tgan haftada o’qituvchimiz bilan tiyatrga brogan edik. 3.Qo’shnimizning Absalom va abjabbor ismli o’g’illari bor.4.Sinfdoshim Karimjon katta bo’sa artis bo’moqchi. A.1,4 B.2 C.1,2,3,4 D.1 6.Ma’nodosh so’zlar qatori buzilgan javobni aniqlang A.sahar, tong, sabo B.sovg’a, hadya, tortiq , armug’on C.tanqis, kamchil, taqchil D.bahs, munozara, tortishuv 7. Qaysi gapda qo`shma fe’l yo`q? A) Keyin ularning ham chandilgan iplarini yechib, ayirib ola boshladik. B) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. C) Shunday o`ylasangiz yanglishasiz, -deb e`tiroz bildirdi Abdukarim. D) Sovuq bo`shashgan hamon, ko`klam daragi kelmasdan, tag`in ayvonga ko`chib olar edi. 8. Qaysi gapda fe`lning sifatdosh vazifa shakli tarkibida nisbat shakli bor?A) Bilmaslik ayb emas, bilmaganini bo`yniga olmaslik ayb. B) Orqa tomonda o`tirgan Dilbar o`zini tutolmay qiqirladi. C) Ilm insonni izzat va sharafga yetkazadigan vositadir. D) Boshqalar qalbiga yaxshilik urug`ini ekkan odam chinakam insondir. 9. Faoliyat – jarayon otlari qaysi javobda ishtirok etmagan? A) O`rindiqning bir chekkasida o`tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turardi. B) Dadam kunduzi g`o`zani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg`onmadi. C) Ancha ovaragarchilik bilan bir mashina paxta olib qaytdik. D) Chumchuqlar, chittaklar, to`rg`aylar, sa`valar o`z to`plari bilan vijir-vijir, chug`ur-chug` sayrab- kuladilar. 10. Vladimir janoblari Nomoz Pirimqul o`g`li ishini qabul qilib olganiga bir hafta bo`lgan bo`lsa ham uni darrov tergovga chaqirmadi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi qatnashgan? A) Payt ravishi B) O`rin ravishi C) Holat ravishi D) Maqsad-sabab ravishi. 11. Qaysi javobdagi asarlar Abdulla Qodiriy qalamiga mansub? A) “Zar qadri”, “Jar yoqasidagi chaqmoq”, “Daryolar tutashgan joyda” B) “Mahmud Tarobiy”, “O‘tror”, “Karvon yo‘llarida” C) “Juvonboz”, “Obid ketmon ”, “Baxtsiz kuyov” D) “Onalar”, “Kuzatish”, “Yodgor” 12. Xaloyiq harne qilsa tergamak yo‘q, Ne qilg‘anni yamon qilding demak yo‘q. . . . Olib kishvar elining ehtiyojin, Bag‘ishlab elga uch yillik xirojin. Parchada ifodalanishicha, farzand ko‘rganidan sevinib xalqining uch yillik xirojidan voz kechgan xoqon obrazi Navoiyning qaysi asarida uchraydi? A) “Sab’ai sayyor” B) “Farhod va Shirin” C) “Mahbub ul-qulub” D) “Hayrat ul-abror” 13. Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisorni oshib, shu yer(bozorga)ga keladi. Tor taxta ko‘prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to‘xtaydi. . . To‘riq uzoq vaqtgacha bunga ko‘nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi. Qamchi yedi. Endi ko‘nikib qoldi. Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot qaysi asarda uchraydi? A) "Do‘nan" hikoyasi (T.To‘la) B) "Asrga tatigulik kun" romani (Ch.Aytmatov) C) "Bemor" hikoyasi (A.Qahhor) D) "Qiyomat qarz" hikoyasi (O‘.Umarbekov) 14. Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilgan? A) Orzu qildim: "Tutarmen", − deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. B) Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi. C) Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy. D) Ul yuzi oykim, jahonning jonidir, Shu zamona xublarning xonidir. 15.Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning sen-u mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Ushbu misralar muallifini aniqlang. A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov C) Anvar Obidjon D) Mirtemir 16. Kundalik hayotda uchraydigan qallobliklar, firibgarliklar, aldovlar ortida o‘sha ishni o‘ziga ep ko‘rgan odamlarning pastkashligi bilan birga, ular gapiga laqqa tushgan go‘l kishilar fojiasi ham turibdi. Ushbu fikrlarni Abdulla Avloniyning qaysi hikoyasining mazmuniy xulosasi sifatida keltirish mumkin? A) “Janjalchilik zarari” B) “Xurus ila bo‘ri” C) “Yalg‘on do‘st” D) “Chin do‘st” 17. Chexovning “Garov” hikoyasida ziyofat qatnashchilari qanday mavzu ustida bahs qiladilar? A) erkak va ayolning burch-majburiyatlari B) rus va fransuz tillaridan qay biri jozibadorroqligi C) jamiyat uchun duel qanday foyda yoki zarar keltirishi D) o‘lim va umrbod qamoq jazolari 18. “Tanqidga mutlaqo chidamaydigan” va “gijgijlamoq” ma’nolaridagi iboralar tarkibida qanday so‘z qo‘llanadi? A) olov B) sirka C) suv D) yer Quyidagi matnni o`qing va savollarga javob bering. Dunyoning eng yirik orollari haqida bilasizmi? Yer kurrasining atigi 29 foizi quruqlikdan iborat. Qolgan qismi suv bilan qoplangan. Ana shu quruqlik ham yaxlit bir bo‘lak bo‘lmay, bir nechta materik va qit’alardan iborat. Shuningdek, qit’alarga tutashmay, alohida joylashgan ko‘plab katta va kichik quruqlik bo‘laklari borki, ular orol deb yuritiladi.Bugungi kunda Yer kurrasida 500 ming atrofida turli o‘lchamdagi orollar bor.Ularning bir qismi quruqlik, yana bir qismi esa vulqon natijasida hosil bo‘lgan orollar hisoblanadi.Orollarning joylashish o‘rni ham xilma-xil, ba’zi hududlarda umuman bo‘lmasa, boshqa bir hududlarda arxipelag tarzida sochilib ketgan.Ko‘plab orollar turli davlatlarga tegishli bo‘lsa, yana bir qancha orollar orol-davlat hisoblanadi, Yaponiya, Kuba kabi. Shuningdek, bir orol hududi ikki davlatga tegishli bo‘lishi mumkin; masalan, Timor orolining yarmi Indoneziyaga qarasa, yarmi Sharqiy Timor davlatiga tegishli. Yangi Gvineya orolining yarmi Indoneziyaga, yarmi Papua–Yangi Gvineya davlatiga qaraydi. Irlandiya orolining bir qismi Buyuk Britaniyaga tegishli bo‘lsa, katta bir qismida Irlandiya davlati joylashgan. Quyida dunyodagi eng yirik orollar o‘nligini keltiramiz. 10. Elsmir oroli, Kanada Orol aholisi: 170 kishi Orol maydoni: 196 236 kvadrat kilometr Elsmir Kanadagi yirik orollardan biri hisoblanadi. Ushbu orol Kanadaning eng shimoliy qismida joylashgan. U Nenavut provinsiyasiga qaraydi. Orol Qirolicha Yelizaveta arxipelagi tarkibiga kiradi.Orolning eng baland nuqtasi – dengiz sathidan 2 616 metr.Orolda bor-yo‘g‘i 170 kishi yashaydi. Orol tabiati yovvoyi hayvonlarga juda boy. 9. Viktoriya oroli, Kanada Orol aholisi: 1 707 kishi Orol maydoni: 217 291 kvadrat kilometrYer kurrasidagi eng katta orollar reytingining 9-o‘rnida Kanadaning yana bir oroli – Viktoriya joylashgan. Orolning o‘lchami uzunasiga ham, eniga ham teng: 500 kilometr.Orolda baland tog‘lar yo‘q, uning dengiz sathidan eng baland joyi 1000 metrni tashkil etadi.Ushbu orolning bir qismi Nanavut provinsiyasiga, yana bir qismi Kanada arxipelagining shimoliy- g‘arbiy hududiga qaraydi.Orolda ikkita aholi punkti bor: Kembridj-bey va Xolmen. 8. Xonsyu oroli, Yaponiya Orol aholisi: 103 million kishi Orol maydoni: 227 962,59 kvadrat kilometr. Xonsyu oroli Yapon arxipelagidagi eng yirik orol hisoblanadi. Orol hududi Yaponiya hududining 60 foizini tashkil etadi.Xonsyu oroli hududi reytingda o‘zidan bir pog‘ona tepada turgan Buyuk Britaniya orolidan arzimagan o‘lchovda ortda qoladi.Ushbu orolda Yaponiyaning eng baland nuqtasi bo‘lish bilan birga yaponlar uchun muqaddas sanaladigan, balandligi 3 776 metr bo‘lgan Fudziyama tog‘i joylashgan. Orolda joylashgan tog‘larda bir qancha vulqonlar ham joylashgan. 7. Buyuk Britaniya oroli Orol aholisi: 60 million kishi Orol maydoni: 229 848 kvadrat kilometr .Buyuk Britaniya Britan orollari tarkibidagi eng yirik orol hisoblanadi. Bu orolda Angliya, Shotlandiya va Uels joylashgan.Buyuk Britaniya orolining uzunligi 966 kilometrgacha cho‘ziladi. Eni esa 483 kilometr. Orolning eng baland nuqtasi – 1 344 metr. 6. Sumatra oroli, Indoneziya Orol aholisi: 51 million kishi Orol maydoni: 473 000 kvadrat kilometr.Sumatra oroli Indoneziyada joylashgan. Indoneziyan o‘zi orollardan tashkil topgan davlat hisoblanadi.Orol Malay arxipelagi va Katta Zond orollari tarkibiga kiradi. 5. Baffin Yeri oroli, Kanada Orol aholisi: 11 ming kishi Orol maydoni: 507 451 kvadrat kilometr.Baffin Yeri oroli Kanadaning shimoliy qismida joylashgan.Orolning asosiy qismida ob-havo noqulayligi bois aholi umuman yashamaydi.Oroldagi ozgina aholi Nunavit provinsiyasining markazi Ikaliut shahrida yashaydi.Orolda ko‘plab yirik ko‘llar bor. Orol Kanada taygasining bir qismi hisoblanadi. 4. Madagaskar oroli Orol aholisi: 20 million kishi Orol maydoni: 587 041 kvadrat kilometr.Magadaskar oroli Afrika qit’asining markaziy-sharqiy qismiga yaqin joyda joylashgan. Qit’a bilan orol o‘rtasidagi bo‘g‘oz Mozambik bo‘g‘ozi deb ataladi.Bu orolda ham yaxlit bir davlat – Madagaskar davlati joylashgan.Madagaskar orolining o‘lchami: Uzunligi 1 600 kilometr, eni esa 600 kilometrni tashkil etadi. Mamlakat poytaxti – Antananarivu shahri. 3. Kalimantan oroli, Indoneziya, Malayziya, Bruney Orol aholisi: 16 million kishi Orol maydoni: 743 330 kvadrat kilometr.Dunyodagi eng yirik orollar ro‘yxatida 3- o‘rinda Kalimantan oroli turadi. Bu orolning malaycha nomi Borneodir.Kalimantan oroli ham Tinch okeani hududida joylashgan.Ushbu orol dunyodagi hududi uch davlatga tegishli bo‘lgan yagona orol hisoblanadi. Orolning janubiy-sharqiy qismi Indoneziyaga, g‘arbiy qismi Malayziyaga, shuningdek shimoliy-g‘arbiy qismida ozroq hududi Bruneyga tegishli.Orolda Indoneziyaning to‘rtta provinsiyasi, Malayziyaning ikkita shtati va Bruney davlatining bor hududi joylashgan. 2. Yangi Gvineya oroli, Indoneziya va Papua–Yangi Gvineya Orol aholisi: 7,5 million kishi Orol maydoni: 786 000 kvadrat kilometr Yangi Gvineya dunyodagi ikkinchi eng yirik orol hisoblanadi. Bu orol Tinch okeanida joylashgan. Orolni Avstraliyadan Torres bo‘g‘ozi ajratib turadi.Yangi Gvineya ikkita mamlakatga tegishli oroldir. Uning yarmi Indoneziyaga qaraydi va Osiyoning bir bo‘lagi hisoblanadi. Qolgan yarmi esa Papua–Yangi Gvineya davlatiga qaraydi va Okeaniyani bir qismidir. 1. Grenlandiya oroli, Daniya Orol aholisi: 58 ming kishi Orol maydoni: 2 130 800 kvadrat kilometr Grenlandiya – Yer kurrasidagi eng yirik orol. Bu orol Atlantika okeanining shimoliy qismida, Kanada sohillariga yaqin hududda joylashgan. Orolni shimol tomondan Shimoliy Muz okeani suvlari o‘rab turadi. Orol Daniya qirolligi tarkibida muxtor hudud hisoblanadi.Oroldagi eng yirik aholi punkti Nuuk deb ataladi; u orolning g‘arbiy qismida joylashgan.Orolning eng baland nuqtasi 3 383 metrli Gunbern tog‘i hisoblanadi. 19-savol. Matn asosida quyidagi savolga javob bering. Qaysi davlatda joylashgan orolning asosiy qismida aholi nima sababdan umuman yashamaydi? ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 20-savol. Savolni o`qing va faqat bitta to`g`ri javobni tanlang Borneo qaysi orolning mahalliy aholi tilida nomlanishi A. 7-o‘rinda Buyuk Britaniya oroli B. 10-o`rinda. Elsmir oroli C. 3-o‘rinda Kalimantan orolining D. 8-o`rinda Xonsyu oroli 21- 23–savollar. Berilgan gaplarni mos ravishda ( A-E) to`gri yakunlang. Diqqat! Berilgan javoblardan ( A-E) 2 tasi ortiqcha 21-savol- Xonsyu oroli 22-savol- Madagaskar oroli 23-savol- Yangi Gvineya oroli A. ikkita mamlakatga tegishli oroldir B. Yer kurrasidagi eng yirik orol C. Balandligi 3 776 metr bo‘lgan tog‘ joylashgan D. o‘zi orollardan tashkil topgan davlatga tegishli E. Bu orolda yaxlit bir davlat joylashgan 24-savol. Savolni o`qing va faqat bitta to`g`ri javobni tanlang A. Madagaskar orolning asosiy qismida ob-havo noqulayligi bois aholi umuman yashamaydi B. Yangi Gvineya oroli uchta mamlakatga tegishli oroldir C. Kalimantan oroli ham Hind okeani hududida joylashgan D. Buyuk Britaniya Britan orollari tarkibidagi eng yirik orol hisoblanadi 25-savol. Savolni o`qing va faqat bitta to`g`ri javobni tanlang A.Viktoriya orolida ikkita aholi punkti bor: Kembridj-bey va Xolmen. B.Xonsyu oroli hududi reytingda o‘zidan bir pog‘ona pastda turgan Buyuk Britaniya orolini arzimagan o‘lchovda ortda qoldiradi C.Elsmir orolida bor-yo‘g‘i 1170 kishi yashaydi D.Buyuk Britaniya orolining uzunligi 966 kilometrgacha cho‘ziladi. Eni esa 483 kilometr. Orolning eng baland nuqtasi – 1 434 metr. 26-27-savollar. Berilgan ma`lumotlarni o`qing va to’g’ri yoki noto’g`ri ekanligini aniqlang 26-savol. Angliya, Shotlandiya va Daniya bitta orolda joylashmagan. A. To`g`ri B. Noto’g`ri 27-savol.Viktoriya orolining o‘lchami uzunasiga ham, eniga ham teng: 500 kilometr A. To`g`ri B. Noto’g`ri 28-savol. Quyidagi topshiriqni bajaring. Javobingizni javoblar varaqasiga ko`chrib yozing. Matna tayanib yer yuzidagi orollarning joylashuvi, orol-davlat, orollarning davlatlarga qanday taqsimlanishi haqida yozing. Javobingiz 20-25 ta sozdan iborat bo’lishi lozim. ILHOM ZOYIR. SHAKAR (HAJVIYA) Sharifjonning ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi. Bir gapdan qolganida olam guliston edi-yu, lekin to‘g‘riso‘zligi, cho‘rtkesarligi bunga izn bermadi. Alami O‘roqchadan: uning yonini olaman deb boshlig‘i Mardon Husenovich bilan teskari bo‘lib qoldi. O‘roqcha bo‘lsa andishaga borib o‘tiradiganlardan emas, ertasigayoq Mardon Husenovich bilan apoq-chapoq bo‘lib ketdi. Sharifjon esa yuzi shuvut kishidek yelka qisib yuribdi. Uning nazdida O‘roqcha — qora mushuk: Sharifjon bilan boshliq o‘rtasidan kesib o‘tdiyu endi hech narsa bo‘lmagandek kekirib yuribdi. Reja bo‘limidagi Bobo‘sin aka pensiyaga ketsa, o‘rniga Sharifjon bo‘lim boshlig‘i bo‘ladi, deb yurishuvdi. Mardon Husenovich bilan ters bo‘lib qolishi esa bu gaplarni chippakka chiqarib qo‘ydi. — O‘roqchaning shashti baland, hoynahoy bo‘limga shu boshliq bo‘ladi-yov, — degan gap Sharifjonga malol keldi. — Yana kim biladi deysiz, Mardon Husenovichning o‘zi ham qimirlab qolgan: yuqori bilan kelisholmayotgan ekan. Sharifjonning ko‘ksida og‘riq paydo bo‘ldi. Asta-sekin badanini kemirayotgan bu og‘riqni hech kimga ayta olmasdi. Yurish-turishida halovat yo‘qoldi. Og‘riqning zo‘ridanmi, kundan-kunga rangi siniqib, ko‘zlari kirtaya bordi. Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashadigan, kechikkan qishning sovug‘iday gaplari ham xunuk eshitiladigan bo‘ldi. Uydagilarni-ku ko‘z ochirgani qo‘ymaydi. — Dadasi, — dedi xotini Lobar bu holdan toqati toq bo‘lib, — sizga nima bo‘lgan o‘zi? Men-ku do‘qu pichinglaringizga ko‘nikib qolganman. Oxi bu bolalarga zarda qilganingiz nimasi! Biror nimadan siqilayotgan bo‘lsangiz, mana menga ayting, ko‘nglingiz yoziladi. Hamma narsani ichingizga yutaversangiz, o‘zingizni o‘zingiz yeb qo‘yasiz-ku, birodar! Sharifjon bir sasib bermoqchi bo‘ldiyu, yana shashtidan qaytdi. O‘ylab qarasa, xotinining gapida jon bor-da, xay! “O‘zingga o‘zing qildingmi, aybni birovga to‘nkama!” — Boshliq bilan oramiz buzilib qoldi, — dedi Sharifjon chuqur bir so‘lish olib. — U yoqqa o‘tsam o‘poq, bu yoqqa o‘tsam so‘poq deydi, ayb qidirgani qidirgan. Xotinlar gapga tez xulosa yasaydi. — Ey, o‘nta panjangizda o‘nta hunaringiz bor! — dedi Lobar cho‘rt kesib. — Ko‘chada qolib ketmaysiz. Bo‘shang, jon xalos, betini ko‘rmaysiz! Sharifjon sermulohazali emasmi, shaytonga hay berdi. — Nimalar deyapsan, men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman. Undan keyin daraxt bir joyda ko‘karadi. Sharifjon chuqur xayolga berildi. Olmaning bir pallasi zada yesa, ikkinchi pallasi ham ozor chekadi. — Bilaman, — dedi xotin o‘zicha bir nimalarni chamalab. — Siz irim-sirimga ishonmaysiz. — Ishonganimda nima o‘zgaradi? — O‘zgaradi-da, — dedi xotin erining moyilligini sezib. — O‘sha kazo-kazolaringiz boradigan Parichani menam bilaman. O‘shanga borib duoi xayr o‘qitib kelsam, yo‘lingiz ochilib ketarmidi. — Qo‘ysang-chi, shu ishingni. — Ana, aytmadimmi, siz ishonmaysiz!.. Sharifjon ertasi kuni ham dili-dunyosi hufton bo‘lib keldi. — O‘tiring qani bu yerda, — dedi Lobar eriga astoydil achingan bo‘lib. — Men aytgan joyimga borib keldim. — Xo‘sh, nima bo‘libdi shunga? — dedi Sharifjon xotini amal-taqal qilib yoqib kelgan umid shamini o‘chirmoqchi bo‘lib. Xotin kichkina qog‘ozga o‘ralgan narsani erining oldiga qo‘ydi. — Nima bu? — dedi er o‘rog‘liq qog‘ozga qo‘lini bigiz qilib. — Nosmi? — Qanaqa nos? Shakar bu! — Shakar? — Ha, shakar. Paricha ana shu shakarga dam solib berdi. — Hali shuni boshlig‘iga qandchoy qilib bersin, degandir? — Yo‘lim ochilsin, desangiz, bundan boshqasini ham qilasiz... Yo‘q, Yo‘liga sepasiz. Boshlig‘ingiz shakarni bosib o‘tsa, ko‘ngli iyib, sizga nisbatan mehri oshadi. — Ey, qo‘y-ey, — dedi Sharifjon beo‘xshov jilmayib. — Men qanday qilib Mardon Husenovichning yo‘liga... Ko‘rganlar nima deb o‘ylaydi? — Ha, endi bir yo‘lini qilasiz-da. — Bo‘lmaydigan ishni qo‘y... Xotin ming qilsa-da, erini ko‘ndirolmadi. Oxiri o‘zicha yo‘l tutdi... Ertasi kuni Sharifjon yo‘lakda keta turib, beixtiyor o‘ng qo‘lini shimining cho‘ntagiga soldi. Cho‘ntakda nimadir bor. Nimanidir bir hovuch qilib chiqardi. Qarasa, shakar. “Baribir aytganini qilibdi-da”, dedi boshini tebratarkan. Shu payt Mardon Husenovichning eshigi oldiga kelib qolgan ekan, birdan eshik ochilib, chiqib qoldi. Sharifjon shoshganidan o‘ng qo‘lidagi shakarni chap qo‘liga olib, boshliq bilan ko‘rishdi. — Qo‘lingda nima? — dedi Mardon Husenovich Sharifjonning qo‘liga ishora qilib. — Mening eshigim oldida nima qilyapsan? — Hech nima, — Sharifjon kalovlanib qoldi. — Shunchaki cho‘ntagimga qo‘l solsam... — Cho‘ntagingda nima bor ekan? — Shakar, — dedi Sharifjon chap qo‘li kaftini ochib ko‘rsatarkan. — A-ha, — dedi Mardon Husenovich pastki labini tishlab. — Ish jiddiyga o‘xshaydi. Qani, ichkariga kir-chi! Sen bilan gaplashib olmasam bo‘lmaydi. Sharifjon gunoh ustida qo‘lga tushgandek qizardi, bo‘zardi. Noiloj boshliqning xonasiga kirdi. — Shakarni nima qilmoqchi eding? — zug‘umga oldi boshliq. — Niyating nima edi o‘zi? — Hech qanaqa niyatim yo‘q, — dedi Sharifjon qo‘lidagi namlanayotgan shakarga qarab. — Shunchaki cho‘ntagimga qayerdandir kelib qolibdi-da, shuni... — Yashirma, niyatingni ochiq aytaver... Sharifjon endi og‘iz juftlamoqchi edi, Mardon Husenovich aksirib yubordi. — Sog‘ bo‘ling, — dedi Sharifjon shosha-pisha. — Ra-rah... — aksirish yana takrorlandi, — mat! Mardon Husenovich lab-lunjini artaman deb cho‘ntagidan dastro‘molcha chiqargan edi, dastro‘molcha qatidagi shakar stol ustiga sochilib ketdi. U hech narsa bo‘lmagandek stoldagi shakarni kaftiga sidirib oldi va Sharifjonga o‘qrayib dilidagi muddaoni tiliga chiqardi. — Men hozir shoshib turibman, — dedi boshliq o‘rnidan shaxt bilan turarkan. — Katta chaqirgan, bormasam bo‘lmaydi. Shu kunlarda gapimiz gapimizga qovushmay yuribdi. — U chap qo‘lidagi shakarni o‘ng qo‘liga shopirdi. — Men bu shakarni kattaning yo‘liga sochib kelay, sening shakaring masalasida kelganimdan keyin bafurja gaplashamiz. Endi, qani, bor ishingga... Sharifjon yo‘lakka chiqib, qarasa, azbaroyi xijolatpazlikdan terlab ketgan kaftida shakar shira bog‘lab yotibdi. Hikoyani o`qing. 29-36 –savollarga javob bering. 29. Hikoya qahramoniSharifjon nimaga boshlig`i bilan kelisha olmadi. A. Hamkasbi o`roqchani yonini olaman deb B. Reja bo`limi Bo`lbo`sin aka pensiyaga ketsa o`rniga o`tmoqchi bo`lgani uchun C. Xotini Parichaga borib duo qildirib kelgani uchun D. Rahbari uni koridor yo`lagiga shakar sepmoqchi bo`lganini ko`rib qolgani uchun 30. — Ey, o‘nta panjangizda o‘nta hunaringiz bor! — dedi Lobar cho‘rt kesib. — Ko‘chada qolib ketmaysiz. Bo‘shang, jon xalos, betini ko‘rmaysiz! Ma`no ko`chish turini aniqlang A.Sinekdoxa B. Metafora C. Metonimiya D. Kinoya 34. Qaysi ibora Sharifjonning ruhiy holatini ochish uchun xizmat qilmaydi A. ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi B. yoqqa o‘tsam o‘poq, bu yoqqa o‘tsam so‘poq deydi, ayb qidirgani qidirgan. C. yuzi shuvut kishidek yelka qisib yuribdi D. apoq-chapoq bo‘lib ketdi. 35. Sharifjonning ishxonasini yaxshi ko`rishi, doimiy ish o`ringa ega odamning imkoniyati haqidagi fikrlari qaysi ibora bilan ochib beriladi?. A. daraxt bir joyda ko‘karadi B. dili-dunyosi hufton bo‘lib keldi. C. Olmaning bir pallasi zada yesa, ikkinchi pallasi ham ozor chekadi D. Hamma narsani ichingizga yutaversangiz, o‘zingizni o‘zingiz yeb qo‘yasiz-ku 36. Nima uchun Mardon Husenovich va Sharifjon cho`ntaklarida shakar bor edi. Diqqat! Javob bir nechta bo`lishi ham mumkin. 31-savol. Mardon Husenovich 32-savol. Lobar 33-savol. O`roqcha A. “O‘zingga o‘zing qildingmi, aybni birovga to‘nkama!” deb o`ylaydi B. O`zidan lavozimi katta mansabdorning ko`ngliga yo`l topish uchun yo`liga shakar sepmoqchi bo`lgan rahbar C.U yoqqa o‘tsam o‘poq, bu yoqqa o‘tsam so‘poq deydi, ayb qidirgani qidirgan,- deb noliydi D. Yo‘lim ochilsin, desangiz, bundan boshqasini ham qilasiz... Yo‘q, Yo‘liga sepasiz. Boshlig‘ingiz shakarni bosib o‘tsa, ko‘ngli iyib, sizga nisbatan mehri oshadi E. Sharifjonning nazdida— qora mushuk: Sharifjon bilan boshliq o‘rtasidan kesib o‘tdiyu endi hech narsa bo‘lmagandek kekirib yuribdi A. Boshliq shakar sepib quyilgan yo`lakchani bosib o`tsa ko‘ngli iyib, sizga nisbatan mehri oshadi. B. Uyga shakar olib borish eslaridan chiqmasligi uchun C. Har ikkalasi ham boshlig`iga yoqish uchun shakarga dam soldirgan edi D. Shakarni tushlikda qandchoy qilib ichish uchun Download 274.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling