Adliya vazirligi qoshidagi "adolat" milliy huquqiy axborot markazi


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana04.09.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1672557
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
4153илова

mahalliy yig‘imlarni to‘laydi
16 yoshga to‘lgan shaxs voyaga yetmagan va maktabda o‘qishda 
bo‘lishiga qaramasdan mehnat qilish huquqiga ega va ishga qabul 
qilinishi mumkin.
O‘quvchilar mehnat qilgan taqdirda qonun bilan belgilangan 
soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar. Ya’ni Sizlar 
ham barcha mehnat qiluvchi fuqarolar bilan barobar ravishda 
o‘zingizning qilgan mehnatingiz ortidan orttirgan daromadlarga 
soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashingiz shart. 
Davlatimiz sizlar va boshqa soliq to‘lovchilarning to‘lagan 
soliq va boshqa to‘lovlaridan yurtimiz ravnaqi yo‘lida turli xil 
sohalarga mablag‘lar ajratadi va bu bilan siz ham o‘z yurtingizning 
rivojlanishiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Vatanni himoya qilish — sharafli burchimizdir
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. O‘zbekistonda tug‘ilgan 
va uning fuqarosi bo‘lgan har bir inson, shuningdek, O‘zbekistondagi 
barcha-barcha shu yurtda yashayotgan ekan Vatanini himoya 
qilishga burchli va bu ular uchun g‘urur bo‘lishi lozim. Vatanimizni 
xavfdan, yovlardan va g‘arazli niyatdagi shaxslardan himoya qilish 
bu Sizlarning ham eng sharafli burchingizdir.


19
VII. BOLANING BILIM 
OLISH HUQUQI
Har bir bola bilim olish huquqiga ega.
Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta 
maxsus ta’lim olishini kafolatlaydi.
Ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar 
va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek, ularning umumta’lim 
va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, 
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish 
uchun teng huquqlar kafolatlanadi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling