1. Qaysi qatorda kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan ot+ot shaklidagi qo‘shma ot qatnashgan? A somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o‘rikning bir shoxi egilib turardi


Download 20.18 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2023
Hajmi20.18 Kb.
#1089434
  1   2   3

1. Qaysi qatorda kesimga to‘g‘ridan
to‘g‘ri tobelangan ot+ot shaklidagi
qo‘shma ot qatnashgan?
A) Somonsuvoq qilingan tekis
tomning ustiga o‘rikning bir shoxi
egilib turardi.
B) Bodomnusxa do‘ppi kiygan
qizning raqsi barchaga yoqdi, shuning
uchun tomoshabinlar uni uzoq
olqishladilar.
C) Shuni yodda saqlangki,
qo‘ziqorinlarning ayrim turlari inson
salomatligi uchun zararli hisoblanadi.
D) Kimki g‘azalni chiroyli o‘qisa,
unga shu tillaqoshni hadya qilaman.
2. Yasama payt ravishi ishtirok etgan
gapni aniqlang.
A) Tog‘ga yaqinlashgach, havo aynib,
shamol turdi.
B) Aka-uka maslahatlashib, tong
otguncha shu yerda qolishga qaror
qilishdi.
C) Ular yerni kavlab kirolmabdilar,
lekin bir zumda allaqancha yerni
o‘yib yuboribdilar.
D) O‘zingdan keyingilarga avvalgidan
ko‘proq bilim va baxt qoldirishga
harakat qil.
3. Tirik ulki, undan keyin qolsa joy –
hovuz, ko‘l-u ko‘prik-la karvonsaroy.
Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukm
berilgan qatorni belgilang.
A) Ushbu gapda ajratilgan uyushiq
egalar qatnashgan.
B) Ushbu gap ot kesimli sodda gap
hisoblanadi.
C) Ushgu gapning bosh gapi tarkibida
vazifadosh ko‘makchi qatnashgan.
D) Ushbu gapda ikkita yasama so‘z
qatnashgan.
4. Qaysi javobda ma’noli qismlari
asos + lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z
yasovchi +lug‘aviy shakl yasovchi
+sintaktik shakl yasovchi tartibida
joylashgan sifat turkumiga oid so‘z
qatnashgan?
A) Qizg‘anchiqlardan sen saxovat
kutma.
B) Maqtanchoq xattot tushmagur
“ko‘z” so‘zidagi bir nuqtani tushirib
qoldirganidan bu so‘z “ko‘r” bo‘lib
qolgan va she’r ma’nosi o‘zgarib,
aksincha, chiqib qolgan ekan.
C) Barcha maqtanchoqlarning birdan
bir qismati shuki, ular ertami-kechmi
pand yeyishadi.
D) Tadbirimizga muhandislar,
shifokorlar, o‘qituvchilar, hisobchilar,
iste’dodli qalamkashlar tashrif
buyurishadi.
5. Imloviy jihatdan xato yozilgan sifat
qatnashgan gapni toping.
A) Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa
va shaxslarga oid fikir-mulohaza
bildirish kerak.
B) Fikr-mulohazalarni badiiy-tasviriy
vositalar, dalillar bilan ta’riflashdir.
C) Ilmiy va badiy uslublar,
shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy
matn ko‘rinishlaridir.
D) Matnda tilning badiiy-tasviriy
vositalaridan deyarli foydalanilmaydi.
6. Bolalikdan boshlangan do‘stlik
insonning keyingi ulg‘aygan va
kamolga erishgan davrida orttirgan
barcha do‘stlari orasida alohida
ahamiyatga ega.
Gapdagi yasama so‘zlardan
nechtasining asosi faqat jarangli til
undoshlari va unli tovushlardan
tashkil topgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
7. Hokim qismi ko‘chma ma’noda
qo‘llangan otli birikmalarni aniqlang.A) qarzini uzmoq, diqqatini bo‘lmoq
B) qattiq intizom, kitobning yuzi
C) uzukning ko‘zi, arraning tishi
D) shirali ovoz, temir iroda
8. Urg‘u so‘z yasovchi qo‘shimchaga
tushmagan so‘zlar qatorini belgilang.
1) olma (ot); 2) pistirma (ot);
3) gapirma (fe’l); 4) isitma (fe’l);
5) qovurma (sifat); 6) burama (fe’l)
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5
C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6
9. Qaysi javobda bir xil shakldagi so‘z
yasovchi qo‘shimchalardan hosil
qilingan yasama fe’llar berilgan?
A) ochiq, tiniq, siniq
B) gapirmoq, ichirmoq, qochirmoq
C) suhbatlashmoq, gaplashmoq,
tanlashmoq
D) gullatmoq, so‘zlamoq, bog‘lanmoq
10. Nuqtalar o‘rniga chuqur til orqa
undoshi yoziladigan juft so‘zlar to‘liq
ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) a..loq; 2) hol-a..vol; 3) ..atti
harakat; 4) ..okkey; 5) ..onavayron; 6)
..iylakor; 7) ..ulq-atvor; 8) ..ilma-..il
A) 1, 3, 7, 8 B) 3, 7
C) 2, 4, 7 D) 2, 4, 5, 6
11. Nodirjon jahli chiqib, qo‘lini
siltab eshikni yopib olishi bilan hech
nimani anglamay qolgan Abdulla
ajablanib so‘radi: “Unga nima
bunchalik ta’sir qildi, shaharga borib
keldimi o‘zi?”
Mazkur gapda nechta qo‘shma fe’l
qatnashgan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta

Download 20.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling