Adliya vazirligi qoshidagi "adolat" milliy huquqiy axborot markazi


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana04.09.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1672557
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
4153илова




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI QOSHIDAGI
“ADOLAT” MILLIY HUQUQIY
AXBOROT MARKAZI
HAR KUNLIK
HUQUQ
Umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qo‘llanma
“Adolat”
milliy huquqiy axborot markazi
Toshkent – 2021


UO‘K: 342.8(083.132)
KBK: 67.400.5
С 22
С 22
UO‘K: 342.8(083.132)
KBK: 67.400.5
ISBN 978-9943-7293-0-8
ISBN 978-9943-7293-0-8
Har kunlik huquq Umumta’lim muassasalari 
o‘quvchilari uchun qo‘llanma – 
T.: “Adolat” milliy huquqiy 
axborot markazi 2021 y. – 28. b.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi, 2021
“Adolat” milliy huquqiy axborot 
markazi, 2021
©
©


3
KIRISH
Har birimiz bola bo‘lganmiz. Har birimiz bolalik baxtini 
ko‘rganmiz va undan zavq olganmiz. Shu boisdan ham biz o‘z 
bolalarimizga ham bolalik baxtini his etishi uchun shart-sharoitlar 
yaratib berishimiz zarurdir. Unutmaslik lozimki, bolalar bizning 
kelajagimizdir. Ularga g‘amxo‘rlik qilish va himoya qilish har 
birimizning burchimizdir.
Bolalarning barcha huquqlarini ta’minlab berishimiz
xatolarining ustida ishlashlariga imkon berishimiz, buyuk kelajak 
sari tarbiyalab borishimiz zarur. Buning uchun, birinchi navbatda
ularning bilim, ta’lim olish huquqini ta’minlab berishimiz kerak. 
Ular ta’lim dargohiga borib, o‘quvchi sifatida ta’lim olish jarayoniga 
ko‘maklashishimiz lozim. Shuningdek, ta’lim olishda ularning 
huquqlarini va majburiyatlarini, shu bilan birga, etiket qoidalari va 
taqiqlarni ham o‘rgatishimiz lozim. 
Ushbu qo‘llanma barcha o‘quvchi-yoshlarning huquq va 
majburiyatlarini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, ularga har kunlik 
hayotiga ijobiy ta’sir qilishi bilan birga, ularni o‘rnatilgan tartiblarni 
buzmaslikka va o‘zlarini har qanday xavfdan himoya qilishi uchun 
yordam beradi. 


4
Bolalar! Agar siz hali ham o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan 
bo‘lsangiz, demak, siz hali ham bolasiz. Siz o‘n sakkiz yoshga 
to‘lishga, “katta” inson bo‘lishga shoshilmang, chunki siz bolalik 
davringizdan zavq olib, o‘zingizga kerakli bilimlarni olishingiz kerak. 
Qolaversa, siz yetuk inson bo‘lishingiz uchun o‘z bilimlaringizni 
mustahkamlashingiz va o‘z huquqlaringizni bilishingiz juda ham 
zarur. Ammo shuni unutmangki, yetuk inson bo‘lish uchun bilim va 
huquq yetarli emas. Siz, albatta, o‘zingizga qo‘yilgan majburiyatlarga 
ham to‘liq amal qilishingiz lozim. Shunday holatdagina siz yaxshi va 
yetuk inson bo‘lishingiz, jamiyatga foydali va ota-onangiz faxrlanib 
yuruvchi inson bo‘lishingiz mumkin.
Bolajonlar, shuni unutmangki, siz yetti yoshga to‘lganingizda 
maktabga borishingiz kerak. Chunki, hamma yetuk insonlar bir 
paytlar maktab o‘quvchilari bo‘lgan va maktablarda olgan bilimlari 
ularga kelgusidagi ishlarida samara bergan. Siz ham barcha bolalar 
qatori maktabga borib, o‘quvchi bo‘lib kerakli bilimlarni oling.
Yodda tuting! O‘z kelajagingiz uchun o‘z huquqlaringizni 
va jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini bilishingiz, o‘z 
majburiyatlaringizni to‘liq bajarib, taqiqlangan qoidalarni 
buzmasligingiz zarur. Bularning barchasini bilish uchun maktabga 
borib o‘quvchi bo‘lishingiz va bilim olishingiz kerak.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling