Mavzu: O’tkazuvchi to’qima kollaterial va bikollateral nay-tolali bog’lamlar bilan tanishish


Download 365.3 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi365.3 Kb.
#1003808
Bog'liq
11-labaratoriya


11-labaratoriya ishi
Mavzu: O’tkazuvchi to’qima kollaterial va bikollateral nay-tolali bog’lamlar bilan tanishish

Asosiy tushunchalar: ksilema, floema, traxeidlar, naylar, libriform, proto-, metaksilema, elaksimon naylar, kalloza, kollaterial, bikollaterial, konsentrik, radial, ochiq va yopiq boylamlar.
O‘simliklarda moddalar harakatini amalga oshiruvchi bir – biriga qarama–qarshi yoo‘nalishdagi o‘tkazuvchi to‘qima hosil bo‘lgan. Ularni shartli ravishda pastdan–yuqoriga ko‘tariluvchi oqim va yuqoridan pastga tushuvchi oqim deb qabul qilingan. Pastdan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ksilema yoki yeg‘ochlik deb atalgan umumiy to‘qima orqali, pastga tushuvchi oqim esa floema yeki lub orkali amalgan oshiriladi.
Ksilema (yeg‘ochlik). Yeg‘ochlik tarkibiga o‘tkazuvchi, mexanik va asosiy parenxima to‘qimalari kirib, uning ixtisoslashgan o‘tkazuvchi elementlari traxeid va naylardir.
Traxeidlar bir necha mm uzunlikdagi prozenxima hujayralardan iborat. Shakllangan traxeidlar qalin hujayra devoriga ega bo‘ladi va o‘lik hujayralar hisoblanadi. Traxeidlarning hujayra qobig‘i qalinlanish xususiyatiga ega. Ular halqasimon, spiralsimon, parvonsimon eki to‘rsimon shag‘llarda qalinlashadi. Traxeidlar tuzilishi jihatidan naylarga o‘xshash, ammo ularga nisbatan oldin kelib chiqqan oddiy suv o‘tkazuvchi element desa bo‘ladi.

Elaksimon nay va yo‘ldosh hujayralarning bo‘yiga kesimi
Naylar. Naylar uzun (bir necha sm yoki metr), ichi bo‘sh hujayralarning tik qatoridan iborat. Ular parenxima hujayralarning tik qatoridan hosil bo‘lib, ko‘ndalang devorlari erib ketadi. Bir–birlari bilan yonma–yon joylashgan hujayralar nayga aylanadi. Har bir hujayra nayning ayrim a’zosi bo‘lib qoladi. Hujayralarning ko‘ndalang devorlarini erib ketishidan qolgan qismi perforasion plastinka deb ataladi. Perforasion plastinkada bir necha teshikchalar bo‘lsa, parvonsimon per-forasiyalar hosil bo‘ladi. Agarda unda bitta yirik teshik bo‘lsa, oddiy perforasiya deb ataladi. Hujayra devorlarining qalin-lashish xarakteriga ko‘ra halqasimon, spiralsimon, parvonsimon, to‘rsimon va nuqtasimon naylar farq qilinadi.
Kerakli jihozlar: mikroskop, lezviye,mayda asboblar, fiksasiyalangan qovoq poyasi,florogyusin va xlorid kislota.
Topshiriq. Traxeyalar (naylar) va elaksimon naylarni tekshirish.
Oldidan fiksasiyalab qo‘yilgan qovoq poyasining bir bo‘lagi skalpelda bo‘ylama ikkiga bo‘linadi, keyin shu bo‘lakning bittasini chap qo‘l bilan tutib lezviyeda ikki tomonidan (yo‘g‘on o‘tkazuvchi naylar to‘dasidan) bir nechta yupqa, bir tekis kesiklar kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisiga solinadi. Kesiklarning bir-ikkitasi buyum oynasiga qo‘yiladi va ustiga avval bir tomchi floroglyusin,bir ozdan keyin bir tomchi xlorid kislota tomiziladi,bu reaktivlar yog‘ochni qizil tusga bo‘yaang( 5 rasm)
Buyum oynasidagi ob’yekt qoplag‘ich oyna bilan yopiladi.Keyin tekshirish uchun tayyorlangan mikropreparat mikroskopda tekshiring.

Savollar:
1. O‘tkazuvchi to‘qimalar orqali qanday moddalr xarakatlanadi?
2. Ksilema kompleks to‘qima ekanligini isbotlang.
3. Floema tarkibida qanday to‘qimalar qatnashadi?
4. Birlamchi va ikkilamchi ksilema va floemalar qanday belgilar asosida ajratiladi?
5. O‘tkazuvchi nay–tola boylamlar o‘simlik organlarida qanday ahamiyatga ega?
Download 365.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling