Mavzu: poyalarning xilma-xilligi


Download 0.52 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1390352
Bog'liq
BOTANIKA ochiq dars 5-sinf (2)


___”- dekabr 2021-yil
FAN: BOTANIKA SINF: 5- “__”
MAVZU: POYALARNING XILMA-XILLIGI
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: o’quvchilarga poyalar va ularning botanikasi haqida bilimlar berish

  2. Tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanimizni, uning betakror tabiatini sevish, unga ehtiyotkorona munosabda bo’lish ruhida tarbiyalash;

  3. Rivojlantiruvchi: mavzuga oid bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish, erkin fikrlash va bayon etish layoqatlarini o’stirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning jihozi: 5-sinf botanika darsligi, klaster chizmasi, krossvordlar, test tarqatmalari, mavjud texnika vositalari.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
Salomlashish. Davomatni aniqlash va o’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini nazoratdan o’tkazish. “Ma’naviyat daqiqasi” o’tkaziladi. Sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratamiz. Sinf o’quvchilari uchta guruhga ajratiladi va har bir guruhga nom beriladi.
Birinchi guruh: gullar
Ikkinchi guruh: daraxtlar
Uchinchi guruh: mevalar.
Har bir guruh (avvaldan tayyorlab qo’yilgan) kartochkadagi savollardan ikkitadan tortadi. Savolga to’g’ri javob bergan o’quvchiga qizil rangli kartochka, to’ldiruvchi o’quvchiga yashil rangli kartochka, agar o’tirgan o’rnida luqma tashlasa ko’k rangli kartochka beriladi.
O’tilgan mavzular yuzasidan blits – so’rab bilish o’tkazish uchun savollar:

O’tilgan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi hamda javoblar kompyuterda tekshiriladi. Eng ko’p javob topgan guruh rag’bat kartochkasi oladi.

Uyga topshiriqni to’ldirilgan jadvallarni ko’rib baholayman. Bunda eng faol o’quvchilar ko’maklashishadi. Guruhlararo baholash o’tkazish ham mumkin.



Yangi mavzu bayoni.








Mustahkamlash.
Test topshirig’i orqali darsni mustahkamlaymiz.
1. Yog’ochligi qattiq bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1. yong’oq 2.terak 3.jiyda 4.qayrag’och 5.yulg’un 6.ayland
a) 1.3.6 c) 1.4.5
b) 2.3.4 d) 1.5.6
2.O’simlik tanasidagi qaysi hujayralar bo’linish yo’li bilan ko’payadi va o’sadi?
a) po’stloq hujayralaridagi floema
b) yog’ochlik hujayralaridagi ksilema
c) o’simlik to’qimasidagi kambiy hujayralari
d) ustunsimon hujayralar, o’tkazuvchi to’qima
3. Tanasi eniga va bo’yiga sekin o’sadigan daraxtni belgilang.
a) nok c) shotut
b) tol d) yong’oq
4. Yoyilib o’suvchi o’simlikni toping.
a) temirtikan c) ajriq.
b) hil ol. d) rayhon.
5. Daraxtning yog’ochligida yillik halqalar poyaning qaysi qismi hisobiga hosil bo’ladi?
a) kambiy c) po’st
b) o’zak d) yogo’chlik
6. Qulupnay poyasi qanday poyalar turiga kiradi?
a) tik o’suvchi c) chirmashuvchi
d) o’rmalovchi b) sudraluvchi
7. Suv va unda erigan mineral tuzlar poyaning qaysi qismi orqali harakatlanadi
a) lub tolalari c) o’tkazuvchi naylar
b) to’rsimon naylar d) o’zak
8. Tokning poyasi qanday poya xiliga kiradi?
a) ilashuvchi c) sudraluvchi
b) chirashuvchi d) tik o’suvchi
9. Qaysi o’simliklar guruhi jingalaklari (gajaklar) yordamida ko’payadi?
a) qo’ypechak, yertut c) qulupnay
b) go’zpanja, qoqio’t d) ajriq, qizilmiya
10. O’rmalovchi poyaga ega bo’lgan o’simlikni toping.
a) qovun c) qulupnay
b) kirpio’t d) qo’ypechak
Mustahkamlash uchun savollar.

Baholash. O’quvchilar to’plagan rangli kartochkalar soniga qarab baholanadi. Ikkita ko’k kartochka olgan “5” baho, bitta ko’k kartochka olgan o’quvchi “4” baho, ikkita yashil kartochka olgan o’quvchi “4” baho, bitta yashil kartochka olgan o’quvchi “3” baho, ikkita sariq kartochka olgan o’quvchi ham “3” baho bilan baholanadi. Qaysi guruhda rag’bat kartochkasi bo’lsa, shu guruh a’zolarining baholari bir balldan ko’tariladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib, savol tuzib kelish.
Tekshirildi: _________ _____________ F. Mahmudova
Farg’ona viloyati Bag’dod tumani
Xalq ta’limi bo’limi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabining botanika fani o’qituvchisi
Rustamov Behzodning
POYALARNING XILMA-XILLIGI”
mavzusida tayyorlagan

Ochiq dars ishlanmasi


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling