5. Bolalar – jamiyatning hayotbaxsh kuchi. Ularsiz
jamiyat jonsiz va sovuq ko‘rinadi. Bolalar
mehnatga shodlik bag‘ishlaydilar, uning sharofati
bilan hayot yanada shirin bo‘ladi.
Yuqoridagi parcha haqida Noto’g’ri ma’lumot berilgan qatorni toping.
A) Tobe qismi uyushiq hol vazifasida kelgan fe’lli
birikma ishtirok etgan.
B) Tobe qismi to’ldiruvchi vazifasida kelgan fe’lli
birikma ishtirok etgan.
C) Hokim qismi to’ldiruvchi vazifasida kelgan
aniqlovchili birikma ishtirok etgan.
D) Tobe qismi aniqlovchi vazifasida kelgan fe’lli
birikma ishtirok etgan.
6. Shukur Xolmirzayevning “ Omon ovchining
o’limi” asarida o’g’liga miltiq sovg’a qilib uni bermqochi bo’lganda “menga miltiq kerak emas“ degan gapidan qanday badiiy maqsad ifodalanganini toping.
A) Omonning o’g’lini ham o’ziga o’xshagan
cho’rtkesar bola bo’lib ulg’ayotganini ifodalash
uchun.
B) Omoning yo’lini tanlamaslik uchun aytilgan.
C) Omonga nisbatan bolasi bemehr bo’lib
o’sayotganini ifodalash uchun.
D) Bolaning bu uydan tezroq ketishini ifodalash
uchun aytilgan.
7. “Ertasiga kech uyg'ondim. Katta akam maktabga
ketgan, kichik akam sandal chetida yostiqqa suyanib o'tirgancha, sutchoy ichar, dadam bilan oyim tumshug‘idan chak-chak suv tomayotgan eski samovarni o'rtaga qo‘yib gaplashib o‘tirishardi. Qor tingan, tashqarida quyosh
charaqlab ketgan shekilli, uy ichi yop yorug‘ edi.
Endi sutchoyga zog‘ora non botirib yeyishga
kirishgan edim, tashqarida kuchugim jonholatda
akillay boshladi. Eshik sharaqlab ochil- di-yu,
ostonada Dalavoy paydo bo‘ldi”.
Ushbu parcha O’kir Hoshimovning
“Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan
olinganini toping.
A) “ Qanoat “ B) “ Kaltakesakning dumi “
C) “ Havas “ D) “ Imon “
8. Tinish belgisi to’g’ri qo’llangan qatorni toping.
A) Men insoniy axloqning asl mohiyatini anglab
yetdim, Bu qimmatbaho ne’mat sukut
saqlamoqlikdir.
B) O‘zini ilmga bag‘ishlaydigan kishi odamlarga
mehribon, haqgo‘y; fisq-u fujur, gina, xiyonat,
makr va xiyladan xoli bo‘lishi kerak.
C) O‘zini anglash va fikrlash - hamma odamlarga
xosdir.
D) Olgil mandin nasihat, o‘g‘lim, ilm-u adab
o‘rgangin. bo‘lub bilimli ulug‘ xalq ichida
boshqag‘a ilm-u adab o‘rgatgin.
Do'stlaringiz bilan baham: |