57. Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan qaysi dinga sig’inib kelgan?
A) Nasroniylik. B) Zardushtiylik.
C) Buddaviylik. D) Shomoniylik.
58. Qaysi sharlarning maydoni 20 ga dan oshmagan?
1. Buxoro 2. Samarqand 3. Varaxsha 4. Poykand
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,4
59. Haykaltaroshlik rivojida ayniqsa qaysi din kuchli ta’sir ko’rsatgan?
A) Islom. B) Xristian. C) Budda. D) Zardusht.
60. Ilk o’rta asrlarda san’at sohasida qayer naychilari bilan shuhrat topgan edi?
A) Xorazm. B) Samarqand. C) Buxoro. D) Toshkent.
61. Ilk o’rta asrlarda san’at sohasida qayer raqqos yigit va raqqosa qizlan bilan shuhrat topgan edi?
A) Xorazm. B) Samarqand. C) Buxoro. D) Toshkent.
62. Choch raqqoslari ijro etgan mashhur “Choch raqsi” yoki doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan o’ynoqi “Doira raqsi” qaysi davlat a’yonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan edi?
A) Xitoy. B) Vizantiya. C) Eron. D) Hindiston.
63. Ilk o’rta asrlarda birgina Buxoro shahrida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg’u asboblari yasalgan?
A) 9. B) 10. C) 11. D) 12.
64. Qaysi so’z “bo’ysunish”, “itoat etish”, “o’zini Alloh irodasiga topshirish” degan ma’noni anglatadi?
A) Islom. B) Xristian. C) Budda. D) Zardusht.
65. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, kim xalifa deb e’lon qilinadi?
A) Abu Bakr. B) Umar. C) Usmon. D) Ali.
66. Xalifa so’zining ma’nosi nima?
A) “Sarkarda”. B) “Hukmdor”.
C) “Oqsoqol”. D) “O’rinbosar”.
67. Hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarni arablar qanday ataganlar?
A) Yettisuv. B) Kavkaz. C) Xuroson. D) Oltoy.
68. Qaysi so’z arabcha “daryoning narigi tomoni” degan ma’noni anglatadi?
A) Mesopotamiya. B) Mo’g’uliston.
C) Movarounnahr. D) Mavritaniya.
Do'stlaringiz bilan baham: |