1. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda harflar va tovushlar soni mutanosib emas?


Berilgan ko‘chirma gapning o‘zlartirma gap shaklini aniqlang. Noila bu kesatiq gapga chidamadi shekilli, Qosimbekka qarab: “Tfu!” deb yubordi. (D)


Download 71.5 Kb.
bet3/12
Sana11.05.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1451840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Она тили ва адабиёти

17. Berilgan ko‘chirma gapning o‘zlartirma gap shaklini aniqlang.
Noila bu kesatiq gapga chidamadi shekilli, Qosimbekka qarab: “Tfu!” deb yubordi. (D)

A) Noila bu kesatiq gapga chidamaganidan Qosimning betiga tupurib yubordi.
B) Noila: “Tfu!” dedi.
C) Noila: “Tfu!” deganini hamma eshitdi.
D) Noila: “Tfu!” deb yuborganini bilmay qoldi.
E) Noila Qosimning betiga tupurib yuborganini bilmay qoldi.
18. Undalmali gapni aniqlang.
A) Qizim bu yil maktabga bordi-da-a?
B) Afsuski bu noto‘g‘ri.
C) Sobir akang o‘qishga kirdimi?
D) Ehtiyot bo‘l, o‘g‘lim.
E) Afsus, endi iloji yo‘q, ming qilsang ham.
19. Ma’no ko‘chish (semantik usul) yo‘li bilan yangi so‘z hosil qilish usuli bilan yasalgan birikmalar qatorini toping.
A) Po‘lat sovut, oq olma.
B) Temir odam, oq yo‘l.
C) Kumush qoshiq, moviy osmon.
D) Moviy samo, oltin kosa.
E) Kumush qish, temir iroda.
20. Grammatik ma’no yordamchi so‘z bilan ifodalangan qatorni toping.
A) Baxt va boylik.
B) Sinf xonasiga kirish.
C) Maktabdan tashqari.
D) Ketmon bilan yer chopish.
E) Ertalab turish.
21. O‘zakdosh so‘zlar qatorini toping.
A) Ishq, oshiq; ilm, olim.
B) Tinish, tiniq, tintuv.
C) Mehr, mohir. mahorat.
D) Yoshlik, yasha, yosh-qari.
E) Ozg‘in, ozay, ozroq.
22. Yasama otlar qaysi qatorda berilgan?
A) Shoir, uloq, yupanch.
B) Boylik, qo‘ltiqtayoq.
C) Komil, ishonch, harb.
D) Qo‘lqop, suvlik, otaliq.
E) Safsata, otalik.
23. Qaysi qatordagi so‘zlarning yozilishida xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) Qop-pop, yoshu qari.
B) Dikir-dikir, pul-mul.
C) Ichak-chovoq, qari-qarta.
D) Qazi-qarta, gul-lola.
E) Kelib-ketdi, onayu bola.
24. Ko‘plik qo‘shilmasi qaysi gapda ma’noni kuchaytiryapti?
A) Ular bozordan kelishdilar.
B) Xalqlar to‘plandilar.
C) Ayamlar bozordan yangi narsalar olib keldilar.
D) Bu qalamga falakdan tahsinlar yog‘ilsin!
E) Dadamlar meni juda yaxshi ko‘radilar.

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling