ma’lumot berilgan qatorni toping.
A) Tobe va hokim qismlari yasama so’z bo’lgan
birikma ishtirok etgan.
B) Hol uyushiq bo’lak vazifasini bajarishi
kuzatilgan.
C) Tobe qismi aniqlovchi vazifasida kelgan fe’lli
birikma ishtirok etishi kuzatiladi.
D) Sifatlanmishlar yasama so’z bilan ifodalanishi
kuzatilgan.
25. Tarkibida ikkita ravish qatnashgan gapni
aniqlang.
A) Qo‘qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelakchelak suv quyadi.
B) To‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada
Ertoyev paydo bo‘ldi.
C) Xafa bo‘lma, o‘g‘lim, - dedi Davronov asta
boshini ko‘tarib.
D) Shu payt uydan – yotog‘imizdan bolalar ham
birin-ketin ko‘zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib
kela boshladi.
26. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro
bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajarmagan olmosh
qatnashgan?
A) Qizchaga biror narsa bo‘lganini payqagan
Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi.
B) Do‘stimdan juda minnatdorman: undan irodali
bo‘lishni o‘rgandim.
C) Kitoblarni olgan kunim o‘qib tugatgandim.
Shuning uchun ularni boshqalarga berib turishim
mumkin.
D) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy
mulki, mislsiz xazinasi. Ulardan har birimiz
foydalanishimiz, aqlimizni xohlaganimizcha
ularning dur-u javohirlari bilan to‘ldirishimiz
mumkin.
27. Titroqni bosishga chiranganidan peshanasi va
yuzlarida sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi.
Mazkur gap bilan bog‘liq noto‘g‘ri hukmni
aniqlang.
A) Ushbu gapda bir xil qo‘shimcha yordamida
yasalgan sodda yasama ot va sifat mavjud.
B) Ushbu gapda asosi shakldosh bo‘lgan yasama
so‘zga shakldosh so‘zning tobelanishi kuzatiladi.
C) Ushbu gapda 4 ta sodda yasama so‘z mavjud.
D) Ushbu gapda fonetik hodisaga uchragan
so‘zlarning vositasiz to‘ldiruvchi va sifatlovchi
aniqlovchi bo‘lib kelishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |